Elektron vositalar asosida o‘quvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirish

CC BY f
562-565
0
0
Поделиться
Раджабова, С. (2023). Elektron vositalar asosida o‘quvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirish. Информатика и инженерные технологии, 1(2), 562–565. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25663
С Раджабова, Ташкентский государственный педагогический университет

(к.б.н.)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablari texnologiya fanini o‘qitishga qo‘yiladagan talablar va elektron vositalar orqali o‘quvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirish masalasi yoritib berilgan.


background image

562

меры. И вряд ли эффективные. Поэтому вырисовываются контуры обречённости
власти различных стран мира в связи усиливающейся интернет-демократией.
Возможно настанут времена ограничения интернет-пользования и на этот счёт
разрабатываются проекты не только в России, но и в США. Китай — лидер в
этих проектах.

Выводы:
1. Проведён контент-анализ молодёжных социальных сетей мира.
2. Показано, что у молодёжи мира имеет место низкий социальный

интеллект, благодаря которому молодёжь может стать жертвой манипуляций.

3. Показано, что социально-экономическое состояние молодёжи является

главным фактором деструктивного развития современной молодежи.

4. Обозначены контуры профилактики деструктивных процессов среди

молодёжи всего мира.

Библиография:

1. Р.Р. Гарифуллин, Психология манипуляций, иллюзий, блефа, 2018,

Издательство "Бриг", 400 с.

ELEKTRON VOSITALAR ASOSIDA O‘QUVCHILARNING KREATIV

KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

(PhD), S.Yu. Rajabova

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada

umumiy o’rta ta’lim maktablari texnologiya

fanini o‘qitishga qo‘yiladagan talablar va elektron vositalar orqali o‘quvchilarning
kreativ kompetentligini rivojlantirish masalasi yoritib berilgan.


Umumiy oʻrta taʻlim maktablarida oʻquvchilarga taʻlim berishning zamonaviy

innovatsion uslublarini joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti keyingi 10 yil
ichida dunyoning taraqqiy etgan industrial-texnologik lokomotivlari qatoriga kirishi,
yaʻni 2030-yilga kelib iqtisodiyotning sanoat va texnologik tarmoqlari boʻyicha
jahonda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga zamin yaratishda muhim shartlardan
biridir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasida taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot
texnologiyalarini egallash zarur va shartligi, bu yuksalishning eng qisqa yoʻlidan
borish imkoniyatini berishi, bugungi kunda korxonalar raqamli texnologiyalardan
mutlaqo yiroqda ekanligi alohida taʻkidlanib, raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot
va xizmatlar sifatini oshirishi, shuningdek ortiqcha harajatlarni kamaytirishi,
natijadorlikni oshirishi, bir soʻz bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash
mumkinligi asoslab berildi.

Umumiy o’rta ta’lim maktablari texnologiya fani konsepsiyasining asosiy

maqsadi va vazifalari, rivojlanishining ustivor yo‘nalishlari amaliy fanlar tavsifi va
integratsiyasi.


background image

563

Oʻquvchilarni maʻnaviy dunyosini boyitish, borliqni idrok etishda uning

yaxlitligi, takrorlanmasligi va uygʻunligini anglash, hayotiy tasavvurini amaliy
faoliyatida ifodalash orqali tafakkurini oʻstirish, ijodkorlikni rivojlantirish, innovatsion
gʻoyalarni yaratish hamda kundalik hayotga tatbiq etishga oʻrgatish amaliy fanlar blok-
moduli orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, oʻquvchilarni maʻnaviy, badiiy, axloqiy madaniyatini rivojlantirib,

ijodiy mahorat, badiiy-estetik didini oʻstirishda, kasb-hunarga yoʻnaltirish bilan birga,
jismonan baquvvat boʻlib, sogʻlom turmush tarziga amal qilish, vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash va harbiy xizmatga tayyorlash, hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish Amaliy
fanlar tarkibida olib boriladi.

Hozirgi kunda yangiliklar, yuqori texnikaviy-texnologik innovatsiyalar,

maʻlumotlar oqimining oʻsib borishi hayotning barcha jabhalarida toʻrtinchi
texnologik inqilobni yuzaga keltirmoqda. Shaxsning qiziqishlari va jamiyatning
talablari oʻzgarmoqda. Kundalik hayotni ilmiy-tadqiqot, texnika taraqqiyoti
konsepsiyalari bilan taʻlimning integrativ yondashuvini STEAM taʻlimini joriy etadi.
Bunday yondashuvdan maqsad - taʻlim berish orqali butun dunyo taraqqiyoti va
iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini taʻminlashda maktab, jamoatchilikni jalb qilib,
ilmiy savodxonlik, raqobatbardoshlikni targʻib qilishga qaratilgan. Ilgari mehnat
darslarida qizlar faqat fartuk tikishni, oʻgʻil bolalar yogʻochga va metallga ishlov
berishni, tasviriy sanʻat va chizmachilik darslarida rasm va chizmalar, qalam bilan
qoʻlda chizishni oʻrganishgan boʻlsa, hozirga kunda buning oʻzi yetarli boʻlmay qoldi.
Bugungi kunda butun dunyo maktab oʻquvchilarini robototexnika, modellashtirish,
konstruksiyalashtirish, dasturlashtirish, 3D-loyihalashtirish va boshqa koʻplab
yangiliklar qiziqtirmoqda.

Texnologiya

oʻquv predmeti oʻquvchilarda texnik ijodkorlikni, qobiliyatni,

tafakkurni rivojlantirish, dars jarayonida gazlamalarga ishlov berish texnologiyasini
oʻrgatish orqali kasb-hunarga yoʻnaltirishni yanada kuchaytirish, hunarmandchilik
asoslari, ishlab chiqarish va roʻzgʻorshunoslik asoslari, elektrotexnika ishlari,
elektronika asoslari, ijodiy loyiha tayyorlash texnologiyasi, kasb-hunarga yoʻllash
boʻyicha oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarini hayotda qoʻllay olish
layoqatini shakllantirishni koʻzda tutgan. Oʻquv predmetini oʻqitish orqali
oʻquvchilarning texnik ijodkorlik qobiliyati, kreativ koʻnikmalarini rivojlantirishga
alohida eʻtibor qaratiladi.

O‘quvchilarni texnologiya fani amaliy mashg‘ulotida Autodesk Sketchbook

dasturida o‘qitish orqali kreativ kompetentligini rivojlantiriladi.

Autodesk Sketchbook dasturi yordamida turli grafik ko‘rinishlarni loyihalash,

foto, matn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa, badiiy ko‘rinishdagi kompozitsiyalarni
tahrir qilish bilan bog‘liq amallarni bajarish mumkin

.

Gazlamaga ishlov berish bo‘limini o‘qitishda Autodesk Sketchbook dasturidan

biz asosan turli logotiplar, naqshlar, firma uslublarini yaratishda qo‘llanilsa o‘quvchilar
innovatsion ta’lim vositalaridan foydalanib, kasbiy qiziqishlari ortadi.

Misol tariqasida tayyor modelda turli naqsh va logotiplarni joylashtirishning

texnologik xaratasini ko‘rib chiqamiz.



background image

564

Autodesk Sketchbook dasturida libosga logotip chizish metodikasi

Bajariladigan operatsiya tartibi

Bajarilgan operatsiyaning grafik

ko‘rinishi

1.

Uskunalar

panelidagi

geometrik

shakllar

kesishmasidan

foydalanib

kerakli shaklni hosil qilinadi. Hosil
qilingan shaklga rang tanlanib rang
tanlash menyusidan kist instrumenti
orqali rang beriladi.

2.

Kist orqali shaklga fon rangi tanlanib
rang beriladi.

3.

Instrumentlar

panelidan

lastik

instrumenti

tanlanib

yordamchi

chiziqlar o‘chirib tashlanadi.

4.

Kerakli logotipni shaklini chizish
uchun

shakl

“kopirovat” amalini

bajarish orqali ko‘chiriladi. Yangi hosil
qilingan shaklga rang beriladi.

5.

Shaklga kerakli rang berilib shakl
tekislanib oxirgi ishlov beriladi.

6.

Logotib qo‘yilishi kerak bo‘lgan model
tanlanib

uni

asosiy

ekranga

joylashtiriladi.

7.

Tayyor logotib modelni kerakli joyiga
joylashtirilib, ortiqcha chiziqlardan
tozalanadi.


background image

565

Elektron vositalar asosida o‘quvchilarda kreativ kompetentligini rivojlantirish

va maktab ta’limi tizimidagi o‘qitish jarayonini innovatsion talablar va kompetentlikka
asoslangan ta’lim sharoitida amalga oshirish bilan belgilanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi 2021 yil

2.

S.Yu.Rajabova “Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining konstruktorlik

texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi” dissertatsiya T 2020 yil


MATEMATIKA FANINI O‘QITISH JARAYONIDA ZAMONAVIY

AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Alimov Salohiddin Hikmat oʻgʻli,

Xolmanova Klara Yangiboy qizi

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

klaraxolmanova97@gmail.com

Annotatsiya:

Zamonaviy jamiyatni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz

tasavvur etib bo‘lmaydi. Ammo, o‘qitish sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining didaktik imkoniyatlaridan foydalanish masalasi yetarli darajada
o‘rganilmagan. Ushbu maqolada matematika fanini o'qitishda zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish sifat darajasini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida
oshirish to‘g‘risida fikrlar yuritilgan.

Kalit soʻzlar:

axborot-kommunikatsiya,

kompetensiyaviy

yondashuv,

modellashtirish, grafik rejim, zamonaviy axborot texnologiyalari.


Bugungi kunda dunyo miqyosida matematika ta’limini takomillashtirish bo‘yicha

intensiv ishlar amalga oshirilmoqda: matematika o‘qitishning maqsadlari, o‘quv
materiali mazmunini tanlash tamoyillari aniqlashtirilayapti, darsliklar va boshqa o‘quv
vositalarini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda, o‘qitishning samarali
shakllari va metodlari ishlab chiqilmoqda. Bu jarayon hozirgi vaqtdagi fanning, fan va
texnika o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning rivojlanishi, jamiyatning barcha sohalariga,
yangi axborot texnologiyalarining keng joriy etilishiga asoslangan ilmiy-texnik
revolyusiyaning natijalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Matematika fanining inson aql-
zakovati, diqqatini rivojlantirish, maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani
tarbiyalash, algoritmik intizomni ta’minlash, tafakkurini kengaytirishda muhim o‘rin
tutadi. Matematika olam haqidagi bilimlarning asosi bo‘lib, ishlab chiqarish, fan va
texnika taraqqiyotida, shuningdek, atrofimizdagi hodisa va hodisalarning o‘ziga xos
qonuniyatlarini ochishda muhim rol o‘ynaydi.

Shu bilan birga ta’lim tizimida matematika fanini o‘qitish jarayonida xorijiy

tajribalardan foydalanishning mohiyatini o‘rganish, xorijiy tajribalarning ijobiy hamda
salbiy tomonlarini ko‘rsatib berishdan iborat [4]. Talabalarda matematikaga bo‘lgan
qiziqishlarini oshirish uchun ta’lim jarayonida amaliy va nostandart xarakterdagi
masalalardan foydalanmasdan bo‘lmaydi. Bunday masalalarni yechish o‘quvchilarda

Библиографические ссылки

Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi 2021 yil

S.Yu.Rajabova “Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining konstruktorlik texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi” dissertatsiya T 2020 yil

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов