401
SHIFOBAXSH O‘SIMLIK NOMLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
(SEDANA DORIVOR O‘SIMLIGI MISOLIDA)
Islomova Shahnoza Iskandar qizi
Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya.
Maqolada o‘zbek tilida turlicha nomlar bilan ataladigan
shifobaxsh o‘simlik nomlarini lingvistik izohlash, keng omma uchun tushunarli
bo‘lgan variantlarni o‘rganish, dorivor o‘simlik nomlarining etimologik tavsiflari
xususiyatlari xususida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
tilshunoslik, tibbiy lingvistika,
tibbiy birliklar, tibbiyot
terminologiyasi, shifobaxsh o‘simliklar, dorivor giyohlar, xalq tabobati, dorishunoslik
(farmatsevtika), o‘simlik nomlari.
Mustaqillik yillarida milliy o‘zligimizni anglash, xalq ma’naviyatini
yuksaltirish, o‘zbek tilining qo‘llanish doirasini kengaytirishga alohida e’tibor berildi.
Natijada tilning xalq tarixi, madaniyati va ma’naviyatining o‘ziga xos ifodasi, yuksak
estetik qimmat hamda hadsiz ifoda imkoniyatlariga ega xazina ekanligi yanada
oydinlashdi. O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi, “Davlat tili to‘g‘risida”gi
Qonunning qabul qilinishi, “O‘zbek tilining Davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini
tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonning qabul qilinishi o‘zbek tiliga
bo‘lgan e’tiborning yuksak darajada ekanligining, ona tilimizning davlat tili
maqomidagi ijtimoiy nufuzi oshayotganining nishonasidir. Bu yo‘nalishda qaror va
farmonlarning qabul qilinishi ona tilimizning barcha sohalarda davlat tili sifatida keng
qo‘llanishiga erishishdan iboratdir.
Tibbiyotda mavjud bo‘lgan va bemorlar uchun ishlatiladigan dori -darmonlar
xususiyatlari, ta’siri, kasalliklar nomlari, shifobaxsh o’simlik nomlari, shifokorlar
nutqida uchraydigan ko‘plab so‘zlar bemorlar va ularning yaqinlari uchun
tushunarsizdir. Chunki, tibbiy atamalarning deyarli ko‘pchiligi lotin yoki ingliz
tilidadir. Bugungi kunda tilshunosligimiz oldidagi dolzarb masalalardan biri milliy
tibbiyot tilini yaratish masalasidir
.
Tibbiyot terminologiyasi dunyoda eng qadimgi
maxsus atamalardan biri hisoblanadi. Bu leksikaning ixtisoslashgan sohasi,
tilshunoslik fanidir, u oʻrganadi, tahlil qiladi va tavsiflaydi.
Jahon tilshunosligida tibbiy lingvistikaga oid ko`plab ishlar qilingan. Z.R.
Palutina, A.A. Leontyev, A. Ponomarenko kabi qator olimlarning ishlari tibbiy
lingvistikaga oid. O`zbek tibbiy lingvistikasining ildizi zardushtiylikning muqaddas
“Avesto” kitobi, Mahmud Koshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asari, Ibn Sinoning
“Tib qonunlari”, “Urjuza” kitoblariga borib taqaladi. O`zbek tilshunosligida ham bu
sohada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar talaygina. Masalan, N.I.G‘aybullayeva,
F.I.Abdulxairova, U.Sh.Ahmadovalarning tibbiy birliklarni o‘rganish bilan bog‘liq
tadqiqotlari yuqoridagi fikrimizning isbotidir.
Butun dunyoga mashhur bo‘lgan sharq tabobatining asoschisi Ibn Sinoning “Tib
qonunlari” kitobida keltirilgan ayrim kasallik nomlari, shifobaxsh o‘simlik nomlari,
dori vositalarining nomlari bugungi kun jahon tibbiyot terminologiyasi uchun asos
402
bo‘lgan deyishimiz mumkin. Fikrimizning dalili sifatida X asrdayoq Ibn Sino
tomonidan ta`rif berilgan kasalliklar-u, davo xususiyatiga ega bo‘lgan shifobaxsh
o‘simlik nomlarini, dori-darmonlarni keltirishimiz mumkin
: tog’un kasalligi, vabo
kasalligi, chechak kasalligi(
chechakni yuqumli kasalliklar sirasiga kirishini
birinchilardan bo‘lib aytgan
), teri kasalliklarini—teri berchligi(fillik)
deb
umumlashtirgan. Ibn Sino kasalliklarga, shifobaxsh o‘simliklarga nom berish turli
tomondan bo‘ladi deb ta`kidlaydi. Masalan, dorivor o‘simlik hisoblangan
“xanzal”
(lotincha nomlanishi shunday)ni
Abu Jahl tarvuzi (xalq orasida achchiq
tarvuz deb yuritiladi)
deb ataydi, ya’ni uning nomi birinchi yetishtirgan qabila va shaxs
nomi bilan bog’liq. Yoki
tog’ zaytuni, dengiz o‘ti, cho‘l yalpizi
–bu shifobaxsh
o‘simliklar nomlari yetishtirilgan hudud nomi bilan bog’liq. Ayrim kasallik nomlari
etimologiyasi kasallik ko‘rinishini nimadirga qiyosi natijasida hosil qiladi:
sher
kasalligi (moxov kasalligini), tulki kasalligi (soch to‘kilishini), arslon kasalligi
(saratonni)
kabi.
Shifobaxsh o‘simliklarning foydali xususiyatlarini qadim zamonlarda ham
xalqimiz bilishgan va ulardan turli xastaliklarni davolash uchun foydalangan.
Shifobaxsh o‘simliklar ko‘plari ilmiy o‘rganilib, tibbiyotda keng qo‘llanilmoqda.
“Dardni bergan Olloh shifosini ham beradi” degan hikmat xalqimiz orasida
shakllangan. Haqiqatdan, o‘limdan boshqa barcha kasalliklarning shifosi bordir. Shifoni
esa buyuk zot nabototda, hayvonotda va tabiat qo‘ynidagi boshqa ne’matlarda qilib
qo‘ygan. Ana shunday shifobaxsh ne’matlardan biri yurtimizda ko‘p uchraydigan
sedana
dir.
Sedana-
o‘zbekchada sedana, arabchada shuniz, forschada siyohdona, ya’ni qora
dona, ruschada
чернушка посевная, lotinchada Nigella sativa deb ataladi. Qur’oni
karimda barcha ilmlar mujassam, shu jumladan tibbiyot fani ham. “Hadis”da “Sedana
o‘limdan boshqa barcha xastaliklarga shifodir. Sedana non bodlarini suradi. Boshning
yarim og’rishi va ich ketishini to‘xtatadi. Yuzning qiyshayishi, sakta, qiynalib va
bosinqirab uxlash, xotira faromushligi, bosh aylanishi va ko‘z oldining qorong’ulashuvi
kabi xastaliklarda sedana juda foydalidir.” deyilgan.
Tabobatda sedananing shifobaxsh xususiyatlari aniqlangan. Uning dorivor
xususiyatlari ham farmakologiyada o‘rganilgan. Mazkur maqolada biz sedananing
lingvistik jihatlariga asosiy e`tiborni qaratamiz:
Sedana shifobaxsh o‘simligining etimologiyasi Beruniyning “Kitob as-saydana”
dorivor o‘simliklarning xususiyatlari haqidagi lug’at kitobiga borib taqaladi: lotinchada
Nigella sativa deb nomlanadi. Yevropa, Misr, Hindistonda uni dalada ekadilar. Eronda
403
esa, qadimdan yovvoyi holda o‘sadi. Markaziy Osiyoda non ustiga sepadilar. Uning
nomi o‘zi anglatgan ma’noga qarab berilgan. Ot so‘z turkumiga mansub bo‘lib, otning
fitonimlar guruhiga kiradi.
Sedana nomining kelib chiqishi etimologik jihatdan
siyoh tuxma
dan, ya’ni qora
urug’dan kelib chiqqan. Qadimgi giyohshunoslikka oid kitoblarda
kamuni
yoki
shuniz
deb nomlanadi. Kamun—bu zira bo‘lib, bunday deb atalishiga sabab, tashqi tomondan
ziraga o‘xshaganligi va mushtarak xususiyatlari ham ziraga xosligidandir.
Sharq xalqlari sedanaga chiroyni oshiruvchi o‘simlik sifatida qarashgan:
Bo‘lsin desang agar chiroyli yuzing,
Issiq bo‘lsin desang agar yulduzing,
Rangim tarovatli bo‘sin desang boz,
Sedana yeyishni odat qil o‘zing
.
Yuzda paydo bo‘lsa nogohonda shal,
Ertami yoki kech, bo‘lsa qay mahal,
Meni yoqqa solib, surka yuzingga,
Yuz shakli tez kunda bo‘lajakdir hal.
Kuching ketib, biroz bo‘lganda qari,
Senga qaramasa oy yuzli pari,
Sedana yog’idan ichaver har kun,
Sen tomon parilar keladi bari.
Yuqoridagi parchadan ma’lum bo‘ldiki, sharq xalqlari poetikasida sedana
lingvomadaniy jihatdan ramziy ma`no kasb etgan, ya’ni u chiroyni oshiruvchi o‘simlik
hisoblangan. Tabobatda
sedananing foydasi, sedana moyi, sedana xususiyatlari,
sedananing dorivor xususiyatlari
kabi [ot+ot] qolipidagi moslashuvli birikmalardan
ko‘p foydalaniladi. Bundan tashqari tilimizda
sedanali non
birikmasi ham ko‘p
ishlatiladi. Sedana asosli ushbu yasama so‘zlar
sedanali, sedanasiz, sersedana
lug’at
qatlamimizni boyitgan
.
Tilimizda sedanaga nisbatan “bepul davolovchi tabib”
perifrazasi qo‘llaniladi.
Nafaqat sedana, balki boshqa barcha foydali , shifobaxsh o‘simliklar nutqimizda o`ziga
xos perifrazalarga ega. E’tibor beradigan bo‘lsak, o‘simliklar ziravor o‘simliklar, tolali
o‘simliklar, foydali o‘simliklar, shifobaxsh o‘simliklar kabi qator belgiga va vazifasiga
ko`ra nomlanishlarga ham ega. Shulardan
“shifobaxsh
” so‘zining o‘zi o‘simliklarning
inson organizmi uchun foydali ekanligini, tanaga shifo baxsh etishini ko‘rsatib turibdi,
yoki dorivor o‘simliklar birligiga e`tibor qilsak, aynan shu “dorivor” so‘zi o‘simlikning
davolovchi xususiyatga ega ekanligini o‘zida mujassamlashtirgan.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Ўзбек
тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган
тантанали маросимдаги нутқи”// 2019 йил, 21 октябрь// http: //uza.uz/oz/politics/
2.
Doncu, Andronache -2014. -B-348 .
3.
Mahmud Hasaniy, Surayyo Karimova. Navoiy davri tabobati. –T.: Ibn
Sino,1991.—B. 178.
404
4.
Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. –T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi,1993.
Elektron kitob. 3jildli saylanma. 1-jild.
5.
G‘aybullayeva N.I. “O‘zbek tilida tibbiy evfemizmlar (tibbiy davriy nashr
materiallari asosida)” Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi.
Buxoro – 2019;
6.
Abuzalova M., Islomova Sh. Tilshunoslik va tibbiyot integratsiyasi: tabobatda
davo bilan bog’liq paremiologik birliklar.—B.: Durdona, 2021.—B. 44.
7.
Ўзбек тилининиг изоҳли луғати. 5 томлик. 2-том. “Ўзбекистон Миллий
Энсиклопедияси”. – T.: 2006. 582-бет.
INSONLARDA UCHRAYDIGAN XAVOTIRLI VAZIYATLARNING
AHAMIYATI
Jaloliddinova Sevinch Aktam qizi
O‘zbekiston Milliy Universiteti talabasi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada odamlarni psixik va fiziologik muhitiga bevosita
daxl qilayotgan xavotir hissi va buning oqibatida asab buzilishi, kuchli nevrozlarni
yuzaga kelishi va omillari, menopauza va gormonal yetishmovchilikka duchor bo'lgan
ayollarning psixik holati va buning natijasida insonlarning kundalik hayotda ishlash
qobiliyatiga salbiy ta’sir etishi, uni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar
: Xavotirlilik, hissiy kechinmalar, anksiyete, nevroz, ijtimoiy
fobiya, agorafobiya, psixologik himoya.
Psixologiya
sohasining
dolzarb
muammolariga
aylanib
borayotgan
xavotirlilik, nafaqat inson psixikasiga balki, uning fiziologik jihatlariga ham o‘zining
salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmayotganligini amaliy jarayonlardan ko‘rish mumkin.
Hozirda juda ko‘p shaxslarning sog‘lom turmush tarzini o‘zgarishiga ta’sir etayotgan
salbiy hissiy kechinmalar bisyor. Ulardan biri - xavotir hissi. Xavotirlilik qandaydir
muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘rquv va tashvish hislarining uyg‘unlashuvi
hisoblanadi. Bu holat odamga faoliyatning har qanday ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Hozirda AQSH aholisining har o‘nta odamidan biri xavotir va hissiy
kechinmalar tufayli kelib chiqadigan asab buzilishining qurboni bo‘lmoqda. Xavotir
hissi hozirda ruhiy kasallik darajasigacha ko‘tarilgan dolzarb muammoga aylanib
bormoqda. Bu tuyg‘u odamlarga keyingi o‘ttiz yil ichida chechakka nisbatan o‘n karra
ko‘proq zarar keltirgan[1].
Taxminlarga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan olib borligan
xavotir testlarining natijasida 264 million insonda xavotirlilik aniqlangani va bu
ko‘rsatkichning 63 foizini ayollar tashkil etishi ma’lum bo‘ldi. Demak erkaklarga
qaraganda ayollarda xavotirlilik ikki baravar ko‘p uchraydi.
Anksiyete – lotin tilidan olingan bo‘lib, insonning iztirob yoki qayg‘u holati yoki
tananing tashvish va qo‘rquvga bo‘lgan munosabati. Bu holat kuchli nevrozga sabab
bo‘lishi mumkin. Jismoniy va psixologik ortiqcha ish, yengil yoki o‘tkir stressli
vaziyatlar odamda tashvishli nevrozning sabablari hisoblanadi. Bu buzilish ko‘pincha