Проблема образа «Я» и самооценки личности

CC BY f
435-437
1
2
Поделиться
Саматова, Н., & Субхиддинов, С. (2023). Проблема образа «Я» и самооценки личности. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 435–437. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25790
Сайфуддин Субхиддинов, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека Джизакский филиал

 talaba

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada shaxs psixikasining rivojlanishiga ahamiyatli boʻlgan «Men»konsepsiyasi tushunchasi, xulq-atvor xususiyatlari,oʻz-oʻzini anglashga qaratilgan roli haqida yoritiliboʻtiladi.Shaxsning oʻz-oʻziga baho berish, shaxsning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi "Men" tushunchasi orqali ifodalab oʻtiladi.

Похожие статьи


background image

435

SHAXSNING «MEN» – OBRAZI VA O‘Z-O‘ZIGA BAHO BERISHI

MUAMMOSI

Samatova Nigora Davlataliyevna

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Subhiddinov Sayfiddin Qahramon o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi

nsamatova82@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada shaxs psixikasining rivojlanishiga ahamiyatli

boʻlgan «Men»konsepsiyasi tushunchasi, xulq-atvor xususiyatlari,oʻz-oʻzini anglashga
qaratilgan roli haqida yoritiliboʻtiladi.Shaxsning oʻz-oʻziga baho berish, shaxsning
ijtimoiy psixologik xarakteristikasi "Men" tushunchasi orqali ifodalab oʻtiladi.

Kalit so‘zlar:

"Men" konsepsiyasi, obraz, shaxs, oʻz-oʻzini baholash, oʻz-oʻziga

baho berish, refleksiya, autosuggestiya, korreksiya,"Men" obrazi, Z.Freyd, himoya
mexanizmi.

Shaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur

qilishidan hosil bo‘lgan obraz – “Men” - obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi
va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.

“Men”-obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining

va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib
qaralganda, tarbiya shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarining
shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o‘zini,
o‘zligini kanchalik aniq va to‘g‘ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga
zid harakat qilish extimoli ham shunchalik kam bo‘ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo‘ladi.

O‘z-o‘zini anglash, o‘zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko‘pincha

konkret shaxs tomonidan og‘ir kechadi, ya’ni inson tabiati shundayki, u o‘zidagi o‘sha
jamiyat normalariga to‘g‘ri kelmaydigan, no’maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni
“yashirishga” harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga
siqib chiqariladi (avstriyalik olim Z. Freyd nazariyasiga ko‘ra). Bu ataylab qilinadigan
ish bo‘lmay, u har bir shaxsdagi o‘z shaxsiyatini o‘ziga xos himoya qilish
mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko‘pincha turli xil yomon
asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki,
“Men” - obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o‘sha shaxsni o‘rab turgan tashqi
muhit, o‘zgalar va ularning munosabati katta rol o‘ynaydi. Odam o‘zgalarga qarab,
guyoki oynada o‘zini ko‘rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada

refleksiya

deb ataladi. Uning mohiyati - aynan o‘ziga o‘xshash odamlar obrazi orqali o‘zi
to‘g‘risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya “Men” - obrazi
egasining ongiga taalluqli jarayondir.

“Men” - obrazi asosida ham bir shaxsda o‘z-o‘ziga nisbatan baholar tizimi

shakllanadiki, bu tizim ham obrazga mos tarzda har xil bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘ziga
nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba asosida yotgan
yutuqlariga bog‘liq xolda turlicha bo‘lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish, yutuq


background image

436

yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida - aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho
aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa-da, aslida u shaxs
ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni, uning o‘zi sub’ektiv tarzda shu munosabatlarni
qanchalik qadrlashiga bog‘liq tarzda shakllanadi. Masalan, maktabda bir fan
o‘qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy munosabati, doimiy maktovlari uning o‘z-
o‘ziga bahosini oshirsa, boshqa bir o‘qituvchining salbiy munosabati ham bu bahoni
pastlatmasligi mumkin. Ya’ni, bu baho ko‘proq shaxsning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, u
sub’ektiv xarakterga egadir.

O‘z-o‘ziga baho nafaqat haqiqatga yaqin (adekvat), to‘g‘ri bo‘lishi, balki u o‘ta

past yoki yuqori ham bo‘lishi mumkin.

O‘z-o‘ziga bahoning past bo‘lishi ko‘pincha atrofdagilarning shaxsga nisbatan

qo‘yayotgan talablarining o‘ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning
doimiy

tarzda bildirilishi, ishda, o‘qishda va

muomala jarayonidagi

muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil bo‘lishi mumkin. Bunday o‘smir yoki katta odam
ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetrokda yurishga
harakat qilishi, o‘zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik qayfiyatida bo‘lishi
bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar va hatti-harakatlarning
paydo bo‘lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suitsidal harakatlar, ya’ni o‘z joniga
qasd qilish, real borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi
mumkin.

O‘z-o‘ziga baho o‘ta yuqori ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir ko‘rsatmaydi.

Chunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy
tarzda bo‘rttirilishi, noo‘rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab o‘tishga intilish
tufayli shakllanadi. Ana shunday sharoitda paydo bo‘ladigan psixologik holat
«noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag‘lubiyatga
uchraganda yoki o‘zida nochorlik, o‘quvsizliklarni sezganda ham buning sababini
o‘zgalarda deb biladi va shunga o‘zini ishontiradi ham (masalan, «halaqit berdi-da»,
«falonchi bo‘lmaganida» kabi bahonalar ko‘payadi). Ya’ni, nimaiki bo‘lmasin, aybdor
o‘zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor.Bundaylar haqida bora-bora odamlar
«oyog‘i yerdan o‘zilgan», «manmansiragan», «dimog‘dor» kabi sifatlar bilan gapira
boshlaydilar. Demak, o‘z-o‘ziga baho realistiq, adekvat, to‘g‘ri bo‘lishi kerak.

Realistik baho shaxsni o‘rab turganlar - ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va

murabbiylar, qo‘ni-qo‘shni va yaqinlarning o‘rinli va asosli baholari, real samimiy
munosabatlari mahsuli bo‘lib, shaxs ushbu munosabatlarni ilk yoshligidanoq xolis
qabul qilishga, o‘z vaqtida kerak bo‘lsa to‘g‘rilashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Bunda shaxs
uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi - referent guruhning roli katta bo‘ladi.
Shunday qilib, o‘z-o‘ziga baho sof ijtimoiy hodisa bo‘lib, uning mazmuni va mohiyati
shaxsni o‘rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va
e’zozlanadigan qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Keng ma’nodagi yirik ijtimoiy jamoalar
etalon rolini o‘ynashi oqibatida shakllanadigan o‘z-o‘ziga baho - o‘z-o‘zini
baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Demak, o‘z-o‘zini baholash -o‘z-o‘zini
tarbiyalashning muhim mezonidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga
esa, quyidagilar kiradi:

o‘z-o‘zi bilan muloqot (o‘zini konkret tarbiya ob’ekti sifatida idrok etish va o‘zi

bilan muloqotni tashkil etish sifatida);


background image

437

o‘z-o‘zini ishontirish ( o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali,

ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish);

o‘z-o‘ziga buyruq berish (tig‘iz va ekstremal holatlarda o‘zini qo‘lga olish va

maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati);

o‘z-o‘ziga ta’sir yoki autosuggestiya (ijtimoiy normalardan kelib chiqqan xolda

o‘zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish);

ichki intizom - o‘z-o‘zini boshqarishning muhim mezoni, har doim har yerda

o‘zining barcha harakatlarini muntazam ravishda korreksiya qilish va boshqarish
uchun zarur sifat.

Demak, shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning

ob’ektivligiga bog‘liq tarzda o‘z-o‘zi bilan muloqotga kirishib, jadvaldagiga muvofiq
shaxs o‘zini nazorat qila oladi. Shuning uchun ham hayotda shunday kishilar
uchraydiki, katta majlisda ishi tanqidga uchrasa ham, o‘ziga xolis baho berib, kerakli
to‘g‘ri xulosalar chiqara oladi, shunday odamlar ham borki, arzimagan hatolik uchun
o‘z «ich-etini yeb tashlaydi». Bu o‘sha ichki dialogning har kimda har xil ekanligidan
darak beruvchi faktlardir.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. –T.: “O‘qituvchi”-1994.

2.

G‘oziev E.E Muomala psixologiyasi T-2001 y

3.

. Nigora, S., Go‘zal, Q., & Shoxista, Z. (2023). O ‘SMIR QIZLARNI

OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHDA OILANING ROLI.

International Journal

of Contemporary Scientific and Technical Research

, 330-333.

4.

Nigora, S., & Munisa, O. K. (2023). SHAXSLARARO MULOQOTDA

UCHRAYDIGAN QIYINCHILIKLAR.

International Journal of Contemporary

Scientific and Technical Research

, 327-330.

5.

Nigora, S., Ilmira, Y., & Zulxumor, X. (2023). TORTINCHOQLIK VA

UNING PSIXOLOGIK SABABLARI.

International Journal of Contemporary

Scientific and Technical Research

, 323-326.

6.

Hakimova,

S.

(2023).

Ijtimoiy

tarmoqlarning

yoshlar

ongiga

ta'siri.

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammolari va yechimlari

.

7.

Rixsiyeva, M. va Samatova, N. (2020). INSON PSIXOLOGIYASI VA

UNING ETNIK JAMIYATDAGI O'RNI.

www. konferentsiya nashri. com

, 12.

8.

Davlataliyevna, S. N. (2022). Oiladagi salbiy muloqotning farzand

psixologiyasiga ta'siri. International Journal of Contemporary Scientific and Technical
Research, 475-478.

9.

Davlataliyevna, S. N. (2022). UMUMIY PSIXOLOGOYA VA TURLI XIL

PSIXOLOGIK AMALIYOTLAR. Scientific Impulse, 1(5), 820-822.

10.

Davlataliyevna, S. N. (2022). PSYCHOLOGY AND ITS PRINCIPLES.

Scientific Impulse, 1(5), 823-826.



Библиографические ссылки

Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. –T.: “O‘qituvchi”-1994.

G‘oziev E.E Muomala psixologiyasi T-2001 y

Nigora, S., Go‘zal, Q., & Shoxista, Z. (2023). O ‘SMIR QIZLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHDA OILANING ROLI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 330-333.

Nigora, S., & Munisa, O. K. (2023). SHAXSLARARO MULOQOTDA UCHRAYDIGAN QIYINCHILIKLAR. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 327-330.

Nigora, S., Ilmira, Y., & Zulxumor, X. (2023). TORTINCHOQLIK VA UNING PSIXOLOGIK SABABLARI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 323-326.

Hakimova, S. (2023). Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ongiga ta'siri. Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammolari va yechimlari.

Rixsiyeva, M. va Samatova, N. (2020). INSON PSIXOLOGIYASI VA UNING ETNIK JAMIYATDAGI O'RNI. www. konferentsiya nashri. com , 12.

Davlataliyevna, S. N. (2022). Oiladagi salbiy muloqotning farzand psixologiyasiga ta'siri. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 475-478.

Davlataliyevna, S. N. (2022). UMUMIY PSIXOLOGOYA VA TURLI XIL PSIXOLOGIK AMALIYOTLAR. Scientific Impulse, 1(5), 820-822.

Davlataliyevna, S. N. (2022). PSYCHOLOGY AND ITS PRINCIPLES. Scientific Impulse, 1(5), 823-826.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов