Психологическая связь и межличностный конфликт в педагогическом общении

CC BY f
433-434
2
4
Поделиться
Саматова, Н., & Абдурасулова, С. (2023). Психологическая связь и межличностный конфликт в педагогическом общении. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 433–434. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25789
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada pedagogik muloqot, psixologik bog’lanish va shaxslararo mojaro, muloqot jarayoni

Похожие статьи


background image

433

PEDAGOGIK MULOQOTDA PSIXOLOGIK BOG‘LANISH VA

SHAXSLARARO MOJARO

Samatova Nigora Davlataliyevna

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Abdurasulova Setora Oybek qizi

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi

nsamatova82@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada pedagogik muloqot, psixologik bog’lanish va

shaxslararo mojaro, muloqot jarayoni

Kalit so‘zlar:

Pedagod, psixolog, bog’lanish, mojaro, o‘zini o‘zi hurmat qilish,

muloqot, ehtiyoj.

Muloqot jarayonini tashkil etishda o‘zaro ta’sir ahamiyatli. Muloqot jarayoni

shahslararo va guruhlararo munosabatlarning asosini tashkil etadi. Chunki, muloqot
jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumot almashib, o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar va
bir-birlarini yanada aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar.

Muloqot kishilarning xamqorlikdagi faoliyati extiyojlari asosida tug‘iladigan

ular o‘rtasidagi aloqa rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir.

Bog‘lanish (lotincha bo‘lib, “yaqinlashish”) - muloqotga kiruvchilar o‘rtasida

ikki tomonlama aloqa bo‘lishini taqozo etadi. Bunga erishish va uni ko‘ngildagidek
rivojlantirish sharti munosabatga kirishuvchi shaxslarning o‘zaro bir-birlariga xurmati,
ishonchidan iboratdir. Pedagog o‘quv - tarbiya ishi jarayonida o‘quvchilar bilan aloqa
bog‘larkan, ulardan o‘qituvchi rolining o‘zi taqozo etadigan darajada izzat - ikrom
kutadi. Agar pedagog o‘z tarbiyalanuvchilariga nisbatan ishonch va xurmat bilan
munosabatda bo‘lsa, u xar qancha qattiqqo‘l va talabchan bo‘lgan taqdirda xam, uning
eng arzimas tanbexlari ta’sirli bo‘ladi. Talaba o‘qituvchining so‘zlarida o‘ziga nisbatan
xurmat-e’tiborni sezmasa, juda asosli va mantiqan to‘g‘ri pand - nasixatlarni ko‘pincha
loqayd qoldirishi mumkin.

O‘zini o‘zi xurmat qilish tuyg‘usi - bu aniq, lekin mo‘rt quroldir. Psixologik

bog‘lanishning buzilishi esa shaxslararo mojaroga sabab bo‘lishi mumkin.

Ayrim vaziyatlarda bir - birini inqor etuvchi qadriyatlar, vazifalar va

maqsadlarning mavjudligini aks ettiruvchi pozitsiyalar antagonizmi yuzaga chiqadiki,
bazan bu o‘zaro adovatni keltirib chiqaradi - shaxslararo mojaro sodir bo‘ladi.
Mojaroning ijtimoiy moxiyati turlicha va shaxslararo munosabatlar negizini tashkil
etadigan qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Mojaro bittasi noinsoflik qilgan ikkita
o‘rtoqning to‘qnashuvi tusini oladi.

Birgalikdagi faoliyat jarayonida mojarolarning sabablari o‘rnida ikki xil

toifadagi determinant, yani ashyoviy - amaliy kelishmovchiliqlar va shaxsiy -
pragmatik manfaatlar o‘rtasidagi tafovut maydonga chiqadi. Mojarolarning kelib
chiqishiga muloqotga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikda xarakat qilishlariga g‘ov
bo‘lgan va bartaraf etilmagan ma’naviy anglashilmovchiliklar sabab bo‘ladi.
Munosabatdagi ma’naviy anglashilmovchilik - bu aytilgan talabning, iltimosning,


background image

434

buyruqning ma’nosi muloqot bog‘lashgan sheriklar uchun muvofiq emasligidir. Bu xol
ularning o‘zaro xamjixatligi va birgalikda xarakat qilishi uchun to‘sqinlik tug‘diradi.

Agar pedagog talabalar psixologiyasini yaxshi bilsa, uni e’tiborga olsa,

talabaning qiziqishlarini va e’tiqodini, yoshiga xos xususiyatlarini, ilgari egallagan
tajribasini inobatga olsa, uning istiqboli va qiyinchiliqlari bilan xisoblashgan xolda ish
tutadigan bo‘lsa, manaviy anglashilmovchiliklarni bartaraf etish mumkin.

So‘zlar kishi ongining boshqa faktlari kabi moxiyatlarning umumiy tarzda qabul

qilingan tizimidan tashqari aloxida xar bir kishi uchun xos malum darajadagi
shaxsiyatga oid mazmun, qandaydir aloxida axamiyat kasb etadi. Moxiyatlar bilan
shaxsiyatga oid mazmunning nisbati A.N.Leontevning asarlarida chuqur tadqiq etilgan
edi: “Shaxsiyatga oid mazmunlar moxiyatlardan farqli o‘laroq...o‘zining ortiqcha
individualligiga, ”nopsixologik” tarzda mavjudligiga ega emas. Agar tashqi
sezuvchanlik subekt ongida moxiyatlarni obektiv olamning realligi bilan bog‘lab tursa,
shaxsiyatga oid mazmun yesa ularni uning ushbu olamdagi xayoti realligi bilan, uning
sabablari bilan bog‘laydi. Shaxsiyatga oid mazmun inson ongining g‘arazliligini
yuzaga chiqaradi.”

Demak, shaxslararo mojarolar o‘z-o‘zidan kelib chiqmas ekan, balki shaxslarning

o‘zaro kelishmovchiliqlari, manaviy anglashilmovchiliklar, nizolar, ishga doir, shaxsiy
nizolar natijasida kelib chiqar ekan.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1. G‘oziev E.E Muomala psixologiyasi T-2001 y
2. G‘oziev E.E.Tafakkur psixologiyasi T; «O‘qituvchi» 1996 y
3. Ergashev P.S Muloqot psixologiyasi (ma’ruzalar matni) T-2003 y

4. Nigora, S., Go‘zal, Q., & Shoxista, Z. (2023). O ‘SMIR QIZLARNI

OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHDA OILANING ROLI.

International Journal

of Contemporary Scientific and Technical Research

, 330-333.

5. Nigora, S., & Munisa, O. K. (2023). SHAXSLARARO MULOQOTDA

UCHRAYDIGAN QIYINCHILIKLAR.

International Journal of Contemporary

Scientific and Technical Research

, 327-330.

6. Nigora, S., Ilmira, Y., & Zulxumor, X. (2023). TORTINCHOQLIK VA

UNING PSIXOLOGIK SABABLARI.

International Journal of Contemporary

Scientific and Technical Research

, 323-326.

7.

Hakimova,

S.

(2023).

Ijtimoiy

tarmoqlarning

yoshlar

ongiga

ta'siri.

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammolari va yechimlari

.

8. Rixsiyeva, M. va Samatova, N. (2020). INSON PSIXOLOGIYASI VA

UNING ETNIK JAMIYATDAGI O'RNI.

www. konferentsiya nashri. com

, 12.

9. Davlataliyevna, S. N. (2022). Oiladagi salbiy muloqotning farzand

psixologiyasiga ta'siri. International Journal of Contemporary Scientific and Technical
Research, 475-478.

10. Davlataliyevna, S. N. (2022). UMUMIY PSIXOLOGOYA VA TURLI XIL

PSIXOLOGIK AMALIYOTLAR. Scientific Impulse, 1(5), 820-822.

11. Davlataliyevna, S. N. (2022). PSYCHOLOGY AND ITS PRINCIPLES.

Scientific Impulse, 1(5), 823-826.

Библиографические ссылки

G‘oziev E.E Muomala psixologiyasi T-2001 y

G‘oziev E.E.Tafakkur psixologiyasi T; «O‘qituvchi» 1996 y

Ergashev P.S Muloqot psixologiyasi (ma’ruzalar matni) T-2003 y

Nigora, S., Go‘zal, Q., & Shoxista, Z. (2023). O‘SMIR QIZLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHDA OILANING ROLI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 330-333.

Nigora, S., & Munisa, O. K. (2023). SHAXSLARARO MULOQOTDA UCHRAYDIGAN QIYINCHILIKLAR. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 327-330.

Nigora, S., Ilmira, Y., & Zulxumor, X. (2023). TORTINCHOQLIK VA UNING PSIXOLOGIK SABABLARI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 323-326.

Hakimova, S. (2023). Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ongiga ta'siri. Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammolari va yechimlari.

Rixsiyeva, M. va Samatova, N. (2020). INSON PSIXOLOGIYASI VA UNING ETNIK JAMIYATDAGI O'RNI. www. konferentsiya nashri. com , 12.

Davlataliyevna, S. N. (2022). Oiladagi salbiy muloqotning farzand psixologiyasiga ta'siri. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 475-478.

Davlataliyevna, S. N. (2022). UMUMIY PSIXOLOGOYA VA TURLI XIL PSIXOLOGIK AMALIYOTLAR. Scientific Impulse, 1(5), 820-822.

Davlataliyevna, S. N. (2022). PSYCHOLOGY AND ITS PRINCIPLES. Scientific Impulse, 1(5), 823-826.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов