Теоретическая и практическая значимость использования средств мультимедиа на занятиях родным языком

CC BY f
480-483
0
0
Поделиться
Ибрагимов, Х. (2023). Теоретическая и практическая значимость использования средств мультимедиа на занятиях родным языком. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 480–483. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25806
Хайрулла Ибрагимов, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека Джизакский филиал

f.f.f.d. (PhD)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada ona tili dars jarayoniga multimedia vositalarini jalb qilish va uning afzalliklari xususida so‘z yuritildi


background image

480

современных СМИ становится производство новообразований жаргонного
характера с суффиксом -л(а) со значением ‘лицо, названное по характерному его
действию, к которому оно склонно (с экспрессивной окраской, преимущественно
неодобрительной; в разговорной речи)’ [4: 477]: «бомбила», «решала».

В заключение необходимо отметить, что СМИ чутко реагируют на

изменения, происходящие в жизни общества. Активным способом образования
новых номинаций является суффиксация. С помощью неë журналисты
формируют у читателей чаще всего негативные ассоциации. По мнению А.С.
Зотовой, «в создаваемых номинациях “врождëнность” оценочного смысла
фиксирует изначальность выделения в психической сфере личности
положительных или отрицательных эмоций и ощущений. Эти эмоции
формируют отношение к новой картине мира, ориентируют на создание
оценочных стереотипов, существующих в общественном сознании социума» [1:
755]. Кроме того, суффиксация позволяет создавать экспрессивные единицы,
благодаря следующим коммуникативным стратегиям: стратегия разговорности,
стратегия оценивания, стратегия дискредитации. Основными тактиками, на наш
взгляд, являются: тактика иронизирования и тактика иллюстрирования
отрицательного.

Список использованной литературы:

1. Зотова А.С. Коммуникативные стратегии в современном медиадискурсе

и деривационные способы их реализации // Современные проблемы науки и
образования. – 2013б. – № 6. – С. 752-757.

2. Касьянова Л.Ю. Современное состояние и перспективы развития

неологии // Гуманитарные исследования. – 2008. – № 4. – С. 51-61.

3. Катлинская Л.П. Активные процессы словопроизводства в современном

русском языке. – М.: Высшая школа, 2009. – 174 с.

4. Лопатин В.В., Улуханов И.С. Словарь словообразовательных аффиксов

современного русского языка. – М.: Издательский центр «Азбуковник», 2016. –
812 с.

5.

Мусатов

В.Н.

Русский

язык:

морфемика,

морфонология,

словообразование: учеб. пособие. – М.: Флинта: Наука, 2010. – 360 с.

6. Карева О.М. [рецензия] Григоренко О.В. Новые наименования лиц в

современном русском языке. Словарные материалы. - Воронеж: Научная книга,
2009. // Мир русского слова. – 2012. – №1. – С. 92–94

ONA TILI DARSLARIDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN
FOYDALANISHNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI

f.f.f.d. (PhD), Ibragimov Xayrulla Hamdamovich

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

xayrulla.ibragimov@inbox.ru


Annotatsiya:

Mazkur maqolada ona tili dars jarayoniga multimedia vositalarini

jalb qilish va uning afzalliklari xususida so‘z yuritildi.


background image

481

Kalit so‘zlar:

Media, mediata’lim, pedagogika, mediapedagogika, video, audio,

veb-sayt, texnik vosita, aloqa vositalari, masofaviy ta’lim.

Rivojlanib

borayotgan

informatsion

vositalar

jamiyatimizda

ijtimoiy

rivojlanishining

asosini

belgilashda

an’anaviy

imkoniyatlar

bilan

bir

qatorda

insonlarning qobiliyati

, tashabbuskorligi, ishga ijodiy yondashishi, intelektual

faoliyati, mustaqil ravishda o’z bilim va ko’nikmalarini takomillashtirishi kabi omilllar
ham tashkil etadi. Katta hajmdagi ma’lumotni saqlash, uzatish, qabul qilish bilan
bog’liq axborot yaratish jarayoni inson faoliyatini turli soxalarida kompyuter
texnoloiyalarini rivojlantirishlarini hisobga olgan.

Hozirda multimedia vositalarining ta’limda qo‘llashning keng imkoniyatlarga

egaligi o‘z tasdig‘ini topib ulgurdi. Mediata’lim inglizcha media

“edustation”

so‘zidan

bo‘lib, lotincha

media – omil

deganidir. Mediata’lim o‘quvchilarga ta’lim berish

jarayonida yangicha usullardan foydalanishni talab etadi. Mediapedagogika – yangi
pedagogik texnologiyadir, u ommaviy axborot vositalari yordamida o‘quvchilarni
ijodiy fikrlashga, tarbiyalashga imkon beradi. Mediapedagogika resurslariga
internetdagi ma’lumotlar, televideniya, radioeshittirishlar, kino, video, audio
materiallar kiradi [1;38].

Mediata’limning bosh maqsadi – asosiy qonunlarni tushunishga yordam beradi,

oddiy yo‘nalishlardagi mediaaxborot tilini o‘rganish, o‘quvchining badiiy o‘sishi,
rivojlanishiga hissa qo‘shish, mediamatnlarni qabul qilish, o‘rganish va malakali tahlil
etish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. Axborot sohasidagi globallashuv yangicha
dunyoqarash shakllanishiga zamin yaratmoqda. Zamonaviy bilimlar takomillashgan
sari axborotlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish muammosi paydo bo‘lmoqda.
Hozirgi kunda axborotlarning mazmunini ham, ularni ommaviy axborot tarmoqlari
orqali tarqatish usullari va yo‘llarini ham nazorat qilishning deyarli imkoni qolmayapti.
Demak, bu masalada qandaydir chalkashliklarga, xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun
mukammal tizim zarur bo‘ladi. Bu tizim – o‘sha axborot tarqatuvchi hamda uning
iste’molchisi qay darajada bilimli, saviyasi yuksak va ularning bir-birlarini to‘g‘ri
anglashi bilan bog‘liq bo‘ladi. Endilikda ayrim mutaxassislar o‘quvchi ongida
axborotni to‘g‘ri shakllantirish, ta’bir joiz bo‘lsa, uni tizimli ravishda tartibga solish
yo‘llarini izlamoqdalar. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ta’lim amaliyotida bu
sohadagi izlanishlar o‘tgan asrning 70-yillarida boshlangan. Bu pedagogika fanida
o‘ziga xos yo‘nalish – mediata’lim paydo bo‘lishiga zamin yaratgan [2;49].

Pedagog olimlar mediata’lim talabalarga beriladigan dars, bilim, ma’lumotning

tez, tushunarli va yodda qolarli bo‘lishini ta’minlashini e’tirof etganlar. Talaba
o‘qituvchining og‘zaki ma’ruzasidan ko‘ra, ko‘rgazmali vositalardan foydalanib
tushuntirishiga ko‘proq qiziqar ekan. Ana shunda ular yetkazilayotgan mavzuni
ko‘proq yodida saqlab qoladi. Talabalarda bunday darslarga nisbatan qiziqish yuqori
darajada bo‘ladi. Demak, dearli barcha fanlarni o‘qitishda bunday ilg‘or usuldan
foydalanish foydadan holi bo‘lmaydi.

Mediata’lim o‘quvchilarga ta’lim berish jarayonida yangicha usullardan

foydalanishni talab etadi. Mediapedagogika – yangi pedagogik texnologoya
hisoblanadi, u ommaviy axborot vositalari yordamida ijodiy fikrlashga, tarbiyalashga


background image

482

imkon beradi. Mediapedagogika resurslariga internetdagi ma’lumotlar, televideniya,
radioeshittirishlar, kino, video, audio materiallari kiradi.

Davrimiz taraqqiyotiga hamohang ravishda ilm xazinasi yanada boyib,

yoshlarning intellektual salohiyati ortib bormoqda. Axborotlashtirish jarayonida
chinakam axborot jamiyati vujudga kelganini izohlashga hojat qolmagan. Shunga
yarasha mediatexnologiyalar soni o‘sib bormoqda. Bunda tasvir, ovoz va matn tom
ma’noda uyg‘unlashib, audiovizual madaniyati o‘ziga xos ravishda takomillashib
bormoqda. Endi undan ta’lim sohasida ham keng foydalanish davr taqozosiga aylandi.

Ko‘pchilik talabalar gohida noan’anaviy usulda o‘tiladigan darslarni qiziqish

bilan tinglaydilar. Axborot texnologiyalari yordamida o‘tiladigan darslar jarayonida
ana shunday usullardan foydalanishga imkon yaraladi. Bu ta’lim tizimini ham yanada
takomillashtirishga xizmat qiladi. Ya’ni, globallashuv davri hamda unga monand
axborotlashgan jamiyatda yosh avlodni to‘g‘ri tarbiyalash, hayotga tayyorlash, turli
axborotlarni qabul qilish, yaxshi va yomonni, oq bilan qorani farqlay olishga
o‘rganishdir. Mutaxassislar fikricha, ta’lim axborotlashtirishi davlat ta’lim dasturini
hayotga tatbiq etishning asosiy vositasi deb e’tirof etish mumkin.

Axborot globallashuvining eng muhim xususiyatlaridan biri – turli

axborotlarning ko‘payishi bilan izohlanadi. Bugungi kunda internetda qancha veb-sayt
bo‘lsa, shuncha ma’lumotlar bazasi bor. Xo‘sh, ular qanaqa axborotlar, qanday
maqsadlarga xizmat qiladi?

Demak, mediata’lim asosida dars o‘tayotgan o‘qituvchi qanday veb-saytdan

foydalanayotganini yaxshi bilishi kerak. Bunda o‘sha veb-sayt ishonchli hamda asosli
ekanini aniqlab olish lozim.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham mediata’limga alohida e’tibor

qaratilmoqda. Butun jahonda globallashuv jarayonlari jadal tus olgan bugungi kunda
zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari mamlakatimizda ta’lim sohasini yanada
takomillashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi
deyarli barcha ta’lim muassasalari kompyuterlar bilan ta’minlanmoqda. Bu
texnologiya har soniyada millionlab vazifalarni bajarar ekan. Bular orasida
mediata’lim uchun xizmat qiladigan dasturlar ham talaygina. Demak, undan ta’lim
sohasini yanada takomillashtirishda ham samarali foydalanish davr talabidir. Media
bilan bog‘liq atamalarni shartli ravishda 6 ta yo‘nalishga ajratib o‘rganish mumkin:
televidenie, kino, radio, reklama, internet va yangi media, matbuot [3;96].

Texnik vosita, texnologiyalar:

O‘rgatuvchi;

Sinovchi;

Aloqa vositalari.

So‘nggi yillarda yurtimizda xam masofaviy ta’lim jarayoni jadallashdi.

Masofaviy o‘qitish texnologiyasi - o‘zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya
yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o‘quv jarayonlari komponentlari – maqsad,
mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o‘qitish usullariga asoslangan talaba va
o‘qituvchi o‘rtasidagi munosabat.

Masofadan videokonferensiya tizimini qo‘llash yordamida interaktiv o‘quv

darslarini olib borish imkoniyati yaratildi, ya’ni interfaol usulda ma’ruzalarni o‘qish,
seminarlar tashkil etish, savollarga javoblar berish mumkin. Demak, interfaol shakl –


background image

483

masofadan videokonferensiya o‘qitish tizimi, masofadan turib Internet yoki lokal
tarmoq orqali o‘qitishdan farq qiladi, xuddi radiodan va televideniedan ma’ruza o‘qish
kabi.

Masofadan videokonferensiya tizimi – matnli axborotlar almashish, fayllar

almashish imkonini beradi; tashqi elektron doska qo‘llashda o‘qituvchi doskaga
yozadi va bu videokonferens aloqa ko‘magida boshqa auditoriya tinglovchilariga
ko‘rsatiladi.

Videokonferensiya - bu shunday kompyuter texnologiyasiki, u orqali

foydalanuvchi shaxslar bir-birlarini real vaqtda ko‘radi, eshitadi va ma’lumotlar bilan
almashadi. Videokonferensiya tarixi 1964 yil AT&T kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqilgan Videophone (real vaqtda ovoz va tasvirni almashish) qurilmasidan
boshlanadi.

Bizning fikrimizcha, multimediyaning eng ilg'or imkoniyatlari ularning ta'lim

jarayonida interfaol ko'p kanalli bilim vositasi sifatida foydalanishidadir. Maktab
o'quvchilarini o'qitish tizimidagi tadqiqot, loyihaviy yondashuv, o'zlarining
multimedia, gipermedia loyihalarini ishlab chiqish, umumiy madaniy va fan ta'limi
fanlarining barcha bloklarida o'quv maqsadlarida multimediadan doimiy foydalanish
an'anaviy ta'limni o'zgartirishga imkon beradi. rivojlanayotgan va ijodiy jarayonga
aylanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

«Slovar media-terminov». «Media Resursы Menedjment» i izdatelstvo

«Folio» M. 2009.

2.

Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya:nazariya va

amaliyot. - T.: Fan, 2005.

3.

Mirzayeva F. Kasbiy fanlarni o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan

foydalanish. –Toshkent, 2013.

4.

Ibragimov X. TURA SULAYMON ‘S MASTERY OF THE ARTISTIC

USE OF SYNONYMS //Архив Научных Публикаций JSPI. – 2020.

5.

Ibragimov X. FEATURES OF PEOPLE'S LANGUAGE AND LITERARY

LANGUAGE //Архив Научных Публикаций JSPI. – 2020.

6.

Ibragimov X. THE PEOPLE IN THE POETIC RISE OF TORA

SOLOMON'S WORK THE PLACE OF PROVERBS //Архив Научных Публикаций
JSPI. – 2020.

7.

Ibragimov X. (2022). Dars mashgulotlarining samaradorligini oshirishda

yangi

pedagogik

texnologiyalardan

foydalanish.

Zamonaviy

Innovatsion

Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari Va Rivojlanish Tendensiyalari: Yechimlar Va
Istiqbollar,

1(1),

551–554.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5258

8.

Hamdamovich I. K. TURA SULAYMON'S SKILLS OF USING

ANTONYMS //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL
SCIENCES (2767-3758). – 2022. – Т. 3. – №. 03. – С. 71-75.

9.

Тугалов И. и др. Роль чтения художественной литературы в процессе

воспитания //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 6. – С. 657-659.

10.

Ibragimov X. Tura Sulaymon ijodining poetik yuksalishi //Архив Научных

Публикаций JSPI. – 2020.

Библиографические ссылки

«Slovar media-terminov». «Media Resursы Menedjment» i izdatelstvo «Folio» M. 2009.

Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya:nazariya va amaliyot. - T.: Fan, 2005.

Mirzayeva F. Kasbiy fanlarni o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish. –Toshkent, 2013.

Ibragimov X. TURA SULAYMON ‘S MASTERY OF THE ARTISTIC USE OF SYNONYMS //Архив Научных Публикаций JSPI. – 2020.

Ibragimov X. FEATURES OF PEOPLE'S LANGUAGE AND LITERARY LANGUAGE //Архив Научных Публикаций JSPI. – 2020.

Ibragimov X. THE PEOPLE IN THE POETIC RISE OF TORA SOLOMON'S WORK THE PLACE OF PROVERBS //Архив Научных Публикаций JSPI. – 2020.

Ibragimov X. (2022). Dars mashgulotlarining samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari Va Rivojlanish Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, 1(1), 551–554. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5258

Hamdamovich I. K. TURA SULAYMON'S SKILLS OF USING ANTONYMS //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758). – 2022. – Т. 3. – №. 03. – С. 71-75.

Тугалов И. и др. Роль чтения художественной литературы в процессе воспитания //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 6. – С. 657-659.

Ibragimov X. Tura Sulaymon ijodining poetik yuksalishi //Архив Научных Публикаций JSPI. – 2020.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов