Barcha maqolalar
Urganch shahrida transport oqimini boshqarish muammolari
Ushbu maqolada Urganch shahar jamoat transporti tarmog‘inining muammolari yoritilgan. Urganch shahar xududidagi 14 ta shahar jamoat transporti yo‘nalishlari o‘rganish natijasida shahar jamoat transport tizimini takomillashtirish uchun takliflar beriladi.
Urbanizatsiya va shaharsozlik sohasida yaponiya tajribasi
Bugungi kunda Yaponiya o‘zining barqaror iqtisodiyoti va shaharsozligi tufayli dunyoning eng rivojlangan davlaridan biri hisoblanadi.Mamlakat poytaxti metropoliten hududi aholi 41 million kishidan ziyod bo‘lgan Tokyo esa dunyoning aholi eng zich bo‘lgan shahardir. Ho‘sh atrofi suv bilan o‘ralgan, cheklangan yer maydoni va tabiiy resurslari deyarli mavjud bo‘lmagan Yaponiyada urbanizatsiya va shaharsozlik qanday qilib taraqqiy etdi? Mazkur savolga quyida batafsil javob topishga harakat qilamiz.
Universitetning o‘quv mahsulotini shakllantirish jarayonida marketing tadqiqotlari
Oliy ta’lim tizimi doimiy o‘zgarishlar holatida: ta’lim tashkilotlari joylashgan huquqiy soha o‘zgarib bormoqda, ta’lim standartlari, ta’lim texnologiyalari o‘zgarmoqda, ta’lim xizmatlari iste’molchilarining o‘zlari va ularning zamonaviy oliy ta’lim haqidagi g‘oyalari o‘zgarmoqda. Ta’lim tashkilotlari iste’molchilarni jalb qilishning turli usullaridan foydalanadilar, ular orasida marketing vositalari birinchi o‘rinda turadi. Ta’lim dasturlarini shakllantirish jarayonida universitetlar marketing tadqiqotlari orqali olinishi mumkin bo‘lgan iste’molchilar xatti-harakatlarining omillari, motivlari va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotga muhtoj. Ta’lim xizmatlari bozorini marketing tadqiqotlari natijalari oliy o‘quv yurtini strategik boshqarish, shuningdek turli marketing dasturlarini ishlab chiqishda tezkor boshqarish uchun asos bo‘ladi: ta’lim muassasasini ta’lim xizmatlari bozorida targ‘ib qilish dasturlari, talabalar va talabalarni jalb qilish va saqlash dasturlari, narx va assortiment siyosatini shakllantirish. Maqola mintaqaviy farqlarni hisobga olgan holda universitetning ta’lim xizmatlari iste’molchilarining xatti-harakatlari bo‘yicha marketing tadqiqotlarining uslubiy yondashuvlari va natijalariga bag‘ishlangan. Maqolada muallif tomonidan ta’lim muassasasini tanlash omillari va o‘qitish yo‘nalishini tahlil qilish natijalari keltirilgan, ta’lim muassasalari tomonidan narx siyosatini shakllantirish tamoyillari ko‘rib chiqilgan, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida o‘qish narxini mintaqaviy tahlil qilish natijalari keltirilgan. Tadqiqot bazasi sifatida muallif tomonidan turli Toshkent universitetlarida o‘tkazilgan dala tadqiqotlari natijalari, oliy o‘quv yurtlarining rasmiy veb-saytlari, “Reutor” reyting agentligi, “IMTIHON” loyihasi, moliya vazirligining rasmiy veb-sayti kabi ixtisoslashtirilgan manbalarni tahlil qilish asosida kabinet tadqiqotlari natijalari ishlatilgan.
Transport tizimlari uchun axborot texnologiyalarining xususiyatlarI
Aloqa vositalaridan foydalanishga asoslangan zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish tufayli "axborot tizimi" atamasi keng qo'llaniladi. Ushbu tezisda transport tizimlari uchun axborot texnologiyalarining xususiyatlari ko’rib chiqilgan va tavsiyalar berib o’tilgan.
Transport tizimida aholi uchun ish izlash platformasini ishlab chiqish
Bugungi kunda raqamli platformalar eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzularning tepasida. Ularning voqelikni o‘zgartirishdagi asosiy rolini iqtisodchilar va siyosatchilar, IT-mutaxassislari va ishlab chiqarish vakillari, fan va madaniyat, ta’lim va tibbiyot vakillari aytadi. Hayotimizning barcha jabhalarida raqamli muhitni yaratish bo‘yicha maqsadli, rejali ishlarni boshlash vaqti kelganiga hamma ham rozi. Asosiy e’tibor, birinchi navbatda, blokcheyn, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlarni tahlil qilish kabi istiqbolli innovatsion texnologiyalarga qaratilgan. Lekin, afsuski, raqamli kelajak haqidagi munozaralarda fundamental texnologiyalar muhokamasiga asossiz ravishda kam e’tibor qaratilmoqda.
TRANSPORT SOHASIDA BIOMETRIK YECHIMLAR
Toshkent shaxrida yulovchilar okimlariga transport xizmati kursatish holatining taxlili
Maqolada Nukus shahrining bugungi kundagi shahar transporti va yo‘lovchi transporti faoliyati, shaharda hozirgi kunda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatayotgan yo‘lovchi transport turlari, ularning yo‘nalish sxemasi, aholini tashishdagi muammolar va ulardan foydalanish ko‘rsatgishlari tahlil qilingan.
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI UCHUN ELEKTRON BUYURTMALAR QABUL QILISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI
TEMIR YO‘LCHILARNING MALAKASINI OSHIRISH FAKULTETI UCHUN DASTURIY TA’MINOTNI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI
Temir yo‘l avtomatika resursini aniqlash dasturi va algoritmmini ishlab chiqish
Maqolada temir yo‘l tarmog‘i korxonasida ma’lumotlar omborini boshqarish mavzusi, ya’ni temir yo‘l avtomatlashtirish va telemexanika elementlarini qabul qiluvchi va ularga xizmat ko‘rsatadigan asbobuskunalar, jumladan, yo‘l uchastkalari holatini boshqaruvchi eng muhim qurilma (element) relesi, temir yoʻl avtomatlashtirish relelarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish algoritmi ishlab chiqildi va dasturi tuzildi.
TELECONTROL OF THE EXPERT SYSTEM OF AUTOMATIC TRAFFIC CONTROL
Ta’lim xizmatlari sohasida marketing tadqiqotlari
O‘zbekistonning iqtisodiy hayotidagi o‘zgarishlar inson hayotining barcha sohalariga ta’sir qiladi. Bu, ayniqsa, ta’lim uchun to‘g‘ri keladi. “Bepul oliy ta’lim” standartlashtirilgan kontseptsiyasi o‘tmishga aylanib bormoqda va ta’lim xizmatlari iste’molchilarining talablari o‘zgarmoqda. Hozirgi vaqtda talabalarning turli darajadagi talablari, asosiy ta’lim va daromadlari uchun mo‘ljallangan pullik ta’limning ko‘plab shakllari va usullari mavjud. Taklif etilayotgan xizmatlar iste’molchilar talablariga qay darajada javob beradi? Bu savolning javobi ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talabni va demakki, nodavlat ta’lim muassasalarining moliyaviy muvaffaqiyatini belgilaydi. Ta’lim xizmatlari bozorida raqobat kuchayib borayotganini hisobga olib, potentsial talabni baholash uchun bozorni o‘rganishning marketing usullariga murojaat qilish kerak. Marketing tadqiqotining maqsadi istiqbolli ehtiyojlarni aniqlash, ularning qondirish darajasini baholash, aniq farazlarni sinab ko‘rish va iste’molchilarning xatti-harakatlarini bashorat qilishdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, zamonaviy ta’lim muammolarini tahlil qilishda marketing tadqiqotlari metodologiyasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
TASHKILOT XODIMLARINING TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TISH MUDDATINI NAZORAT QILUVCHI DASTUR YARATISH AHAMIYATI
Standardization of traffic
ecological regularity of the construction and operation (use) of highways
Sql va nosql ma’lumotlar bazalaridan foydalanish holatlari
Ushbu maqolada ma’lumotlar bazalari haqida muhokama qilinadi. SQL va NoSQL ma’lumotlar bazalari nima ekanligini tushunishga harakat qilamiz va ular orasidagi asosiy farqlari, qо‘llanilish soxalari, qay tartibda ishlash masalalari tanishtirib о‘tilgan.
Shaharlardagi avtomobil saqlash joylarini arxitekturaviy-muhandislik rejalashtirishga ta’sir etuvchi iqtisodiy omillarni tadqiq etish
Mazkur maqolada shaharlardagi avtomobil saqlash joylarini arxitekturaviy-muhandislik rejalashtirishga ta’sir etuvchi iqtisodiy omillarni yani loyihalash jarayonida qurilish narxinihg oshishi hamda yer osti avtoturargohini qurishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi tadqiq qilindi.
Shaharlarda transport oqimini boshqarish tamoyillari
Jahonda transport oqimini to‘g‘ri tashkil etish va boshqarish dolzarb masalalardan hisoblanadi. So‘ngi yillarda bu boradagi ilmiy tadqiqotlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, transport infratuzilmasini yaxshilash, ko‘cha-yo‘l tarmoqlari va chorrahalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, harakat ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash, transport oqimini zamonaviy intelektual transport tizimlariga asoslangan holda boshqarish kabilardir. Ushbu maqolada shaharlarda transport oqimlarini boshqarishga integral yondashish orqali, harakat jadalligi va transport oqimi xususiyatlariga muvofiq boshqarish usullari tahlil qilindi.
Shahar-ko’cha yo‘llarida daraxtlarning sanitar-gigienik holatini hamda yo‘llarni infrastrukturasini yaxshilash
Ushbu maqola avtomobil yo‘llarida ko‘kalamzorlashtirishning maqsad va vazifalari, sanitar-gigienik holati hamda, shahar-ko‘cha yo‘llari infratuzilmalarini yaxshilash mexanizmlarini takomillashtirish haqida fikr yuritilgan.
Shahar transporti infrastrukturasining atrof-muhitga ta’siri va havoning ifloslanishini kamaytirishning ahamiyati
Ma'lumki, global iqlim o'zgarishining inson salomatligiga ta'siri, birinchi navbatda, havo haroratining ko'tarilishi natijasida atmosferada ifloslantiruvchi moddalar va allergenlarning ko'payishi bilan bog'liq bo'lib, bu yurak, qon aylanish va havo-tomchi kasalliklarining kuchayishiga olib keladi. Kasalliklar va havodagi ortiqcha chang miqdori allergiya va bronxial astma bilan kasallanishning ko'payishiga olib keladi. Ayniqsa, so'nggi yillarda shaharlardagi ekologik vaziyatning yomonlashuvi bilan bog'liq ma'lumotlar tez-tez paydo bo'lmoqda. Hududlarda aholi farovonligini oshirishga shaharlarning barqaror rivojlanishi va ularning ekologik muammolarini hal etish orqali erishish mumkin.
Shahar transporti infrastrukturasi
Maqolada shahar ko‘cha-yo‘llarini loyihalash, qurish bo‘yicha, unda transport tizimi faoliyatini yo‘lga quyish shahar ko‘cha-yo‘llari, ularning elementlari, tasnifi, turlari, shahar transporti, avtomobillar qatnov qismlari bundan tashqari, transport va piyodalar harakatini tashkil etish masalalari keltirilgan.
Shahar ko‘cha-yo‘llarining yo‘l qoplamalarini namlikdan himoyalash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish
Мазкур мақолада yo`l qoplamasining suv shimuvchanlik koeffitsiyentini qayta tiklash bo`yicha jahon tajribasidan o`tkan va hozirgi kunda sinovdan o`tkazilayotgan yangi texnologiya va materiallar yoritib berilgan.
Shahar hududidagi mavjud transport oqimlari bo‘yicha funksional rejalashtirish
Mazkur maqola shaharlarda transport tizimini funksional rejalashtirishda hududning yuk va yo‘lovchi transport tizimini yani jamoat transporti tizimi muxandislik jihatdan rejalashtirish zaruzligi yoritilgan.
Shahar atrof uchastkalarining zonalari soni va o‘tkazuvchanlik qobiliyatini aniqlash
Sanoat korxonalarida masнina va apparatlarni korroziyаdan ximoyа qilisн
Maqolada kimyo sanoati korxonalarida mashina va apparatlardagi korroziyaning yuzaga kelishi, undan keladigan yo‘qotishlar, korroziyaga qarshi kurashishdan maqsad, korroziyani yuzaga keltiruvchi elementlar, jarayonlar va muhitlar xaqida ma’lumot berilgan, shuningdek korroziyaga qarshi kurashish yo‘llari bayon qilingan.
Piyodalar yo’lagida xavfsiz harakatni tashkil etish
Har yili har uchinchi yo‘l-transport hodisasi piyodalar to‘qnashuvi bilan bog‘liq. Asosiy sabablar, ular: yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik, piyodalar o‘tish joylarining qoniqarsiz holati, tartibga solish elementlari yoki ularning yo‘qligi bilan tavsiflanadi. Aholi yashash punktlarida havfsiz piyodalar harakatini tashkil etish avtomobil yo‘llarini va shahar ko‘chalarini ta’mirlash va yo‘l belgilari bilan jixozlash lozim. Hozirgi kunda piyodalar ishtirokida yo‘l transport xodisalarini sodir etilayotganidan kelib chiqqan holda piyodalar qoidabuzarligi masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.