Jahonda energiya ta’minoti manbalari monitoringida axborotlarni taqsimlashning turli signal o‘zgartgichlarini keng qo‘llash, ular yordamida doimiy monitoring jarayonlarini amalga oshirishda elektr energiya istemol qiluvchi obektlarning uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash bo‘yicha signallar bilan ta’minlovchi apparatlar, qurilmalar, vositalar hamda algoritm va dasturiy vositalarini takomillashtirishga qaratilgan qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Energiya ta’minoti tizimlarining ishonchli ish holatlarini ta’minlashda ishlab chiqarilayotgan energiya miqdori va sifatini manbalar quvvatini monitoring qilish asosida rejalashtirish, dasturiy vositalar va texnik yechimlarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga elektr energiya manbalarining kattalik va parametrlarini ikkilamchi signallarga o‘zgartirish apparatlari tuzilish tamoyillari hamda ularning dasturiy vositalarini yaratish dolzarb masalalardan hisoblanmoqda.
Koʻrishlar
Yuklashlar
hh-index
Iqtibos
inLibrary — ochiq fan (Open Science) paradigmasi asosida qurilgan ilmiy elektron kutubxona boʻlib, uning asosiy vazifalari ilm-fan va ilmiy faoliyatni ommalashtirish, ilmiy nashrlar sifatini jamoatchilik nazorati, fanlararo tadqiqotlarni rivojlantirish, zamonaviy ilmiy tadqiqot instituti hisoblanadi. qayta koʻrib chiqish, oʻzbek ilm-fanining iqtiboslarini oshirish va bilim infratuzilmasini shakllantirish.
Aloqalar:
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Parkent ko‘chasi 51-uy, 2-qavat