Jizzax viloyatida kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi tahlili

CC BY f
255-262
14
2
Поделиться
Суюнов, А. (2023). Jizzax viloyatida kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi tahlili. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 255–262. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp255-262
Аббос Суюнов, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана

Студентка 3 ступени экономического факультета

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Jizzax viloyatidagi kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy salohiyatidagi o‘rni va aholi ijtimoiy-iqtisodiy farovonligiga ta’siri haqida so‘z boradi. Aholi turmush darajasini oshirishning eng muhim yo‘li kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdir. Maqola mavzusini yoritishda xorijlik olimlarning ilmiy ishlaridan unumli foydalanildi.

Похожие статьи


background image

STARS International University

255

JIZZAX VILOYATIDA
KICHIK BIZNES
SUBYEKTLARI
TOMONIDAN
ISHLAB
CHIQARILGAN
MAHSULOTLAR
HAJMI TAHLILI

SUYUNOV ABBOS
ILYOS O‘G‘LI,

O‘zbekiston Milliy universiteti
Jizzax filiali Iqtisodiyot
yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Jizzax viloyatidagi kichik biznes subyektlari tomonidan

ishlab chiqarilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy salohiyatidagi o‘rni va aholi
ijtimoiy-iqtisodiy farovonligiga ta’siri haqida so‘z boradi. Aholi turmush darajasini oshiris-
hning eng muhim yo‘li kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdir. Maqola mav-
zusini yoritishda xorijlik olimlarning ilmiy ishlaridan unumli foydalanildi.

Kalit so‘zlar:

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, modernizatsiyalash, tijorat, eksport,

import, investitsiya, sanoat, savdo, moliyaviy xizmatlar, yo‘naltirilgan bozor.

KIRISH

Bozor iqtisodiyotining intensiv rivojlanishi hamisha tadbirkorlik faoliyatining fa-

ollashuvi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib kelgan. Tadbirkorlik faoliyati – bu daro-
madni maksimallashtirish va jamiyat ehtiyojini qondirish imkonini beruvchi yangi
tovar va xizmat turlarini yaratish maqsadida ishlab chiqarish omillarini loyihalash-
tirish, tashkil qilish va resurslarni birlashtirishdir. Faoliyat xususiyatiga ko‘ra tadbir-
korlikning quyidagi: ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy, vositachilik, sug‘urta, kon-
salting, axborot, innovatsion tadbirkorlik turlari ajratib ko‘rsatiladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

Kо‘plab xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar kichik biznes va xususiy tadbirkor-

likning mazmun-mohiyati, uni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar, kichik biznes
subyektlarining iqtisodiyotdagi о‘rni hamda ahamiyati tо‘g‘risida ilmiy tadqiqotlar
olib borilgan. Jumladan, V. Dolyaning “Ensiklopediya biznesmena” lug‘atida: “Tad-

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp255-262


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

256

birkor degani yangi bir ishga qо‘l urish, uni bajarishga kirishish, qandaydir kattaroq
ishlarni amalga oshirishdir”, – deb ta’rif berilgan bо‘lsa, R. Xizrich va M. Piterslar:
“Tadbirkor, ya’ni о‘ylab ish kо‘ruvchi kishi – korxona ishini yurgizishga moyil, qobili-
yatli, katta hajmdagi ishlarga qо‘l ura oladigan, jasur, chо‘rtkesar va bunday ishlar-
ga botir bо‘lgan kishidir»,-deb ataganlar. Rossiyalik olimlardan A.G. Aganbegyan
kichik biznes subyektlarining iqtisodiyotda mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, boylik
yaratuvchi va xizmat kо‘rsatish sohalarini о‘z ichiga oladigan soha ekanligi, ammo
unga moliya-kredit, birja faoliyati kirmasligini ta’kidlagan bо‘lsa, A. Komov о‘zining
“Russkoye ekonomicheskoye obshestvo” jurnaliga bergan ilmiy maqolasida kichik
biznes subyektlarini iqtisodiyotning yirik tarkibiy qismi ekanligi va uning rivojla-
nishida kredit tizimining ahamiyati tо‘g‘risida fikr yuritgan. Umuman olganda, kis-
hining tadbirkorlik holati – bu tashabbuskorligi, novatorligi, manfaatdorligi, ishga
eskicha emas, yangicha yondashishidir.

Kichik biznes – mustaqil mulkka ega bo‘lgan, xo‘jalik faoliyatini mustaqil tashkil

etishga asoslangan va o‘z tarmog‘ida hukmron mavqe tutmaydigan biznes. Tur-
li mamlakatlarda kichik biznes subyektlari maqomini belgilab beruvchi mezonlar
sifatida korxonada band bo‘lgan ishlovchilar soni, korxonaning tovar aylanmasi,
aktivlar, kapitallar, foyda miqdori va boshqa ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Amal-
dagi qonunchilikka binoan, yillik o‘rtacha xodimlar soni qishloq, o‘rmon va baliq
xo‘jaligida 50 nafargacha, sanoatda faoliyat turiga qarab 100 dan 270 nafargacha;
savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 25 dan 50 nafargacha ishchilarga ega bo‘lgan
subyektlar kichik korxonalar tasnifiga kiradi.

Kichik biznesni rivojlantirish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy

islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Kichik biznesni rivojlantirish
bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishga va hududiy monopolizmga barham
berishga, raqobat muhitini vujudga keltirish va kengaytirishga, ilmiy-texnika na-
tijalarini ishlab chiqarishga joriy etish hamda eksport salohiyatining yuksalishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kichik biznesning yana bir xususiyati nisbatan kam xarajat-
lar evaziga yangi ish o‘rinlari yaratish va shu orqali bandlik muammosini hal etish-
ga hissa qo‘shishi hisoblanadi. Shu bilan birga, kichik biznes turli ijtimoiy guruhlar
daromadlari o‘rtasidagi tafovutlarni qisqartirishga, moddiy, mehnat va moliyaviy
resurslarni sarmoyadorlik darajasi yuqori bo‘lgan sohalarga yo‘naltirishga, iqtiso-
diyotning turli sektorlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishga
o‘z hissasini qo‘shadi. Kichik biznesning ijtimoiy vazifalari ham muhim ahamiyat-
ga ega. Kichik biznes kishilarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik, ijodkorlik salohiyat-
larini namoyish etish uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Unda yirik korxonalar-
dan farqli o‘laroq, ishlab chiqarish natijalari va ishlovchilar manfaatlari o‘rtasida
bog‘liqlik yaqqol ko‘rinib turadi. Kichik biznesning yana bir muhim ijtimoiy va-
zifasi shundan iboratki, u ijtimoiy jihatdan zaif aholi qatlamlari: ayollar, nogiron-
lar, pensionerlar va boshqalarni ish bilan ta’minlaydi hamda ularning mehnatidan
keng foydalanadi. Yosh mutaxassislarning ishlab chiqarish tajribasini oshirishga
sharoit yaratib beradi.

– Faqat katta korxonalar qurib, aholi bandligini va daromadini oshirish, byudjet

tushumlarini ko‘paytirish masalalarini to‘liq hal eta olmaymiz. Turmush darajasini
oshirishning eng muhim yo‘li tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishdir, – deydi
Shavkat Mirziyoyev.


background image

STARS International University

257

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har taraflama qo‘llab-quvvatlash

maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq Farmon va Qa-
rorlari qabul qilindi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbir-
korlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoli-
yati yo‘lga qo‘yilib, unga 200 milliard so‘m va 50 million dollar mablag‘ aj-
ratildi. Shunga o‘xshash yana bir qancha amaliy choralar o‘z natijasini be-
rib kelmoqda. Kichik biznes mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb
60 foizini, sanoat mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq xo‘jaligi mahsulo-
tining 98 foizini, investitsiyalarning yarmini ta’minlamoqda. Ko‘pgina viloyatlarda
eksportning 70-90 foizi aynan kichik biznesga to‘g‘ri keladi.

1-jadval.

Jizzax viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning

iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy ko‘rsatkichlari hajmi

Yillar

Sanoat

(mlrd.

so‘m)

Qurilish

(mlrd.

so‘m)

Eksport

(mln.

AQSh

dol)

Import

(mln.

AQSh

dol)

Savdo

(mlrd.

so‘m)

Qishloq,

o‘rmon va

baliq xo‘jaligi

(mlrd.so‘m)

Xizmatlar

(mlrd.

so‘m)

2010

221

192,1

85,3

27,8

584,5

1785,2

367,9

2011

303,3

247,6

81,7

72,4

821,2

2764,2

488,9

2012

350,8

307,8

20,3

47,1

1078,3

3355,1

615,9

2013

461,3

440,2

90,3

121,9

1416,1

3881,3

756,4

2014

579,4

609,5

33,1

51,8

1753,3

4917,6

976,2

2015

773,6

697,6

37,6

56,2

2170,1

5879,5

1300,2

2016

1182,3

838,4

74,4

59,8

2748,4

7044,2

1643,8

2017

1629,5

889,8

88,2

102,4

3245

9146

1857,7

2018

2390,8

1508,2

68,8

242,7

3991,8

11794,5

2250,7

2019

2638

2460,6

80,7

376,4

5076

14044,5

2742,2

2020

3808,1

2665,5

76,4

646,9

6238,6

16825,4

3095,8

2021

8704,1

2884

196511

335665

3360,8

4014,5

2022

yanvar-

mart

2294,2

595,8

52991,2

101310

733

2289,5

995,9

Yuqoridagi jadvalda so‘nggi 10 yillik va 2022-yil I choragida Jizzax viloyatidagi

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy ko‘r-


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

258

satkichlari hajmini solishtirib ko‘ramiz. Jadvalda ko‘rinib turibdiki, hududda olib
borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida Jizzax viloyatida faoliyat yuritib kela-
yotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyot sohala-
ridagi indikator ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshganligini ko‘rishimiz mum-
kin. Statistik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2010–2017-yilgacha bo‘lgan davrda bar-
cha sohalarda o‘rta hisobda yiliga 25-30% o‘sish kuzatib kelingan. 2017-yildan
boshlab sohalardagi ko‘rsatkichlarda sezilarli darajada o‘sish qayd etilgan. Buni
2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi doirasidagi Iqtisodiyotni
rivojlantirish va erkinlashtirish yo‘nalishida qilingan ishlar va sa’y-harakatlar nati-
jasi sifatida ko‘rishimiz mumkin. Ammo 2020-yilda iqtisodiyotini larzaga solgan
koronavirus pandemiyasi bizning iqtisodiyotimizga ham ta’sir qilmay qolmadi. Bu
davr dunyo hamjamiyati iqtisodiyotida pasayish kuzatilishiga sabab bo‘ldi. Kel-
gusi davrda iqtisodiyotning asta-sekin tiklanishi bilan iqtisodiy ko‘rsatkichlarda
ham o‘sishga erishildi. “2021-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi
6,2 foizga yetdi”,-deyiladi Jahon bankining “Jahon iqtisodiy istiqbollari” hisobo-
tida. Bundan tashqari, Jizzax viloyati Statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga
ko‘ra, hududda 2022-yilning yanvar-mart oylari oralig‘idagi davrda ham o‘tgan
yilning mos davriga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Bunga ko‘ra,
sanoat tarmoqlarida ko‘rsatkichlar 2294,2 mlrd. so‘m, qurilish sohasida 595,8
mlrd. so‘m, savdo sohasida 733,0 mlrd. so‘m, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida
2289,5 mlrd. so‘m va xizmatlar sohasida 995,9 mlrd. so‘mga yetgan. Yil yakuniga
qadar bu raqamlar bir necha barobarga oshishi kutilmoqda.

1-diagramma.

2022-yilning yanvar-mart oylaridagi ko‘rsatkichlar 2021-yilning mos dav-

riga nisbatan olib qaraganimizda, sanoat va eksport sohalarida sezilar-
li darajada oshganligini, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi va qurilish sohalari-
da esa deyarli o‘zgarish kuzatilmaganligini ko‘rishimiz mumkin. Kichik biznes va


background image

STARS International University

259

xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘bat-
lantirish, ularning faoliyati uchun qulay muhit yaratish borasida amalga oshirilayot-
gan tadbirlar 2022-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, 21 836 ta kichik biznes subyektla-
rini (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) tashkil etish imkonini berdi. (2021-yilning shu
davriga nisbatan 110,8 foizga ko‘pdir).

2-diagramma.

Bundan ko‘rinib turibdiki, kichik biznesdagi jami subyektlarining 32,5% ini savdo,

27,7% ini qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 19,2% ini sanoat, 5% ini qurilish sohasi
tashkil etadi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Jizzax viloyat sanoat korxonalarida tarkibiy islohotlarni amalga oshirish hamda

ishlab chiqarish quvvatlarini texnik va texnologik jihatdan modernizatsiyalash ja-
rayonlarining jadal olib borilganligi natijasida 2022-yilning yanvar-mart oylarida
2 294,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi ta’minlanib, ishlab
chiqarish fizik hajm indeksi 2021 yilning tegishli davriga nisbatan 104,7 foizni tas-
hkil etdi. Shuningdek, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibida ko‘proq qay-
ta ishlash sanoatiga to‘g‘ri kelib, uning ulushi 94,1 foizni tashkil etdi. Elektr, gaz,
bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash ulushi 3,9 foizni (ishlab chiqarish
indeksi 101,8 %), suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va
utilizatsiya qilish ulushi 1,0 foizni (ishlab chiqarish indeksi 103,6 %), tog‘–kon sa-
noati va ochiq konlarni ishlash ulushi 1,0 foizni (ishlab chiqarish indeksi 45,8 %)
tashkil qildi.

Viloyat bo‘yicha kichik tadbirkorlikda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqa-

rish bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari (umumiy hajmiga nisbatan mlrd.

so‘mda)


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

260

1-rasm

Berilgan diagrammada (1-rasm) ko‘rishimiz mumkinki, Jizzax viloyati bo‘yicha

eng ko‘proq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Jizzax shahar (245,8 mlrd.
so‘m), G‘allaorol (605,6 mlrd. so‘m), Paxtakor (70,3 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga
to‘g‘ri keladi.

Xizmatlar sohasini rivojlantirish ham ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini

shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mam-
lakatimizda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng mu-
him ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini os-
hirishga katta ta’sir o‘tkazadi. Xizmatlarning xilma-xil tashkil etilganligi aholining
katta qismining hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi.

2-jadval.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan

(ko‘rsatilgan) bozor xizmatlarining hajmi

Xizmat nomi

Miqdori,

(mlrd.

so‘m)

O‘sish

sur’ati, %

Jamiga

nisbatan %

Xizmatlar – jami:

1 746,90

116,5

100

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari

81

119,8

4,6

Moliyaviy xizmatlar

491,8

136,5

28,1

Transport xizmatlari

236,7

106,6

13,5

Shu jumladan: avtotransport xizmatlari

232,4

108,1

13,3


background image

STARS International University

261

Yashash va ovqatlanish xizmatlari

44,5

108,2

2,6

Savdo xizmatlari

538

112,4

30,8

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar

36,7

103,1

2,1

Ta’lim sohasidagi xizmatlar

83,2

101,9

4,8

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar

34,6

125,6

2

Ijara xizmatlari

36,7

92,5

2,1

Kompyuterlar va maishiy tovarlarni
ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar

42,3

106,6

2,4

Shaxsiy xizmatlar

49,8

108,3

2,9

Me’morchilik, muhandislik izlanishlari,
texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar

22,9

105,3

1,3

Boshqa xizmatlar

48,7

112,3

2,8

Xizmatlar tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari (30,8 %), moliyaviy xiz-

matlar (28,1 %), transport xizmatlari (13,5 %) va ta’lim sohasidagi xizmatlar (4,8 %)
tashkil etadi. Bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi savdo xizmatlari eng yuqori
ulushni (30,8 %) tashkil etadi. Savdo oddiy taqsimlash mexanizmidan iste’molc-
higa yo‘naltirilgan bozor talablarini shakllantirish jarayonlarida faol ishtirokchiga
aylandi. Hozirgi vaqtda savdo xizmatlari iqtisodiyotda ko‘rsatilgan jami xizmatlar
hajmining sezilarli qismi hisoblanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Jizzax viloyati hududida kichik biznesning rivojlanishida qurilish va pardozlash

materiallari, asbob-uskunalar, tekstil, mashinasozlik ehtiyot qismlari va uskunalari,
farmatsevtika mahsulotlari, ko‘plab iste’mol tovarlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqalar yuqori potensialga ega sohalar hisobla-
nadi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Jizzax viloyatida tadbirkorlik muhitini
yanada yaxshilash bo‘yicha to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan va izchil amalga oshirib borila-
yotgan kompleks chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal ri-
vojlantirish va barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash imkonini bermoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvat-
lash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar natijasida ularning soni yil sayin ortib bormoqda. Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikda samaradorlikni yanada oshirish uchun yer ajratish, banklar-
dan kredit olish va yana bir qancha sohalarda tadbirkorlarga to‘siq bo‘layotgan
jarayonlar, korrupsiya holatlariga chek qo‘yish lozim.

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı

1. Yoziyev G‘olibjon Lutfullayevich. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning

mamlakat innovatsion rivojidagi salohiyatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari (Osi-


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

262

yo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari misolida)”. Dissertatsiya. Toshkent – 2019.
– B. 44–46.

2. M.P. Boltabayev, M.S. Qosimova, B.K. G‘oyibnazarov, SH.J. Ergashxodjayeva,

A.N. Samadov, Sh.I. Otajonov. Kichik biznes уа tadbirkorlik. O‘quv qo‘llanma. «Nos-
hir» toshkent – 2011.

3. https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/5039/3172.
4. https://www.geniusjournals.orgindex.phpejhgearticledownload11641036.
5. https://www.jizzaxstat.uz/files/341/2022-1-chorak/2741/Kichik-tadbirkorlik.

pdf?preview=1.

6. https://www.jizzaxstat.uz/files/341/2022-1-chorak/2737/Sanoat.pdf?pre-

view=1.

7. https://www.jizzaxstat.uz/files/341/2022-1-chorak/2747/Xizmat.pdf?pre-

view=1.

8. https://kun.uz/uz/news/2022/01/13/jahon-banki-ozbekistonda-2021-yil-

da-yaim-osishi-62-foizga-yetdi.

https://cyberleninka.ru/article/n/iqtisodiy-o-sishini-ta-minlashda-kichik-biz-

nes-va-xususiy-tadbirkorlik-faoliyatining-o-rni.

Библиографические ссылки

Yoziyev G‘olibjon Lutfullayevich. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat innovatsion rivojidagi salohiyatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari (Osi-yo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari misolida)”. Dissertatsiya. Toshkent – 2019. – B. 44–46.

M.P. Boltabayev, M.S. Qosimova, B.K. G‘oyibnazarov, SH.J. Ergashxodjayeva, A.N. Samadov, Sh.I. Otajonov. Kichik biznes уа tadbirkorlik. O‘quv qo‘llanma. «Noshir» toshkent – 2011.

https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/5039/3172.

https://www.geniusjournals.orgindex.phpejhgearticledownload11641036.

https://www.jizzaxstat.uz/files/341/2022-1-chorak/2741/Kichik-tadbirkorlik.pdf?preview=1.

https://www.jizzaxstat.uz/files/341/2022-1-chorak/2737/Sanoat.pdf?preview=1.

https://www.jizzaxstat.uz/files/341/2022-1-chorak/2747/Xizmat.pdf?preview=1.

https://kun.uz/uz/news/2022/01/13/jahon-banki-ozbekistonda-2021-yilda-yaim-osishi-62-foizga-yetdi.

https://cyberleninka.ru/article/n/iqtisodiy-o-sishini-ta-minlashda-kichik-biznes-va-xususiy-tadbirkorlik-faoliyatining-o-rni.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов