Farzand hayotida otaning o‘rni

Поделиться
Алдашева , Д., Джалилова , Н., & Шодиев , Е. (2023). Farzand hayotida otaning o‘rni. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 33–34. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp33-34
Динара Алдашева , STARS International University

Студентка 21-й группы C

Нозиля Джалилова , STARS International University

Студентка 21-й группы C

Е Шодиев , STARS International University

Научный руководитель: PHD Ученый секретарь Ученого совета

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada mualliflar tomonidan farzandning kelajagiga otaning o‘rni qanchalik muhimligi, hozirgi kunda otalarning farzand tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘layotganligi kabi jamiyat barqarorligi uchun muhim bo‘lgan masalalar tadqiq etilgan.

Похожие статьи


background image

STARS International University

33

Annotatsiya:

Mazkur maqolada mualliflar tomonidan farzandning kelajagiga otaning o‘rni qan-

chalik muhimligi, hozirgi kunda otalarning farzand tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘layotganligi kabi jamiyat
barqarorligi uchun muhim bo‘lgan masalalar tadqiq etilgan.

Kalit so‘zlar:

farzand, ota, oila, jamiyat, ijtimoiy barqarorlik.

Kirish

Farzand tarbiyasi, uni jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini topishi, ma’naviy barka-

mol inson bo‘lib voyaga yetishi hozirgi kundagi global muammolardan biri hisob-
lanadi. Chunki farzand ota-onaning kelajagi hisoblanadi. Ota-ona qanday tarbiya
bersa, farzandlar ham kun kelib shunday javob qaytaradi. Bugungi kunda esa otalar
tarbiya berish, farzandi yonida bo‘lishikerakligini unutib qo‘ymoqda. Farzand na-
faqat ota-ona kelajagi, balki yurt kelajagi hamdir.

Adabıyotlar tahlılı va metodlar

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to‘g‘risida Qonun,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar
hamda Internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-de-
duktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillaridan keng qo‘llanildi.

Tadqiqotchi olima D.R.Berdiyeva o‘zining “Farzand tarbiyasida ota-onalik ma’su-

liyati” nomli ilmiy maqolasida farzand tarbiyasi va unda ota-onaning o‘rni, ma’suliya-
ti hamda vazifa va burchlari masalalari, shuningdek, farzand tarbiyasi bu shunchaki
tajriba, oddiy ko‘rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o‘z ichiga diniy-axloqiy
bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalarga oid bilimlarni ham
qamrab oladigan murakkab jarayon ekanligi ta’kidlab o‘tgan. Shu boisdan bu kichik
tadqiqot tarbiyachilar, pedagoglar, psixologlar va ota-onalar uchun muhim ahami-
yatga ega.

Tadqiqotchi olimlar U.A’zamov, G.Jumanazarovalar ilmiy izlanishlarida ota — oi-

laning boshlig‘i, posboni ekanligiga alohida urg‘u berib o‘tishgan. Zero, oilaning har
bir ko‘z ilg‘amas nuqtalarini ilg‘ay olish, oila a’zolariga faqat to‘g ‘ri, haq yo‘lni ko‘r-
satib turishdek insoniy mas’uliyat ota zimmasida turadi.

Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama - yurish-turishda, o‘zaro muomala

madaniyatida, eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va haqqoniylik, samimiylik
va xolislik borasida namuna ko‘rsatadi.

ALDASHOVA DINARA,
JALILOVA NOZLIYA,

“STARS International University”
21-C guruh talabalari

ILMİY RAHBAR: PHD, SHODİEV E.T.,

“STARS International University”
Ilmiy Kengash ilmiy kotibi

FARZAND
HAYOTIDA
OTANING
O‘RNI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp33-34


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

34

Muhokama va natıjalar

Kishining jamiyatda tutgan mavqeiga bog‘liq bo‘lmagan bir kasb borki, u onalik

va otalik kasbidar. Ota-onalar o‘z bolalarining tarbiyasi uchun jamiyat oldida javob-
gardirlar.

Farzand esini tanir ekan, uning qahramoni bu otasi hisoblanadi. Uning yonida o‘zi-

ni har qanday xavflardan xoli his qiladi. Bola 3 yoshgacha o‘rganadi. So‘ngra unda
harakter paydo bo‘ladi. Ana o‘sha o‘rganayotgan bolaning hayotida otaning o‘rni
nechog‘liq muhim. Ota-ona farzandni qanchalik yaxshi ko‘rsa, farzandlar ham asli-
da ulardan kam yaxshi ko‘rishmaydi. Chunki ayrim psixologiyasi buzilgan bolalarni
tinglashgandaularga ota-onalarning janjallari sabab bo‘lganligini aytishadi. Oilalar-
ning buzilishidek ayanchli holatlardan asl jabrdiyda sarson bo‘lgan farzandlar uchun
eng asosiysi mehr kerak. Hozirgi kunda esa bunga ota- onalar ham, qaynota- qayno-
nalar ham e’tibor bermay qo‘yishdi. Hech bir farzand ota-ona ajralishini xohlmaydi.
Ajrashgandan keyin otalar umuman farzandlarini unutadi. Farzand esa otasini kutib
yashaydi, otasi erkalashini boshini siypalashini xohlaydi. Otasi yo‘q bolaga bundan
ortiq narsa kerak emas. Otasi bor bolalar bu haqida o‘ylab ham ko‘rmaydi. Mazkur
holat ular uchun oddiy elementar narsa xolos.

Xulosa

Muqaddas dinimizda farzand-inson hayotining mazmuni, nasl-nasabini davom

ettiruvchisi, Alloh bergan ne’mat ekanligi aytiladi. Yaxshi, solih farzand ota-onaning
baxti-iqboli, ikki dunyo saodatidiga yetkazuvchi dilbandidir. Sog‘lom oila farzand-
larining birdan-bir tashvishi ta’lim olish xolos. lekin oilasi to‘liq bo‘lmagan yoki no-
sog‘lom oilalarda esa bunday ta’lim olish oxirgi o‘rinda turishi achinarli holatdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Ta’lim to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. – T.: O‘zbekiston, 2020.
2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. –

T.:O‘zbekiston, 2017.

3. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi// https://www.lex.Uz

4. 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategi-

yasi// https://www.lex.Uz

5. Berdiyeva D.R. Farzand tarbiyasida ota-onalik ma’suliyati. Oriental Renaissan-

ce: Innovative, educational, natural and social sciences. VOLUME 2 | ISSUE 4

6. A`zamov U., Jumanazarova G. Oila farzand tarbiyasining asosiy bo‘g ‘inidir.

Журнал: «Евразийский Научный Журнал №2 2020» (февраль, 2020)

Библиографические ссылки

Ta’lim to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. – T.: O‘zbekiston, 2020.

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. – T.:O‘zbekiston, 2017.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi// https://www.lex.Uz

2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi// https://www.lex.Uz

Berdiyeva D.R. Farzand tarbiyasida ota-onalik ma’suliyati. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. VOLUME 2 | ISSUE 4

A`zamov U., Jumanazarova G. Oila farzand tarbiyasining asosiy bo‘g ‘inidir. Журнал: «Евразийский Научный Журнал №2 2020» (февраль, 2020)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов