Turkiston ulamolarining jadidchilik harakat

CC BY f
17-19
18
11
Поделиться
Курбонов, Х. (2022). Turkiston ulamolarining jadidchilik harakat. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4), 17–19. https://doi.org/10.47689/.STARS.university-pp17-19
Хает Курбонов, STARS международный университет

студент 2 ступени

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu ilmiy maqolada tariximizning eng shonli voqealarining sababchilari bo‘lgan jadidchilik harakatining namoyandalari haqida fikr – mulohazalar yuritilgan. Muallifning ta’kidlashicha, jadidchilik harakati vakillari el-urt manfaatini o‘z shaxsiy manfaatlaridan ustun qo‘yishgan. Ular xalqimizni dunyo sivilizatsiyasida faol ishtirok etishi uchunilm-fanni rivojlantirish zarurligiga muhim e’tibor qaratishgan. Ilmiy ishda ta’kidlanishicha, jadidchilik harakati o‘sha davr Turkiston aholisi orasida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish mumkin” degan g‘oyani ilgari surishda asosiy tashabbusni ko‘rsatishgan. Shunisi e’tiborga sazovorki, jadidchilarning g‘oyalari oradan ko‘plab yillar o‘tganiga qaramasdan, hozirgi avlodni yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalashda ham o‘z ahamiyatiga ega bo‘lib kelmoqda. Muallifning mulohazasiga ko‘ra, hozirgi o‘zbek jamiyatidagi ilm-ma’rifatning rivojlanishi borasidagi ijobiy siljishlar bilan jadidlar tomonidan yaratilgan asarlarning har tomonlama o‘rganilishi orasida uzviy bog‘liqlik mavjuddir.

Похожие статьи


background image

STARS International University

17

Annotatsiya:

Ushbu ilmiy maqolada tariximizning eng shonli voqealarining sababchilari

bo‘lgan jadidchilik harakatining namoyandalari haqida fikr – mulohazalar yuritilgan. Mu-
allifning ta’kidlashicha, jadidchilik harakati vakillari el-urt manfaatini o‘z shaxsiy manfaat-
laridan ustun qo‘yishgan. Ular xalqimizni dunyo sivilizatsiyasida faol ishtirok etishi uchun
ilm-fanni rivojlantirish zarurligiga muhim e’tibor qaratishgan. Ilmiy ishda ta’kidlanishicha,
jadidchilik harakati o‘sha davr Turkiston aholisi orasida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan
kurashish mumkin” degan g‘oyani ilgari surishda asosiy tashabbusni ko‘rsatishgan. Shunisi
e’tiborga sazovorki, jadidchilarning g‘oyalari oradan ko‘plab yillar o‘tganiga qaramasdan,
hozirgi avlodni yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalashda ham o‘z ahamiyatiga ega bo‘lib kel-
moqda. Muallifning mulohazasiga ko‘ra, hozirgi o‘zbek jamiyatidagi ilm-ma’rifatning rivo-
jlanishi borasidagi ijobiy siljishlar bilan jadidlar tomonidan yaratilgan asarlarning har to-
monlama o‘rganilishi orasida uzviy bog‘liqlik mavjuddir.

Kalit so‘zlar:

jadidlar, ma’rifat, maktab, harakat.

Respublikamiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq xalqimizning o‘tmish ta-

rixi, boy madaniy merosini o‘rganish, uni saqlash va kelajak avlodga yetkazishga hu-
kumatimiz tomonidan alohida e’tibor berildi. Xususan, Birinchi yurtboshimiz I.A. Ka-
rimov o‘zining “Tarixiy xotirasiz – kelajak yo‘q” asarida: “O‘zlikni anglash tarixni bi-
lishdan boshlanadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o‘zlikni anglash mumkin
emas. Davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchili-
gimiz uchun g‘oyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim”, – deb ta’kidlagani
bejiz emas.

“Chorizm mustamlakasi davrida ma’rifat g‘oyasini baland ko‘tarib chiqqan ma’ri-

fatparvar bobolarimizning faoliyati bunga yana bir yorqin misol bo‘la oladi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Is’hoqxon Ibrat, Abdura-

uf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab ma’rifat-
parvar, fidoyi insonlarning o‘z shaxsiy manfaati, huzur-halovatidan kechib, el-ulus
manfaati, yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida amalga oshirgan ezgu ishlari av-
lodlar xotirasidan aslo o‘chmaydi”.

Ma’rifatparvarlik harakatining vujudga kelishi, uning ijtimoiy-siyosiy mohiyati

to‘g‘risida to‘xtalib o‘tsak. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Turkistondagi ijtimo-
iy-siyosiy hayot, chor imperiyasi yuritgan mustamlakachilik siyosati, xalqning og‘ir

QURBONOV HAYOT

STARS international university,
2-bosqich talabasi
qurbon199530@gmail.com

TURKISTON
ULAMOLARINING
JADIDCHILIK
HARAKATI

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp17-19


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

18

iqtisodiy ahvoli, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlaridan iqtisodiy jihatdan ortda
qolishi, madaniy qoloqlik, ijtimoiy ongdagi turg‘unlik ma’rifatparvarlarni jahon ta-
raqqiyoti tajribasidan foydalanib, tezlikda bu holatdan chiqish yo‘llarini izlab topis-
hga chorladi.

Turkiston taraqqiyparvarlarining asosiy maqsadlari quyidagi yo‘nalishdan

iborat bo‘lgan: 1. Yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish. 2. Umidli, iq-
tidorli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish. 3. Turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish
hamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalarni chop
etish. Shu dasturni amalga oshirish borasida Munavvarqori Abdurashidxonov,
Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Ab-
dulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat va boshqa ziyolilar jonbozlik ko‘rsatish-
di. Yangicha o‘qitish musulmon bolalariga dunyoviy, diniy ta’lim berish dasturi
asosida olib borildi. Bu dasturga ko‘ra, maktablarda o‘qitish tizimi ikki bosqi-
chdan iborat bo‘lgan. Buxorolik ma’rifatparvar Ahmad Donish butun jamiyatni
inson manfaatiga bo‘ysundirmoq uchun, odamlar xulq-atvorlarini tubdan o‘z-
gartirmoq lozim. Buning uchun, eng avvalo, inson o‘zining kimligini, nimadan
tashkil topganini bilmog‘i zarur, deb hisoblardi.Mahmudxo‘ja Behbudiy Tur-
kiston jadidchilik harakatining eng faol yo‘lboshchisi hisoblanadi. Uning hayo-
ti va ijodiy faoliyati haqida 20-yillarda mahalliy matbuotda Sadriddin Ayniy,
Hoji Muin ibn Shukrullo, Laziz Azizzoda kabi zamondoshlari tomondan bir qa-
tor maqola, xotiralar e’lon qilingan. Keyingi yillarda, xususan, mustaqillikka
erishgandan so‘ng jadidlar faoliyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish bilan Beh-
budiy ham qayta kashf etila boshlandi. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yilning
19-yanvarida(hijriy 1291, 10 zulhijja) Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida
ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxo‘ja Soliqxo‘ja o‘g‘li turkistonlik
Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomondan bobosi Niyozxo‘ja urganchlik
bo‘lib, amir Shohmurod zamonida (1780–1785) Samarqandga kelib qolgan.

U tarixda “Turkiston jadidlarining otasi” deb nom olgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy

istiqlol uchun kurashning oldingi saflarida borganlardan edi. Fayzulla Xo‘jayev Beh-
budiy haqida bunday degandi: “Siyosiy, ijtimoiy faoliyati, bilimining kengligi jihatidan
o‘sha zamon Turkistonidagi jadidlar orasida unga teng kela oladigani bo‘lmasa kerak”.
Behbudiy Gaspirinskiy yo‘lga qo‘ygan “usuli jaded” maktablarini Turkistonda qaror
toptirishda, ularni darslik va qo‘llanmalar bilan ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatadi. Beh-
budiy 1913-yilda “Samarqand” gazetasi va “Oyna” jurnalini chiqaradi. Gazeta dastlab
2, so‘ng 4 betlik bo‘lib, haftada 2 marta chiqqani va moddiy tanglik tufayli 45-sonidan
keyin to‘xtagani ma’lum. “Oyna” o‘lkada o‘zbek tilida chiqqan birinchi jurnal edi. U xalq
orasida ancha mashhur bo‘lgan. Boshida haftada bir, 1914-yildan esa har o‘n besh kunda
chiqqan. Ziyo Said “O‘zbek vaqtli matbuoti tarixiga doir materiallarida” bu jurnalning
2 yil davomida 68 soni (jami 1720 bet) dunyo yuzini ko‘rib, 1915-yil 15-iyunda to‘xta-
ganini ma’lum qiladi.

Ma’rifat uchun birgina maktab kifoya qilmasdi. Zamon va dunyo voqealari bilan

tanishib bormoq, millat va Vatanning ahvolidan, kundalik ahvolidan ogoh bo‘lmoq
kerak edi. Binobarin, millat uchun shunday oyna kerak ediki, unda o‘z qabohatini
ham, malohatini ham ko‘ra olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr sari
boshladi. “Padarkush” shu tariqa maydonga keldi. 1911-yilda yozilgan “Padarkush”
dramasi 1913-yildagina bosilib chiqadi.


background image

STARS International University

19

1-rasm. Jadidlarning ma’rifatparvarlik faoliyati

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, jadidchilik va ma’rifatparvarlik harakati namo-

yandalari, ularning hayoti va ijod yo‘li bizlarga ibrat maktabidir.Yashash tarzi izdan
chiqqan oddiy xalq vakillarining g‘amini yeb, ularning hayotini isloh qilishga, ularga
yordam berib, kelajak haqida o‘ylashga undash bu o‘sha davr uchun haqiqiy mardlik
va jasorat namunasi edi. Teatrning tashkil etilishi unda sahna asarlarining namoyishi
ularning ongiga oyna kabi ta’sir ko‘rsatdi.Matbuotchilikning shakllanishi esa bu g‘o-
yalarning xalq ichida tez va samarali tarqalishida mayoq vazifasini o‘tadi. Biz shun-
day ma’rifatparvar ajdodlarning avlodlari ekanimizdan faxrlanamiz va ularga mos
kelajak avlodlari bo‘lishga harakat qilamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”. Toshkent: “Sharq”, 1998.
2. Karimov I.A. “Biz o‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz”. Toshkent: “O‘z-

bekiston”, 1999.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk allomalar, adib va mutafakkir-

larimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida
kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 3721-sonli Qarori / “Xalq so‘zi” ga-
zetasi. 2018-yil 12-may.

4. www.aks.uz.
5. www.edebi.net.

Библиографические ссылки

Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”. Toshkent: “Sharq”, 1998.

Karimov I.A. “Biz o‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz”. Toshkent: “O‘zbekiston”, 1999.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 3721-sonli Qarori / “Xalq so‘zi” gazetasi. 2018-yil 12-may.

www.aks.uz.

www.edebi.net.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов