O‘quvchilarning ona tili bo‘yicha iqtidorini aniqlash va rivojlantirishning o‘ziga xosligi

CC BY f
379-384
7
15
Поделиться
Норкобилова, Р. (2023). O‘quvchilarning ona tili bo‘yicha iqtidorini aniqlash va rivojlantirishning o‘ziga xosligi. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 379–384. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp379-381
Райхона Норкобилова, Термезский государственный педагогический институт

Преподаватель кафедры «Теории начального образования»

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan bilimdonligini oshirish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, iqtidorini rivojlantirish, faoliyatning turli ko‘rinishlariga qiziqishni rivojlantirish muammolariga oid ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.


background image

STARS International University

379

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan bilimdonli-

gini oshirish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, iqtidorini rivojlantirish,
faoliyatning turli ko

rinishlariga qiziqishni rivojlantirish muammolariga oid ma’lumotlar

keltirib o

tilgan.

Kalit so‘zlar:

maktab, ta’lim, inson, muvaffaqiyat, kasbiy faoliyat, ijtimoiy ma’no, iqtidor,

qobiliyat, ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik.

XXI asr jahon ta’limining rivojlanish tendensiyalari negizida ta’lim jarayoni sub-

yektlari faoliyatini innovatsion tashkil etishni muvofiqlashtirish, har tomonlama bar-
kamol shaxsni voyaga yetkazish, kompetensiyaviy yondashuvlar zamirida peda-
gogik texnologiyalarni takomillashtirish vazifalari yetakchilik qilmoqda.

O

zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-

son “Umumiy o

rta ta’lim to

g‘risida”gi Nizomga binoan umumiy ta’limga qo‘yila-

yotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasa-
lari faoliyatini tashkil etish, umumiy o‘rta ta’limning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’li-
mi bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash Davlat ta’lim standartlariga muvofiq har bir
shaxsning ta’lim va tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish
umumiy o‘rta ta’limning maqsadi sifatida belgilanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikr-

lash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki
tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam
beradi. Shuningdek, ularning qobiliyatlari va iqtidorini rivojlantirishga zamin hozir-
laydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan ona tili bo‘yicha muntazam bilimlar
olinishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy o‘quv, ilmiy va
umummadaniy bilimlarini shakllantirish muhim hisoblanadi. Shuningdek, ta’limning
uzluksizligini va izchilligini, umumta’lim muassasalaridagi ona tili bo‘yicha o‘quv das-
turlarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quv dasturlari bilan uz-
viy bog‘liqligini ta’minlash; o‘quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni
uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z Vata-
niga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish; ona tili o‘qitish jarayoniga o‘qitishning

NORQOBILOVA RAYXONA

Termiz davlat pedagogika
instituti
Boshlang‘ich ta’lim nazariyas”
kafedrasi o‘qituvchisi

O‘QUVCHILARNING
ONA TILI BO‘YICHA
IQTIDORINI
ANIQLASH VA
RIVOJLANTIRISHNING
O‘ZIGA XOSLIGI

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp379-381


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

380

zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish dolzarb ijtimoiy-peda-
gogik ahamiyat kasb etadi.

O‘quvchilarning individual, ona tili bo‘yicha iqtidorini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash

va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatla-
rini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish bugungi kunda-
gi ta’lim oldida turgan muhim masalalar sirasiga kiradi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan bilimdonligini oshirish va mustaqil

ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini ongli ravishda tanlash va kasbiy ta’lim
dasturlarini o‘zlashtirishda ko‘maklashish, boshlang‘ich ta’limning maqsad va vazi-
falarini amalga oshirish, o‘quvchilarning ona tili bo‘yicha iqtidorini aniqlash va shu
asnoda rivojlantirish uchun zarur tashkiliy, o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik va psixo-
logik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratib berish lozim.

O‘quvchilar iqtidorini rivojlantirish shaxsning hissiy, irodalilik jihatlari, shuningdek,

xarakterni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik va pedagogik jarayondir.

Iqtidorni rivojlantirish muammolari faoliyatning turli ko‘rinishlariga qiziqishni rivo-

jlantirish muammolari bilan chambarchas bog‘liq.

Psixolog olimlarning ta’biricha, “Iqtidor

-

insonning shaxsiy salohiyati, imkoniyat-

lari bo‘lib, u bilimdan keskin farqlanadi, chunki bilim mutolaa natijasi hisoblanadi”.

Iqtidor

shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi.

“Iqtidor ko‘nikma, malakadan farq qiladi va inson tomonidan ko‘nikma va mala-

kalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi”. Demak, har qanday iqtidor
shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan bo‘lib, u faoli-
yatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini o‘z ichiga oladi. Shu bois iqtidor
deganda birorta xususiyatning o‘zini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga ja-
vob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlashga
imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha iqtidorlilar uc-
hun tayanch xususiyat – kuzatuvchanlik, ya’ni insonni fahmlash, obyektdan u yoki bu
alomatlarni ko‘ra bilish, ajrata olish ko‘nikmasidir.

Tadqiqotlarimiz davrida biz ilmiy ishlanmalar, adabiyotlarni tahlil etib, iqtidor, qo-

biliyat tushunchalarining umumiy va xususiy jihatlarini tahlil qildik.

M.Davletshinning ta’kidlashicha, iqtidor - shaxsga tegishli murakkab psixologik

tushunchadan tashkil topgan bo‘lib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyat-
lar tizimini o‘z ichiga oladi. Demak, olimning ta’biricha, iqtidor umumiy va maxsus
turkumlarga ajratiladi.

Qobiliyat deganda esa yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobi-

liyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin.
“Qobiliyatni ma’lum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini
aniqlash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, qobiliyatni takomil-
lashtirishning maxsus vositalarini qo‘llash bilan uyg‘unlikda olib borish va boshqalar
orqali rivojlantirish yo‘llari mavjud. Qobiliyatning yuqori darajasi iste’dod va daholik-
da namoyon bo‘ladi”. Binobarin, qobiliyat - iqtidorlilikda o‘z ifodasini topadigan kon-
sept sifatida tadqiq qilinishi zarur bo‘lgan tushuncha. Har qanday faoliyat insondan
bir qobiliyat emas, balki bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bir qancha qobiliyatlar bo‘lishini
talab qiladi. Psixologik adabiyotlarda ta’kidlanadiki, biron-bir xususiy qobiliyatning
yetishmasligi, sust rivojlanishi boshqa kuchli rivojlanayotgan qobiliyatlar hisobidan


background image

STARS International University

381

qoplanishi mumkin va hokazo. Qobiliyatlarning bunday qoplanish xususiyati turli
faoliyat turlarini egallash, kasb tanlash uchun juda keng imkoniyatlar beradi.

Iqtidor

– narsa, hodisa, obyektlar mohiyatini ijodiy tasavvur qilish, zehnli bo‘lish,

bir faoliyatga yoki ko‘pgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillik-
da, intilishda namoyon bo‘ladi.

Ona tilini o‘rganishda iqtidor o‘quvchilar ichki motivatsiyasining tabiiy asosini tas-

hkil qiladi. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning
mahsulidir. “Aynan aniq bir predmetga uzoq muddatli, chuqur, turg‘un qiziqishlar
asosida ishtiyoq tarbiyalanadi va iqtidor rivojlantiriladi. Biroq “bola jalb qilingan har
qanday faoliyat ham avtomatik ravishda uning ushbu faoliyatga bo‘lgan qobiliyatini
shakllantirib, rivojlantiravermaydi”. Iqtidorni rivojlantirish uchun faqat tashqi sharo-
itlar mavjudligi yetarli emas va, shuningdek, maxsus ichki sharoitlar, ya’ni muayyan
zehn, iste’dod nishonalari ham muhimdir.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida zehn bilan bir qatorda mutaxassislar tomonidan

quyidagi anatomo-fiziologik xususiyatlar ham hisobga olinadi: ko‘rish va eshitish
analizatorlari fiziologiyada tashqi olamdan taassurotlarni qabul qilib oladigan tas-
hqi apparatdan boshlanib, miyada tugaydigan murakkab nerv mexanizmining ay-
rim tug‘ma xususiyatlari; vaqtinchalik nerv ulanishlarni shakllantirish tezligi, ularning
mustahkamligi, diqqat bilan e’tiborni qaratish kuchi, asab tizimlarining bardoshliligi,
aqliy ish qobiliyati bog‘liq bo‘lgan asab tizimlarining tipologik xossalari; birinchi va
ikkinchi signal tizimlarining nisbati va rivojlanish darajasi; bosh miya yarim sharlari-
ning ayrim hududlari tuzilishlarining individual xususiyatlari, shuningdek, umumiy va
muayyan tuzilishlarning xarakteristikalari. Shuni ham ta’kidlash joizki, zehn iqtidorni
o‘z tarkibiga olmaydi va uning rivojlanishiga kafolat bera olmaydi. Zehn - iqtidor-
ning rivojlanishi uchun zarur shartlardan biri xolos.

Ona tilini o‘rganishda ketma-ket, mantiqiy fikrlash qobiliyati notanish murakkab

sharoitda yuzaga keladi. Maktabda tashkil qilinadigan ona tili bo‘yicha o‘tkaziladi-
gan olimpiadalarda ana shunday kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelinadi. Bunday
topshiriqlarni bajarish o‘quvchidan qo‘shimcha bilim emas, balki savol mazmunini
ham to‘g‘ri tushunish va o‘ziga xos qobiliyatni, nostandart fikrlashni talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги ПФ-

5712-сон “Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими тизимини 2030 йилгача
ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида” ги Фармони // Қонун
ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.04.2019 й., 06/19/5712/3034-сон.

2. Kovalchuk, M.B. (2018). Semantic aspects of algorithmic thinking. Physical and

Mathematical Education, 3(17), 61-66.

3. O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUzFALSAFA 1/9 2022- 55-3. Kopa-

ev, A.V. (2003). On the practical value of the algorithmic style of thinking. Informa-
tion Technologies in a Secondary School, 6, 6-11

4.R.D.Norqobilova. “Methods of Forming Beautiful Writing Skills in Primary Scho-

ol Students”. International Journal of Development and Public Policy. |e-ISSN: 2792-
3991| www.openaccessjournals.eu| Volume: 1 Issue: 7 181-183.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги ПФ-5712-сон “Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида” ги Фармони // Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.04.2019 й., 06/19/5712/3034-сон.

Kovalchuk, M.B. (2018). Semantic aspects of algorithmic thinking. Physical and Mathematical Education, 3(17), 61-66.

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUzFALSAFA 1/9 2022- 55-3. Kopaev, A.V. (2003). On the practical value of the algorithmic style of thinking. Information Technologies in a Secondary School, 6, 6-11

R.D.Norqobilova. “Methods of Forming Beautiful Writing Skills in Primary School Students”. International Journal of Development and Public Policy. |e-ISSN: 2792-3991| www.openaccessjournals.eu| Volume: 1 Issue: 7 181-183.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов