Huquqiy tarbiyaning konseptual asoslari

CC BY f
260-263
25
7
Поделиться
Зияев, А. (2023). Huquqiy tarbiyaning konseptual asoslari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4), 260–263. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp260-263
Адхам Зияев, Коканский государственный педагогический институт

преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada ijtimoiy yosh avlodni erkin, demokratik, insonparvarlik tamoyillari asosida komil inson ruhida o‘stirish, ularni nafaqat o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi biluvchi, balki ularni amalga oshira oladigan hamda o‘z burch va majburiyatlarini ham ongli ravishda bajaruvchi inson sifatida jamiyatning teng huquqli va faol subyekti qilib tarbiyalashning ayrim dolzarb masalalari o‘z ifodasini topgan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

260

Annotasiya:

Ushbu maqolada ijtimoiy yosh avlodni erkin, demokratik, insonparvarlik

tamoyillari asosida komil inson ruhida o‘stirish, ularni nafaqat o‘z huquq va erkinliklarini
yaxshi biluvchi, balki ularni amalga oshira oladigan hamda o‘z burch va majburiyatlarini
ham ongli ravishda bajaruvchi inson sifatida jamiyatning teng huquqli va faol subyekti qilib
tarbiyalashning ayrim dolzarb masalalari o‘z ifodasini topgan.

Kalit so‘zlari:

huquq,demokratik, insonparvarlik, jamiyat, tarbiya, tamoyil,huquqiy

ong,huquqiy madaniyat.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquqiy davlat qurish asosiy maqsad

qilib qo‘yilganligi ta’kidlangan. Ushbu maqsadni amalga oshirishda aholining
huquqiy ongini oshirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish muhim sanaladi.
Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish demokratik sharoitda ularning
to‘g‘ri yashay va ishlay bilishlari hamda huquqiy ta’lim-tarbiyasini yuksak tarzda
olib borish bilan bog‘liqdir [3.1].

Huquqiy davlat qurish jarayonida barchaning ishtirok etishi muvaffaqiyatlar

garovidir.

Yosh avlodni erkin, demokratik, insonparvarlik tamoyillari asosida komil inson

ruhida o‘stirish, ularni nafaqat o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi biluvchi, balki ularni
amalga oshira oladigan hamda o‘z burch va majburiyatlarini ham ongli ravishda
bajaruvchi inson sifatida jamiyatning teng huquqli va faol subyekti qilib tarbiyalash
fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik, huquqiy davlat qurishni o‘z oldiga
maqsad qilib olgan har bir demokratik davlatlar kabi O‘zbekiston uchun ham
muhim va dolzarb masala hisoblanadi.

Yosh avlodni erkin, demokratik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni

komil inson ruhida o‘stirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish
va ta’minlab berish fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik, huquqiy davlat
qurishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan har bir jamiyat uchun juda ham muhim va
dolzarb ahamiyat kasb etadi [5.2].

ZIYAYEV ADXAM
NISOLMUXAMMATOVICH

O‘qituvchi, Qo‘qon davlat
pedagogika instituti.
adxamziyayev@mail.com

HUQUQIY
TARBIYANING
KONSEPTUAL
ASOSLARI

https://doi.org/10.47689/STARS.uni-
versity-pp260-263


background image

STARS International University

261

O‘zbekiston Respublikasi yosh mustaqil davlat bo‘lib, aholining katta qismi voyaga

yetmagan yoshlardan iborat. Shu sababli inson huquqlari va erkinliklari sohasida
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual va
ma’naviy rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek,
ko‘p bolali oilalarni, yetim bolalarni va oila muhitidan mahrum bo‘lgan bolalarni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Mamlakatda bola huquqlarini ta’minlash
va ularni har tomonlama himoya qilish uchun maxsus huquqiy baza shakllangan.
Jumladan, bolalarning huquqlari mamlakatimiz Konstitutsiyasida va boshqa qonun
hujjatlarida o‘z aksini topgan.

Mamlakatda yoshlar masalasi, ularni o‘z fuqarolik pozitsiyasiga ega inson sifatida

tarbiyalash, ularning huquq va erkinliklarni, qonuniy manfaatlarini ta’minlash
masalalariga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalish sifatida katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Mustaqilligimiz endi e’lon qilingan
paytlari, ya’ni 1991-yilning 20-noyabrida “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid
davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi maxsus Qonuni qabul qilinganligi bunga
misoldir.

Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishda yoshlarni vatanparvarlik,

fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan
qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash asosiy vazifa sifatida
rejalashtirilgan.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki davridanoq 1992-yili BMTning “Bola

huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasini ratifikatsiya qilishi bilan jamiyatimizda bola
huquqlari naqadar dolzarb masala ekanligini xalqaro miqyosda e’tirof etdi.

2008-yilda 7-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining

kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Har yili qabul qilinadigan davlat dasturlarida yoshlar muammosi doimo diqqat

markazida bo‘lmoqda. 2008-yilning “Yoshlar yili”, 2010-yilning “Barkamol avlod
yili”, 2014-yilning “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilinishi bolalar, yoshlar va ularning
tarbiyasi davlat siyosatining bosh masalasi ekanligini ko‘rsatib berdi.

“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya bolaning manfaatlari va huquqlarini

himoya qilish sisyosatiga bag‘ishlangan bo‘lib, bu uning asosiy prinsiplarida o‘z
ifodasini topgan. Konvensiyaning 2-moddasida bolaning barcha huquqlari ularning
eng asosiy manfaatlaridan kelib chiqib ta’minlanishi targ‘ib etilsa, 6-27-moddalari
bolalar o‘z hayotining barcha jabhalarida, jismoniy, ruhiy, aqliy, ijtimoiy va madaniy
sohalarda yashash va rivojlanish huquqiga ega ekanliklari ko‘rsatib o‘tilgan.

“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Bosh

qonunining 4-moddasi “Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosati”
deb ifoda etilgan [1.3].

Maktabgacha ta’limning davlat talablari asosida shaxsning individualligini

hisobga olish, uning yosh, psixologik, o‘ziga xosligiga tayanib, ta’lim-tarbiya jarayoni
mazmunini belgilashga, bola shaxsini yaxlit holda e’tirof etish va uning “men”ini
ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan talablar majmuini o‘zida aks ettirganligini
anglash mumkin. Bu esa bolalarga o‘zining psixologik himoyalanganligini his etishga,
har qanday sharoitda ham uning huquqlari ta’minlanishi imkoniyati mavjudligini
anglashga imkon beradi.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

262

Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolaning huquqlari va manfaatlarini himoya

qilishda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi
maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonini tashkil etish tamoyillarida o‘z
aksini topgan:

– bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari va salohiyatlarini hisobga

olish;

– ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;
– bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, harakatlanishi

ehtiyojini qondirish;

– bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
– o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
– bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
– bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
– milliy madaniy ana’nalar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga

hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish
asosiy tamoyillar sifatida belgilangan bo‘lib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
bolaning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish jamoaviy ish hisoblanib, uni
amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlari va tashkilot
rahbari javobgar hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha

ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasisini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
Qarori asosida qabul qilingan konsepsiyasining 2-bobida maktabgacha ta’lim
tizimining joriy holati va uni rivojlantirishdagi mavjud muammolar tahlil etilib, unda
maktabgacha yoshdagi bolalar manfaatlarini himoya qilishda yo‘l qo‘yilayotgan
kamchiliklar va dolzarb muammolar ko‘rsatib o‘tilgan. Muammolarni bartaraf
etish hamda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor
yo‘nalishlari konsepsiyaning 3-bobida ko‘rsatib o‘tilib, uning maqsadi bola hayoti
va faoliyatining barcha sohalarini rivojlantirishni ta’minlovchi muhim manba bo‘lgan
sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Xulosa qilib
aytganda, bolalarga huquqiy ta’lim-tarbiya berish, ularning huquqiy madaniyatini
shakllantirish, huquqiy savodxon qilish eng dolzarb pedagogik vazifadir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – 1992-y.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022-yildagi PF–60-

son Taraqqiyot strategiyasi 70-modda.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi

Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi 2, 3-bobi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Taraqqiyot

strategiyasi” to‘g‘risidagi PF–60-son Farmoni.

5. Nodirovna, Khushnazarova Mamura. “Theoretical and methodological basis of

training of management personnel in the process of higher pedagogical education”.
International journal of social science & Interdisciplinary research. ISSN: 2277-3630
Impact factor: 7.429 11.04 (2022): 171–177.

6. Akbarovna, Abdullajonova Shaxnoza. “Inclusive education and its essence”.

International journal of social science & Interdisciplinary research. ISSN: 2277-3630
Impact factor: 7.429 11.01 (2022): 248–254.


background image

STARS International University

263

7. Adxam

Z. (2021). Педагогические факторы формирования чув-

ства Родины на основе национальных и общечеловеческих ценностей
у учащихся начальной школы. Среднеевропейский научный вестник,
17, 284–286. https://doi.org/10.47494/mesb.2021.17.814.

8. Najmiddinovna, Rahimova Feruza. “Pedagogical conditions of improvement

of social pedagogical activity of students on the basis of multimedia
tools”. International journal of social science & Interdisciplinary research.
ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.07 (2022): 108–112.

9. Erkinovna, Yuldasheva Malohat. “Development of the cognitive activity

of future teachers in innovative educational conditions as a social pedagogical
necessity”. International journal of social science & Interdisciplinary research. ISSN:
2277-3630 Impact factor: 7.429 11.04 (2022): 196–199.

10. Abduhafizovna, Melikuziyeva Mavluda, and Yigitaliev Mirzoxid. “Ways

to increase the legal knowledge of primary school students”. Web of Scientist:
International Scientific Research Journal 3.02 (2022): 124–130.

11. Ксамидовна, Мамаюсупова Ирода. «Основные критерии для

разработки программ обучения конфликтологии». Международ-
ный журнал социальных наук и междисциплинарных исследований.
ISSN: 2277-3630 Импакт-фактор: 7.429 11.06 (2022): 181–184.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – 1992-y.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022-yildagi PF–60-son Taraqqiyot strategiyasi 70-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi 2, 3-bobi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi PF–60-son Farmoni.

Nodirovna, Khushnazarova Mamura. “Theoretical and methodological basis of training of management personnel in the process of higher pedagogical education”. International journal of social science & Interdisciplinary research. ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.04 (2022): 171–177.

Akbarovna, Abdullajonova Shaxnoza. “Inclusive education and its essence”. International journal of social science & Interdisciplinary research. ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.01 (2022): 248–254.

Adxam Z. (2021). Педагогические факторы формирования чувства Родины на основе национальных и общечеловеческих ценностей у учащихся начальной школы. Среднеевропейский научный вестник, 17, 284–286. https://doi.org/10.47494/mesb.2021.17.814.

Najmiddinovna, Rahimova Feruza. “Pedagogical conditions of improvement of social pedagogical activity of students on the basis of multimedia tools”. International journal of social science & Interdisciplinary research. ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.07 (2022): 108–112.

Erkinovna, Yuldasheva Malohat. “Development of the cognitive activity of future teachers in innovative educational conditions as a social pedagogical necessity”. International journal of social science & Interdisciplinary research. ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.04 (2022): 196–199.

Abduhafizovna, Melikuziyeva Mavluda, and Yigitaliev Mirzoxid. “Ways to increase the legal knowledge of primary school students”. Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.02 (2022): 124–130.

Ксамидовна, Мамаюсупова Ирода. «Основные критерии для разработки программ обучения конфликтологии». Международный журнал социальных наук и междисциплинарных исследований. ISSN: 2277-3630 Импакт-фактор: 7.429 11.06 (2022): 181–184.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов