Joriy nazoratni baholashda multimedia texnologiyalarini joriy etishning afzalliklari | Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире

Joriy nazoratni baholashda multimedia texnologiyalarini joriy etishning afzalliklari

CC BY f
20
Поделиться
Ходжимуратова, М. (2023). Joriy nazoratni baholashda multimedia texnologiyalarini joriy etishning afzalliklari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4). https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp212-215
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqola ingliz tilini o‘qitish samaradorligini oshirishda multimedia texnologiyalarining ahamiyatiga bag‘ishlangan. Muallif inson hayotining har bir ja-bhasini, jumladan, fan, axborot, texnologiyalarni muhokama qiladi. Hattoki ta’lim sohasida ham texnologik o‘zgarishlar yangi sahifani boshlagani borasida fikrlar ay-tiladi. An’anaviy o‘qitish usullari o‘quvchilarga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Bundan tashqari, ushbu maqolada baholash jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarining dolzarb muammosi yoritilgan. Maqolada ijtimoiy masofaning ahamiyati va www.kahoot.com saytining afzalliklari haqida ma’lumot berilgan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

212

Annotatsiya:

Maqola ingliz tilini o‘qitish samaradorligini oshirishda multimedia

texnologiyalarining ahamiyatiga bag‘ishlangan. Muallif inson hayotining har bir ja-
bhasini, jumladan, fan, axborot, texnologiyalarni muhokama qiladi. Hattoki ta’lim
sohasida ham texnologik o‘zgarishlar yangi sahifani boshlagani borasida fikrlar ay-
tiladi. An’anaviy o‘qitish usullari o‘quvchilarga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Bundan tas-
hqari, ushbu maqolada baholash jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydala-
nish imkoniyatlarining dolzarb muammosi yoritilgan. Maqolada ijtimoiy masofaning
ahamiyati va www.kahoot.com saytining afzalliklari haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so‘zlar:

multimedia texnologiyalari, joriy nazorat, baholash, pandemiya.

2020-yil inson hamjamiyati tarixidagi eng murakkab yillardan biri bo‘ldi, desak

mubolag‘a bo‘lmaydi. 2019-yil dekabr oyida Xitoyning Uxan provinsiyasida paydo
bo‘lgan koronavirus qisqa fursatda keng quloch yoyib, insoniyat turmush tarzini
butkul o‘zgartirib yubordi. Ketma-ket karantin tadbirlari, o‘zgargan ish uslublari va
tinimsiz ortib borayotga xavf-xatarlar har bir sohani tubdan isloh etishni talab et-
moqda. “Bu o‘ta muhim favqulodda choralarni talab etuvchi o‘ta muhim favqulodda
vaziyat bo‘lib, biz butun dunyo hamjamiyati, xususan, jismoniy shaxslar, korporat-
siyalar, fondlar, hukumatlar va boshqa tashkilotlarni birdamlikka chaqiramiz”, - deb
ta’kidlaydi YUNICEFning ijrochi direktori Genrietta For.

O‘rnatilgan karantin chora-tadbirlari mamlakatlarning deyarli barcha sohalarida

o‘ziga xos sinov bo‘ldi. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Maxsus Komissiyasi
qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida 2020-yil 1-aprel-
dan boshlab masofadan turib faoliyat olib borildi va 2019 – 2021 o‘quv yili masofaviy
tarzda yakunlandi. Deyarli 7 oy davom etgan karantin chora-tadbirlari natijasi o‘la-
roq kuz oylariga kelib, mamlakatimizda koronavirusning tarqalish ko‘lami nazoratga
olindi va bosqichma-bosqich ta’lim muassasalari faoliyatini an’anaviy tarzda davom
ettirishga ruxsat berildi. O‘z navbatida, mutaxassislar kasallik tarqalish tezligi jilov-
landi, degani kasallik butkul yo‘q bo‘ldi, degani emasligini qayta-qayta takrorlab,
fuqarolarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chorlashmoqda. “Takror aytaman, kasallik
bizga kirib kelmabdi, deya xotirjamlikka berilish, himoya va gigiyena qoidalarini unu-

XODJIMURATOVA

MALIKA VALIYEVNA,

Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi ТАТU
Chet tillar kafedrasi
assistenti

JORIY NAZORATNI
BAHOLASHDA
MULTIMEDIA
TEXNOLOGIYALARINI
JORIY ETISHNING
AFZALLIKLARI

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp212-215


background image

STARS International University

213

tish to‘g‘ri emas. Ehtiyot choralari hamon amalda”, – dedi Nurmat Otabekov OAV
muxbirlari bilan suhbatda. Shuning uchun ham sohalardagi faoliyat qayta tiklangani
bilan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish uchun ish uslublari ayrim jabhalarda qisman,
ayrimlarida esa butkul yangilanishlarni talab etmoqda.

Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonida ham pedogog-o‘qituvchilar tala-

balar hamda o‘z sog‘liqlariga ziyon yetkazmaydigan yangi metod va uslublar yor-
damida ta’lim sifatini oshirishga intilib kelmoqdalar. Yaxshi ma’lumki, o‘qituvchilar
o‘tilgan mavzuni turli usullardan foydalangan holda talabalar bilim, ko‘nikmalarini
baholab boradilar. Kichik test, yozma mashqlar yoki savol-javoblar shular jumlasi-
dandir. Ammo imkon qadar o‘zaro yaqin aloqani cheklash talab etilayotgan bugungi
dolzarb vaziyatda o‘zaro qog‘oz ayirboshlash virus tarqalishiga olib kelishi mumkin.
Til - bu inson hayotining ko‘zgusidir. Zero, u inson shaxsiyatini bildiruvchi omildir.
U go‘yoki axborot olamini jamlovchi kosmik stansiyaga o‘xshaydi. AKT inson hayo-
tining ajralmas bir qismiga aylanib ulgurgan bir zamonda, ingliz tili ham o‘ziga xos
xususiyatlari va afzalliklari bilan global tus oldi. Bir so‘z bilan aytganda, u olam ko‘z-
gusiga aylandi. Ingliz tili nafaqat Buyuk Britaniyaning, balki Kanada, AQSH, Yangi
Zelandiya kabi ko‘plab mamlakatlarning ona tilidir. Qolaversa, u Nigeriya, Gana kabi
ko‘plab mamlakatlarda ikkinchi til sifatida ham ishlatiladi.

Ingliz tili dunyo xalqlari orasida biznes va o‘zaro aloqalar uchun qulay vositaga

aylandi. Bundan tashqari, tibbiyot, muhandislik, ta’lim, san’at va huquq, musiqa kabi
har qanday sohada ingliz til hamda zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarining
roli katta.

Har qanday sohada bo‘lgani kabi ta’lim sohasiga AKTning kirib kelishi sohamiz-

dagi tub burilishga sabab bo‘ldi. O‘qitishning an’anaviy usullari o‘quvchilarga u qa-
dar ham katta ta’sir ko‘rsatmas edi. Texnologiya o‘quvchilarning yangilikka bo‘lgan
ishtiyoqini oshirdi, ularning o‘qishga bo‘lgan shijoatini uyg‘otdi. Natijada, ingliz tilini
qo‘shimcha til sifatida o‘rganuvchilar bugungi kunda bemalol mahalliy inglizlar bilan
raqobatlasha olmoqdalar.

Bu vaziyatda biz joriy baholash uchun AKTdan foydalangan holda qiziqarli inte-

raktiv metodni tavsiya qilamiz. Demak, bizga sifatli internet aloqasi, proyektor va
kompyuter kerak bo‘ladi(1-rasm).

1 – rasm.

Dastavval, o‘qituvchi www.kahoot.com saytida ro‘yxatdan o‘tib, o‘z profiliga ega

bo‘lishi kerak. Mazkur sayt masofadan turib, o‘quv jarayonlarini tashkil etishning qu-
lay vositasidir. “Biz qachon va qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, bilim olishingiz
uchun hech qanday cheklovlar bo‘lmasligi kerak, deb hisoblaymiz. Ta’lim muassasa-
sidan tashqarida bo‘lgan paytingizda ham o‘quvchilarni bilim olishga jalb qiling…”,


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

214

deya barchani qanday sharoit bo‘lishidan qat’i nazar, sifatli ta’lim jarayonini tashkil-
lashtirishga undaydi sayt tashkilotchilari. Nafaqat masofaviy ta’lim jarayonida, balki
ushbu saytning ko‘pgina qiziqarli funksiyalarini auditoriyaga olib kirib ham o‘zaro
masofani cheklagan holda mashg‘ulotlarni interaktiv tarzda tashkil etish mumkin.
Ayniqsa, onlayn viktorinalar, musobaqalar uyushtirish o‘quvchilarning fanni o‘zlash-
tirishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirishga xizmat qiladi. O‘qituvchidan talab eti-
ladigani faqatgina mavzu yuzasidan mustahkamlash uchun beriladigan turli vazifa-
larni saytdagi o‘z profilida viktorina savollar ko‘rinishida tashkillashtirishdan iborat.
Dars jarayonida esa mana shu sayt orqali o‘yin tashkil etiladi. Proyektor yordamida
katta ekranda savol ko‘rsatiladi (2-rasm). Talabalar savolning javobini qo‘llaridagi
gadjet orqali belgilaydilar (telefon, planshet, netbuk, noutbuk va h.k.) (3 - rasm).
Har bir to‘g ‘ri javob avtomatik tarzda baholanadi(4 – rasm) va ekranda kim qanday
javob bergani statistika ko‘rinishida berib boriladi (5 – rasm). Qizig‘I, o‘rganuvchilar
to‘g ‘ri javobni belgilash uchun sarf etgan soniyalariga ko‘ra ballarni qo‘lga kiritadi-
lar, ya’ni to‘g ‘ri javobni tanlagan talaba tezkorligiga ko‘ra ballni qo‘lga kiritadi.

Ushbu texnologiyani mashg‘ulotlarda qo‘llash orqali biz Jahon sog‘liqni saqlash

tashkilotining (JSST) o‘zaro ijtimoiy masofani saqlash haqidagi yo‘riqnomalariga
amal qilgan bo‘lamiz. Zero, 7 iyul kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda JSST yuqum-
li kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha texnik direktori Benedetta
Allegransi koronavirusning havo orqali yuqishi haqida dalillar borligini ta’kidlagan.


background image

STARS International University

215

“Odamlar gavjum bo‘ladigan jamoat joylarida, yopiq va shamollatilmagan xonalar-
da koronavirusning havo orqali yuqishini istisno qilib bo‘lmaydi. Qolaversa, ta’lim
jarayonida raqobat muhitini yarata olamiz va talabalarni ko‘proq o‘qishga, o‘tilgan
mavzular yuzasidan mustaqil izlanishga ishtiyoqini oshirishga erishamiz.

XULOSA

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, har qanday vaziyatda ham ta’lim-tarbiya

jarayonida sustkashlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shunday ekan, har bir mutaxassis
karantin qoidalariga amal qilgan holda o‘z darslarini tashkil etishga va multimedia
texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim sifatini yaxshilashga intilmog‘i darkor.
Multimedia texnologiyalarining baholash jarayoniga tatbiq etilishi o‘qitishning mu-
him tarkibiy qismi bo‘lib, bu talabalarga o‘z qobiliyatlarini o‘rganishga yordam be-
radi. Agar talabalar darsdagi faoliyatini tahlil qila olsalar, kuchli va zaif tomonlarini
tushuna olsalar, ular dars materialini tushuna oladimi yoki yo‘qmi, buni tezda aniq-
lash mumkinBu ularga ijobiy turtki beradi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish
va o‘z sohasida mukammallikka erishish uchun ilhomlantiradi. Ularning kurslardagi
natijalarini bilish o‘z-o‘zini baholash shakliga olib keladi, bu ularga yanada qattiqroq
ishlashga imkon beradi va shu bilan ularning sifati va darajasini, shuningdek, dars
samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Xodjimuratova Malika Valievna

1

,Umarxo‘jaeva Hilola Sirojiddinova

2

, “The Impor-

tance of Authentic Materials in Increasing The Effectiveness of Teaching Foreign
Languages: In The Example of Teaching English”, The American Journal of Social
Science And Education Innovations, vol. 2, pp. 376-379, 2020.

https://doi.org/10.37547/tajssei/Volume02Issue07-50%20
2.Malika Xodjimuratova, & Umarxo‘jayeva Hilola Sirojiddinovna. (2022). THE IM-

PORTANCE OF WEB APPLICATION BASED ASSESSMENT IN TEACHING FOREIGN
LANGUAGES. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 4,
54–60. http://ajird.journalspark.org/index.php/ajird/article/view/53

3.Olga A. Koryakovtseva

1

, Julia I. Doronina

2

, Tatiana M. Panchenko

3

, Irina S. Ka-

rabulatova

4

, Zishana M. Abdullina

5

“Research of Category “Motivation” as a Basic

Tool of Personnel Management” International Review of Management and Marke-
ting, 6(S1) pp. 293-299, 2016.

4 . h t t p s : / / w w w . u n i c e f . o r g / u z b e k i s t a n / u z / c o v i d 1 9 - b i r d a m l i k - j a m -

g % E 2 % 8 0 % 9 8 a r m a s i

5.https://kun.uz/uz/news/2021/01/23/nurmat-otabekov-fevral-oyida-karan-

tin-cheklovlari-qayta-tiklanishiga-oid-xabarlarga-izoh-berdi

6.https://kahoot.com/schools/distance-learning/

Библиографические ссылки

Xodjimuratova Malika Valievna 1 ,Umarxo‘jaeva Hilola Sirojiddinova 2 , “The Impor-tance of Authentic Materials in Increasing The Effectiveness of Teaching Foreign Languages: In The Example of Teaching English”, The American Journal of Social Science And Education Innovations, vol. 2, pp. 376-379, 2020.https://doi.org/10.37547/tajssei/Volume02Issue07-50%20

Malika Xodjimuratova, & Umarxo‘jayeva Hilola Sirojiddinovna. (2022). THE IM-PORTANCE OF WEB APPLICATION BASED ASSESSMENT IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 4, 54–60. http://ajird.journalspark.org/index.php/ajird/article/view/53

Olga A. Koryakovtseva 1 , Julia I. Doronina 2 , Tatiana M. Panchenko 3 , Irina S. Ka-rabulatova 4 , Zishana M. Abdullina 5 “Research of Category “Motivation” as a Basic Tool of Personnel Management” International Review of Management and Marke-ting, 6(S1) pp. 293-299, 2016.

https://www.unicef.org/uzbekistan/uz/covid19-birdamlik-jam-g % E 2 % 8 0 % 9 8 a r m a s i

https://kun.uz/uz/news/2021/01/23/nurmat-otabekov-fevral-oyida-karan-tin-cheklovlari-qayta-tiklanishiga-oid-xabarlarga-izoh-berdi

https://kahoot.com/schools/distance-learning/

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов