Normada va surunkali nurlanish kasalligida kalamushlarning ingichka ichak limfa tuzilmalaridagi mikroskopik farqlar

CC BY f
378
1
1
Поделиться
Зокиров, А., & Хасанова, Д. (2023). Normada va surunkali nurlanish kasalligida kalamushlarning ingichka ichak limfa tuzilmalaridagi mikroskopik farqlar. Перспективы развития медицины, 1(1), 378. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/development_medicine/article/view/20147
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Oshqozon-ichakning shilliq qavati organizm
immunitetining bir qismidir. Uning asosiy vazifasi tashqi muhit va organizm o'rtasida, asosan turli
ekzogen agentlarning ta'siri ostida samarali himoya to'siq (baryer)ni yaratishdir. Organizm immunitet hujayralarining aksariyati ichak shilliq qavatida joylashganligi tasdiqlangan, bu esa ichak limfa tuzilmasini mikroskopik o‘rganish, har qachongidanda dolzarb ahamiyat kasb etayotganligini
anglatadi.

Похожие статьи


background image

378

NORMADA VA SURUNKALI NURLANISH KASALLIGIDA

KALAMUSHLARNING INGICHKA ICHAK LIMFA

TUZILMALARIDAGI MIKROSKOPIK FARQLAR.

Zokirov Azizbek, 202-guruh davolash fakulteti

Ilmiy rahbar: Phd Hasanova.D.A

BuxDTI, anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi

Muammoning dolzarbligi

. Oshqozon-ichakning shilliq qavati organizm

immunitetining bir qismidir. Uning asosiy vazifasi tashqi muhit va organizm o'rtasida, asosan turli
ekzogen agentlarning ta'siri ostida samarali himoya to'siq (baryer)ni yaratishdir. Organizm immunitet
hujayralarining aksariyati ichak shilliq qavatida joylashganligi tasdiqlangan, bu esa ichak limfa
tuzilmasini mikroskopik o‘rganish, har qachongidanda dolzarb ahamiyat kasb etayotganligini
anglatadi.

Tadqiqotning maqsadi

. Surunkali nurlanishning ayrim omillarini modellashtirish

davomida va nurlantirishdan keyingi turli davrlarda kalamushlarda ingichka ichak umumiy limfa
tugunchalarining struktur tuzilishini va morfologik xususiyatlarini o'rganish.

Materiallar va usullar.

Tadqiqot obyekti - 20-25 g og'irlikdagi kalamush yonbosh

ichagining umumiy limfa tuzilmalari. Surunkali nurlanish va kimyoviy moddalar aralashmasining
uzoq muddatli ta'sirini modellashtirish amalga oshirildi. Ta'sir tugagandan so'ng, periferik immunitet
shakllanishi 15, 30, 60 va 90 kunlik tiklanish davrida o'rganildi. Yonbosh ichak limfa tuzilmalari
joylashuvi vizual aniqlangandan so'ng, gistologik kesmalar gematoksilin-eozin va Van Gizon
bo‘yoqlari bilan bo'yaldi.

Natijalar.

Nurlanishning izchil ta'siri natijasida, limfa tuzilmalarining hujayra

tarkibidagi o'zgarishlar hujayralararo birlashmalar, limfoblastlarning yo‘qolishi, limfotsitlar sonining
kamayishi bilan kechadi. Degenerativ o'zgargan hujayralar foizining ortishi kuzatiladi. 20 kun
davomida, har kuni 0,2 grdan (umumiy doza 4 gr) olib borilgan surunkali nurlanish jarayonidan
so‘ng, 90-kundan boshlabgina, limfa tugunchalari hajmi va tuzilishi, ularning tarkibidagi limfatik
hujayralar qatorining miqdori va tarkibi nazoratdagi o‘lchamlarga yaqinlashgandagina, limfa
tugunchalari tuzilmasining qayta tiklanish tendensiyasi boshlandi. Shunga qaramay, ushbu davr
mobaynida limfa tugunchalarining qayta to‘liq tiklanishi kuzatilmadi.

Xulosa.

Yonbosh ichak limfa tuzilmalari uzoq muddatli surunkali nurlanishga,

hujayralararo birlashmalar va limfoblastlarning yo‘qolishi, hamda limfotik hujayralar qatorining
miqdoriy va tarkibiy o‘zgarishi bilan kechadigan yuqori sezuvchanlik xususiyati orqali javob
qaytarishi aniqlandi. Surunkali nurlanish jarayonidan so‘ng, 90-kundan boshlabgina, limfa
tugunchalari hajmi va tuzilishi, ularning tarkibidagi limfatik hujayralar qatorining miqdori va tarkibi
nazoratdagi o‘lchamlarga yaqinlashgandagina, limfa tugunchalari tuzilmasining qayta tiklanish
tendensiyasi boshlanishi belgilandi.

А

dabiyotlar ro'yxati:

1.

Камчатнов

,

Павел Рудольфович

, and

Александр Вильмирович Чугунов

. "

Хронические

цереброваскулярные заболевания

."

Доктор

.

Ру

1 (130) (2017): 11-15.

2. Nazarova, Gulchexra. "

Назарова ГУ ВОЗМОЖНОСТИ ЛУЧЕВОГО ИССЛЕДОВАНИЯ

ТАЗОБЕДРЕННЫХ СУСТАВОВ У ДЕТЕЙ ПЕРВОГО ПОЛУГОДИЯ ЖИЗНИ

."

Архив

исследований

(2020): 6-6.

Библиографические ссылки

Камчатнов, Павел Рудольфович, and Александр Вильмирович Чугунов. "Хронические цереброваскулярные заболевания." Доктор. Ру 1 (130) (2017): 11-15.

Nazarova, Gulchexra. "Назарова ГУ ВОЗМОЖНОСТИ ЛУЧЕВОГО ИССЛЕДОВАНИЯ ТАЗОБЕДРЕННЫХ СУСТАВОВ У ДЕТЕЙ ПЕРВОГО ПОЛУГОДИЯ ЖИЗНИ." Архив исследований (2020): 6-6.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов