Этиопатогенез субинволюции матки у коров

CC BY f
310-313
54
41
Поделиться
Б Эшбуриев, Samarqand davlat veterinariya, chorvachilik va biotexnologiya universiteti

Ilmiy rahbar v.f.d.professor 

Ш Уразов, Samarqand davlat veterinariya, chorvachilik va biotexnologiya universiteti

Tayanch doktarant

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В стате представлено анализ научных источников и резултаты и по изучению причины, клиники и особенностей развития субинволюции матки у коров в условиях фермерских хозяйств Республики

Похожие статьи


background image

310

UDK:619:636.2:618

SIGIRLARDA BACHADON SUBINVOLYUTSIYASINING

ETIOPATOGENEZI

Eshburiyev B.M.

Ilmiy rahbar v.f.d.professor Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik

va biotexnologiyalar universiteti

Urazov Sh.A.

Tayanch doktarant Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti

E-mail:

urazov.sherali85@mail.ru

Summary:

The article presents an analysis of scientific sources and results on

the study of the cause, clinic and features of the development of uterine subinvolution
in cows in the conditions of farms of the Republic.

Аннотация:

В стате представлено анализ научных источников и

резултаты и по изучению причины, клиники и особенностей развития
субинволюции матки у коров в условиях фермерских хозяйств Республики.

Ключевые слова:

матка, субинволюция, гиповитаминозы, скрытый

эндометрит, ликвор, плод, глюкоза, общий белок, лейкоциты, эритроциты

Аннотация:

Maqolada respublika xo‘jaliklari sharoitida sigirlarda bachadon

subinvolyutsiyasining rivojlanish sababi, klinikasi va xususiyatlarini o‘rganish
bo‘yicha ilmiy manbalar va natijalar tahlili keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

bachadon, subinvolyutsiya,

gipovitaminozlar, yashirin endometrit,

loxiy suyuqligi, homila, glyukoza, umumiy oqsil, leykosit, eritrosit


Mavzuning dolzarbligi

: Davlatimiz rahbariyati tomonidan chorvadorlarga

berilayotgan imtiyozlar va ko‘rsatilayotgan amaliy yordam tufayli chorva hayvonlari
son jihatidan jadal ko‘paytirilayotgan bo‘lsada, ularning mahsuldorlik ko‘rsatkichlari
pastligicha qolmoqda. Kasalliklarning sabablarini aniqlash, kamchiliklarni bartaraf
etish orqali sog‘lom va mahsuldor qoramollar podasini xo‘jalikning o‘zida yaratish
zooveterinariya xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Bu borada veterinariya fani va amaliyoti oldiga shaxsiy yordamchi, dehqon va

fermer xo‘jaliklariga qarashli chorva mollarining kasalliklariga qarshi kurashish va
davolashning hamda hayvonlar mahsuldorligi va reproduktiv xususiyatlarini
yaxshilashning samarali va kamchiqim usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy
etish orqali mahsulotlar tannarxini kamaytirishga erishishdek dolzarb vazifalar
qo‘yilmoqda.

Qoramollar zotini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish muammolarini

samarali hal etishga katta to‘sqinlik qilayotgan kasalliklar orasida hayvonlar jinsiy
a’zolarining kasalliklari, jumladan sigirlarda bachadon subinvolyutsiyasi kasalligi
asosiy o‘rinni egallaydi.


background image

311

Adabiyot ma’lumotlarining tahlili va shaxsiy kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki,

Respublikamizning chorvachilik fermer xo‘jaliklariga chetdan keltirilgan mahsuldor
sigirlarda bachadon subinvolyutsiyasi kasalligi va uning oqibatida bepushtlikning keng
tarqalganligiga qaramasdan, ushbu kasallikning sabablari, rivojlanish xususiyatlari,
erta aniqlash, davolash va oldini olishning samarali usullari to‘liq ishlab chiqilmagan.

Bachadon subinvolyutsiyasi kasalligi oqibatida hayvonlar mahsuldorligining

keskin pasayishi, reproduktiv xususiyatlarining yomonlashishi va ularning qisir qolishi
hisobiga fermer xo‘jaliklari katta iqtisodiy zarar ko‘rmoqda.

Bachadon subinvolyutsiyasining sabablari homila oldi suyuqligining haddan

tashqari ko‘p va homilaning juda katta bo‘lishi, gipofiz bezi orqa bo‘lagi va homila
yo‘ldoshining funksional yetishmovchiliklari bo‘lishi mumkin. Kasallikning
ikkilamchi sabablari bo‘g‘oz hayvonlar uchun matsionning yetarli bo‘lmasligi,
sigirlarda sog‘indan chiqarilishining kechikishi, bir tomonlama oziqlantirish, ratsionda
sut haydovchi ozuqalarning ko‘pligi, vitaminlar va mineral moddalarning
yetishmasligi kabi organizm rezistentligining pasayishiga sabab bo‘luvchi omillar
hisoblanadi [2].

Mualliflar [3] sigirlar tuqqandan keyin bachadonning tiklanish jarayonlari

o‘rtacha 50-60 kun davom etadi, shuning uchun sut mahsuldorligi 4000 kg bo‘lgan
sigirlarni tuqqandan keyingi 40- kunlarda urug‘lantirish eng optimal muddat deb
hisoblashadi.

Tadqiqotlar maqsadi

yangi tuqqan mahsuldor sigirlar orasida bachadon

subinvolyusiyasi kasalligining tarqalishi, sabablari va klinik belgilari va qondagi
morfobiokimyoviy o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat.

Tadqiqotlar ob’yekti va uslubiyatlar.

Fermer xo‘jaliklari sharoitida

mahsuldor sigirlar bachadon subinvolyutsiyasi kasalligining tarqalishi, sabablari va
rivojlanish xususiyatlari, klinik belgilari va qondagi morfobiokimyoviy o‘zgarishlarni
hamda oqibatlarini o‘rganish maqsadida “o‘xshash juftliklar” tamoyili asosida “etalon”
hayvonlar sifatida ajratib olingan 8 bosh sigirlar tug‘ishdan keyingi 20- kunidan
boshlab, 42- kunigacha yani ularning urug‘lantirilishigacha bo‘lgan davrda har haftada
bir marta tekshirishlardan o‘tkazilib, ularda klinik-fiziologik status va qonning ayrim
morfobiokimyoviy ko‘rsatkichlari aniqlandi.

Xo‘jalikdagi sigirlarning umumiy holati, ishtaha, semizlik darajasi, tashqi

ta’sirotlarga javob reaksiyasiga e’tibor berildi.

Umumiy qabul qilingan klinik tekshirish usullari bilan shilliq pardalar, teri va

teri qoplamasi, harakat a’zolarining holati, oshqozon oldi bo‘limlarining 5 daqiqadagi
qisqarishlari soni, tana harorati, 1 daqiqadagi yurak urishi va nafas soni aniqlandi.

Sigirlarda jinsiy a’zolarni tashqi tekshirishlar orqali jinsiy lablar holati, undan

shilimshiq suyuqlik oqishi, uning rangi, hidi va konsistensiyasi, shilliq pardalarning
rangi aniqlandi. To‘g‘ri ichak orqali tekshirish yordamida bachadonning holati va
uning involyutsiyasi (o‘z holiga kelishi) aniqlanib borildi hamda tuxumdonlar holati,
ularda follikulalar yoki sariq tana borligi aniqlandi. Qin oynasi yordamida tekshirish
bilan qin shilliq pardasining, bachadon bo‘yinchasining holati, uning yopilganlik
darajasi, bachadondan ajralayotgan suyuqlikning xarakteri o‘rganildi.

Sigirlarning oziqa ratsionlari to‘yimligik, tarkibidagi hazmlanuvchi protein,

qand, karotin, kalsiy, fosfor, kletchatka miqdorlari bo‘yicha zootexnikaviy tahlil


background image

312

qilinib, oziqlantirish me’yorlari bilan taqqoslash asosida hayvonlar organizmi
ehtiyojlarining qondirilish darajasi o‘rganildi.

Olingan natijalar tahlili.

Fermer xo‘jaligida sigirlar ratsioni asosan silos-

konsentrat tipida ekanligi bilan xarakterlanib, oziqlantirish me’yorlariga nisbatan 2,08
oziqa birligining yetishmasligi qayd etildi. Ratsiondagi hazmlanuvchi protiyen 911,8
grammni, u bilan ta’minlanish esa 105,8 foizni tashkil etdi.

Sigirlar organizmining yengil hazmlanuvchi uglevodlarga bo‘lgan

ehtiyojlarining qondirilishi 46,4 foizni tashkil etdi, ya’ni ratsiondagi qand miqdorining
me’yorlardan 364,4 grammga kamligi, kalsiyning 2,4 grammga ortiqchaligi va
fosforning 6,3 grammga yetishmasligi aniqlandi. Qand-oqsil nisbati me’yordagi 0,8-
1,2 o‘rniga 0,34 ni, fosforning kalsiyga nisbati 0,46 ni tashkil etdi.

Ratsiondagi kletchatkaning miqdori me’yordagi 2850 g o‘rniga 3392 grammni,

karotinning miqdori 169 mg.ni tashkil etdi. Sog‘in sigirlarning oziqlantirilishini tahlil
qilish bilan shunday xulosaga keldikki, ratsionlar tipi, tarkibi va to‘yimliligi bo‘yicha
sigirlar organizmining to‘yimli moddalar, biologik faol va mineral moddalarga
nisbatan ehtiyojlarini to‘liq qondirmaydi. Ratsionlarning oqsilli va energetik jihatdan
nomutanosibligi, qand-oqsil va fosfor-kalsiy nisbatlarining pastligi, sigirlarda
bachadonni tuqqandan keyingi qayta tiklanishining kechikishi, ya’ni bachadon
subinvolyutsiyasining kelib chiqishida asosiy etiologik omillar hisoblanadi.
Sigirlarning yil davomida bir joyda saqlanishi, gipodinamiya va gipoinsolyatsiya
ularda modda almashinuvlarining buzilishlari hamda jinsiy a’zolarning tuqqandan
keyingi qayta tiklanishining kechikishiga olib keladi.

Bachadon subinvolyutsiyasi bilan kasallangan sigirlarda umumiy holsizlanish,

befarqlik, ishtahaning pasayishi, oshqozon oldi bo‘limlarining gipotoniyasi, shilliq
pardalarning oqarishi (anemiya) kabi umumiy belgilar, qindan kataral-yiringli ekssudat
oqishi, to‘g‘ri ichak orqali tekshirilganda bachadonni kattalashgan bo‘lishi va
bo‘shlig‘ida suyuqlik borligi, tuxumdonlarda sariq tanani to‘liq so‘rilib ketmaganligi
kabi klinik belgilar kuzatilishi xarakterli bo‘ldi.

Xulosalar.

1.-Sigirlarda bachadon subinvolyutsiyasining kelib chiqishida

sog‘indan chiqarilgan davrda bo‘g‘oz sigirlar organizmining to‘yimli moddalar,
vitaminlar, makro- va mikroelementlarga nisbatan ehtiyojlarini to‘liq qondirmasligi,
yayratishning yetishmasligi va yangi tuqqan sigirlarni antisanitariya sharoitlarida
saqlash asosiy etiologik omillar hisoblanadi.

2. Sigirlarda bachadon subinvolyutsiyasi umumiy holsizlanish, ishtahaning

o‘zgarishi, qindan kataral-yiringli ekssudat oqishi, to‘g‘ri ichak orqali tekshirilganda
bachadonning kattalashishi, ko‘p miqdorda suyuqlik bo‘lishi, tuxumdonlarda sariq
tanani so‘rilishining kechikishi kabi belgilar kuzatilishi hamda qondagi eritrositlar
soni, gemoglobin, umumiy oqsil miqdorlarining kamayishi va leykositlar sonining
ortishi bilan xarakterlanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Храмцов В. В. Влияние сезонных факторов на воспроизводителъные

функции и продуктивностъ коров [Текст] / В. В. Храмцов, Р. А. Шундулаев, Н.
А. Саенко // Ветеринария. - 2004. - №11. - С. 13-14.


background image

313

2. Чомаев А.М., Чернишева М.Н., Голдина А.А. Молочная продуктивностъ

и сроки осеменения коров. Ж. Зоотехния, №6, 2003, с.30.

3. Григорьева Т.Е., Макаров А.А. [Статья] Сравнительная характеристика

морфологических и биохимических показателей крови коров при лечении
субинволюции

матки

ФГОУ

ВПО

«Чувашская

государственная

сельскохозяйственная академия» 2004.

4. Eshburyiev B.M. Veterinariya akusherligi. Darslik. 2018 y. 334-336 b.
5. http://www.allvet.ru/diseases/-vet_obstetrics.

Библиографические ссылки

Храмцов В. В. Влияние сезонных факторов на воспроизводительные функции и продуктивность коров [Текст] / В. В. Храмцов, Р. А. Шундулаев, Н. А. Саенко // Ветеринария. - 2004. - №11. - С. 13-14.

Чомаев А.М., Чернишева М.Н., Голдина А.А. Молочная продуктивность и сроки осеменения коров. Ж. Зоотехния, №6, 2003, с.30.

Григорьева Т.Е., Макаров А.А. [Статья] Сравнительная характеристика морфологических и биохимических показателей крови коров при лечении субинволюции матки ФГОУ ВПО «Чувашская государственная сельскохозяйственная академия» 2004.

Eshburyiev В.М. Veterinariya akusherligi. Darslik. 2018 у. 334-336 b.

http://www.allvet.ru/diseases/-vet_obstetrics.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов