242
UDK: 619:636.2:616.002
SIGIRLARDA SUBKLINIK KETOZNING KECHISH XUSUSIYATLARI
Q.N. Narboyev
Ilmiy rahbar, professor – Tayanch-doktorant,
B. Tursunaliyev
Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sigirlarda ketoz bo‘g‘ozlikning oxirgi oylarida
subklinik kechib, laktatsiya davrlarida ishtahaning o‘zgarishi, shilliq pardalar
anemiyasi, teri elastikligi va tana qoplamasi yaltiroqligining pasayishi, puls va
nafasning tezlashishi, katta qorin gipotoniyasi, alopesiya kabi klinik belgilar, bilan
kechishi hamda qon tarkibidagi gemoglobin miqdori, glyukoza, umumiy kalsiy,
anorganik fosfor, karotin, ishqoriy zahiraning fiziologik me’yorlarga nisbatan
kamayishi, keton tanachalar miqdorining ortishi, katta qorin suyuqligida infuzoriyalar
soni va aktivligining kamayishi hamda katta qorin atsidozi
bilan kechishi bayon
etilgan.
Kalit so‘zlar:
yuqori mahsuldor sigirlar, subklinik ketoz, ikkilamchi
osteodistrofiya, atsidoz, keton tanachalari, beta-oksimoy kislotasi, atseton, anemiya,
alopesiya, gipogemoglobinemiya, disproteinemiya, gipoglikemiya, gipokarotinemiya,
gipokalsiyemiya, ketonemiya, ketonuriya, gipodinamiya, gipotrofik buzoqlar.
Mavzuning dolzarbligi.
Chorvachilikda yuqori samaradorlikka erishish va
sohaning rentabelligini oshirishga hayvonlarning yuqumsiz kasalliklari katta to‘sqinlik
qilmoqda. Bu kasalliklar orasida sigirlarning subklinik ketoz kasalligi katta salmoqqa
ega bo‘lib, kasallikning asosiy sabablari gipodinamiya, sigirlar ratsionining
balanslashmaganligi, tarkibida ko‘p moy kislotasi saqlovchi sifatsiz silos, senaj kabi
oziqalarning berilishi, oziqalar tarkibida vitaminlar, makro- va mikroelementlarning
yetishmovchiligi bo‘lib hisoblanadi.
Mahsuldor sigirlarda uchraydigan moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklari
jumladan subklinik ketozni ertachi aniqlash va oldini olishning samarali usullarini
ishlab chiqish va veterinariya amaliyotiga joriy etish bugungi kundagi dolzarb
muammolardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Yuqori mahsuldor sigirlarning subklinik ketozi oqibatida mahsuldorlikning
keskin pasayishi, bepushtlik, yuqori mahsuldor sigirlardan xo‘jalikda foydalanish
muddatining qisqarishi, hayotchanligi past va kasalliklarga beriluvchan gipotrofik
buzoqlarning tug‘ilishi, mahsulot ishlab chiqarish uchun oziqa sarfining ko‘payishi
hisobidan fermer xo‘jaliklariga katta iqtisodiy zarar yetkazmoqda [1,3].
Sog‘in sigirlarni saqlash va oziqlantirish sharoitlarining keskin o‘zgarishi, qish
faslida ratsiondagi pichanlar va sifatli oziqalar o‘rnini tarkibida kislotaligi yuqori
bo‘lgan silos, senaj, jom, barda kabi oziqalar egallashi oqibatida ularda barcha turdagi
modda almashinuvlarining buzilishi, surunkali atsidoz hamda ketoz, ikkilamchi
osteodistrofiya, gipomagniyemiya, yog‘li gepatodistrofiya, katta qorin atsidozi kabi
kasalliklarga sabab bo‘ladi [2, 4, 6, 9].
243
Bo‘g‘oz sigirlarda subklinik ketoz 17,4% ni, tug‘ruqdan keyingi asorat sifatida
85,4%ni, umumiy poda tarkibida o‘rtacha 25,8% ni tashkil etib, gipoglikemiya,
eritropeniya, limfopeniya, gipogemoglobinemiya, eritrotsitlar cho‘kish tezligining
oshishi bilan kechadi [5,7,8].
Tadqiqotlar joyi, obekti va uslublari.
Ilmiy tadqiqotlar Samarqand viloyati,
Pastdarg‘om tumanidagi “Imom ota” qoramolchilik xo‘jaligidagi golshtinfriz zotiga
mansub sigirlarda subklinik ketoz kasalligining klinikasi va qonning biokimyoviy
ko‘rsatkichlarini o‘rganish maqsadida dispanser tadqiqotlar o‘tkazildi.
Xo‘jalikdagi sigirlardan 10 boshdan etalon guruh tanlab olinib, ularda
bug‘ozlikningoxirgi ikki oyi hamda laktatsiyaning birinchi va ikkinchi oylarida
dispanser tekshirishlar orqali har 30 kunda bir marta klinik va gematologik
tekshirishlar o‘tkazildi. Qon va siydik tarkibidagi keton tanachalari KETONYE URS-
1K indikatorli test yordamida aniqlandi.
Sigirlardan olingan qon namunalari laboratoriyada biokimyoviy tahlil qilinib,
uning tarkibidagi gemoglobin miqdori (gemoglobin-sianidli usul), glyukoza (Orto-
toluidin bilan rangli reaksiya), qon zardobida umumiy oqsil (Refraktometrik usul),
ishqoriy zahira (I.P.Kondraxin usuli), umumiy kalsiy (V.P. Vichev, L.V. Karakashov
usuli), anorganik fosfor (Puls bo‘yicha V.F.Kromo‘slov va L.A. Kudryavseva usuli),
karotin (Karr Prays usuli, Yudkin madifikatsiyasi), katta qorin suyuqligining muhiti
(pH-metr yordamida), infuzoriyalar soni (Goryayev sanoq turida) aniqlandi [4].
Olingan natijalar va ularning tahlili.
Xo‘jalikda poda sindromatikasini tahlil qilish sigirlar saqlanadigan bino
mikroiqlimi zoogigiyenik talablar darajasida emasligi va mahsuldorlikning pastligi,
yuqumsiz xarakterdagi kasalliklardan gipovitaminozlar, osteodistrofiya, subkliknik
ketoz, ikkilamchi osteodistrofiya, yo‘ldoshning ushlanishi, tug‘ruqdan keyingi falaj,
endometritlar, tuyoq kasalliklari, qayd etilishi ularda modda almashinuvlari, shu
jumladan vitamin va mineral moddalar almashinuvi holati qoniqarsiz darajada
ekanligini ko‘rsatdi.
Tadqiqotlarning boshida va har oyda bir marta tajribadagi sigirlar klinik
tekshirishlardan, ulardan olingan qon namunalari va katta qorin suyuqligi laborator
tekshirishlardan o‘tkazildi. Sigirlarda ishtaha, tana harorati, teri va teri qoplamasi, bir
daqiqada puls va nafas soni, 2 daqiqadagi katta qorinning harakati, shilliq pardalar va
tayanch harakat a’zolarining holati aniqlandi.
Dispanser tadqiqotlarda sigirlarning tana harorati fiziologik me’yorlar
chegarasida bo‘lishi kuzatildi, bir daqiqadagi yurak urishi tekshirishlarning boshida
(bo‘g‘ozlikning 8-oyi) o‘rtacha 68,2±4,8 marta, bo‘g‘ozlikning 9-oyida o‘rtacha
76,2±5,6 marta, laktatsiyaning 1-oyida o‘rtacha 82,4±5,3 marta, tekshirishlarning
oxiriga kelib (laktatsiyaning 2-oyi) o‘rtacha 86,2±5,1 martani (me’yor bir daqiqada
50-80 marta), bir daqiqadagi nafas soni shunga mos ravishda 18,6±0,56, 22,6±0,58,
24,8±1,1, 28,5±0,48 martani (me’yor bir daqiqada 12-25 marta) tashkil etdi.
Sigirlarda katta qorinning 2 daqiqadagi qisqarishlari soni tekshirishlarning
boshida (bo‘g‘ozlikning 8-oyi) o‘rtacha 3,4±1,84 martani tashkil etgan bo‘lsa, (me’yor
2 daqiqada 3-5 marta) tekshirishlarning oxiriga kelib (laktatsiyaning 2-oyi) 2,2±1,60
martagacha kamayganligi aniqlandi.
244
Xo‘jalikdagi sigirlarda doimo oshqozon oldi bo‘limlarining gipotoniyasi
kuzatilishini ularni yil davomida bir joyda saqlanishi, matsion kamligi, gipodinamiya,
silos-konsentrat tipdagi bir tomonlama oziqlantirish, ratsiondagi oziqalar tarkibida
to‘yimli va biologik faol moddalarning sigirlar ehtiyojlarini qondirmasligi bilan
izohlash mumkin.
Tekshirishlar boshida sigirlarning 8 oylik bug‘oz sigirlarda tana qoplamasi
yaltiroqligining pasayishi, shilliq pardalar rangining oqarishi, kesuvchi tishlarning
qimirlashi kuchsiz darajada kuzatilgan bo‘lsa, laktatsiya davomida bu belgilarning
kuchayib borishi xarakterli bo‘ldi, ya’ni deyarli barcha hayvonlarda shilliq pardalarda
kuchli anemiya holati, kesuvchi tishlarning kuchli darajada qimirlashi qayd etildi.
Tekshirishlar boshida 40,0 foiz hayvonlarda ishtahaning o‘zgarishi (lizuxa), 60,0
foizida shilliq pardalarning anemiyasi aniqlangan bo‘lsa, tekshirishlarning oxiriga
kelib (laktatsiyaning 2-oyi), bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 50,0 va 90,0 foizni tashkil
etishi kuzatildi. Shuningdek, deyarli barcha sigirlarda subklinik ketoz ikkilamchi
osteodistrofiya bilan birga kechishiga xos belgilar (ko‘z, lablar atrofida junlarning
tushishi, bo‘g‘inlarning kattalashishi, teri qoplamasi va tuyoqlar yaltiroqligining
pasayishi) kuzatildi.
Sigirlarda ketoz shilliq pardalarning oqarishi, ishtahaning o‘zgarishi, bir
daqiqadagi yurak urishi va nafas sonining tezlashishi, kattaqorin gipotoniyasi, ko‘z va
lablar atrofida va tananing ayrim joylarida junlarning tushishi, teri elastikligining
pasayishi, yaltiroqligining pasayishi, kesuvchi tishlarning qimirlashi, oyoqlar
bug‘imlarining kattalashishi kabi klinik belgilar bilan kechadi.
Sigirlar surunkali ketozida qondagi morfobiokimyoviy o‘zgarishlarni o‘rganish
uchun 10 bosh golshtinfriz zotiga mansub, 4-5 yoshli sigirlar etalon guruh sifatida
ajratib olinib, ulardan olingan qon namunalarida laborator tekshiruvlari o‘tkazildi.
Sigirlar qonidagi gemoglobin miqdori bo‘g‘ozlikning 8- oyida o‘rtacha 94,4±4,3
g/l ni, 9- oyida 92,6±3,5 g/l ni, laktatsiyaning 1- oyida o‘rtacha 86,8±4,5 g/l ni, 2- oyida
o‘rtacha 76,8±4,6 g/l ni (me’yor 99-129 g/l) tashkil etdi. Sigirlarda bug‘ozlik davridan
boshlab laktatsiya davrlarida ham gipogemoglobinemiya kuzatildi.
Sigirlar qonidagi glyukozaning konsentratsiyasi dispanser tekshirishlar boshida
me’yoriy ko‘rsatkichlardan ancha kam ekanligi qayd etilib, (me’yor 2,22- 2,33 mmol/l)
o‘rtacha 2,20±0,32 mmol/l ni tashkil etdi. Laktatsiyaning 2- oyiga kelib bu ko‘rsatkich
kamayib borib, o‘rtacha 1,94±0,42 mmol/l ni tashkil etdi. Qondagi glyukoza
miqdorining tekshirishlar davomida kamayib borishini sigirlarning bug‘ozlik va sut
berish davrida qandga bo‘lgan ehtiyojlarining qondirilmasligi bilan izohlash mumkin.
Sigirlarda qon zardobidagi umumiy oqsil miqdori tekshirishlarning boshida
fiziologik me’yorlar chegarasida o‘rtacha 72,4±6,2 g/l bo‘lishi, tekshirishlarning
oxiriga kelib 84,1±5,1 g/l ni tashkil etdi. Qon zardobidagi umumiy oqsil miqdorining
o‘zgarishi disproteinemiya bilan izohlanadi. Qon zardobidagi ishqoriy zahira miqdori
me’yordagi (me’yor 46-66 hajm%CO
2
) ko‘rsatkichlardan ancha kam bo‘lib,
tekshirishlarning boshida (bug‘ozliknig 8-oyi) o‘rtacha 42,6±2,4 hajm%CO
2
ni tashkil
etgan bo‘lsa, tekshirishlarning oxiriga kelib (laktatsiyaning 2- oyi), o‘rtacha 34,5±2,3
hajm%CO
2
gacha kamayishi bilan xarakterlandi. Bu holat sigirlar organizmida atsidoz
rivojlanayotganiligini bildiradi.
245
Sigirlar qon zardobidagi karotin miqdori fiziologik me’yorlarga nisbatan kamligi
kuzatildi, ya’ni tekshirishlarning boshida o‘rtacha (bug‘ozliknig 8-oyi) 0,324±0,46
mg% ni tashkil etgan bo‘lsa, tekshirishlarning oxiriga kelib (laktatsiyaning 2- oyi)
o‘rtacha 0,258±0,42 mg% gacha kamayishi (me’yor- 0,4-1,0 mg%) qayd etildi.
Sigirlarda gipokarotinemiya kuzatilish, ularda retinol yetishmovchiligidan dalolat
beradi.
Sog‘in sigirlar surunkali ketozida makroelementlar almashinuvi laktatsiya
davomida qondagi umumiy kalsiy va anorganik fosfor miqdorlarining kamayib borishi
bilan xarakterlandi. Sigirlarda qon zardobidagi umumiy kalsiy miqdori tekshirishlar
boshida o‘rtacha 2,22±0,18 mmol/l (me’yor 2,5-3,13 mmol/l) ni tashkil etgan bo‘lsa,
tekshirishlarning oxiriga kelib, 2,06±0,26 mmol/l gacha kamayishi kuzatildi.
Anorganik fosfor miqdori shunga mos ravishda o‘rtacha 1,44±0,3 va 1,24±0,31 mmol/l
ni (me’yor- 1,45-1,94) (P<0,05) tashkil etdi. Surunkali ketoz paytida minerallar
almashinuvi buzilishlari gipokalsiyemiya va gipofosforemiya bilan xarakterlandi.
Sigirlardan olingan qon tarkibida keton tanachalar miqdori bo‘g‘ozlikning
8-oyida o‘rtacha 0,216±0,06 mmol/l, bo‘g‘ozlikning 9- oyida 0,624±0,06 mmol/l,
laktatsiyaning 1- oyida o‘rtacha 1,062±0,05 mmol/l, laktatsiyaning 2- oyiga o‘rtacha
1,168±0,08 mmol/l ni (me’yor 0,172-1,032 mmol/l) tashkil etdi.
Siydik tarkibidagi keton tanachalar miqdori shunga mos ravishda o‘rtacha
1,648±0,04 mmol/l, 1,798±0,03 mmol/l, 2,028±0,06 mmol/l, 2,634±0,05 mmol/l ni
tashkil etdi. Sigirlarda bo‘g‘ozlik davriga nisbatan laktatsiya davrlariga kelib
organizmda ketonemiya va ketonuriya holatlarining kuchayganligi aniqlandi.
Katta qorin suyuqligining muhiti (pH) tekshirishlar boshida (bo‘g‘ozlik 8- oyi)
fiziologik me’yorlarning pastki chegarasida bo‘lib, o‘rtacha 6,82±0,06 ni (me’yor pH-
6,5-7,5) tashkil etdi, laktatsiya davomida kislotalik tomonga oshib borishi va
tekshirishlarning oxiriga kelib (laktatsiyaning 2- oyida), o‘rtacha 6,20±0,05 gacha
kamayib borishi (R<0,001) xarakterli bo‘ldi.
Sigirlar katta qorin suyuqligidagi infuzoriyalar 8-oy bo‘g‘ozlik davrida o‘rtacha
548,2±34,7 ming/ml ni, 9- oyida 520,2±38,4 ming/ml ni, laktatsiyaning 1-oyida
o‘rtacha 464,2±52,6 ming/ml ni tashkil etgan bo‘lsa, laktatsiyaning 2- oyiga kelib,
o‘rtacha 378,5±36,4 ming/ml gacha (P<0,01) kamayishi kuzatildi. Infuzoriyalar
faolligi ham shunga mos ravishda dinamik kamayib borishi qayd etildi.
1-rasm. Sog‘in sigirlar qonining morfobiokimyoviy ko‘rsatkichlari (n=10)
0
20
40
60
80
100
94,4
92,6
86,8
76,8
72,4
74,6
78,2
84,1
42,6
40,5
39,8
34,5
Gemoglobin, g/l
Umumiu oqsil, g/l
Ishqoriy zahira %
СО2
246
2-rasm. Sigirlar organizmida keton tanachalarning miqdori. (n=10)
Sigirlarda katta qorin suyuqligi ko‘rsatkichlarini aniqlash bilan shunday xulosaga
keldikki, subklinik ketoz paytida katta qorin suyuqligida kislotalikning ortishi (atsidoz),
infuzoriyalar soni va faolligining pasayishi bilan xarakterlandi.
Xulosa.
Sigirlarda surunkali ketoz
shilliq pardalarning oqarishi (anemiya),
ishtahaning o‘zgarishi (lizuxa), yurak urishining va nafas sonining tezlashishi, kattaqorin
harakatining o‘rtacha 1,2 martaga kamayishi tananing ayrim joylarida junlarning tushishi
(alopesiya), teri elastikligining va yaltiroqligining pasayishi, kesuvchi tishlarning
qimirlashi, oyoqlar bug‘imlarining kattalashishi kabi klinik belgilar hamda
gipogemoglobinemiya,
gipokarotinemiya,
gipokalsiyemiya,
gipoglikemiya,
disproteinemiya, ketonemiya va ketonuriya bilan xarakterlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Бабухин С.Н. Диагностика, терапия и профилактика субклинического
кетоза с осложнением беременности у импортных нетелей. Автореф. дис.....канд.
вет.наук: 16.00.01. Саратов 2018. С. 144.
2. Кондрахин И.П., Левченко В.И. Диагностика и терапия внутренних
болезней животных. М.: Изд. ООО «Аквариум-Принт», 2005. С. 652-664.
3. Кендыш И.Н., Регуляция углеводного обмена // Ветеринария. – Москва,
2000. №1. – С. 41-43.
4. Методы ветеринарной клинической лабораторной диагностики:
Справочник/ под ред. проф. И.П.Кондрахина. М.: Колос, 2004. – С. 520.
5. Norboyev Q.N., Bakirov B.B., Eshbo‘riyev B.M. Hayvonlarning ichki
yuqumsiz kasalliklari. Darslik. – Samarqand: 2020. – B. 214-226.
6. Нормы и рационы кормления сельскохозяйственных животных.
Справочное пособие / А.П. Калашников, В.И. Фисинина, Н.И. Клейменова //
Москва, 2003.- 455 с.
7. Новикова И.А.
Коррекция
биохимического
статуса
у
высокопродуктивных коров при кетозах в условиях промышленного комплекса:
автореф... дис. канд. биол. наук.: 03.01.04 / И.А. Новикова; ФГБОУ ВПО КГСХА
им. проф. И.И. Иванова. – Курск, 2013.-19 с.
8.Тлиджан М. Влияние рН рубцового содержимого (ацидоз, алкалоз) на
функцию печени и липидный обмен в коров: Автореф. дисс…канд. вет. наук. –
М., 1986. – 17 с.
9.Eshburiyev S.B. Etiopatogenez i profilaktika vtorichnoy osteodistrofiya u
korov. Diss….kand. vet. nauk. Samarkand: 2011. – B. 46.
0,216
0,624
1,062
1,168
1,648
1,798
2,028
2,634
0
0,5
1
1,5
2
2,5
3
Qonda
Siydikda