Сут ва сут маҳсулотларидан наъмуналар олиш ва уни ветеринария санитария жиҳатдан баҳолаш

  • Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университети
  • Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университети
  • Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университети
CC BY f
119-123
135
93
Поделиться
Р Суюнов, Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университети

ассистентлар Илмий раҳбар: Расулов Ў.И. ветеринария фанлари доктори

З Ильесов, Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университети

ассистентлар Илмий раҳбар: Расулов Ў.И. ветеринария фанлари доктори

Ш Расулов, Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университети

ассистентлар Илмий раҳбар: Расулов Ў.И. ветеринария фанлари доктори

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Мақолада сутнинг органолептик кўрсатикичлари, наъмуна олиш усуллари, сутнинг зичлигини, ёғ миқдорини ва тозалигини аниқлаш усуллари, ҳамда сутнинг нордонлиги тўғрисида маълумотлар берилган.


background image

119

UDK. 619.616.993.192.084.123

SUT VA SUT MAHSULOTLARIDAN NA’MUNALAR OLISH VA UNI

VETERINARIYA SANITARIYA JIHATDAN BAHOLASH

R.U.Suyunov, Z.I.Ilyosov, Sh.Sh.Rasulov

assistentlar

Ilmiy rahbar: Rasulov O‘.I. veterinariya fanlari doktori

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universiteti

Annotatsiya.

Maqolada sutning organoleptik ko‘rsatikichlari, na’muna olish

usullari, sutning zichligini, yog‘ miqdorini va tozaligini aniqlash usullari, hamda
sutning nordonligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar.

Sut, sut mahsulotlari, namuna, zichlik, yog‘, tozalik, asbob-

anjomlar, nordonlik.

Annotation.

The article provides information on the organoleptic

characteristics of milk, sampling methods, methods for determining the density, fat
content and purity of milk, as well as the acidity of milk.

Keywords.

Milk, dairy products, sample, density, fat, purity, utensils, ourness.


Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi muhim ro‘l

o‘ynaydi va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda alohida
ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bilan aholining tabiiy va sifatli
iste’mol mahsulotlariga talabini ta’minlash mumkin.

Qoramollardan olinadigan mahsulotlar ichida birinchi o‘rinni sut mahsuloti

egallaydi. Sut va sut mahsulotlari inson salomatligini ta’minlashda alohida ahamiyat
kasb etadi.

Mavzuning dolzarbligi.

Agar yuqori sifatli sut yetishtirishda veterinariya-

sanitariya chora-tadbirlariga e’tibor qilinmasa, sutning tarkibiy qismi tezda o‘zgaradi.
Shuning uchun ham chorva mutaxassislari, veterinariya vrachlari hamda soha
mutaxassislari sutning tarkibini o‘zgarganligini o‘z vaqtida aniqlab, uning oldini olish
tadbirlarini ko‘rishlari kerak. Sut tarkibiy qismlarining har tomonga o‘zgarishini
yaxshi aniqlash uchun, mutaxassislar yuqori bilim va malakaga ega bo‘lishi kerak.
Asosiy maqsadlardan biri sog‘in sigirlardan olinayotgan sutlarni o‘z vaqtida ekspertiza
qilishga asoslangan.

Sutdan o‘rtacha namuna olish usullari, tekshirilayotgan sutlardan to‘g‘ri namuna

olish Davlat standarti talabi asosida belgilangan.

Sutdan to‘g‘ri namuna olinsa, hamma o‘tkaziladigan tekshirishlar natijasi yaxshi

bo‘ladi. Agar sutdan namuna olishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, tekshirishdan olingan natija
xulosasi noto‘g‘ri bo‘ladi.

Bundan tashqari namuna olish paytida shu mahsulot uchun javobgar kishi

ishtirok etish kerak. Sutchilik ishida kimyoviy yoki bakteriologiya tekshirish uchun
namuna olinadi. O‘rtacha namuna har xil ishlab chiqarish sharoitlarida olinadi.


background image

120

Jumladan, sutning tarkibini har qaysi alohida sog‘in sigirlardan olib o‘rganish uchun
molxonalarda, yoki yozgi lagerlarda olinadi. Sutni xo‘jaliklar bo‘yicha ta’riflashda
molxonalarda, yoki fermalarda sog‘in sigirlar sog‘ilgandan keyin o‘rtacha namuna
olinadi. Davlatga topshirilayotgan sutning sifatini aniqlash uchun sutni qabul qilib
olish joylarida taroziga tortishdan oldin namuna olinadi. Sutning kislotaliligini va
yog‘ini aniqlashda 50 ml, bordiyu boshqa tekshirishlar o‘tkazish kerak bo‘lsa, shu
jumladan, sutning zichligi va uning tarkibidagi oqsilni aniqlash uchun 200-250 ml sut
namunasi olinadi.

Flyagalarda, vannalarda yoki boshqa idishlarda olib kelingan ma’lum bir sut

partiyalaridan namuna olishda har qaysi idishdan proportsional miqdorda sut namunasi
olinib, umumiy yig‘ishtirilayotgan krujkalarga yoki paqirga solinadi. Ma’lum bir
guruhlarga kiradigan sog‘in sigirlaridan namuna olishda ertalabki, tushki, kechqurun
sog‘ilgan sutlardan o‘rtacha namuna proportsional ravishda olinadi. Idishlarda tinch
turgan sut yuzasida tezda yog‘ yig‘ilib qolishni nazarda tutgan holda, namuna olishdan
avval sut yaxshilab aralashtirilishi lozim.

Sut 8-10 marta aralashtirgich kurakcha yordamida pastga-yuqoriga qilib

aralashtiriladi. Agar idishlardagi sut uzoq vaqt turgan yoki juda yaxlagan, qisman
muzlagan, sut yuzasi qaymoqlangan bo‘lsa, namuna olishdan oldin sut 30-35

o

C

darajada isitilishi kerak. Aralashtirilgan sutdan namuna olishda metall nay ishlatiladi,
ya’ni bu nayni shunday tezlikda idishga tushirish kerakki, bunda nay ichida va idishda
hamma vaqt sutning sathi bir xilda bo‘lishi kerak. (1 – rasm).

1-rasm.

Sutdan o‘rtacha namuna olish tartibi 1- flyagadagi sutni qo‘zg‘atkich bilan

aralashtirish; 2-nay bilan sut namunasini olish; 3- olingan namunani butilkaga

quyish; 4-namunalarni yashikka joylash.

Sutga botirilgan nayning yuqori teshigi barmoq bilan bekitilib, nay ichidagi sut

butilkachalarga solinadi. Nay ichidagi sut tezlikda tushib ketmasligi uchun nayni
doimo vertikal holatda ushlash kerak. Turli idishlardan namuna olishda nayni shu
idishdagi sut bilan chayqash kerak. Namuna olish uchun ishlatiladigan butilkachalar
quruq bo‘lib, namuna olinayotgan sut bilan chayqalishi kerak. Har qaysi olingan sut
namunasi bir soatdan kechiktirilmasdan sutning organoleptik ko‘rsatkichlari, tozaligi,
bakteriyalar bilan ifloslanganligi, zichligi va kislotaliligi aniqlanishi kerak.

Namuna olish uchun nay bo‘lmasa, o‘lchov silindri yoki cherpak bilan sut

o‘lchab olinadi, lekin oldindan olingan namuna proportsional bo‘lishi uchun hisob
qilinadi.


background image

121

Sutni organoleptik ko‘rsatikichlari asosida baholash

Sut organoleptik ko‘rsatkichlar asosida baholanganda, uning rangiga,

konsistentsiyasiga, hidi va ta’miga e’tibor beriladi. Sutning rangini aniqlash uchun
tekshirilayotgan sut rangsiz shishali silindrga solinib, kunduzgi yorug‘likda ko‘riladi.
Sutning konsistentsiyasini aniqlashda, sut namunasi bir silindrdan ikkinchisiga devori
bo‘ylab quyiladi, so‘ngra silindr shishasida qolgan sut izi qoldig‘iga qaralib, sutning
konsistentsiyasidan tashqari uning iflosligi va og‘iz suti qo‘shilganligi ham aniqlanadi.

Sutning hidini aniqlashdan oldin xona yaxshilab shamollattiriladi, so‘ngra sut

namunasi solingan idishning og‘zi ochilganda va bir idishdan ikkinchisiga
solinayotganda, hidi aniqlanadi. Ayrim paytlarda sutdan hidning ajratib chiqishini
kuchaytirish uchun tekshirilayotgan namuna 40-50

o

C haroratgacha isitiladi. Sutning

ta’mini aniqlashda, avvalambor, sutni qanday hayvondan olinganligiga e’tibor berilishi
kerak (Kasal yoki sog‘lom). Fermer xo‘jaliklari tomonidan bozorlarga olib kelingan
sutning ta’mini aniqlashdan oldin sut qaynatilishi lozim. Sutning ta’mini aniqlashda,
faqatgina til yuzasi ho‘llanishi kerak, lekin og‘izga olingan sutni yutish mumkin emas.

Sutning zichligini aniqlash

Sutning zichligi areometr asbobi yordamida aniqlanadi. Zichligi aniqlanayotgan

sutning harorati 15-20

o

C bo‘lishi kerak. Sutning zichligini aniqlashda areometr va

250 ml ga mo‘ljallangan o‘lchov silindri ishlatiladi (2-rasm).

2-rasm. Sutning zichligini aniqlash tartibi.

1-o‘lchov silindiriga sutni quyish; 2-3-

silindirdagi sutga areometrni botirish; 4-sutdagi haroratni aniqlash; 5-sutning

zichligini aniqlash.

Sut tarkibidagi yog‘ miqdorini aniqlash

Sut tarkibidagi yog‘ miqdorini aniqlashning hozirgi kungacha eng qulay aniq

usullaridan biri Gerber usuli hisoblanadi. Bu usulda aniqlash faqatgina bizning
mamlakatimizda keng qo‘llanilib qolmasdan, boshqa taraqqiy qilgan davlatlarda ham
qo‘llaniladi. Sut tarkibidagi yog‘ miqdorini aniqlash uchun avvalambor yog‘
sharikchalarini oqsilli qobig‘idan ajratish kerak. Buning uchun qobiqni erituvchi
sifatida konsentrlangan sulfat kislotasi ishlatiladi.


background image

122

Tekshirish paytida jiromer ichida hosil bo‘lgan yog‘ bilan kislota o‘rtasidagi

chegara aniq ko‘rinib turishi kerak. Agar aniq bo‘lmasa tekshirish qaytadan bajarilishi
lozim, (3-, 4- rasmlar).

3-rasm. Sut va sut mahsulotlarining tarkibidagi yog‘ miqdorini aniqlash uchun

jiromerlar.

a- tabiiy sutda; b- smetanada; v- yog‘sizlantirilgan sutda; g-tvorog va

pishloqda.

4-rasm. Sutdagi yog‘ miqdorini aniqlash tartibi.

1-dozatorni kislota bilan

to‘ldirish; 2-kislotaning sathi; 3-jiromerga kislota quyish; 4-jiromerdagi kislota

ustiga 10,77 ml sut solish; 5-jiromerdagi sut ustiga izomil spirti quyish; 6-jiromer

og‘zini tiqin bilan bekitish; 7-jiromerlarni shtatiga o‘rnatilishi; 8-sentrifuga.

Sutning tozaligini aniqlash

.

Sutning tarkibiga tushgan har xildagi iflos

narsalarni aniqlash uchun «Rekord» asbobi ishlatiladi. Bu asbob o‘zining tuzilishiga
ko‘ra silindrsimon, pastki tomonining kengligi qisqaroq (27-30 mm) bo‘lib, bu joyiga
to‘r setka o‘rnatilgan. Sutni tekshirishda mana shu setka kattaligida paxta filtri qirqib
olinib, setkaga o‘rnatiladi.


background image

123

Sutning zichligi

– sutning zichligi deganda, moddalar massasining, uning

hajmiga bo‘lgan nisbati tushuniladi

.

Sutning zichligi o‘rtacha 1,030 ga teng, ya’ni

suvga nisbatan 1,030 marta og‘irroq. Zichlik sutning tarkibidagi oqsilga, uglevodlarga
va tuzlarga bog‘liq. Yog‘ning zichligi-0,9225, sut shakariniki–1,6103, oqsiliniki-
1,3908, tuzniki-2,8575.

Yog‘sizlantirilgan quruq sut qoldig‘ining zichligi-1,6105 ga teng. Sutning

tarkibiy qismida har xildagi komponentlar ko‘p bo‘lsa, sutning zichligi ortadi.
Aksincha, sutda yog‘ miqdori ko‘p bo‘lsa, uning zichligi pasayadi. Og‘iz sutining
tarkibida quruq moddalar ko‘p bo‘lganligi uchun zichligi 1,038-1,040 ga teng. Sutga
10 % suv qo‘shilsa, uning zichligi 0,003 ga kamayadi. Yangi sog‘ilgan sutda,
yog‘larning suyuq holatda bo‘lganligi tufayli va gazi chiqib turganligi uchun zichligi
past bo‘ladi. Shuning uchun ham zichlikni aniqlashda bularni hisobga olish kerak

Sutning muzlash nuqtasi.

Sutning muzlash nuqtasi minus 0,54

o

C dan 0,57

o

C

gacha, qaynash nuqtasi 100,16 – 100,20

o

C. Sutdagi tuzning miqdorini o‘zgarishi bilan,

sutning muzlash harorati o‘zgaradi. Xloridlarning ko‘payishi bilan muzlash pasayadi.
Bu esa o‘z navbatida hayvonning patologik holatidan dalolat beradi. Agar sutga suv
qo‘shilib suyultirilsa, uning muzlashi ortadi.

Sut 80

o

C haroratda qizdirilganda, laktozaning tarkibi o‘zgarishidan, sut

kuchsiz

sarg‘ish rangga kiradi.

Kislotalilikni aniqlashning standart usuli

Ishni bajarish uchun kerak bo‘lgan

asboblar va reaktivlar: 10, 20 millimetrga mo‘ljallangan pipetkalar 100 ml sig‘imdagi
konussimon kolbalar, byuretka,

0,1 N

NaOH

eritmasi, tomizgich idishcha, 1 foizli

fenol-ftaleinning spirtli eritmasi.

Sutning nordonligi.

Yangi

sog‘ib olingan sutning titrlanadigan nordonligi 16 -

18 °T bo‘ladi. Bu sutdagi kazein oqsilini nordon xarakteri, fosfor, limon kislotalarining
tuzlari va erigan karbonat angidrid gazining miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Sog‘ib
olingandan vaqt o‘tgach, mikroorganizimlarning rivojlanishi tufayli sut shakari
parchalanib, sutda sut kislotasi to‘planadi va sutning titrlanadigan nordonlik
ko‘rsatkichi oshadi.

Sut nordonligiga qarab GOST 13264-88 bo‘yicha navlanadi. Nordonlik I-navda

16-18

0

T; II-nav – 16- 20

0

T, navsiz sutda esa 20

0

T dan ortiq bo‘ladi.

Xulosa.

Хalqimiz turmush farovonligini yaxshilash, inson salomatligida muhim

bo‘lgan iste’mol mahsulotlari sifatiga doimiy e’tibor qaratish hukumatimiz kundalik
faoliyatidagi muhim mezonga aylangan. Sut mahsulotlarini o‘z vaqtida tekshirish
usullarini takomillashtirish natijasida xalqimizning sifatli, sut va sut maxsulotlariga
bo‘lgan talablarini qondirish maqsadga muvofiq sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.

T.E.Ostonaqulov

va

boshqalar.

Qishloq

xo‘jalik

mahsulotlarining

veterinariya-sanitariya ekspertizasi, qayta ishlash texnologiyasi, gigiyenasi va
standartizatsiyasi. O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2013 yil.

2.

А.В.Смирнов. Практикум по ветеринарно-санитарной экспертизе.

Учебник. Санкт-Петербург ГИОРД, 2015 год.

3.

Б.С.

Сенченко. Ветеринарно-санитарная экспертиза продуктов

животного и растительного происхождения. Учебник. Ростов-на-Дону
Издательский центр «март», 2001 год.

Библиографические ссылки

T.E.Ostonaqulov va boshqalar. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining veterinariya-sanitariya ekspertizasi, qayta ishlash texnologiyasi, gigiyenasi va standartizatsiyasi. O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2013 yil.

А.В.Смирнов. Практикум по ветеринарно-санитарной экспертизе. Учебник. Санкт-Петербург ГИОРД, 2015 год.

Б.С. Сенченко. Ветеринарно-санитарная экспертиза продуктов животного и растительного происхождения. Учебник. Ростов-на-Дону Издательский центр «март», 2001 год.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов