O‘ZBEKISTONDA NEFT VA GAZ SANOATI KORXONALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Annotasiya

Maqolada mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalaridan biri
hisoblangan neft va gaz sanoati, undagi muammolar, yangiliklar, ishlab chiqarish
tendensiyalari, sohadagi xorijiy va mahalliy ilmiy – tadqiqot ishlarining o‘rni va unga
ajratilayotgan mablag‘lar dinamikasi, resurs zaxiralari va prognozi kabilar yoritilgan.
Jumladan mamlakat iqtisodiyotida neft va gaz tarmog‘ining roli, iqtisodiy salohiyati
va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish jarayoni tahlili amalga oshirilgan.
Xususan neft va gaz sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning dinamikasi,
neft va gaz zaxiralari va ularning prognoz ko‘rsatkichlari, neft-gaz sanoatiga kiritilgan
moliyaviy investitsiyalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari yillar bo‘yicha keltirilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
396-402
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Salomova , S. (2025). O‘ZBEKISTONDA NEFT VA GAZ SANOATI KORXONALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH. Raqamli Iqtisodiyot, 9(9), 396–402. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/128432
Sarvinoz Salomova , Toshkent davlat texnika universiteti
Dotsent
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalaridan biri
hisoblangan neft va gaz sanoati, undagi muammolar, yangiliklar, ishlab chiqarish
tendensiyalari, sohadagi xorijiy va mahalliy ilmiy – tadqiqot ishlarining o‘rni va unga
ajratilayotgan mablag‘lar dinamikasi, resurs zaxiralari va prognozi kabilar yoritilgan.
Jumladan mamlakat iqtisodiyotida neft va gaz tarmog‘ining roli, iqtisodiy salohiyati
va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish jarayoni tahlili amalga oshirilgan.
Xususan neft va gaz sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning dinamikasi,
neft va gaz zaxiralari va ularning prognoz ko‘rsatkichlari, neft-gaz sanoatiga kiritilgan
moliyaviy investitsiyalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari yillar bo‘yicha keltirilgan.


background image

396

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

O‘ZBEKISTONDA NEFT VA GAZ SANOATI KORXONALARI FAOLIYATI

SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Salomova Sarvinoz Salimovna

Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti

salomovass87@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalaridan biri

hisoblangan neft va gaz sanoati, undagi muammolar, yangiliklar, ishlab chiqarish
tendensiyalari, sohadagi xorijiy va mahalliy ilmiy – tadqiqot ishlarining o‘rni va unga
ajratilayotgan mablag‘lar dinamikasi, resurs zaxiralari va prognozi kabilar yoritilgan.
Jumladan mamlakat iqtisodiyotida neft va gaz tarmog‘ining roli, iqtisodiy salohiyati
va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish jarayoni tahlili amalga oshirilgan.
Xususan neft va gaz sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning dinamikasi,
neft va gaz zaxiralari va ularning prognoz ko‘rsatkichlari, neft-gaz sanoatiga kiritilgan
moliyaviy investitsiyalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari yillar bo‘yicha keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

neft va gaz sanoati, tendensiyalar, resurs zaxiralari, iqtisodiy

salohiyat, samaradorlik, xorijiy investitsiyalar.

ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРЕДПРИЯТИЙ НЕФТЕГАЗОВОЙ

ОТРАСЛИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Саломова Сарвиноз Салимовна

Доцент Ташкентского государственного технического университета

salomovass87@gmail.com

Аннотация

:

В статье описывается нефтегазовая отрасль, которая

считается одной из приоритетных сфер экономики страны, ее проблемы,

новости, тенденции производства, роль зарубежных и отечественных научно

-

исследовательских работ в отрасли, динамика средств, направляемых на это,

запасы ресурсов и прогнозы. В частности, был проведен анализ роли

нефтегазовой отрасли в экономике страны, экономического потенциала и

процесса повышения эффективности использования ресурсов. В частности,

представлена динамика прямых иностранных инвестиций в нефтегазовую

отрасль, запасы нефти и газа и их прогнозные показатели, экономические

показатели финансовых вложений в нефтегазовую отрасль по годам.


background image

397

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Ключевые слова:

нефтегазовая отрасль, тенденции, ресурсные запасы,

экономический потенциал, эффективность, иностранные инвестиции.

INCREASING THE EFFICIENCY OF OIL AND GAS INDUSTRY

ENTERPRISES IN UZBEKISTAN

Salomova Sarvinoz Salimovna

Associate Professor, Tashkent State Technical University

salomovass87@gmail.com

Annotation:

The article describes the oil and gas industry, which is considered

one of the priority areas of the country's economy, its problems, news, production
trends, the role of foreign and local scientific and research work in the field, the
dynamics of funds allocated to it, resource reserves and forecasts. In particular, the
analysis of the role of the oil and gas industry in the economy of the country, the
economic potential and the process of increasing the efficiency of resource use was
carried out. In particular, the dynamics of foreign direct investments in the oil and gas
industry, oil and gas reserves and their forecast indicators, economic indicators of
financial investments in the oil and gas industry are presented by year.

Key words:

oil and gas industry, trends, resource reserves, economic potential,

efficiency, foreign investments.

KIRISH

Jahonning barcha mamlakatlarida doimiy iste’mol vositasiga aylangan neft-gaz

sanoati mahsulotlariga bo‘lgan talab tobora ortib borayotgan bir sharoitda ushbu
talabni qondirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy samardorlikni oshirish
borasidagi muammolarni bartaraf etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. «2022-
yilda Energy Insights tomonidan berilgan prognozga ko‘ra, 2035-yildan so‘ng Osiyo-
tinch okeani va boshqa mintaqa mamlakatlarida yangi ishonchli neft manbalarini
qidirishga to‘g‘ri keladi». Neft-gaz sohasi va tarmog‘i jadal sur’atlarda
rivojlanayotgani, ushbu sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishni talab
etmoqda.

Neft va gaz sanoatining mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortib borishi

birinchidan mavjud resurslardan samarali foydalanish, ikkinchidan esa ishlab
chiqarishni iqtisodiy jihatdan raqobatbardoshligini ta’minlash vazifasini keltirib
chiqardi. Jahon bankining 2020-yildagi ilmiy tadqiqotlariga muvofiq, iqtisodiy
rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotdagi ulush 60 foizga yetishi, aynan
innovatsion yangiliklarini sanoat tarmoqlari keng qo‘llash va samarali foydalanish
hisobiga yaratilmoqda [7].


background image

398

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ADABIYOTLAR TAHLILI

R.Auiti nazariyasini amerikalik olim J.Saks «tabiiy resurslarning mamlakat

iqtisodiyoti va tinchligi uchun foydasiga qaraganda, resurslar uchun ayovsiz siyosiy
o‘yinlar olib boruvchi attraktor funksiyasini bajaradi» - degan g‘oyani va qarashlarini
XIX asrning 80-yillarida Birlashgan Arab Amirligi, Yaponiya, Xitoy singari
mamlakatlarni misol keltirgan holda asoslagan. Mamlakatning tabiiy zaxiralarga
boyligi har doim ham mamlakatning ustunligi bo‘la olmaydi.

Ingliz iqtisodchi olimi E.Reynert «Rivojlangan mamlakatlar qanday rivojlandi va

qashshoqlar qashshoqligicha qolmoqda» nomli risolasida «yirik resurslarga ega
bo‘lgan mamlakatlarda ham qashshoqlikning aksariyati ishlab chiqarish resurslarning
ishlab chiqarishdagi monopollashuviga asoslangan» deya ta’kidlagan.

METODOLOGIYA

Ushbu maqolada mavzu buyicha turli xorijiy adabiyotlar o‘rganilgan. A

maliy

tahlillarda rasmiy statistik ma’lumotlar hamda statistik kuzatish, taqqoslama tahlil,
mantiqiy fikrlash statistik jadval va grafik, solishtirma tahlil kabi usullardan
foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Neft va gaz sanoati yurtimizning asosan Qashqadaryo viloyati, Buxoro-Xiva

mintaqasi hududida salmoqli foydali qazilma boyliklarga to‘yingan. Xususan,
mamlakatimizda eng ko‘p qazib olish maydoni sifatida Ko‘kdumaloq koni va undagi
300dan ortiq istiqbolli quduqlar tanilgan. Odatda sanoat korxonalarining
mahsulotlarini bozorga nisbatan ishlab chiqarish, oldin uni xomashyo resurslarini
ta’minlashga e’tibor qaratiladi.

Hozirgi kunga kelib neft va gaz sanoati resurslaridan foydalanish yillar

davomida takomillashib bormoqda, zamonaviy texnologiyalar barcha mavjud soha va
tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilarga imkoniyatlarni kengaytiradi. Ishlab chiqarish
faoliyatini takomillshatirish-mahsulot turlarini ko‘paytirish savdo koridorlarini
kengaytirish, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, mehnat unumdorligini va ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish, ijtimoiy sog‘lom muhitni va iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash kabi qarashlar qamrovidan iborat.

Sanoat neft va gaz mahsulotlaridan unumli foydalanish mamlakatning

investitsion konsepsiyasining ajralmas qismi sifatida mahsulotlarni innovatsion
texnologiyalarga asoslangan va qoldiq resurslardan majmuaviy foydalanishni
ta’minlash asosida samaradorlikni muqobil o‘stirishga imkoniyat yaratadi.

Sohadagi xorij tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiy rivojlangan

davlatlarning dunyodagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy mavqeini, avvalambor, ularning
intellektual bilimlari asosidagi innovatsiyalar ta’minlamoqda. Xususan, jahonda


background image

399

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar dasturiy mahsulotlar tufayli ishlab chiqarishda
o‘sish sur’atlari turli baho ko‘rsatkichlariga ko‘ra, 10% dan 20% gacha
bo‘layotganligini ko‘rsatmoqda [1].

Dunyoning rivojlangan va qator rivojlanayotgan mamlakatlari bu darajada tez

rivojlanishiga qator ijtimoiy – iqtisoddiy omillar sabab bo‘lmoqda:

birinchidan

, 1990-yillarning ohiri va 2000-yillarning boshidan global internet

tarmog‘ining rivojlanishi va uni iqtisodiy, moliyaviy, boshqaruv munosabatlarida keng
qo‘llanila boshlanishi;

ikkinchidan

, dunyo mamlakatlari o‘rtasida moliyaviy va iqtisodiy

munosabatlarning kengayishi va ularning bir-biriga o‘zaro bog‘liqligi va mehnat
taqsimotining chuqurlashuvi;

uchinchidan

, aholi sonining global darajada ortib borishi, uning yillik o‘sishi

sur’ati 1,3 foiz yoki 80 mln kishini tashkil yetadi. Dunyo aholisi 1800-yilda 1
milliarddan 2020-yilga kelib 7,5 millardga yetdi. Aholi sonining o‘sishi doimiy o‘sib
borishi natijasida 2030-yilda 8,4 milliardga, 2050-yilga borib esa 9,4 milliard bo‘lishi
kutilmoqda. E’tiborli jihati shundaki, aholi tez sur’atlar bilan o‘sishi, hayot darajasi
past mamlakatlar, aholi sonining past sur’atlari esa hayot darajasi rivojlangan
mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda [5];

to‘rtinchidan

, mamlakatlarda cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali

foydalanish orqali aholining o‘sib borayotgan ehtiyojini samarali ta’minlash,
mulkdorlar sinfini va sog‘lom raqobat muhitini shakillantirish, mahsulotlar va
xizmatlarning xalqaro darajada raqobatbardoshligiga erishish zarurligi kabi omillar
shular jumlasidandir [5].

O‘zbekistonda so‘ngi yillarda gaz qazib olish sezilarli darajada oshdi, ammo

ularning qator yechimga muhtoj jihatlari mavjud. Mavjud muammolarning barchasi
yechimga ega, bir jihatdan ularning samarali yechim topishi uchun vaqt omilining ham
o‘rni bor. Zamonaviy texnologik va ekologik me’zonlarga javob bermaydigan eskirgan
texnologiyalarni qo‘llashni bevosita ta’qiqlash, neft iste’molining yaqin yillar ichida
eskirgan o‘zbek neftni qayta ishlash zavodlarining kam utilizatsiya qilinganligi sababli
mahalliy yoqilg‘i ishlab chiqarish hajmining kamayishi hisobiga o‘sishi, neftni qayta
ishlashning marjasi sezilarli emasligi sababli, neftni qayta ishlovchi tarmoqning to‘liq
quvvatda ishlash darajasi kelgusi yillarda asta-sekin kamayib borishiga strategik
rivojlantirish jihatidan qarab bo‘lmaydi.

Zamonaviy neft va gaz korxonalarining «strategik rivojlangan avlodi»ni yaratish

uchun avvalambor, noekologik bo‘lsada, eskirgan texnologiyalardan va xomashyodan
foydalanib turishga majburmiz. Mamlakatda gaz qazib olishning o‘sishi 2031-yilgacha
davom etishi kutilmoqda, ammo pastroq sur’atlarda (1-rasm).


background image

400

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

1-rasm. O‘zbekistonda neft mahsulotlarini ishlab chiqarish dinamikasi

(mln.tonna/yiliga) [3]

Shu bilan birga, investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligining barqaror

pasayishi kuzatildi, bu asosan sanoat korxonalarining asosiy mahsuloti rentabelligi
pasayishi bilan bog‘liq. Neft va gaz sanoati korxonalari orasidan 3 ta yirik
“O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zneftgazmahsulot” AJ singari
tashkilotlarning investitsion salohiyati bo‘yicha ko‘rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan.

“O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ faoliyatida moliyaviy investitsiyalarning

iqtisodiy ko‘rsatkichlari foizda kichik natijani ko‘rsatsada, mablag‘ga aylantirganda
juda katta qiymatlarga aylanadi.

1-jadval

Neft-gaz sanoatiga kiritilgan moliyaviy investitsiyalarning iqtisodiy

ko‘rsatkichlari. 2014-2021 yy. (foizda) [9]

Ko‘rsatkichlar

2014

y.

2015

y.

2016

y.

2017

y.

2018

y.

2019

y.

2020

y.

2021

y.

1

Umumiy iqtisodiy

samaradorlik

(“O‘zneftgazqazibchiqarish”

AJ, “O‘ztransgaz” AJ,

“O‘zneftmahsulot” AJ)

4,58

18,9

16,49

10,4 -13,42 14,4

10,6

11,3

2

“O‘zneftgazqazibchiqarish”

AJ

0,3

0,1

0,05

0,04

-0,76

-

0,05

0,05

0,3

3

“O‘ztransgaz” AJ

7,67

15,4

7,88

6,39

-4,02

12,9

8,01

9,78

4

“O‘zneftmahsulot” AJ

-

3,39

3,52

8,56

3,94

-8,64

1,66

2,55

3,12

Manba: https://www.ung.uz/open-data/18/sub/42/2 “O‘zbekneftgaz” AJ ma’lumotlari asosida

muallif tomonidan hisoblab chiqilgan

“O‘zbekneftgazqazibchiqarish” AJ 2014-yilda neft va gaz sanoatiga kiritilgan

moliyaviy investitsiyalarning 0,3%i ulushida egallagan, 2015-yilda bu ko‘rsatkich
qisqarib 0,1%ni tashkil etgan. 2016-yilda bir oz investitsiyalarni oqimi sekinlashib

3

3

3

2,9

6,8

7,9

7,8

7,7

7,6

7,5

7,5

7,4

7,4

7,3

7,3

2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024 2025 2026 2027 2028 2029 2030 2031

O'zbekistonda neft mahsulotlarini ishlab chiqarish (mln. tonna/yiliga)


background image

401

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

0,4% tashkil etgan ko‘rsatkich 2017-yilga kelib 2 barobarga yuqorilashi natijasida
tubdan ko‘tarilgan. 2018-yillarda kammomad kuzatilgan bo‘lsada, 2019-yilda 0,8%
ko‘rsatkichi 4 barobarga natijani yuqorilaganligini ko‘rsatgan. 2020-yillarda
kammomad kuzatilgan 3 barobarga qisqargan bo‘lsada 2021-yilga kelib, 0,2%
ko‘tarildi. “O‘ztransgaz” AJga kiritilgan moliyaviy investitsiyalarning foiz
ko‘rsatkichlari “O‘zbekneftgazqazibchiqarish” AJ va “O‘zneftmahsulot” AJga
nisbatan ancha yuqori bo‘lib, 2014-yilda 7,67% dan 2015-yilda qariyb 2 barobarga
yuqorilab 15,35% ni ko‘rsatgan, 2016-yilda esa 7,88%ga pastlagan, 2017-yilda
1,49%ga pastroq natijani ko‘rsatgan. 2017-yilda esa harajatlar tarkibida keskin
o‘zgarishlar tufayli 4,02% ga kamomadga kirib, 2018-yilda ushbu ko‘rsatkich keskin
yaxshilanib 12,79% ga ko‘tarilgan. 2019-yilda ko‘rsatkich 1,6 barobarga pastlagan
bo‘lsada, pandemiya davri uchun bu iqtisodiy jihatdan ijobiy natija sanaladi. Neft va
gaz sohasidagi tashish va xizmat ko‘rsatish sohasi yuqoriligi tufayli oshgan.
“O‘zneftgazmahsulot” AJ ko‘rsatkichlarida yillar davomidagi o‘zgarishlar bir-biridan
tubdan farq qiladi, jumladan, 2014-yilda 3,39% kamomad bo‘lgan bo‘lsa, 2015-yilda
3,52% bilan 2 barobarga yuqorilagan. Ushbu jarayon 2016-yilda ham kuzatilgan,
8,56%ga qadar o‘sdi, 2017-yilda ko‘rsatkich 8,56%dan 3,94% ga pastlab, 2018-yilda
8,64% kamomad bilan natija ko‘rsatdi. 2019-yilda 2021-yilga qaraganda salmoqli
natija bilan 3,2 barobarga yuqoriladi. Umumiy iqtisodiy samaradorlik
(“O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zneftmahsulot” AJ)
sarhisobidan 2014-yilda neft va gaz sanoatiga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar
4,58%ni tashkil etgan, bu ko‘rsatkich 2015-yilda 4 barobarga yuqorilab 18,9% natijani
ko‘rsatgan. 2016-yilda 2015-yilga nisbatan 2,5%, 2017-yilda 2016-yilga nisbatan
6,09% pastroq natija kuzatilgan. 2018-yilda tarmoq korxonalari umumiy hisobda
13,42% kamomad bo‘lgan, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 2 barobarga oshib 14,4%ni
tashkil etgan va kamomaddan chiqishga muvvafaq bo‘lgan. 2020-yilda tarmoqqa
kiritilgan moliyaviy investitsiya 10,6%ni tashkil etgan, 2019-yilga nisbatan qariyb
4,1% pastroq natijani namoyon etgan bo‘lsada, pandemiya davrini hisobga olganda
salmoqli natija sanaladi. 2021-yilga kelib esa bu ko‘rstkich 11,3 % ni tashkil etmoqda.

XULOSA

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sanoat korxonalari tomonidan taklif

etilayotgan uslubiyotga asoslangan holda boshqaruv bo‘yicha hisobotlarini
shakllantirish orqali nafaqat korxonalar, balki, mamlakatimiz iqtisodiyotining
innovatsion rivojlanganlik darajasini baholash, shuningdek, mavjud kamchiliklarni
aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish uchun
yetarli darajadagi ma’lumotlarni jamlash imkonini beradi. Bu esa uzoq muddatli
istiqbolda mamlakatimizda innovatsion rivojlanish strategiyasini muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi uchun zamin yaratadi.


background image

402

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Mitin V. Sem opredeleniy sifrovoy ekonomiki / CRN. 2017.

2.

Blaug M. Ekonomicheskaya teoriya ispolzovaniya prostranstva i

klassicheskaya teoriya razmesheniya proizvodstva. Arxivnaya kopiya ot 21 yanvarya
2022 na Wayback Machine // Ekonomicheskaya misl v retrospektive. — M.: Delo,
1994. — S. 568-585. — ISBN 5-86461-151-4.

3.

Taraqqiyot strategiyasi Markazi. “Taraqqiyot 2018”. – Toshkent 2018 y., 14

b.

4.

https://www.cm.ru/news/detail.php?ID-116780

(data obrasheniya

19.09.2017).

5.

www.prb.org. 2019 World Population Facctsheet. Population Reference

Bureau.

6.

https://ruscions.info/faq/cifrovaya-ekonomika-v-rossii.

7.

http://www.nasscom.in/indian-itbpo-industry Hindistonning AKT bo‘yicha

agentligi veb-sayti.

8.

https://project.adliya.uz/uz/site/authority?id=5973

O‘zbekiston davlat

geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi ma’lumotlari.

9.

https://www.ung.uz/open-data/18/sub/42/2.

Bibliografik manbalar

Mitin V. Sem opredeleniy sifrovoy ekonomiki / CRN. 2017.

Blaug M. Ekonomicheskaya teoriya ispolzovaniya prostranstva i

klassicheskaya teoriya razmesheniya proizvodstva. Arxivnaya kopiya ot 21 yanvarya

na Wayback Machine // Ekonomicheskaya misl v retrospektive. — M.: Delo,

— S. 568-585. — ISBN 5-86461-151-4.

Taraqqiyot strategiyasi Markazi. “Taraqqiyot 2018”. – Toshkent 2018 y., 14

b.

https://www.cm.ru/news/detail.php?ID-116780 (data obrasheniya

09.2017).

www.prb.org. 2019 World Population Facctsheet. Population Reference

Bureau.

https://ruscions.info/faq/cifrovaya-ekonomika-v-rossii.

http://www.nasscom.in/indian-itbpo-industry Hindistonning AKT bo‘yicha

agentligi veb-sayti.

https://project.adliya.uz/uz/site/authority?id=5973 O‘zbekiston davlat

geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi ma’lumotlari.

https://www.ung.uz/open-data/18/sub/42/2.