Ingliz va o‘zbek tillarida shaxsning xarakterini ifodalovchi iboralar va ularning ahamiyati

Аннотация

Ma’lumki, iboralar-tilningo‘ziga xosva murakkabbirliklari bo'lib, ularbirtildan ikkinchi tilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinganda, o'zining asl ma’nosini yo'qotadi. Iboralar, odatda, o‘ziga xos ma’no kasb etadi va ulaming mazmuni to'liq ifodalash uchun butun birlik sifatida qabul qilinishi kerak. Mazkur maqolada frazeologik iboralaming tildagi o‘mi, va ulaming qanday hollarda qo'llanilishi kerakligi haqida atroflicha fikrlar bildirilgan. Bundan tashqari, ingliz va o'zbek tillarida insonning tabiati, xarakteri va fe’l-atvorini ifodalab keluvchi iboralar tahlil qilingan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2025
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
572-573
56

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Шарипова S., & Толкинова S. (2025). Ingliz va o‘zbek tillarida shaxsning xarakterini ifodalovchi iboralar va ularning ahamiyati. Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования, 1(1), 572–573. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/discpspe/article/view/81963
Сарвиноз Шарипова, Самаркандский государственный институт иностранных языков
Факультет английского языка
Севинч Толкинова , Самаркандский государственный институт иностранных языков
Студентка 1 курса факультета английского языка
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ma’lumki, iboralar-tilningo‘ziga xosva murakkabbirliklari bo'lib, ularbirtildan ikkinchi tilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinganda, o'zining asl ma’nosini yo'qotadi. Iboralar, odatda, o‘ziga xos ma’no kasb etadi va ulaming mazmuni to'liq ifodalash uchun butun birlik sifatida qabul qilinishi kerak. Mazkur maqolada frazeologik iboralaming tildagi o‘mi, va ulaming qanday hollarda qo'llanilishi kerakligi haqida atroflicha fikrlar bildirilgan. Bundan tashqari, ingliz va o'zbek tillarida insonning tabiati, xarakteri va fe’l-atvorini ifodalab keluvchi iboralar tahlil qilingan.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

572

Samarkand State Institute of Foreign Languages

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SHAXSNING XARAKTERINI IFODALOVCHI

IBORALAR VA ULARNING AHAMIYATI

Sarvinoz Sharipova Sayfiddin qizi

SamDCHTI Ingliz tili fakulteti

To‘lqinova Sevinch Oybek qizi

SamDCHTI Ingliz tili fakulteti

1-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Ma’lumki, iboralar – tilning o‘ziga xos va murakkab birliklari bo‘lib, ular bir tildan

ikkinchi tilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinganda, o‘zining asl ma’nosini yo‘qotadi. Iboralar, odatda,

o‘ziga xos ma’no kasb etadi va ularning mazmuni to‘liq ifodalash uchun butun birlik sifatida qabul

qilinishi kerak. Mazkur maqolada frazeologik iboralarning tildagi o‘rni, va ularning qanday hollarda

qo‘llanilishi kerakligi haqida atroflicha fikrlar bildirilgan. Bundan tashqari, ingliz va o‘zbek

tillarida insonning tabiati, xarakteri va fe’l-atvorini ifodalab keluvchi iboralar tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Frazeologik ibora, badiiy adabiyot namunalari, iboralarda ma’nodoshlik,

shakldoshlik, zidma’nolilik, obrazli ifoda.

Frazeologik iboralar - bu ma’lum bir ma’noga ega bo‘lgan, ko‘pincha bir yoki bir nechta

so‘zlardan iborat bo‘ladigan, lekin ularni alohida-alohida qo‘llaganda o‘sha ma‘noni

bermaydigan birikmalardir. Iboralar ma’nodoshlari hisoblangan so‘zlarga nisbatan ma’noni

kuchli darajada ifodalaydi va nutqqa bo‘yoqdorlik kiritadi. Frazeologik iboralar turmushdagi turli

voqea-hodisalarga guvoh bo‘lish, kishilarning xilma-xil

harakat-holatlariga baho berish,

tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan aniq ifodalarning o‘ziga xos obrazli

ifodalaridir.

Aynisa,biz insonning tabiatini ifodalaydigan iboralarni badiiy asarlarda ko‘p uchratishimiz

mumkin. Bunga misol qilib, Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Sariq devning

o‘limi”; G‘afur G‘ulomning “Shum bola”; Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarlarini

keltirish mumkin.

Xususan, Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib’’ asari frazeologik iboralarga

boy asardir. Misol uchun, yozuvchi o‘z qahramonining xarakterini tasvirlash uchun

“oq ko‘ngil”,

“ko‘ngli bo‘sh”, “yumshoq tabiatli”, “qovog‘idan qor yog‘adigan”

[1] kabi birliklarni

qo‘llaganini ko‘rishimiz mumkin. Bu kabi iboralarning qo‘llanilishi asarning ohangdorliligini

oshiradi va kitobxonni asarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi.

Ingliz va o‘zbek tillari qardosh bo‘lmagan tillarga mansub bo‘lsa- da, ularning frazeologik

tizimida o‘xshash jihatlar mavjud. Jumladan, harikki tilda ham “xarakter” frazeologik birliklari

salmoqli o‘rin tutadi [2]. Ingliz tilidagi ba’zi iboralar, ya’ni

“as busy as a bee” (juda mehnatkash),

“as brave as a lion” (sherdek jasur), “ear the ground” (ko‘pni ko‘rgan)

iboralari ma’no jihatdan

bir-biriga juda ham yaqin.

Iboralarda ham boshqa gap bo‘laklari kabi ma’nodoshlik, shakldoshlik, zid ma’noliliklarni

uchratishimizmumkin. Masalan, ingliz tilidagi

“thick skin”, “surfing in the seventh layer of the

sky”, “to hang noodles on an ear”

[3] iboralari o‘zbek tilidagi

“terisi qattiq”, “yettinchi osmonda

uchib yurmoq”, “qulog‘iga lag‘monni ilmoq”

iboralariga ma’nodosh bo‘la oladi. O‘zbek tili va

ingliz tilidagi ko‘pchilik insonning fe’l-atvorinini bildiruvchi iboralarning ma’nosi bir- biriga

yaqin. Masalan, ingliz tilidagi

“to have a heart of gold”

iborasi

“ko‘ngli toza, ko‘nglida kiri

yo‘q”

degan ma’noni bildiradi va shaxsning xarakterini ifodalashda keng qo‘llaniladi.

-

He has a heart of gold, despite being rude [4].

Aytib o‘tilganidek, bu ibora ko‘nglida yomon niyati yo‘q, qalbi pok insonlarni tasvirlashda

ishlatiladi. Xuddi shu iboraning ma’nodoshi sifatida

“to be as good as gold”

[4] birikmasidan

ham foydalanish mumkin. Oltin qimmatbaho metal hisobalanadi, shuning uchun ham bekorga

ikkala misolda ham

“gold”

so‘zi qatnashmagan, chunki insonning qalbi

“oltin”

ga qiyoslangan.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

573

Samarkand State Institute of Foreign Languages

Yana shunday iboralardan biri

“to be as hard as nails”

boshqa odamlarga nisbatan sovuqqon,

qo‘pol bo‘lgan insonlarga nisbatan ishlatiladi.

-

Don’t expect any sympathy from the boss, he is as hard as nails.

Bu ibora ham insonning xarakterini tasvirlashda qo‘llanilib, ko‘pincha qalbi qattiq insonlarga

nisbatan ishlatiladi. Batafsil ma’lumotga keladigan bo‘lsak, muammolar va qiyinchiliklarga qarshi

turish qobiliyati

yuqori bo‘lgan, shuningdek his-tuyg‘ularini ko‘p holatlarda ifodalashda

qiyinchilikka duchor bo‘ladigan shaxslar uchun ishlatiladi.

“A nasty piece of work”

[3] iborasi ushbu

birikmaga sinonim bo‘lib kela oladi.

-

Alisher does not pay attention to others, he has a nasty piece of work.

“Head”

so‘zi orqali yasaladigan ayrim iboralar ham shaxsning xarakterini ochib berishi mumkin.

Bunga misol tariqasida, xotirasi yomon, ko‘p ma’lumotlarni esda saqlay olmaydigan insonlar

uchun

“to have a head like a sieve”

iborasi, yoki matematik amallarni yaxshi yechadigan, sonlar

bilan yaxshi ishlaydigan insonlar uchun

“to have a good head for figures”

idiomalarini keltirish

mumkin.

-

My friend has a head like a sieve, she always loses her key.

-

She has a good head for figures, so I’m not surprised that she became an

accountant”.

Xulosa qilib aytganda, insonning fe’l-atvorini, xususiyatlarini va xarakterini tasvirlashda

frazeologik iboralardan unumli foydalanish nutqimizning ko‘lamdorligini oshiradi va

jumlalarimizni mazmunli qiladi. Frazeologik iboralar tilga boylik va rang-baranglik qo‘shadi,

ulardan foydalangan holda muloqat qilish yanada jonli va jozibador bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Sharipova, S., & Sidikova, N. (2024). Iboralarni avtomatik tarjima qilish bilan bog‘liq ayrim

muammolar.

Conference

Proceedings:

Fostering

Your

Research

Spirit

,

510-

513.

https://doi.org/10.2024/jhz2es25

2. Christiane Fellbaum (ed.): Idioms and collocations: Corpus-based linguisticand lexicographic

studies. London: Continuum, 2007.

3. M.MacCarthy, F.O’Dell. English vocabulary in use (Upper-intermediate). Cambridge

University press. 2017.

4. Sharipova, S., & Xalimova, F. (2024). Actual problems of teaching a language in the

classroom and their solutions.

Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit

, 133-

135.

https://doi.org/10.2024/41yemx68

5. M. Abjalova and S. Sharipova, "Semantic and Grammatical Issues in Translating Idioms with

Automatic Translation Systems,"

2024 9th International Conference on Computer Science and

Engineering

(UBMK)

,

Antalya,

Turkiye,

2024,

pp.

58-63,

doi:

10.1109/UBMK63289.2024.10773608.

6. S. Sharipova, I. Husniddinova. Til va madaniyat: chet tillarini o‘rganishda madaniy

bilimlarning ahamiyati. Journal of international scientific research. 1 (5). 2024.

7. Xudoyberdi To‘xtaboyev “Sariq devni minib” - Toshkent. “Yangi asr avlodi”. 2013.

Библиографические ссылки

Sharipova, S., & Sidikova, N. (2024). Iboralarni avtomatik tarjima qilish bilan bog'liq ayrim muammolar. Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit, 510-513. https://doi.org/10.2024/ihz2es25

Christiane Fellbaum (ed.): Idioms and collocations: Corpus-based linguisticand lexicographic studies. London: Continuum, 2007.

M.MacCarthy, F.O’Dell. English vocabulary in use (Upper-intermediate). Cambridge University press. 2017.

Sharipova, S., & Xalimova, F. (2024). Actual problems of teaching a language in the classroom and their solutions. Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit, 133-135. https://doi.org/10.2024/41 ycmx68

M. Abjalova and S. Sharipova, "Semantic and Grammatical Issues in Translating Idioms with Automatic Translation Systems," 2024 9th International Conference on Computer Science and Engineering (UBMK), Antalya, Turkiye, 2024, pp. 58-63, doi: 10.1109/UBMK63289.2024.10773608.

S. Sharipova, 1. Husniddinova. Til va madaniyat: chct tillarini o’rganishda madaniy bilimlarning ahamiyati. Journal of international scientific research. 1 (5). 2024.

Xudoybcrdi To’xtaboyev “Sariq devni minib” - Toshkent. “Yangi asr avlodi”. 2013.