ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
572
Samarkand State Institute of Foreign Languages
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SHAXSNING XARAKTERINI IFODALOVCHI
IBORALAR VA ULARNING AHAMIYATI
Sarvinoz Sharipova Sayfiddin qizi
SamDCHTI Ingliz tili fakulteti
To‘lqinova Sevinch Oybek qizi
SamDCHTI Ingliz tili fakulteti
1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ma’lumki, iboralar – tilning o‘ziga xos va murakkab birliklari bo‘lib, ular bir tildan
ikkinchi tilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinganda, o‘zining asl ma’nosini yo‘qotadi. Iboralar, odatda,
o‘ziga xos ma’no kasb etadi va ularning mazmuni to‘liq ifodalash uchun butun birlik sifatida qabul
qilinishi kerak. Mazkur maqolada frazeologik iboralarning tildagi o‘rni, va ularning qanday hollarda
qo‘llanilishi kerakligi haqida atroflicha fikrlar bildirilgan. Bundan tashqari, ingliz va o‘zbek
tillarida insonning tabiati, xarakteri va fe’l-atvorini ifodalab keluvchi iboralar tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Frazeologik ibora, badiiy adabiyot namunalari, iboralarda ma’nodoshlik,
shakldoshlik, zidma’nolilik, obrazli ifoda.
Frazeologik iboralar - bu ma’lum bir ma’noga ega bo‘lgan, ko‘pincha bir yoki bir nechta
so‘zlardan iborat bo‘ladigan, lekin ularni alohida-alohida qo‘llaganda o‘sha ma‘noni
bermaydigan birikmalardir. Iboralar ma’nodoshlari hisoblangan so‘zlarga nisbatan ma’noni
kuchli darajada ifodalaydi va nutqqa bo‘yoqdorlik kiritadi. Frazeologik iboralar turmushdagi turli
voqea-hodisalarga guvoh bo‘lish, kishilarning xilma-xil
harakat-holatlariga baho berish,
tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan aniq ifodalarning o‘ziga xos obrazli
ifodalaridir.
Aynisa,biz insonning tabiatini ifodalaydigan iboralarni badiiy asarlarda ko‘p uchratishimiz
mumkin. Bunga misol qilib, Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Sariq devning
o‘limi”; G‘afur G‘ulomning “Shum bola”; Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarlarini
keltirish mumkin.
Xususan, Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib’’ asari frazeologik iboralarga
boy asardir. Misol uchun, yozuvchi o‘z qahramonining xarakterini tasvirlash uchun
“oq ko‘ngil”,
“ko‘ngli bo‘sh”, “yumshoq tabiatli”, “qovog‘idan qor yog‘adigan”
[1] kabi birliklarni
qo‘llaganini ko‘rishimiz mumkin. Bu kabi iboralarning qo‘llanilishi asarning ohangdorliligini
oshiradi va kitobxonni asarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi.
Ingliz va o‘zbek tillari qardosh bo‘lmagan tillarga mansub bo‘lsa- da, ularning frazeologik
tizimida o‘xshash jihatlar mavjud. Jumladan, harikki tilda ham “xarakter” frazeologik birliklari
salmoqli o‘rin tutadi [2]. Ingliz tilidagi ba’zi iboralar, ya’ni
“as busy as a bee” (juda mehnatkash),
“as brave as a lion” (sherdek jasur), “ear the ground” (ko‘pni ko‘rgan)
iboralari ma’no jihatdan
bir-biriga juda ham yaqin.
Iboralarda ham boshqa gap bo‘laklari kabi ma’nodoshlik, shakldoshlik, zid ma’noliliklarni
uchratishimizmumkin. Masalan, ingliz tilidagi
“thick skin”, “surfing in the seventh layer of the
sky”, “to hang noodles on an ear”
[3] iboralari o‘zbek tilidagi
“terisi qattiq”, “yettinchi osmonda
uchib yurmoq”, “qulog‘iga lag‘monni ilmoq”
iboralariga ma’nodosh bo‘la oladi. O‘zbek tili va
ingliz tilidagi ko‘pchilik insonning fe’l-atvorinini bildiruvchi iboralarning ma’nosi bir- biriga
yaqin. Masalan, ingliz tilidagi
“to have a heart of gold”
iborasi
“ko‘ngli toza, ko‘nglida kiri
yo‘q”
degan ma’noni bildiradi va shaxsning xarakterini ifodalashda keng qo‘llaniladi.
-
He has a heart of gold, despite being rude [4].
Aytib o‘tilganidek, bu ibora ko‘nglida yomon niyati yo‘q, qalbi pok insonlarni tasvirlashda
ishlatiladi. Xuddi shu iboraning ma’nodoshi sifatida
“to be as good as gold”
[4] birikmasidan
ham foydalanish mumkin. Oltin qimmatbaho metal hisobalanadi, shuning uchun ham bekorga
ikkala misolda ham
“gold”
so‘zi qatnashmagan, chunki insonning qalbi
“oltin”
ga qiyoslangan.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
573
Samarkand State Institute of Foreign Languages
Yana shunday iboralardan biri
“to be as hard as nails”
boshqa odamlarga nisbatan sovuqqon,
qo‘pol bo‘lgan insonlarga nisbatan ishlatiladi.
-
Don’t expect any sympathy from the boss, he is as hard as nails.
Bu ibora ham insonning xarakterini tasvirlashda qo‘llanilib, ko‘pincha qalbi qattiq insonlarga
nisbatan ishlatiladi. Batafsil ma’lumotga keladigan bo‘lsak, muammolar va qiyinchiliklarga qarshi
turish qobiliyati
yuqori bo‘lgan, shuningdek his-tuyg‘ularini ko‘p holatlarda ifodalashda
qiyinchilikka duchor bo‘ladigan shaxslar uchun ishlatiladi.
“A nasty piece of work”
[3] iborasi ushbu
birikmaga sinonim bo‘lib kela oladi.
-
Alisher does not pay attention to others, he has a nasty piece of work.
“Head”
so‘zi orqali yasaladigan ayrim iboralar ham shaxsning xarakterini ochib berishi mumkin.
Bunga misol tariqasida, xotirasi yomon, ko‘p ma’lumotlarni esda saqlay olmaydigan insonlar
uchun
“to have a head like a sieve”
iborasi, yoki matematik amallarni yaxshi yechadigan, sonlar
bilan yaxshi ishlaydigan insonlar uchun
“to have a good head for figures”
idiomalarini keltirish
mumkin.
-
My friend has a head like a sieve, she always loses her key.
-
She has a good head for figures, so I’m not surprised that she became an
accountant”.
Xulosa qilib aytganda, insonning fe’l-atvorini, xususiyatlarini va xarakterini tasvirlashda
frazeologik iboralardan unumli foydalanish nutqimizning ko‘lamdorligini oshiradi va
jumlalarimizni mazmunli qiladi. Frazeologik iboralar tilga boylik va rang-baranglik qo‘shadi,
ulardan foydalangan holda muloqat qilish yanada jonli va jozibador bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Sharipova, S., & Sidikova, N. (2024). Iboralarni avtomatik tarjima qilish bilan bog‘liq ayrim
muammolar.
Conference
Proceedings:
Fostering
Your
Research
Spirit
,
510-
513.
https://doi.org/10.2024/jhz2es25
2. Christiane Fellbaum (ed.): Idioms and collocations: Corpus-based linguisticand lexicographic
studies. London: Continuum, 2007.
3. M.MacCarthy, F.O’Dell. English vocabulary in use (Upper-intermediate). Cambridge
University press. 2017.
4. Sharipova, S., & Xalimova, F. (2024). Actual problems of teaching a language in the
classroom and their solutions.
Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit
, 133-
135.
https://doi.org/10.2024/41yemx68
5. M. Abjalova and S. Sharipova, "Semantic and Grammatical Issues in Translating Idioms with
Automatic Translation Systems,"
2024 9th International Conference on Computer Science and
Engineering
(UBMK)
,
Antalya,
Turkiye,
2024,
pp.
58-63,
doi:
10.1109/UBMK63289.2024.10773608.
6. S. Sharipova, I. Husniddinova. Til va madaniyat: chet tillarini o‘rganishda madaniy
bilimlarning ahamiyati. Journal of international scientific research. 1 (5). 2024.
7. Xudoyberdi To‘xtaboyev “Sariq devni minib” - Toshkent. “Yangi asr avlodi”. 2013.
