Metafora badiiy tafakkur mexanizmini shakllantirish omili sifatida

CC BY f
157-160
70
39
Поделиться
Курбанбаев, И. (2022). Metafora badiiy tafakkur mexanizmini shakllantirish omili sifatida. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 157–160. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5517
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

She’riyatda tuyg‘u, idrok va ifoda so‘z andozasiga sig‘maydi. Ma’no qirrasi tushuncha va g‘oyani birlashtiradigan rishta, integrativ munosabat izchil semantik maydonni hosil qiladi. Lug‘aviy konstruksiya tashbeh va obrazga tenglashuvi tafakkur mexanizmini shakllantiradi. Muqoyasa asosida so‘z ma’no ko‘chish usuli va yondosh poetik tafakkur tipi sifatida metafora badiiy nutqqa mansub hodisa hisoblanadi. To‘g‘rirog‘i, tushuncha estetik muddaoga yo‘naltirilishi uning ma’nomohiyatini belgilaydi. Ifoda malakasi she’r ruhiyatida tasavvur miqyoslarini kengaytirish barobarida rivoya texnikasini takomillashtiradi. Qayta kashf qilingan imkoniyat adabiy talqin jozibasini ta’minlaydi. Til materialidan estetik baholash mezoniga ko‘chadigan istiloh inson ongosti qatlamlarini harakatga keltiradi. Vaholanki, "shoir so‘z tanlovi va ma’noni g‘oyada uyushtirish darajasi hissiy idrokni shakllantiradi. Maqsadga yo‘naltirilgan jarayonda voqelikka munosabat o‘zgaruvi asnosida tasavvur yangilanadi. Poetik illyuziya aslida ifodani teranlashtirishga xizmat qiladi. Unda nisbat va muqobillik jipslashadi" [2, 281]. Ingliz olimi Kristofer Koduell nazariy mushohadasida tasvir emotsional bo‘yoqdorligi hamda so‘z estetik quvvathofizasiga urg‘u berilsa-da, obraz tayanch markazini belgilaydigan metaforani nazarda tutadi. Keng ma’noda majoz shakli nisbat va muqoyasa yordamida o‘quvchi didini yuksaltiradi. Anglangan haqiqatdan anglanmagan mohiyat sari borish uning tabiatini belgilaydi. E’tiborli jihati shunda, metaforizm umumnazariy muammo sanalsa-da, she’rda ijodkor fitratiga mansub shaxsiy xarakter kasb etadi. Aynan istiora badiiy nutqqa bezak berish barobarida muttasil ravishda estetik predmet yig‘iqligini ifoda mustaqilligi qadar yo‘naltiradi


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

157

METAFORA BADIIY TAFAKKUR MEXANIZMINI SHAKLLANTIRISH

OMILI SIFATIDA

Qurbanbayev Ilhombek Aminbayevich –

Berdaq nomidagi

Qoraqalpoq davlat universiteti

She’riyatda tuyg‘u, idrok va ifoda so‘z andozasiga sig‘maydi. Ma’no qirrasi

tushuncha va g‘oyani birlashtiradigan rishta, integrativ munosabat izchil semantik
maydonni hosil qiladi. Lug‘aviy konstruksiya tashbeh va obrazga tenglashuvi
tafakkur mexanizmini shakllantiradi. Muqoyasa asosida so‘z ma’no ko‘chish usuli va
yondosh poetik tafakkur tipi sifatida metafora badiiy nutqqa mansub hodisa
hisoblanadi. To‘g‘rirog‘i, tushuncha estetik muddaoga yo‘naltirilishi uning ma’no-
mohiyatini belgilaydi. Ifoda malakasi she’r ruhiyatida tasavvur miqyoslarini
kengaytirish barobarida rivoya texnikasini takomillashtiradi. Qayta kashf qilingan
imkoniyat adabiy talqin jozibasini ta’minlaydi. Til materialidan estetik baholash
mezoniga ko‘chadigan istiloh inson ongosti qatlamlarini harakatga keltiradi.
Vaholanki, "shoir so‘z tanlovi va ma’noni g‘oyada uyushtirish darajasi hissiy idrokni
shakllantiradi. Maqsadga yo‘naltirilgan jarayonda voqelikka munosabat o‘zgaruvi
asnosida tasavvur yangilanadi. Poetik illyuziya aslida ifodani teranlashtirishga xizmat
qiladi. Unda nisbat va muqobillik jipslashadi" [2, 281]. Ingliz olimi Kristofer Koduell
nazariy mushohadasida tasvir emotsional bo‘yoqdorligi hamda so‘z estetik quvvat-
hofizasiga urg‘u berilsa-da, obraz tayanch markazini belgilaydigan metaforani
nazarda tutadi. Keng ma’noda majoz shakli nisbat va muqoyasa yordamida o‘quvchi
didini yuksaltiradi. Anglangan haqiqatdan anglanmagan mohiyat sari borish uning
tabiatini belgilaydi. E’tiborli jihati shunda, metaforizm umumnazariy muammo
sanalsa-da, she’rda ijodkor fitratiga mansub shaxsiy xarakter kasb etadi. Aynan
istiora badiiy nutqqa bezak berish barobarida muttasil ravishda estetik predmet
yig‘iqligini ifoda mustaqilligi qadar yo‘naltiradi.

Odatda, metafora tasavvurni moddiylashtirishni maqsad qilib qo‘yadi. Joriy

tushuncha muqoyasa, nisbat, muqobillik va analogiya mantiqiy aloqadorligiga
tayanadi. Majoziy tafakkur tipi so‘z, poetik g‘oya va ifoda estetik ta’sir quvvatini
oshirish barobarida tasavvurni idrokka yaxlit ko‘chirishga zamin hozirlaydi. Ta’bir
joiz bo‘lsa, she’r ruhiyatini vujudga mengzaydigan bo‘lsak, tashbeh uning tomirlarida
oqayotgan qonni harakatga keltiradi. "Bugun bor narsani boriday ko‘rsatish, bor
gapni boriday aytish san’at hisoblanmaydi. Bugungi chinakam ijodkor borliq
manzaralaridan majoz qidiradi va topadi. Bunday san’atkor o‘zini atrof-tevarakdagi
narsa-hodisalardan majoz topib, unga ishora qilishga, o‘qirmanlarni esa o‘sha
ishorani tushunib, uning zamiridagi ma’noni ilg‘ashga odatlantirishga intiladi"
[3, 422]. Majoz tasavvurni aniq va lo‘nda, yaxlit va ta’sirchan, teran va qulay idrokka
ko‘chirishga xizmat qiladi. To‘g‘rirog‘i, unda mantiqiy sillogizm holat va ifoda
muntazamligini markazlashtiradi. G‘oyat ingichka, nafis va ichkin tuyg‘u ramziy
ifodada maromiga yetadi. Aslida she’r ruhiyati sezimni harakat va holat uyg‘unligida
tasvirlashni taqozolaydi. Ta’rifga bo‘y bermaydigan so‘z ilohiy mohiyatini ochib
berish intellektual hozirlik darajasiga bog‘liq. Sirli imo-ishora va nozik qochirim
ifoda daxlsizligini kafolatlaydi. Ijodiy mustaqillik asnosida tushuncha badiiy ma’no
salmog‘i oshadi:


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

158

Dillarga sanchilsa yillar savoli,
Moziy kitobidan topilgay da’vo.
Uni varaqlaydi avg‘on shamoli,
Ma’yus boqib turar Termiziy bobo [8, 239].
Shodmonqul Salomning "Iymon darvozasi" she’ri mantiqqa yo‘g‘rilgan majozda

bitilgan. Adabiy tafakkurga chog‘dosh tuyg‘u tilida "moziy – o‘zga tilda bitilgan
doston", "Jayhun – Termiziylar munavvar qalbi", "asrlar sabri", "Iymon darvozasi"
tashbehlari qabarib ko‘rinadi. "Moziy kitobi" – tarix yosh avlod uchun ibrat maktabi,
ko‘hna va qadimiy an’analar sog‘lom e’tiqodni qaror toptirishga yo‘g‘rilgan.
Misralarga yoyilib ketgan metaforik ma’no falsafiy umumlashma hosil qiladi. Muallif
nazdida, moziy – eng katta murabbiy! Hayotiy ziddiyatlarga yechim tarixdan topiladi.
Metafora badiiy nutq doirasida ma’noni uyushtiradigan tayanch markaz vazifasini
bajaradi. Matn poetik strukturasi 5 banddan iborat, unda tashbeh-jonlantirish kontrast
usulni tavsiflaydi. "Bormi oranggizda til bilgan odam?" lirik subyekt murojaati
qatimida ramziy ifoda ustuvorlashadi. Nahot, "odamzod zulmat nahriga, yorug‘ yuzi
bo‘lmagay deb g‘arq". Shoir odatiy tilni san’at tiliga o‘giradi, ezgulik va diyonatni
tarannum qilishga jiddiy bel bog‘laydi.

Metafora inson dunyoqarashi takomili bilan bog‘liq tushuncha, uning asosida

bilim va malaka yaxlitligi jilvalanadi. Muqoyasa va nisbat tasvir predmetini
to‘laqonli idroklashga zamin hozirlaydi. Hayotiy ehtiyoj mahsuli sifatida majoz
oddiydan murakkab qadar harakatlanadigan odamzod shuurini boshqaradi. Aslida
"she’r – tuyg‘u suvrati. Unda emotsiya, ramz, obraz, badiiy san’at bo‘lishi kerak;
she’rda shoir subyekti, individual uslubi, «men»i, o‘z ovozi bo‘lishi lozim... inja bir
san’atning nafosatiga, go‘zalligiga, hikmatiga, adabiy-estetik qiymatiga diqqat
qaratilishi ishni nisbatan osonlashtiradi" [6, 86]. Unda nozik qochirim, so‘z o‘yini
yoxud ma’no yurishini qo‘llanilgan tashbeh yaxlitlashtiradi. Obrazga tayanadigan
ifoda metaforada aniqlik va lo‘ndalikka erishadi. Poetik mantiq va falsafiy
mushohada muvozanati adabiy talqin o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Zero, badiiylik
sifatini belgilaydigan tushuncha tasavvur sterotipidan o‘sib chiqadi. Barqaror
illyuziyani yangilash faqat iste’dodga bog‘liq:

Ko‘nglimda yoridi armonning ko‘zi,
yo‘lto‘sar qaroqchi hijron doridi.
Hali o‘tmay turib bahor, yoz, kuzi,
sen ketding... bir kunda dunyo qaridi [7, 23].
Yangi davr o‘zbek lirikasida Nasrullo uslubiy-shakliy izlanishlari salmoqli o‘rin

tutadi. O‘quvchilarga "Ikkimizdan qolsin alanga" (2018) she’riy to‘plami orqali
tanish shoir tuyg‘uni moddiylikka mengzashda jiddiy muvaffaqiyatga erishadi.
Ijodkor adabiy talqinida metafora ko‘ngil inja-sir asrorini tahlil qilish vositasi, muallif
"Elegiya" bitigida tematik parallelizm majoziy manzarani uyushtiradi. Farzand
dunyoga kelishi va she’r tug‘ilishi orasida tasavvur bog‘lami mavjud, mushohada
assosiatsiyasi falsafiy umumlashmani tadqiq sahniga chiqaradi. Hissiy idrokda
mantiqan bir-biriga ulanadigan tafsilotlar lirik qahramon armonini tavsiflaydi. Parda
ortida namoyon ma’shuqa siyrati ushalmas orzuni tasdiqlaydi. Fasllar nisbati (bahor,
yoz, kuz) ruhiy holat o‘zgaruvlarini jilolantiradi. Tarang falsafiy mushohada
tug‘yonni kuchaytirishga xizmat qiladi. Joriy holatda so‘z manzara tasviri va
kechinma-kayfiyat-holatni bir-biriga muvofiqlashtiradi:


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

159

So‘nggi barg – so‘nggi so‘z.
Tugaydi ertak.
Qahr qilar qish –
Olam yuziga tortilar kafan – oq.
Tugamas firoq.
Tugamas... [5, 31].
Dilrabo Mingboyeva lirikasida metaforik ohang, odatda, sifatlovchi-sifatlanmish

aloqasi bilan to‘ldiriladi. Shoira she’riy yo‘sinida bot-bot qo‘llaniladigan "teran
yolg‘on", "qonsevgich", "mangu qo‘shiq", "dil siniqlari", "yorug‘ xayollar" va "qora
kuy" – epitet-muqoyasalar ramziy ifodani teranlashtiradi. Lavhada "so‘nggi barg –
so‘nggi so‘z" ertak intihosini ifodalaydi. Qor-kafan metaforasi firoq tugamasligiga
ishora etadi. "Kuz – ertak" nominatsiyasida konnatativ ma’no shakllanadi. "Senga
yetmagan yurak", "o‘g‘irlanar quyosh" tashbehlari ohorli hamda yangi, ruhiy holat-
kechinmaga hamohang! Tushuncha mifologizmi asnosida vujudga keladigan
motivizatsiya (sehrli qilich, uchar gilam) adabiy talqin stilizatsiyasiga keng yo‘l
ochadi. Inson kayfiyati va tabiat mavsumiaro aloqa metaforik birikuv yaxlitligini
ta’min etadi.

Umuman, azal-azaldan so‘z estetik qiymatini baholash pirovard maqsadni

belgilaydi. Ayniqsa, ijod falsafasida ramz va majoz vositasida badiiy nutqqa bezak
berish odat tusiga aylanayozgan. Unda tasavvur va ma’no munosabatga kirishadi.
Ifoda tadrijini poetik g‘oya hamda adabiy talqinga tenglashtiradigan tushuncha –
metafora bir paytning o‘zida ham estetik idrok shakli, ham tasvir vositasi vazifasini
o‘taydi. Aslida "so‘zning ko‘chma ma’noni, undagi badiiyat jarayonini yuzaga
keltiruvchi majoz hamda uning rang-barang turlari: metafora, metonimiya, tashbeh,
ramz, kinoya, mubolag‘a, tashxis va hokazolardan iborat poetik san’atlar jozibasini,
bu unsurlarning asardagi o‘rni va roli, boshqa poetik vositalar bilan aloqadorligi,
asarning badiiy-g‘oyaviy mohiyatini ochishdagi xususiyatlarini o‘rganish mohiyat
e’tibori bilan shoir mahoratidagi eng nozik qirralar va nuqtalarni aniqlash, o‘ziga xos
murakkab bog‘lanishdagi badiiyat kompleksini ilmiy tahlil va tadqiq etish" [6, 3-4]
muayyan nazariy ehtiyoj hosil qiladi. Shoir qo‘llagan har bir original tashbeh poetik
tafakkurni yangilaydi. Mushohadani badiiy teranlikka yo‘naltirish aynan majoz
zimmasiga tushadi. Metaforada tasvir yig‘iqligi hamda ifoda yoyiqligi
omuxtalashadi. Shu ma’noda, til, nutq va tafakkur sathlarini birlashtiradigan
tushuncha tuyg‘u hamda mushohadaaro falsafiy assosiatsiyani shakllantiradi. Unda
sabab va oqibat o‘rtasidagi rishta badiiy miqyosda o‘zgachalanadi. Shakliy
lakonizmdan poetik mantiqqa, poetik mantiqdan ma’no siljishiga o‘tib turadigan
atamada muqoyasa negizida voqelik estetik idroklanadi.

Adabiyotlar:

1.

Виноградов В.В. О языке художественной прозы. – Москва: Наука, 1980.

2.

Кристофер Кодуэлл. Иллюзия и действительность. – Москва: Прогресс,

1969.

3.

Yo‘ldoshev Q. Ochqich so‘z. – Toshkent: Tafakkur, 2019.

4.

Karimov O. Abdulla Oripov she’riyatida metaforik obrazlar. – Toshkent:

Akademnashr, 2014.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

160

5.

Mingboyeva D. Yo‘ldagi ayol. – Toshkent: Mashhur-press, 2020.

6.

Karimov B. Ruhiyat alifbosi. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 2016.

7.

Nasrullo. Ikkimizdan qolsin alanga. – Toshkent: Akademnashr, 2018.

8.

Shodmonqul Salom. She’r sayyorasi. – Toshkent: Adabiyot, 2020.

9.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018.

10.

http://www.ziyouz.com/.

Библиографические ссылки

Виноградов В.В. О языке художественной прозы. – Москва: Наука, 1980.

Кристофер Кодуэлл. Иллюзия и действительность. – Москва: Прогресс, 1969.

Yo‘ldoshev Q. Ochqich so‘z. – Toshkent: Tafakkur, 2019.

Karimov O. Abdulla Oripov she’riyatida metaforik obrazlar. – Toshkent: Akademnashr, 2014.

Mingboyeva D. Yo‘ldagi ayol. – Toshkent: Mashhur-press, 2020.

Karimov B. Ruhiyat alifbosi. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 2016.

Nasrullo. Ikkimizdan qolsin alanga. – Toshkent: Akademnashr, 2018.

Shodmonqul Salom. She’r sayyorasi. – Toshkent: Adabiyot, 2020.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018.

http://www.ziyouz.com/.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов