Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari
307
“NUTQ USLUBLARI” MAVZUSINI O
‘
TISH ORQALI TALABALARDA
TO
‘
G‘RI NUTQ TUZISH KO
‘
NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Atiyazov Saparbay Jumamuratovich –
Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI O‘zbek tili
kafedrasi o‘qituvchisi
Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma’rifiy
rivojida ona tilining o‘rni favqulodda muhimdir. Til milliy ma’naviyat, ma’rifat va
madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko‘zgusidir. Hadisi shariflarda “Kishining
zeb-u ziynati, go‘zalligi uning tilidadir” deyiladi. Qadim-qadim zamonlardan beri har
bir millat, har bir qavm o‘z tiliga buyuk hurmat bilan qaraydi. Chunki til millat degan
birlikning tamal toshi, u boy berilsa, millat ham boy beriladi. Birinchi Prezidentimiz
I.Karimovning quyidagi so‘zlarida ulkan ma’no bor: “Jamiki ezgu fazilatlar inson
qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi... Ona tili – bu
millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi
muqarrar.” Demakki, millatning borligi va birligining bosh belgisi tildir.
Mamlakatimizda ma’naviyat jabhasida olib borilayotgan benihoya keng
qamrovli islohotlarda til muammolari, xususan, davlat tiliga e’tibor masalalariga
alohida diqqat qilinayotganligi bejiz emas. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi,
“Ta’lim to‘g‘risda”gi Qonunlari, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur” va
boshqa juda ko‘plab hujjatlarda bu yo‘nalishdagi ishlarning asosiy jihatlari ko‘rsatib
berilgan. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov 1997- yilning iyunida Toshkentda bo‘lib
o‘tgan "Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturni tuzish" komissiyasining
yig‘ilishida har bir fuqaro uchun “o‘z davlat tilini bilish, uni o‘rganish yuksak
ma’naviyat, Vatani va xalqiga sadoqat belgisi” ekanligini asosli ravishda
ta’kidlaganlar.
Nutqning to‘g‘riligi, ya’ni uning adabiy til me’yorlari (talaffuz, so‘z yasalishi,
leksik, morfologik, sintaktik, uslubiy me’yorlar)ga qat’iy mosligi madaniy nutqning
asosiy, markaziy sifatidir. Ammo har qanday to‘g‘ri nutq madaniy bo‘lavermaydi, u
boshqa kommunikativ sifatlarga ham ega bo‘lgandagina chin ma’nodagi madaniy
nutq maqomini olishi mumkin. “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir
inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa,
berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim
o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir... O‘qituvchining bosh vazifasi
o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratligini
ko‘pincha yaxshi tushunamiz, lekin, afsuski, amalda tajribamizda unga rioya
qilmaymiz”, – deb ta’kidlaydi.
Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to‘g‘rilik va aniqlik bilan
chambarchas bog‘langandir. Chunki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq ham,
fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik birlik ham mantiqning
buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va
o‘quvchiga ifodalanayotgan fikrning to‘liq borib etmasligiga, ba’zan umuman
anglashilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Nutqni shakllantirishdagi e’tiborsizlik
oqibatida ba’zan mantiqsizlik ham yuz beradi. Quyidagi misolda diqqat qilaylik:
Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan oldin bajardilar
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
308
(Gazetadan). Gapda so‘zlarning tartibi to‘g‘ri bo‘lmaganligi, olti oylik birikmasining
davlatga so‘zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur etayapti, fikrni bayon
qilishda xatolik yuz berayapti.
Demak, mantiqiy nutq deganda yaxlit bir tizim asosida shakllangan, fikrlar rivoji
izchil bo‘lgan, har bir so‘z, ibora aniq, maqsadga muvofiq ravishda yuzaga keladigan
nutqni tushunamiz.
Mustaqil fikrlash muloqot madaniyatini, muomala odobini egallash zamirida
shakllansa, unda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatda o‘z o‘rinlarini topib
olishlari oson kechadi. Mazkur muammolarni hal etish, yechimlarini ta’lim
jarayoniga tadbiq etish uchun ona tili mashg‘ulotlarida har bir bo‘lim bo‘yicha
o‘rganiladigan mavzularning mazmuni chuqur va puxta bilim berishga qaratibgina
qolmay, balki u orqali o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, so‘z va gap ustida
ishlash malakasini shakllantirish, og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, har bir nazariy
qonun-qoida bo‘yicha o‘zining shaxsiy mulohazalarini bayon qila bilish malakasini
hosil qilishga erishish kerak. Chunonchi, o‘quvchilarning ona tilidan olgan bilim
darajalari tilning grammatik qurilishini qanchalik o‘zlashtirganliklari bilangina emas,
balki ularning o‘z fikrlarini adabiy tilning boy ifoda vositalarida o‘rinli va to‘g‘ri
foydalangan holda, og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri ifodalashlari hamda muloqot
madaniyati doirasida har bir nazariy qonun-qoida yuzasidan o‘z shaxsiy
mulohazalarini bayon qila olishlari bilan belgilanmog‘i lozim.
Qadimgi davrlarda ham nutqning bu jihatlariga alohida e’tibor berib kelishgan.
Masalan, rimliklar namunaviy nutqning sifatlarini o‘zida aks ettiruvchi qoidalar
ishlab chiqishgan mashhur notiq Sitseron fikricha, aniqlik va tozalik nutq uchun
shunchalik zarurki, ularni asoslab o‘tirishning ham hojati yo‘q. Ammo notiq
tinglovchilarni o‘ziga jalb qilishi uchun bu sifatlar hali yetarli emas. Buning uchun
nutq jozibador bo‘lishi ham kerak. Notiq Dionis Galikarnas esa nutqda maqsadga
muvofiqlikni muhim deb hisoblagan.
Agar nutq ma’lum vaziyat va shart-sharoitlarda amalga oshirilishi nazarga
olinsa, bunda joy, vaqt, mavzu va muloqot jarayonining maqsadi kabi omillar katta
ahamiyatga ega bo‘ladi.
Demak, nutq madaniyati jamiyatdagi madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining. millat
ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy ma’nodagi madaniy nutq shaxs
umummadaniy saviyasining favqulotda muhim unsurlaridan biridir. Shuning uchun
ham mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishi deb e’lon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati ko‘nikmalari va
malakalarini oshirish, ta’lim jarayonlarining barcha bosqichlarida madaniy nutq
muammolarini yetarli darajada nazarda tutish dolzarblik kasb etganligi bejiz emas.
Adabiyotlar:
1. O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq, 1997.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi // Barkamol avlod O‘zbekiston
taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq, 1997.
3. Ahmedova H. O‘qituvchi nutqi madaniyati. (ma’ruzalar matni). Qo‘qon, 2003.
4. Begmatov E. Notiqning nodir boyligi. – Toshkent, 1980.
5. Ibrahimov I. O‘zbek milliy tilining nutq madaniyati masalalari. – Toshkent, 1969.
6. Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. – Toshkent: A.Navoiy nomidagi
O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.