So‘z ichida so‘z...

CC BY f
100-101
71
20
Поделиться
Матжанов, Ш., & Курбанбаев, О. (2022). So‘z ichida so‘z. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 100–101. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5481
Шерали Матжанов, Ажиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институти

O‘zbek tili kafedrasi

Отабек Курбанбаев, Ажиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институти

o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi, 1-kurs magistranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hayotimiz davomida biz duch kelgan cng sehrli va sirli narsalardan biri bu so‘zdir. So‘zning naqadar muqaddas ckanligini anglash uchun Alloh taolo tomonidan olamning yaratilishini eslashning o‘zi kifoya. Rivoyat qiladilarki, Tangri o‘zining qudrati va go‘zalligiga ko‘zgu boTadigan yaratiq barpo etishni istaydi-yu, kunlaming birida: “Yaral” degan so‘zni aytadi. Yaratgan amrining ifodasi boTmish ana shu birgina SO‘Zning kuchi bilan o‘n sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar dunyoga kcldi. Demak, so‘z olam va undagi narsalardan oldin paydo boTgan ekan. So‘zning cheksiz qudratini shundan ham bilsa boTadi. Allohning shu birgina so‘zidan keyin butun dunyo, butun borliq paydo boTdi, ya'ni yaraldi. Alloh bu so‘zni aytmaganida olam haliyam mitti zarraligicha qolgan boTarmidi, balki...


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

100

SO‘Z ICHIDA SO‘Z...

Matjanov Sherali Ataxanovich –

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI O‘zbek tili kafedrasi

assistent o‘qituvchisi

Qurbonboyev Otabek –

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI o‘zbek tili va adabiyoti

mutaxassisligi, 1-kurs magistranti

Hayotimiz davomida biz duch kelgan eng sehrli va sirli narsalardan biri bu

so‘zdir. So‘zning naqadar muqaddas ekanligini anglash uchun Alloh taolo tomonidan
olamning yaratilishini eslashning o‘zi kifoya. Rivoyat qiladilarki, Tangri o‘zining
qudrati va go‘zalligiga ko‘zgu bo‘ladigan yaratiq barpo etishni istaydi-yu, kunlarning
birida: “Yaral” degan so‘zni aytadi. Yaratgan amrining ifodasi bo‘lmish ana shu
birgina SO‘Zning kuchi bilan o‘n sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar
dunyoga keldi. Demak, so‘z olam va undagi narsalardan oldin paydo bo‘lgan ekan.
So‘zning cheksiz qudratini shundan ham bilsa bo‘ladi. Allohning shu birgina so‘zidan
keyin butun dunyo, butun borliq paydo bo‘ldi, ya’ni yaraldi. Alloh bu so‘zni
aytmaganida olam haliyam mitti zarraligicha qolgan bo‘larmidi, balki...

Hozirgi kunda o‘zbek tili grammatik, leksik va barqaror birikmalarning

qo‘llanilishi jihatidan ancha boy til hisoblanadi. Bu tilga “Uch daryodan suv ichgan
dengiz” ( Erkin Vohidov), – deb ta’rif berishlari ham bejiz emas. Guruch kurmaksiz
bo‘lmaganiday tilimizda hamma so‘zlar, yohud barqaror birikmalarning barchasi ham
to‘g‘ri emas nazarimizda. Shunday barqaror birikmalar va so‘zlar mavjudki, ularning
kelib chiqishi ma’lum emas, ma’nosi va mazmuni ham shu birikmani ifodalayotgan
so‘zlar bilan aloqadorligi mavjud emas. Misol uchun:

-

Tilimizda “qovun tushirdi” degan ibora mavjud. Biz bu iborani “xato qilmoq”

ma’nosida tushunamiz. Qovun – poliz ekini. Tushirdi-tushib ketmoq fe’li (ko‘chma
ma’noda yemoq). Bu so‘zlarni xato qilish degan so‘zga aloqasi yo‘q.

-

Do‘stlarimizga ayrim paytlarda “og‘ayni chalish” deb murojaat qilamiz.

Og‘ayni so‘zining do‘st so‘zi bilan aloqasi mavjud, ammo chalish so‘zining do‘st
so‘ziga qanday aloqasi bor. Shu o‘rinda chalish so‘ziga to‘xtalib o‘tsak. Chalish – 1.
Chapak chalish. 2. Yugurganda oyoqlarning bir-biriga chalishib ketishi. 3. Ko‘zlari
chalishmoq

(yumilmoq

ma’nosida)

(“O‘zbek

tilining

izohli

lug‘ati”

Sh.Rahmatullayev. 450 bet) ma’nolarini beradi, lekin yuqoridagi birikmaga bu
so‘zning hech qanday aloqasi yo‘q.

-

“Tan berdi”, “tan oldi” birikmalarni tilimizda uchratib turamiz. Tan bermoq –

qoyil qolish, tan olmoq – iqror bo‘lish ma’nolarini anglatadi. Tan – forscha so‘z
bo‘lib,

gavda,

badan,

tana

degan

ma’nolarni

anglatadi.

(“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” Sh.Rahmatullayev. 658- bet) Birikmani biz
to‘g‘ridan to‘g‘ri tushunadigan bo‘lsak gavda berishni, “qoyil qolish”, gavda olmoqni
“iqror bo‘lish”- deb tushunishimiz kerakmi?

-

“Ishlarim dabdala bo‘ldi”, yoki hamma narsa dabdala bo‘ldi,-degan gaplarni

uchratishimiz mumkin. Ushbu gapdagi dabdala so‘zi vayron bo‘lmoq ma’nosini
anglatadi. Dabdala so‘zining sintaktik jihatiga e’tibor beradigan bo‘lsak, bu so‘zni
takroriy yoki yasama so‘z deb olamizmiz? Morfemik lug‘atda bu so‘zni tub so‘z deb
beradi. Ammo tilimizda takroriy so‘zlar degan tushuncha ham mavjud. Takroriy


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

101

so‘zlar – aynan bitta so‘zning takrorlanishi orqali yoki birinchi yoki ikkinchi qismi
ma’no bermaydigan so‘zlarning chiziqcha bilan yozilishiga aytiladi. ( 6-sinf ona tili
darsligi T. 2020.) Agar bu so‘zni takroriy- deb oladigan bo‘lsak lug‘atlarda
chiziqchasiz beriladi. Agar yasama so‘z-deb oladigan bo‘lsak, dabdala so‘ziga dala
so‘zining qanday aloqasi bor.

-

“To‘nini teskari kiymoq” bu iborani biz “qaysarlik qilmoq”,-deb tushunamiz.

Ammo bu iboraning kelib chiqish tarixiga to‘xtalsak, “XIX asrda aholi ichida
kambag‘allik odatiy hol bo‘lib qolgan edi. Bu davrda insonlarning kiyish uchun
kiyimi ham muammo bo‘lgan, ularda kiyish uchun bitta to‘ni bo‘lgan. Shu to‘nni
yirtilib qo‘ymaslik uchun to‘nlarini teskari kiyishgan. (Habibiy) Endi yaxshilab fikr
qilsak to‘nini teskari kiymoq,- degan iboraning qaysarlikka hech qanday aloqasi
yo‘qligini bilishimiz mumkin.

Dunyoda tillar mavjud ekan unda o‘zlashma so‘zlar ( o‘zlashma so‘zlar- boshqa

tildan tilimizga kirib kelgan so‘zlar) hodisasi mavjud. Hech bir til o‘zining yuz foiz
sofligini saqlab qolgan emas. Lekin tilimizdagi ayrim o‘zlashma so‘zlarning
ma’nolari va tarjimasidagi ma’nolari bir biriga to‘g‘ri kelmaydi. Misol uchun:

-

“Baxt” so‘zini olaylik. Biz baxtni quvonch holatidagi his tuyg‘ularni

ifodalovchi so‘z sifatida ishlatamiz, baxtliman, baxtim to‘kis kabi. Endi baxt so‘zini
aynan tarjima ma’nosiga to‘xtalsak. Baxt – “forscha” so‘z bo‘lib “keldi”- degan
ma’noni anglatadi. Endi biz uni nutqimizda qanday qo‘llaymiz. “Baxt keldi”, –
deymiz, bu degani “keldi keldi” deganimi? Bu so‘zning quvonchga umuman aloqasi
yo‘q.

Mard – so‘zi forscha so‘z bo‘lib erkak, yigit, odam degan tarjima ma’nolari

mavjud. Endi biz “mard odam”, – desak “odam odam”,-degani bo‘ladimi? Yoki
“mard ayol ekan”, – desak, “erkak ayol ekan”,-degani bo‘ladimi? Bu shakliy jihatdan
noto‘g‘ri so‘zlardir.

Xulosa qiladigan bo‘lsak

tilimizda bunday so‘zlar juda ko‘p. Bunday so‘zlarni

yo iste’moldan chiqarib tashlashimiz, yoki ularning o‘rniga turkiy bo‘lgan so‘zlardan
olib qo‘llashimiz kerak. Tilimizdagi shunga o‘xshash qusurlar turkiyligimizning boy
tarixiga putur yetkazganday go‘yo.

Adabiyotlar:

1.

Erkin Vohidov. So‘z latofati.

T., 2012.

2.

To‘ra Mirzayev. “So‘zdan so‘zning” maqola

3.

Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli lug‘ati.

4.

Xurshid Davron kutubxonasi sayti

5.

Ziyo.uz sayti

Библиографические ссылки

Erkin Vohidov. So‘z latofati. – T., 2012.

To‘ra Mirzayev. “So‘zdan so‘zning” maqola

Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli lug‘ati.

Xurshid Davron kutubxonasi sayti

Ziyo.uz sayti

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов