Особенности развития особых экономических зон в Китайской Народной Республике

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
168-175
71
8
Поделиться
Хамдамов M., & Худойназарова, Н. (2015). Особенности развития особых экономических зон в Китайской Народной Республике. Экономика и инновационные технологии, (4), 168–175. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/economics_and_innovative/article/view/8413
M Хамдамов, Университет мировой экономики и дипломатии

к.э.н., доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Статья посвящена особенностям развития специальных экономических зон в Китайской Народной Республики. Авторы обосновывают сущность специальных экономических зон и особенности их функционирования.В статье раскрывается опыт КНР в развитии специальных экономических зон иих роль в улучшении экономики КНР.

Похожие статьи


background image

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2015 йил

1

www.iqtisodiyot.uz

M. Hamdamov, i.f.n., dots.,

N. Xudoynazarova, JIDU

XITOY XALQ RESPUBLIKASIDA MAXSUS IQTISODIY ZONALARNI

RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Статья посвящена особенностям развития специальных экономических

зон в Китайской Народной Республики. Авторы обосновывают сущность
специальных экономических зон и особенности их функционирования.В статье
раскрывается опыт КНР в развитии специальных экономических зон иих роль в
улучшении экономики КНР.

The article focuses on the specifics of development special economic zones in

the People’s Republic of China. The authors substantiate the essence of special
economic zones and the characteristics of their functioning. The article reveals the
experience of PRC in the development special economic zones and their role in the
improvement of the economy of PRC.

Kalitliso‘zlar:

Maxsus iqtisodiy zona, iqtisodiy texnologik taraqqiyot zona,

“Ochiq eshiklar” siyosati, rezident, erkin savdo zonasi, xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalar.

Hozirgi kunda O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb

qilish mamlakatimizda olib borilayotganiqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan
biri hisoblanadi. Bu, nafaqat, O‘zbekiston, balki jahonning yuqori rivojlangan va
rivojlanayotgan davlatlarining tashqi iqtisodiy siyosatida o‘z aksini topgan. Shuning
uchun mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun qulay investitsion muhit yaratish
juda muhim ahamiyat kasb etadi, maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ularda
zamonaviy

infrastrukturani

shakllantirish

esa

ushbu

siyosatning

samarali

instrumentlaridan biri hisoblanadi

. Maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ)ning mohiyatiga

ahamiyat beradigan bo‘lsak, MIZlar – bu ma’lum hududda ro‘yxatga olingan, ishlab
chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan, maxsus imtiyozlarga ega
geografik hududlardir[1]. Boshqacha aytganda, MIZlar tadbirkorlik yuritish uchun
alohida soliq, bojxona, boshqaruv va fuqarolik-huquqiy imtiyoz va kafolatlarga ega
davlat hududining maxsus chegaralangan qismi hisoblanadi[2].

Xitoy Xalq Respublikasi misolida oladigan bo‘lsak, maxsus iqtisodiy zonalari

qtisodiyotning barcha sohalarini modernizatsiyalash va yuqori texnologiyali
raqobatbardosh ishlab chiqarishga erishishda muhim omi lbo‘lmoqda. Oxirgi o‘ttiz
yil davomida Xitoyda kuzatilgan iqtisodiy o‘sish haqiqatda “iqtisodiy mo‘jiza”
bo‘lgani hech kimga sir emas. Uning rivojlanish tendensiyasiga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, 1976-yilgacha Xitoy yopiq iqisodiyot hisoblanar edi. Ammo 1978-yilda Den
Syaopin tomonidan olib borilgan “Ochiq eshiklar” siyosati va shu maqsaddagi
islohotlar natijasida Xitoy jahon iqtisodiyotiga integratsiyalasha boshladi hamda
Xitoy YaIMi yiliga o‘rtacha 10 % o‘sishga erishdi. 1979-2014 - yillarda Xitoyning
aholi jon boshiga YaIMi qariyb 16 marta, ya’ni 195 AQSh doll.dan 3583 AQShga
o‘sdi[3]. 2010-yilga kelib YaIM hajmi bo‘yicha Yaponiyani ortda qoldirib,


background image

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2015 йил

2

www.iqtisodiyot.uz

dunyodagi eng katta ikkinchi iqtisodiyotga aylandi. Shu davr mobaynida 500 mln.dan
ortiq aholi qashshoqlikdan xalos bo‘ldi [4].

Tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ko‘p yillar davomida hukm surgan

markaziy rejalashtirilgan iqtisodiyotdan zamonaviy bozor iqtisodiyotiga o‘tish
maqsadida 1978-yildan boshlab “Ochiq eshiklar” siyosati doirasida ko‘plab ishlar
amalga oshirildi. Bunda Xitoyda turli shakldagi maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ)ni
tashkil etish muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, MIZlarni tashkil etishdan asosiy
maqsadlar quyidagicha edi:



xorijiy kapitalni maksimal darajada jalb qilish, sanoatning ilmiy sig‘imli

sohalarini yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirish;



xalqaro mehnat taqsimotida samarali ishtirok etish, eksport hajmi va xorijiy

valuta tushumini oshirish;



MIZ joylashgan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni Hong Kong,

Singapur va boshqa yangi industrial davlatlaridagi kabi rivojlantirish;



arzon va ortiqcha ishchi kuchi hamda boy xomashyo salohiyatidan to‘gri

foydalanish;



boshqaruv malakasiga ega bo‘lish va milliy kadrlarni tayyorlash.

Xitoyda MIZlarning tashkil etilish jarayonini 4 bosqichda kuzatishimiz

mumkin: u 1970-yil oxiri 1980-yillar boshlari; 1980-yillar; 1990-yillar va 1990-
yildan hozirgi kungacha davom etayotgan zamonaviy davrni qamrab oladi [5].

1979-yilda Guangdong va Fujian provinsiyalarida “maxsus siyosat va

moslashuvchan choralar” tizimining joriy etilishi birlamchi qadam edi.Va shu
maqsadda 1981-yil noyabrda “Guangdong va Fujian provinsiyalariga alohida
iqtisodiy maqom berish to‘g‘risida” XXR Davlat Kengashi qarori e’lon qilindi [6].

Dastlab,1980-yil avgustda Guangdong provinsiyasidagi Shenzhen, Zhuhai va

Shantou hamda shu yilning oktabrida esa Fujian provinsiyasidagi Xiamen hududlari 4
ta maxsus iqtisodiy zonalarga aylantirildi. Ushbu MIZning maqsadi deyarli bir xil
bo‘lib, maxsus moliyaviy, investitsion va savdo imtiyozlari orqali hududda barqaror
iqtisodiy o‘sishga erishish edi. Ular, asosan, joriy innovatsion siyosatni amalda
sinovdan o‘tkazish uchun tashkil etilgan bo‘lib, agar loyiha o‘zini oqlasa, bunday
MIZlarni mamlakat bo‘ylab keng tarqatish rejasi ko‘zda tutilgan.

MIZlarda joriy etilgan imtiyozlar va qulay ishlab chiqarish omillari yig‘indisi

kutilmagan iqtisodiy o‘sishga sabab bo‘ldi. 1980-1984-yilda yillik Xitoy YaIMi
o‘rtacha 10 % o‘sdi. Bu ko‘rsatkich Shenzhenda 58 %, Zhuhaida 32 %, Xiamenda 13
% va Shantouda esa 9 % bo‘ldi. 1986-yilgacha Shenzhenda kapital, mehnat, yer,
texnologiya, aloqa va transport kabi ishlab chiqarish omillari kompleksi shakllanib
bo‘lgan edi [7].

1988-yildan keyin yuqoridagi MIZlar safiga Hainan 5-MIZ sifatida qo‘shildi.
Yuqorida sanab o‘tilgan savdo va investitsiya muhitini rivojlantirish

maqsadidagi zonalar o‘zini oqlagach, Xitoy o‘z “Ochiq eshiklar” siyosatini yanada
kengaytirdi. 1984-yilda boshqa turdagi MIZlar – iqtisodiy texnologik taraqqiyot
zonalari, boshqacha aytganda milliy sanoat parklari, tashkil etila boshlandi.
MIZlarning iqtisodiy texnologik taraqqiyot zonalaridan (ITTZ) farqi shundaki, MIZ
kattaroq hududda, ba’zan butun shahar yoki provinsiyada joylashishi mumkin.


background image

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2015 йил

3

www.iqtisodiyot.uz

Birgina 1984-1988-yillarda qirg‘oq bo‘yi shaharlarida 14 ITTZ tashkil etildi. 1989 va
2006-yillarda mos ravishda Shanghai va Tianjin Binhai yangi zonalari ham tashkil
etildi.

1992-yilga kelib Xitoyda 35 ta ITTZ muvaffaqiyatli faoliyat yuritar edi.

Keyinchalik, boshqa turdagi MIZlar ham butun mamlakat bo‘ylab tarqala boshladi va
bunday zonalarni tashkil etish odatiy holga aylandi. 2008-yilda Xitoyda 14 ta ochiq
qirg‘oq shaharlar, 15 ta erkin savdo zonalari, 17 eksportni rag‘batlantiruvchi zonalar,
52 ITTZ, 53 ta yuqori texnologiyali taraqqiyot zonalari va 15 ta chegaradosh
iqtisodiy hamkorlik zonalari ro‘yhatdan o‘tkazilgan edi [8].

2013-yil oxirida Xitoyda5 ta MIZ, 210 ta ITTZ, 15 ta chegaradosh iqtisodiy

hamkorlik zonalari, 105 ta yuqori texnologiyali zonalar 13 ta erkin bojxona zonalari
faoliyat yuritishi aniqlandi. Bundan tashqari, 2013-yil 29-sentabrda XXR Davlat
Kengashi tomonidan Shanxay (Pudun) erkin savdo zonasini tashkil etish to‘g‘risida
qaror qilindi.

MIZlar to‘g‘risida haligacha yagona normativ hujjat yo‘q bo‘lib, ularning

tashkil etilishi, tugatilishi va faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar 1982-yilda qabul
qilingan XXR Konstitutsiyasi bilan tartibga solinadi. Uning 18-moddasi 2-bandiga
ko‘ra, “XXR barcha xorijiy korxonalar, tashkilotlar va xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi qo‘shma korxonalarga investitsiya kiritishga ruxsat beradi hamda
ularning huquq va manfaatlari qonun bilan himoyalanadi”.

1998-yil 26-iyunda “Maxsus iqtisodiy zona va mintaqaviy shelflar to‘g‘risida”

XXR qonuni qabul qilingan [9]. Yana MIZlar to‘g‘risida 30 dan ortiq normativ-
huquqiy hujjatlar amal qiladi.Masalan, Umumxitoy Xalq Vakillari Kengashi doimiy
qo‘mitasi tomonidan Shenzhen (1992-yil iyul), Xiamen (1994-yil mart), Zhuhai va
Shantou (1996-yil mart) MIZlarini tashkil etish to‘g‘risida qaror yuqorida keltirib
o‘tilgan MIZlar uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Hainan MIZi faoliyati esa
1988-yil aprelda XXR Davlat Kengashi qarori bilan tartibga solinadi.

MIZ rezidentlari uchun talablar va imtiyozlar quyidagilardan iborat:

MIZlargakiritiladiganxorijiyinvestitsiyalarmiqdorikamida 50 mln. AQSh doll.

bo‘lishi kerak, oldin bu ko‘rsatkich 30 mln. AQSh doll. bo‘lgan. Xorijiy rezidentning
ustav kapitalidagi ulushi kamida 25 %ni tashkil etishi lozim.

MIZ rezidentlari uchun 5 yil davomida alohida soliq imtiyozlari tizimi yo‘lga

qo‘yilgan. Birinchi 2 yil davomida ular umuman daromad solig‘ini to‘lashmaydi va
keyingi 3 yil davomida soliqning faqatgina 50 %ini to‘lashadi, xolos. 2008-yilgacha
foyda solig‘i maxsus zonada joylashmagan korxonalar uchun 33 %, MIZ rezidentlari
uchun esa 15 % etib belgilangan.

XXR Davlat kengashining 2007-yil 26-dekabrdagi “Korxonalarga daromad

solig‘i bilan bog‘liq imtiyozlar berishning o‘tish siyosati to‘g‘risidagi” qaroriga ko‘ra
foyda solig‘i 2008-yilda 18 %, 2009-yilda 20 %, 2010-yilda 22 %, 2011-yilda 24 %
va 2012-yilda 25 %ga ko‘tarildi. 2012-yildan boshlab qat’iy 25 % qilib o‘rnatildi.

Savdo, qayta ishlash va import-eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MIZ

rezidentlari uchun Qo‘shilgan qiymat solig‘i 17 % deb belgilangan. Ammo MIZ
hududiga olib kirilayotgan texnologiya va xomashyo uchun QQS va boj
undirilmaydi. Lekin aksiz, shaxsiy daromad solig‘i va boshqa soliq turlari
imtiyozlardan xoli.


background image

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2015 йил

4

www.iqtisodiyot.uz

Bundan tashqari, MIZ rezidentlari uchun soliq bilan bog‘liq bo‘lmagan

imtiyozlar ham joriy etilgan, ular yer, suv, elektr energiyasi, gaz, internet, bino ijarasi
kabi to‘lovlardan to‘liq yoki qisman ozod etiladi.

1-jadval

XXR MIZlarining faoliyat doirasi va investitsiya manbasi [10]

MIZ nomi

Xorijiy

investitsiyalar

ishtirokidagi

korxonalar soni

Ixtisoslashuvi

Kiritilgan xorijiy investitsiyalar

manbasi

1

2

3

4

Shantou

3000 dan ortiq

Neftkimyo, tekstil, poyabzal va

elektronika, agrosanoat

Kiritilgan 95 % xorijiy investitsiyalar

Hong Kong, Tayvan va Singapurga

tegishli

Shenzhen

17500 dan ortiq

Yadro energetikasi, elektronika,

mashinasozlik, yuqori

texnologiyalar va turli xizmatlar

Kiritilgan 85 % xorijiy investitsiya

Hong Kongga tegishli

Zhuhai

5000 dan ortiq

Og‘ir sanoat, elektronika, dengiz va

yo‘l qurilishi, turizm va boshqa

xizmatlar

Kiritilgan 80 % xorijiy investitsiyalar

Hong Kong, Makao, Tayvan va

Singapurga tegishli

Xiamen

4150 dan ortiq

Elektronika, tekstil, oziq-ovqat

sanoati, kimyo sanoati va turizm

Kiritilgan 80 % xorijiy investitsiyalar

Tayvanga tegishli

Hainan

7320 dan ortiq

Elektronika, telekommunikatsiya va

yuqori texnologiya

Jami xorijiy investitsiyalar

ishtirokidagi shartnomalar 22,3 mlrd.

AQSh doll.


Xitoy YaIMi hajmini 2014-yilda tahlil qiladigan bo‘lsak, provinsiyalar

bo‘yicha Guangdong, Jiangsu va Shandong mos ravishda 10,6 %, 10,2 % va 9,3 %
ulush bilan yuqori o‘rinlarni egallagan. Jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra, YaIMda eng
ko‘p ulush MIZ va boshqa erkin iqtisodiy zonalar joylashgan Xitoyning sharqiy va
janubiy qirg‘oqbo‘yi hududlariga to‘g‘ri keladi.

2-jadval.

2014-yilda Xitoy YaIMining provinsiyalar bo‘yicha taqsimlanishi[11]

Provinsiyalar

O‘rni

YaIM

(CNÂ¥)

Nominal

YaIM

(ming AQSh

doll.)

To‘lov qobiliyati

paritetida YaIM

(ming AQSh doll.)

Real

o‘sish

darajasi

(%)

Jami YaIMdagi

ulushi

(%)

1

2

3

4

5

6

7

Butun Xitoy

63,646,270

10,361,117

17,411,575

7.4

100

Guangdong

1

6,779,224

1,103,605

1,854,578

7.8

10.65

Jiangsu

2

6,508,832

1,059,587

1,780,607

8.7

10.23

Shandong

3

5,942,659

967,419

1,625,721

8.7

9.34

Zhejiang

4

4,015,350

653,668

1,098,471

7.6

6.31

Henan

5

3,493,938

568,786

955,829

8.9

5.49

Hebei

6

2,942,115

478,953

804,868

6.5

4.62

Liaoning

7

2,862,658

466,018

783,131

5.8

4.50

Sichuan

8

2,853,666

464,555

780,671

8.5

4.48

Hubei

9

2,736,704

445,514

748,674

9.7

4.30

Hunan

10

2,704,846

440,328

739,959

9.5

4.25


background image

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2015 йил

5

www.iqtisodiyot.uz










1-rasm. 1985-2013-yillarda Xitoyga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy

investitsiyalar hajmi (mlrd. AQSh doll.)[12]

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Xitoyga kiritilgan to‘g‘ridan-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi o‘sish tendensiyasiga ega. Ayniqsa, 2011-2013-
yillardaengyaxshinatija 124mlrd. AQShdoll.niko‘rsatgan.

3-jadval.

2013-yilda MIZlarning tashqi savdo ko‘rsatkichlari ( mlrd. AQSh doll.)[13]

MIZ

Qiymati (mln. AQSh doll.)

O‘sish darajasi (%)

Savdo

aylanmasi

Eksport

Import

Savdo

aylanmasi

Eksport

Import

1

2

3

4

5

6

7

Shenzhen

537,36

305,72

231,64

15,1

12.7

18,5

Xiamen

84,09

52.35

31,74

12,9

15,3

18,5

Zhuhai

54,17

26,60

27,56

18,6

23,0

14,6

Shantou

9,23

6,60

2,63

4,9

7,1

-0,3

Hainan

14,98

3,71

11,27

4,6

18,2

0,8

Jami

699,83

394,98

304,85

14,7

13,6

16,2


Xitoy savdo aloqalarida MIZlar katta rol o‘ynaydi. 2013-yilda ular tomonidan

amalga oshirilgan savdo hajmi o‘tgan yilgiga ko‘ra 14,7 % o‘sgan. Bunda eksport –
394,98 mlrd. AQSh doll. (+13,6 %)ni, import esa – 304,85 mlrd. AQSh doll. (+16,2
%)ni tashkil etgan.
2-rasm. 1990-2011-yillarda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar sanoat
mahsulotlarining Xitoy jami ishlab chiqarishidagi ulushi (%)[14].

Xitoyda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar sanoatning asosiy

ulushini egallaydi. U 1990-2011-yillar
davomida

2,3

%dan

25,9

%ga

ko‘tarilgan hamda ushbu sohaning
YaIMdagi

ulushi

ham

sezilarli

darajada

o‘sganligini

ko‘rishimiz

mumkin.

3-rasm. 1990-2014-yillarda xorijiy
investitsiyalar

ishtirokidagi

korxonalar eksport-importining Xitoy jami eksport-importidagi ulushi (%)[15]


background image

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2015 йил

6

www.iqtisodiyot.uz

2013-yilda

xorijiy

investitsiyalar

ishtirokidagi korxonalar Xitoy umumiy
eksportining 47,3 % va importining 44,8
%ini

tashkil

etgan.

Ular

yuqori

texnologiyalar eksportida ham muhim rol
o‘ynaydi. 2002-2010-yillarda xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar
tomonidan yuqori texnologiyalar eksporti
79 %dan 82 %ga ko‘tarildi [16].

Ko‘rinib turibdiki, Xitoyda faoliyat

yuritayotgan

MIZlar

iqtisodiy

rivojlaninshning muhim omillaridan biri
bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu borada
O‘zbekistonda ham samarali ishlar olib

borilmoqda, O‘zbekiston hududida maxsus imtiyozlarga ega zonalarning tashkil
etilgani bunga misol bo‘la oladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 3 ta maxsus iqtisodiy
zonalar faoliyat yuritmoqda: “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi (2008-yil 2-
dekabr), “Jizzax” maxsus industrial zonasi (2013-yil 18-mart) va“Angren” maxsus
industrial zonasi (2013-yil 12-aprel). Ularning faoliyatiga doir munosabatlar 1996-
yil 25- aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuni bilan tartibga solinadi.

“Navoiy” EIIZga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmiga qarab 7-15

yil muddatda, “Angren” va “Jizzax” MIZlari uchun esa 3 yildan 7 yilgacha
muddatda soliq, valuta va bojxona imtiyozlari belgilangan. Mazkur MIZ rezidentlari
yer solig‘i, mulk solig‘i, daromad solig‘i, obodonchilik va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish solig‘i, yagona soliq to‘lovi (kichik korxonalar uchun), Respublika yo‘l
jamg‘armasi va Respublika maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy
to‘lovlardan ozod etiladi. Bundan tashqari,eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab
chiqarish maqsadida mamlakatga olib kelinayotgan asbob-uskunalar, xomashyo
materiallar va butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi
uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinadi.

O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda maxsus

iqtisodiy zonalarning o‘rni beqiyos. 2014-yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan jami
kapital qo‘yilmalarning 21,2 %dan ortig‘i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy
investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to‘rtdan uch qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalardir[17].

Shunisi quvonarliki, ushbu zonalarda olib borilayotgan loyihalar yildan-yilga

sifat va miqdor jihatdan yaxshilanib bormoqda. Birgina “Navoiy” EIIZ tufayli 2014-
yilda Navoiy viloyatiga jami 176,7 mlrd. so‘mi xorijiy investitsiyalar jalb qilingan
bo‘lib, ushbu hudud tomonidan 2014-yilda umumiy qiymati 460,4 mln. AQSh doll.
mahsulot eksport qilindi[18]. “Angren” maxsus industrial zonasi olsak, ushbu
hududdagi 2013-yildagi loyihalar 17 tani tashkil etib, ularning umumiy qiymati
328,6 million AQSh doll.ga teng.

2014-yilda Jizzax viloyati korxonalari tomonidan 45,6 million dollar

miqdoridagi mahsulot eksport qilindi. Viloyat iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish


background image

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2015 йил

7

www.iqtisodiyot.uz

maqsadida sanoat sohasida 237, qishloq xo‘jaligida 197, xizmat ko‘rsatishda 700
dan ortiq loyiha amalga oshirildi[19]. Xususan, hozirgi kunda “Jizzax” maxsus
industrial zonasida mobil telefonlar, akkumulyatorlar, marmar, texnik-sanitar
buyumlar va boshqa turdagi mahsulolar ishlab chiqarish bo‘yicha 6 ta loyiha
ishlamoqda va 21 ta loyiha rejalashtirilgan[20].

O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va

MIZlarning faoliyatini rivojalantirish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlar muhim
hisoblanadi:



soliq mexanizmini yanada yengillashtirish ( Soliq stavkalarini pasaytirish,

ba’zi faoliyat turlari uchun soliq stavkasini kamaytirish)



moliya-kredit mexanizmini yaxshilash (MIZ rezidentlari uchun davlat

tomonidan subsidiyalar ajratish, MIZ rezidentlari uchun kredit foiz stavkalarini
pasaytirish)



logistika tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish;



miz rezidentlari uchun imtiyoz muddatini uzaytirish;



eksport bilan bog‘liq munosabatlarda davlat tomonidan yordam ko‘rsatish.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, XXRning MIZ tashkil etish bo‘yicha tajribasi

O‘zbekiston uchun yetarlicha o‘rnak bo‘la oladi. Mamlakatimizdagi amaldagi
investitsion siyosat erkin iqtisodiy zonalarga, umuman mamlakatimiz iqtisodiyotiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga katta hissa qo‘shmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

The World Bank,The International Bank for Reconstruction and

Development “Special economic zones- progress, emerging challenges and future
directions” 2011.

2.

Рыбаков С.А., Орлова Н.А. Особые экономические зоны в России:

Налоговые льготы и преимущества. - М.: Вершина, 2006. Гл. 1. С. 12-13.

3.

www. Tradingeconomics.com/china/gdp-per-capita.

4.

World Bank and The Development Research Center of the State Council of

China 2014.

5.

http://www.e-reading.club/chapter.php/127766/63/Maksakovskiii_-

_Geograficheskaya_kartina_mira_Posobie_dlya_vuzov_Kn._II__Regional'naya_hara
kteristika_mira.html.

6.

November 1981“The Resolution on Authorizing the People’s Congresses

and Their Standing Committees in Guangdong and Fujian Provinces to Make
Separate Economic Statutes in Their Respective Special Economic Zones”.

7.

Yeung, Lee, and Kee 2009.

8.

FIAS “Special economic zones- performance, lessons learned, and

implications for zone development” 2008.

9.

Law of The People's Republic Of China on The Exclusive Economic Zone

And The Continental Shelf (June 26, 1998).

10.

http://newinspire.ru/lektsii-po-mirovoy-ekonomike/osobie-svobodnie-

ekonomicheskie-zoni-v-kitae-1688.

11.

IMF WEO Data 2014.


background image

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2015 йил

8

www.iqtisodiyot.uz

12.

Wayne M. Morrison “China’s Economic Rise: History, Trends, Challenges,

and Implications for the United States” Congressional Research Service Report,
October 9, 2014.

13.

http://www.ved.gov.ru/exportcountries/cn/about_cn/laws_ved_cn/special_a

rea_cn/.

14.

Invest in China (http://www.fdi.gov.cn) and China’s 2012 Statistical

Yearbook.

15.

China’s Economic Rise: History, Trends, Challenges, and Implications for

the United States/ Wayne M. Morrison (Specialist in Asian Trade and Finance)
October 9, 2014.

16.

The United Nations, UNCTAD statistics.

17.

http://www.press-service.uz/uz/news/5079/.

18.

http://www.fiez.uz/news/news/78-navoi-region-posts-4-gpr-growth-in-

2014.

19.

http://uza.uz/uz/politics/islom-karimovning-jizzax-va-sirdaryo-viloyatlari-

saylovchila-05-03-2015.

20.

http://jizzax.uz/main/page/77.

Библиографические ссылки

The World Bank,The International Bank for Reconstruction and Development “Special economic zones- progress, emerging challenges and future directions” 2011.

Рыбаков C.A., Орлова H.A. Особые экономические зоны в России: Налоговые льготы и преимущества. - М.: Вершина, 2006. Гл. 1. С. 12-13.

www.Tradingcconomics.com/china/gdp-pcr-capita.

World Bank and The Development Research Center of the State Council of China 2014.

http://www.e-reading.club/chapter.php/127766/63/Maksakovskiii_-

_Geograficheskaya_kartina_mira_Posobie_dlya_vuzov_Kn._II_____Regional'naya_hara

kteristika_mira.html.

November 198l“Thc Resolution on Authorizing the People’s Congresses and Their Standing Committees in Guangdong and Fujian Provinces to Make Separate Economic Statutes in Their Respective Special Economic Zones”.

Yeung, Lee, and Kee 2009.

F1AS “Special economic zones- performance, lessons learned, and implications for zone development" 2008.

Law of The People's Republic Of China on The Exclusive Economic Zone And The Continental Shelf (June 26, 1998).

http://newinspire.ru/lektsii-po-mirovoy-ekonomike/osobie-svobodnie-ekonomicheskie-zoni-v-kitae-1688.

IMF WEO Data 2014.

Wayne M. Morrison “China’s Economic Rise: History, Trends, Challenges, and Implications for the United States” Congressional Research Service Report, October 9, 2014.

http://www.ved.gov.ru/exportcountries/cn/about_cn/laws_ved_cn/special_a rcacn/.

Invest in China (http://www.fdi.gov.cn) and China’s 2012 Statistical Yearbook.

China’s Economic Rise: History, Trends, Challenges, and Implications for the United States/ Wayne M. Morrison (Specialist in Asian Trade and Finance) October 9, 2014.

The United Nations, UNCTAD statistics.

http://www.press-service.uz/uz/news/5079/.

http://www.fiez.uz/news/news/78-navoi-region-posts-4-gpr-growth-in-2014.

http://uza.uz/uz/politics/islom-karimovning-jizzax-va-sirdaryo-viloyatlari-saylovchila-05-03-2015.

http://jizzax.uz/main/page/77.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов