Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
44
AHOLI DAROMADLARI, ISTE’MOLI VA UNING
TABAQALASHUVINING
EKONOMETRIK MODELLARI
Abduvoxidov Akmal Abdulazizovich
Guliston davlat universiteti
Kamilova Sanobar Mirdjamalovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi
“Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy
asoslari va muammolari”
ilmiy-tadqiqot markazi
ORCID: 0009-0005-1764-2944
Annotatsiya.
Oʻ
zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning zamirida aholi
farovonligini oshirish masalasi turadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada aholi
farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini
baholash masalalari muhokama qilingan.
Kalit s
oʻ
zlar:
ijtimoy
siyosat, aholi farovonligi, iste’mol, aholi daromadlari, tadbirkorlik,
ijtimoiy davlat.
ЭКОНОМЕТРИЧЕСКИЕ МОДЕЛИ ДОХОДОВ, ПОТРЕБЛЕНИЯ И
ДИФФЕРЕНЦИАЦИИ НАСЕЛЕНИЯ
Абдувахидов Акмал
Абдулазизович
Гулистанский государственный университет
Камилова Санобар Мирджамаловна
Научно
-
исследовательский центр «Научные основы и
проблемы развития экономики Узбекистана» при
Ташкентском государственном экономическом университете
Аннотация.
В основе осуществляемых в Узбекистане реформ лежит вопрос
повышения благосостояния населения. Исходя из этого, в данной статье обсуждаются
вопросы оценки эффективности реализуемых мер по повышению благосостояния
населения.
Ключевые слова:
социальная политика, благосостояние населения, потребление,
доходы населения, предпринимательство, социальное государство.
UO‘K: 330564.2
XI SON - NOYABR, 2024
44-54
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
45
ECONOMETRIC MODELS OF INCOME, CONSUMPTION AND POPULATION
DIFFERENTIATION
Abduvakhidov Akmal Abdulazizovich
Gulistan State University
Kamilova Sanobar Mirdjamalovna
Scientific research center
“
Scientific foundations and
problems of the development of the economy of Uzbekistan
”
under Tashkent State University of Economics
Annotation.
The reforms being implemented in Uzbekistan are based on raising the well-
being of the population. Based on this, this article discusses the issues of evaluating the
effectiveness of measures taken to improve the well-being of the population.
Keywords:
social policy, population welfare, consumption, population income,
entrepreneurship, social state.
Kirish.
Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga k
oʻ
ra, 2023 yilda jahonda moliyaviy farovonlik 2022
yildagi 4 foizlik
pasayishdan soʻng, ilk marta 7 foizga oʻsgani holda, 275 trrillion AQSh dollarini
tashkil qildi. Real moliyaviy aktivlar va majburiyatlarni oʻz ichiga olgan umumiy farovonlik 4,3
foizga oʻsdi va 477 trillion dollarni tashkil qilgan. Global miqyosda umumiy
farovonlik
oshayotgan boʻlsada, mintaqalar va mamlakatlar kesimida farovonlik darajasi keskin
farqlanadi. Bu oʻz navbatida mamlakatlar hukumati tomonidan aholi farovonligini oshirish
boʻyicha tegishli choralar koʻrilishi lozimligini koʻrsatadi
(Wilmoth et al. , 2023).
Jahonning yetakchi ilmiy markazlari va mutaxassislari tomonidan tadbirkorlik
faoliyatining aholi farovonligiga ta’siri borasida koʻplab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Jumladan, tadbirkorlik faoliyatining innovatsion shakllarini rivojlantirish, tadbirkorlikning
ijtimoiy funktsiyasining kuchayishi, ijtimoiy tadbirkorlik kengayishining aholi farovonligiga
ta’siri, aholi farovonligi tushunchasi mazmunidagi oʻzgarishlar, aholi farovonligi darajasini
baholashda koʻp omilli yondashuvlar, iqtisodiyotning drayver soha va t
armoqlarini
rivojlantirish orqali farovonlikni oshirish kabi
yoʻnalishlarda tadqiqotlar amalga oshirilmoqda
(Gal , Madhala , 2021).
Oʻzbekistonda inson manfaatlarini roʻyobga chiqarish, uning ehtiyojlarini yuksak
darajada qondirish, imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishi uchun barcha shartsharoitlarni
yaratish amalga oshirilayotgan tub islohotlarning pirovard maqsadini tashkil etadi. Jahon
miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib oʻtgan taraqqiyot natijalarini
chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning
farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni
jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik
jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berildi. Aholi
farovonligi darajasi, uning manbalari va tarkibiy tuzilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning
asosini tashkil etishi, uni takomillashtirib borishga doimiy zarurat mavjudligi kabi holatlar
ushbu jarayonning nazariy jihatlarini tadqiq etishga qaratilgan tadqiqot ishlari muntazam
tarzda olib b
orilishini va uning rivojini ta’minlovchi ilmiy asoslangan yangi yoʻnalishlarni
yaratilishini taqozo qiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Aholi farovonligi
, daromadlari va iste’moli masalalari borasida qator ilmiy izlanishlar olib
borilgan va bunday izlanishlar tobora keng quloch yozmoqda.
Oʻzbekistonda
ham aholi
farovonligi darajasi, uning manbalari va tarkibiy tuzilishi muammolarini tadqiq qilishga
yetarli
cha katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
A.V.Vahobov tomonidan ijtimoiy fondlarning
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
46
mohiyati, tarkibiy tuzilishi, shakllanishi va aholi farovonligini oshirishdagi roli chuqur tahlil
etilgan (Vahobov, 2003) .
R.R.Hasanov aholi daromadlarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, shakllanish
mexanizmlari, bozor va nobozor daromadlarining farqlanishi, ular nisbatining oʻzgarishi, aholi
farovonligiga ta’siri hamda kambag‘allik muammolariga alohida e’tibor qaratadi
(Xasanov,
2004).
P.Z. Xoshimov oʻz ilmiy izlanishlarida daromadlarning tabaqalanishi aholi farovonligini
belgilab beruvchi muhim koʻrsatkich ekanligiga e’tibor qaratadi
(Xoshimov, 2020).
Daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash mexanizmlari U.S.Yuldashevaning
izlanishlarida keng tahlil etilgan (Yuldasheva, 2001).
Tadqiqotchi O. Yusufaliy
ev oʻz izlanishlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish hisobiga kambag‘allikni qisqartirish imkoniyatlari haqida soʻz yuritadi
(Yusufaliyev, 2023)
Mahalliy tadqiqotchilardan yana biri B. Usmonov aholi farovonligiga ta’sir koʻrsatuvchi
omillarni tizimlashtirishga harakat qiladi (Usmonov, 2023)
Aholi farovonligi va aholi daromadlari borasida koʻp sonli tadqiqotlar amalga
oshirilganligiga qaramasdan aholi farovonligiga qaratilgan chora-tadbirlarning aholi
farovonligiga kelgusidagi ta’siri borasidagi tadqiqotlar kam sonli hisoblanadi.
Tadqiqot metodogiyasi.
Aholi farovonligiga iste’mol va daromadlar ta’sirini
baholash masalalariga ba
g‘
ishlangan
mazkur maqolada, maqolaning asosiy kontseptsiyasidan kelib chiqqan holda ekonometrik
modellashtirish usulidan keng foydalanildi va barcha hisob-kitoblar Stata dasturi asosida
amalga oshirildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha YaIM hajmini prognoz qilish uchun 2010
-2023
yillar oralig‘ida uy xoʻjaliklarining yakuniy iste’mol xarajatlari (joriy narxlarda, yillik), tovarlar
va xizmatlar eksporti (doimiy narxlarda yillik), jami norasmiy va yashirin iqtisodiyotning YaIM
dagi ulushi, foizda, kichik tadbirkorlik subyektlarining jami bandlikdagi ulushi, 16 yosh va
undan katta yoshdagi aholining savodxonlik darajasi, aholi umumiy daromadlari hajmi, kam
ta’minlangan aholi ulushi kabi ta’sir qiluvchi
omillar hamda vaqt omilini hisobga olgan holda
ekonometrik tahlil qilindi (1-jadval).
Berilgan ma’lumotlarga koʻra, 2010
-
2023 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda iqtisodiyotda
YaIM hajmini
muntazam oʻsib borganini kuzatishimiz mumkin.
Shu bilan birga, uy
xoʻjaliklarining yakuniy iste’mol xarajatlari
va norasmiy va yashirin iqtisodiyotning YaIMdagi
ulushi
ham mos ravishda oʻsib borgan. O‘sish soʻnggi yillarda yuqori sur’atlarda kechmoqda.
Respublikamizda YaIM hajmini bashorat qilish uchun
Uy xoʻjaliklarining yakuniy
iste’mol xarajatlari (joriy narxlarda, yillik), Tovarlar va xizmatlar eksporti (d
oimiy narxlarda
yillik), Jami norasmiy va yashirin iqtisodiyotning YaIMdagi ulushi, foizda, Kichik tadbirkorlik
subyektlarining jami bandlikdagi ulushi, 16 yosh va undan katta yoshdagi aholining
savodxonlik darajasi, Aholi umumiy daromadlari hajmi, Kam ta’
minlangan aholi ulushi
oʻrtasidagi bog‘lanishdan foydalanamiz. Dastlabki tahlil uchun ma’lumotlar tasviriy
statistikasidan foydalanamiz (2-jadval).
Ushbu statistik ma’lumotlar O‘zbekiston iqtisodiyotining turli koʻrsatkichlari boʻyicha
tahlil qilingan. Yil
koʻrsatkichi boʻyicha ma’lumotlar 2010 yildan 2023 yilgacha boʻlgan 14
ta kuzatuvni oʻz ichiga olgan. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi oʻrtacha 444839.2 mlrd
soʻmni tashkil etgan boʻlib, standart chekinish 358679.7 ni koʻrsatadi. Bu esa YaIM hajmida
sezi
larli oʻzgarishlar boʻlganini anglatadi. YaIMning eng kichik qiymati 78936.6, eng katta
qiymati esa 1192163 ga etgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
47
1- jadval
Respublikada 2010-
2023 yillar oralig‘ida YaIM hajmiga ta’sir etuvchi
omillar koʻrsatkichlari
Y
ill
ar
Y
aI
M haj
mi
Uy
xo
ʻjal
ik
lar
in
in
g
yak
un
iy is
te
’
mol
xar
ajatla
ri
Tovar
lar
va
x
izmat
lar
ek
spo
rt
i
N
or
as
miy
va
ya
shir
in
iqtiso
diy
ot
n
in
g
Y
aI
Mdag
i ul
ushi,
fo
izda
Ki
chik
tadb
ir
k
or
lik
sub
ek
tl
ar
in
in
g jam
i
b
and
lik
dagi ul
ush
i
1
6
yo
sh
va
un
dan
k
att
a
yos
hdag
i
aho
lin
in
g
sa
vodx
on
lik
da
ra
jasi
Ahol
i umum
iy
dar
omadl
ar
i hajmi
Kam t
amin
la
n
ga
n
aho
li ul
ushi
2010 78936,6
47861,2
16231,7
53,1
74,3
99,84
62631,6
17,7
2011 103232,6 62364,1
21995,2
53,3
75,1
99,9
85933,5
16
2012 127590,2 78632,3
23202,3
52
75,6
100
104263
15
2013 153311,3 97153,5
27214,6
49
76,7
99,99
126268
14,1
2014 186829,5 116800,7 26537,9
51
77,6
99,98
146392,9
13,3
2015 221350,9 141907,4 30625,8
49
77,9
99,98
169344,3
12,8
2016 255421,9 167245,5
31797
47
78,2
99,99
197962,4
12,3
2017 356453,8 247326,1 35939,2
45,1
78
99,99
236893,1
11,9
2018 473652,8 314613,1 72565,7
41,5
76,3
99,99
300685,8
11,4
2019 594659,6 383788,2 133312,8
38,9
76,2
99,99
365598,3
11
2020 668038
426097,1 120435,9
37,9
74,5
99,99
414968,7
11,5
2021 820536,6
536482 166079,7
37,3
74,5
99,99
519181,4
11,2
2022 995573,1 677383,8 217779,5
35
73,9
99,99
633567,4
11,1
2023 1192163 808208,9 260790,9
35,5
74,1
99,99
728826,1
11
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari
.
Uy xoʻjaliklari xarajatlari 293276 mlrd soʻm atrofida boʻlib, ushbu koʻrsatkich boʻyicha
ham katta cheklanish (243100) kuzatilgan. Bu esa uy xoʻjaliklari iste’mol darajasida yuqori
darajadagi farq mavjudligini koʻrsatadi. Tovarlar va xizmatlar iste’moli oʻrtacha 84607.73
ni tashkil etib, minimal qiymat 16231.7 va maksimal qiymat 260790.9 boʻlgan.
2- jadval
Tasviriy statistika
Variable
Obs
Mean
Std. Dev.
Min
Max
YaIMhajmi
14
444839.24
358679.71
78936.6
1192162.5
Uyxojaliklariningy~e
14
293275.99
243099.98
47861.2
808208.9
Tovarlarvaxizmatla~i
14
84607.729
81485.121
16231.7
260790.9
Jaminorasmiyvayash~o
14
44.686
6.814
35
53.3
Kichiktadbirkorlik~n
14
75.921
1.567
73.9
78.2
yoshvaundankattayo~i
14
99.972
.045
99.84
100
Aholiumumiydaromad~i
14
292322.61
212244.41
62631.6
728826.1
Kamtaminlanganahol~i
14
12.879
2.105
11
17.7
Kichik tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi 75.9% atrofida boʻlgan va u koʻp kuzatuvlarda
barqaror (standart chekinish 1.57) boʻlib qolgan. Aholi soni boʻyicha koʻrsatkich ham
292322.6 oʻrtacha qiymatni qayd etgan, biroq bu koʻrsatkichda ham yuqori cheklanish
mavjud (212244.4). Kam ta’minlangan aholi ulushi esa oʻrtacha 12.88% boʻlib, minimal
qiymat 11% va maksimal qiymat 17.7% ni tashkil etgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
48
Tahlildan kelib chiqib, iqtisodiyotning barqarorligi va kam ta’minlangan aholi ulushini
kamaytirishga qaratilgan chora-
tadbirlar muhim ahamiyat kasb etishi koʻrinadi. Omillararo
juft korrelyatsion tahlil 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval
Omillar korrelyatsion matritsasi
Variables
(1)
(2)
(3)
(4)
(5)
(6)
(7)
(8)
(1) YaIMhajmi
1.000
(2) Uyxojaliklarin~e
0.999
1.000
(3) Tovarlarvaxizm~i
0.986
0.985
1.000
(4) Jaminorasmiyva~o
-0.948 -0.942 -0.907
1.000
(5) Kichiktadbirko~r
-0.549 -0.543 -0.624
0.426
1.000
(6) yoshvaundankat~i
0.415
0.412
0.343 -0.518
0.302
1.000
(7) Aholiumumiydar~i
0.999
0.999
0.984 -0.945 -0.533
0.433
1.000
(8) Kamtaminlangan~i
-0.754 -0.750 -0.671
0.862 -0.061 -0.799 -0.762
1.000
Manba:
“
Stata/MP 14.0
”
dasturida hioblangan.
Korrelyatsiya natijalaridan ma’lum boʻlishicha, YaIM hajmi va uy xoʻjaliklari xarajatlari
oʻrtasida juda yuqori korrelyatsiya mavjud (0.9994). Shuningdek, YaIM bilan aholining
umumiy daromadlari oʻrtasida ham 0.9988 koeffitsient koʻrsatilgan, bu esa oʻzaro
bog‘liqlikni yaqqol ifodalaydi. Bunday yuqori korrelyatsiya koʻr
satkichlari multikollinearlik
muammosiga ishora qiladi. Bu muammo regressiya modelining aniqligiga salbiy ta’sir
koʻrsatishi mumkin.
Tovarlar va xizmatlar eksporti bilan YaIM oʻrtasidagi korrelyatsiya 0.9857 ni tashkil
qiladi, bu ham ushbu oʻzgaruvchilarning oʻzaro bog‘liqligini koʻrsatadi. Jami norasmiy va
yashirin iqtisodiyot koʻrsatkichi esa YaIM bilan salbiy korrelyatsiyaga ega (
-0.9479), bu
iqtisodiyotning rivojlanishi bilan yashirin iqtisodiyotning qisqarishi oʻrtasidagi teskari
bog‘liqlikni koʻrsatadi. Shuningdek, kam ta’minlangan aholi ulushi ham YaIM bilan kuchli
teskari bog‘liqlikda (
-0.7541) ekanligi qayd etilgan.
Yuqori korrelyatsiyaga ega oʻzgaruvchilar (masalan, uy xoʻjaliklari xarajatlari va aholi
daromadlari) modelda multikollinearlikni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, Maximal
Likelihood modelidan foydalanganda ushbu muammoli oʻzgaruvchilardan birini olib
tashlash taklif etiladi. Aholi umumiy daromadlari va uy xoʻjaliklari xarajatlari oʻzaro yaqin
ma’lumot bergani uchun bittasini model
dan chiqarish tavsiya etiladi. Bunda model aniqligi
yaxshilanadi va multikollinearlik muammosi bartaraf etiladi.
Shunday qilib, YaIM
xajmiga omillar ta’sirini aniqlash uchun
Maximal Likelihood
modelida Aholi umumiy daromadlarini olib tashlab quyidagi natijalarni oldik (1-rasm).
Structural Equation Model (SEM) tahlilida YaIM xajmi
bog‘liq oʻzgaruvchi,
Uy
xoʻjaliklarining yakuniy iste’mol xarajatlari (joriy narxlarda, yillik), Tovarlar va xizmatlar
eksporti (doimiy narxlarda yillik), Jami norasmiy va yashirin iqtisodiyotning YaIMdagi ulushi,
foizda, Kichik tadbirkorlik subyektlarining jami bandlikdagi ulushi, 16 yosh va undan katta
yoshdagi aholining savodxonlik darajasi, Kam ta’minlangan aholi ulushi
esa mustaqil
oʻzgaruvchilar sifatida kiritilgan.
Us
hbu natijalar strukturali tenglamalar modeli (SEM) asosida olingan boʻlib, YaIM
hajmiga turli oʻzgaruvchilarning ta’siri baholangan. Uy xoʻjaliklari xarajatlari YaIMga yuqori va
sezilarli darajada ta’sir koʻrsatgan (koeffitsi
yent: 1.219,
𝑝
<0.001p<0.001). Shuningdek, tovarlar
va xizmatlar eksporti ham musbat va statistik ahamiyatli ta’sirga ega (koeffitsient: 0.371,
𝑝=0.038 p=0.038). Bu oʻzgaruvchilar iqtisodiyot rivojiga hissa qoʻshayotgan asosiy omillar
sifatida qayd etilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
49
1- rasm. Maximum likelihood modeli asosida YaIM xajmiga
ta’sir qiluvchi
omillar tahlili
Manba:
STATA 14 MP dasturida hisoblangan.
Jami norasmiy va yashirin iqtisodiyotning ta’siri statistik jihatdan ahamiyatsiz boʻlib
qolmoqda (
𝑝
=0.662 p=0.662). Kichik
tadbirkorlik subyektlarining YaIMga ta’siri manfiy va
ahamiyatli (koeffitsiyent: -13238.93,
𝑝
=0.005 p=0.005), bu kichik tadbirkorlikning
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
50
qiyinchiliklarini yoki resurslar y
etishmasligini koʻrsatishi mumkin. Kam ta’minlangan aholi
ulushi ham YaIMga salbiy t
a’sir etgan (koeffitsi
yent: -18427.95,
𝑝
=0.011p=0.011).
2- rasm. YaIM xajmi
haqiqiy qiymatlari va hisoblangan qiymatlari egri chizig‘i
Manba:
STATA 14 MP dasturida hisoblangan.
Bu modelning izohlash kuchining juda yuqori darajasini
koʻrsatadi, bu modelga
kiritilgan mustaqil oʻzgaruvchilar qaram oʻzgaruvchining oʻzgarishini bashorat qilishda yuqori
samarali ekanligini koʻrsatadi.
Umuman olganda, tahlil natijasida olingan natijalarimiz, modeldagi oʻzgaruvchilar
oʻrtasidagi munosabatlar
ni aniqlash, YaIM
xajmi ga ta’sir qiluvchi ijtimoiy
-iqtisodiy
mexanizmlarni tushunishimizga yordam beradi.
YaIM xajmini prognoz qilish uchun vaqtli qatorlarning ARIMA modelidan foydalanamiz.
Buning uchun berilgan vaqtli qatorlarni chiziqli grafigini hosil qilamiz (3-rasm). Grafikdan
foydalanib vaqtli qatorlarning statsionarligi toʻg‘risida gipotezani tekshiramiz.
3-rasm. YaIM hajmi
oʻsish tendentsiyasi
Manba:
STATA 14 MP dasturida hisoblangan.
0
500000
1000000
1500000
2010
2015
2020
2025
Yillar
YaIM hajmi
Linear prediction (YaIM hajmi)
0
500000
1000000
1500000
Ya
IM
ha
jmi
2010
2015
2020
2025
Yillar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
51
Dastlabki tasviriy tahlilga koʻra vaqtli qatorlarning statsionar emasligini koʻrishimiz
mumkin. Vaqtli qatorlarni statsionarligini aniqlash uchun Augmented Dickey-Fuller (ADF)
testidan foydalanamiz. Uning H0 gipotezasi vaqtli qatorlarning statsionar emasligini taxmin
qiladi.
4-jadval
Dickey
–
Fuller test natijalari
Manba:
STATA 14 MP dasturida hisoblangan.
Test natijalariga koʻra P qiymat 0,05 dan yuqori boʻlib, vaqtli qatorlarni statsionar
emasligi haqidagi H0 gipotezani inkor eta olmaymiz. Shuning uchun, ularni ARIMA modelida
bashoratlay olish uchun yillar orasida oʻsish qiymatlari shakliga keltirib olamiz. Buning uchun
“oʻzgarishlar” nomli yangi oʻzgaruvchini yaratamiz. Yangi oʻzgaruvchining chiziqli grafigida
statsionarlikni kuzatishimiz mumkin (4-rasm).
4-
rasm. Oʻsish sur’ati
oʻzgaruvchisining chiziqli grafigi, foizlarda
Manba:
STATA 14 MP dasturida hisoblangan
.
10
20
30
40
g
ro
w
th
2010
2015
2020
2025
Yillar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
52
Rasmda YaIM hajmi 2017 va 2019
–
yillarda keskin oshganini koʻrishimiz mumkin. Bunga
sabablardan biri 2017- yillardan olib borilgan rivojlanish strategiyasi amalga oshirish
jarayonlarini jadallashganligini misol qilib keltirish mumkin.
Yangi oʻzgaruvchining Dickey
-
Fuller (ADF) testida P qiymat Z(t) uchun 0.0485 < 0,05 ya’ni
statsionar vaqtli qatorlarni anglatadi.
Optimal lagla
r sonini aniqlash uchun pac buyrug‘idan foydalanamiz (5
-rasm).
5- rasm. Optimal laglar sonini aniqlash
Manba:
STATA 14 MP dasturida hisoblangan
.
Berilgan jadvalga koʻra, AIC, HQIC va SBIC mezonlari boʻyicha eng past qiymatlar 4
-lagda
kuzatilgan. Ayniqsa, SBIC boʻyicha 4
-
lagda 4.37414 ni, HQIC mezoni boʻyicha esa 4.02812 ni
tashkil etadi, bu esa ushbu lag darajasida modelning eng maqbul ekanligini koʻrsatadi. AIC
mezoni ham shunga mos ravishda eng past qiymatni 4-
lagda koʻrsatmoqda (4.2
6457).
Stata dasturining forecasting modulidan foydalanib, kerakli ma’lumotlarni kiritamiz,
shundan song quyidagi prognoz natijalarini olamiz (6-rasm).
Ushbu grafikda 2010
–2030 yillar oralig‘ida ayollar bandligi ulushining oʻsish sur’atlari
tasvirlangan.
Grafikning chap oʻqi foizdagi oʻzgarishlarni, gorizontal oʻqi esa yillarni koʻrsatadi.
Keltirilgan ma’lumotlar asosida iqtisodiy oʻsishning prognoz koʻrsatkichlari tahlil qilindi.
2023 yilda iqtisodiy oʻsish barqaror boʻlib, 19.75% tashkil etgan. Lekin keyingi yillarda oʻsish
sur’atlarida ma’lum bir pasayish va oʻzgaruvchanlik kuzatiladi. 2024 va 2025 yillarda yuqori
chegaralar yuqori darajada saqlanib qolgan boʻlsa
-da, 2028 yilga kelib minimal chegaralar
manfiy koʻrsatkichga tushib ketgan. Bu iqtisodiy qiyinchiliklar va tashqi omillar ta’siri natijasi
boʻlishi mumkin.
2030 yilda yuqori chegara 65.76% gacha oshishi mumkinligi koʻrsatilmoqda, ammo
minimal chegara -
19.93% boʻlishi ehtimol qilinmoqda. Bunday keng interval iqtisodiy
prognozning noaniqligiga ishora qiladi. Shu sababli, davlat siyosati va investitsiyalarning
samaradorligini ta’minlash muhimdir. Iqtisodiy oʻsishni barqarorlashtirish
va aholi
farovonligini oshirish uchun tashqi va ichki bozorlarda uzluksiz monitoring va tarkibiy
islohotlarni amalga oshirish talab etiladi.
-0
.5
0
0
.0
0
0
.5
0
Pa
rt
ia
l a
u
to
co
rre
la
tio
n
s
o
f
g
ro
w
th
1
2
3
4
Lag
95% Confidence bands [se = 1/sqrt(n)]
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
53
Yillar
O‘sish quyi
chegaralari
Optimal oʻsish
sur’atlari
O‘sish yuqori
chegaralari
2023
19.74636
19.74636
19.74636
2024
9.646049
27.15574
46.01293
2025
8.93204
25.51397
33.56596
2026
7.869567
23.73573
35.37938
2027
3.931629
22.57364
37.22198
2028
-5.447723
21.87075
39.27551
2029
-11.14119
23.20516
50.73845
2030
-19.92601
24.21479
65.75538
6-rasm. Ya
IM hajmi ulushi oʻsishi prognoz koʻrsatkichlari
Manba:
STATA 14 MP dasturida hisoblangan
.
Xulosa va takliflar.
Iqtisodiy tengsizlik muammolarini bir necha usullar bilan hal qilish tavsiya qilinadi.
Xususan:
1. Hududiy va tarmoqlararo ish haqi farqlarini bartaraf etishdan iborat taqsimot
munosabatlarini takomillashtirish.
2. Qayta taqsimlash munosabatlariga tuzatishlar kiritish, xususan:
–
fuqarolar daromadlarini soliqqa tortishning progressiv amaliyotiga qaytish;
–
hashamat buyumlarga soliq solish va koʻchmas mulkning bozor qiymatiga mos
progressiv soliqni oʻrnatish;
–
fuqarolarning yashash minimumi qiymatini oshirish;
–
daromadi yashash minimumidan past boʻlgan fuqarolarning daromadlariga soliq
solmaslik.
Fuqarolarning daromad olish darajasiga koʻra sezilarli boʻlinishi jamiyatda boshqacha
qarashlarga ega boʻlgan guruhlarni rivojlantirdi. Kambag‘allik va ishsizlik muammolari
O‘zbekiston uchun begona emas. Zamonaviy sharoitda kambag‘allik muammosining ahamiyati
shu darajada oʻsdiki, demografiya, umr koʻrish davomiyligi, ta’lim va madaniyat darajasi, axloq
va fanning rivojlanishi bevosita aholin
ing hayot darajasi va sifatiga bog‘liq boʻlib qoldi.
Kambag‘allik va ijtimoiy tengsizlik masalalari boʻyicha vaziyatni oʻzgartirish uchun
quyidagilarni zarur, deb hisoblaymiz:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
54
1. Ijtimoiy nuqtai nazardan davlat rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini, i
qtisodiyotning
asosiy tarmoqlarini shakllantirish tendentsiyalarini aniqlash.
2. Kredit, soliq va protektsionistik siyosat umumiy davlat taraqqiyotida muhim
qoʻshimcha mahsulot yaratadigan bilim talab qiluvchi, raqobatbardosh tarmoqlar uchun olib
borilishi lozim.
3. Mehnat unumdorligi masalalarini mos ravishda hal qilish, ish haqini oshirish va
iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishni qayta koʻrib chiqish talab etiladi.
4. Ijtimoiy rivojlanishda reja va bozorni birlashtirish kerak, ma’lumki, bozor koʻpgina
ijtimoiy muammolarni oʻz
-
oʻzidan hal qila olmaydi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Abduvokhidov, A., & Kamilova, S. (2024). Raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlar bandligi va
munosib mehnatning konseptual asoslari.
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texn
ologiyalar, 1(1),
23
–
35.
Abror Ro‘zimurod o‘g R. et al. (2022) Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati
//O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali.
–
Т
. 2.
–
№. 14. –
С
. 141-
147.
Gal J., Madhala S. (2021) The Social Welfare System in Transition: An Overview //State of
the Nation Report 2021.
Wilmoth J. R. et al. (2023) World social report 2023: Leaving no one behind in an ageing
world.
–
UN.
Xalilova M. (2024) Aholi turmush darajasi va uning sifatini belgilovchi miqdorlar
//Nordic_Press.
–
Т
. 3.
–
№. 0003.
Абдувохидов
А
.
А
.
и
др
. (2022)
Ҳудудларда
кичик
бизнес
ва
хусусий
тадбиркорликни
ривожлантиришда
тижорат
банкларининг
кредитлаш
сиёсатини
такомиллаштириш
//barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali.
–
Т
. 2.
–
№. 5. –
С
. 46-52.
Вахобов А.В. (2003) Бозор муносабатлари тизимидаги ижтимоий фондлар. –
Т.:
Шарқ, –320 б.
Усманов Б. (2023) Аҳоли турмуш фаровонлиги ва унда давлатнинг молиявий
сиёсати //Iqtisodiy taraqqiyot va tahl
il.
–
Т. 1. –
№. 7. –
С. 410
-417.
Хасанов Р.Р. (2004) Бозор муносабатлари: моҳияти, таркибий тузилиши ва
табақаланиши. –
Т.:
-
192 б.
Хашимов Пазлиддин Зукурович, Абдужалилова Дилафруз Икром қизи (2020)
Даромадлар табақаланиши аҳоли турмуш даражасини ифодаловчи кўрсаткич сифатида
//
Экономика
и
финансы
(Узбекистан).
№4
(136).
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/daromadlar-taba-alanishi-a-oli-turmush-darazhasini-
ifodalovchi-k-rsatkich-
sifatida (дата обращения: 05.12.2024)
Юлдашева У.С. (2001) Иқтисодиётнинг трансформацияланиши жараёнида аҳоли
даромадларининг шаклланиши ва тақсимланиши: и.ф.н. дис. автореф. –
Т.: –
21 б.
Юсуфалиев О., Темирова Д., Муратжанова Л. (2023) Сокращение бедности за счет
развития малого бизнеса и частного предпринимательства //Экономическое развитие
и анализ. –
Т. 1. –
№. 8. –
С. 115
-122.
