Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
199
TURIZM SOHASINI RAQAMLASHTIRISHDA ZAMONAVIY
TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI
Ravshanov To‘yli
Gulmurodovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0000-8357-6061
Annotatsiya.
Ushbu maqolada dunyoda turizm sohani raqamlashtirish, turistik to‘lovlarni
amalga oshirish zamonaviy mobil qurilmalardan foydananishning ahamiyati o‘rganilgan.
Shuningdek, mobil to‘lov xizmatlarini amalga oshiruvchi eng yirik tizimlar va mobil to‘lov xizm
ati
provayderlarining zamonaviy turizm sohasidagi o‘rni tadbiq etilgan.
Kalit so‘zlar
:
turizm provayderlari xizmatlari, turizm, mobil to‘lov platformalari, sayohat,
mobil qurilmalar.
РОЛЬ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ЦИФРОВИЗАЦИИ ТУРИЗМА
Равшанов Туйли Гулмуродович
Ташкентский государственный
экономический университет
Аннотация.
В этой статье рассмотрена важность цифровизации туристического
сектора в мире, использование современных мобильных устройств для осуществления
туристических платежей. Также реализована роль крупнейших поставщиков услуг
мобильных платежей и поставщиков услуг мобильных платежей в сфере современного
туризма.
Ключевые слова
:
услуги туристических провайдеров, туризм, мобильные платежные
платформы, путешествия, мобильные устройства
THE ROLE OF MODERN TECHNOLOGIES IN THE DIGITIZATION OF TOURISM
Ravshanov Tuyli Gulmurodovich
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article was examined the importance of digitization of the tourism sector in the
world, the use of modern mobile devices for making tourist payments. Also, the role of the largest
mobile payment service providers and mobile payment service providers in the field of modern
tourism has been implemented.
Key words:
tourism provider services, tourism, mobile payment platforms, travel, mobile
devices.
UO
‘
K: 338.48 (575.1)
IV SON - APREL, 2024
199-204
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
200
Kirish.
Bugungi kunda butun jahonda barcha sohalarni raqamlashtirish, tarmoqqa yangi
innovatsiyalarni jalb qilish hamda telekommunikatsiya infratuzilmalarini yaxshilash katta
e’tibor qaratilmoqda.
Dunyoning eng yirik kompaniylari turizm sohasini raqamlashtirish hamda to‘lov
jarayonlarini mobil qurilmalar vositalariga integratsiyalashtirish borasida raqobat
qilmoqdalar. Bunda turistlarga har tomonlama qulayliklar yaratish hamda potensial bozorni
egallash bo‘yicha turli xil onlayn platformalar va mobil ilovalar tashkil etilmoqda.
Ushbu sohadagi mavjud tendensiyalarga nazar tashlasak, hozirda Osiyo mamlakatlari,
xususan Xitoy, Singapur hamda Malaysiya mamlakatlari mazkur sohada yetakchilik qilmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Turayev va Seydimovalarning (2023) fikricha, turizmni axborot bilan ta’minlash –
bu
turizm tizimining samarali ishlashini ta’minlaydigan turizm faoliyati va uni
qayta ishlash va
tahlil qilish uchun mo
‘ljallangan ixtisoslashtirilgan axborot texnologiyalari to‘g’risidagi
ma’lumotlar majmuasi hisoblaniladi. Raqamli iqtisodiyot barcha darajadagi iqtisodiy
tizimlarda sodir bo‘ladigan barcha biznes jarayonlarning integr
atsiyalashuviga asoslanadi,
bunda axborot komponentiga alohida ahamiyat beriladi, integratsiyalashgan global tizimda
real vaqt rejimida iqtisodiy tizimlar faoliyati to‘g’risidagi ma’lumotlardan foydalanish imkonini
beradi.
Turizm industriyasi davlat iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy tarmoqlaridan biri
bo‘lib, u yuqori raqobatbardosh hamda shu bilan birga yangi va zamonaviy ma’lumotlarga boy
bo‘lib, iste’molchilarning xulq
-
atvoridagi o‘zgarishlarga zudlik bilan javob berishi lozim bo‘ladi.
Ushbu vazifalar ayniqsa, turizm xizmatlarini ilg
ari surish uchun to‘g‘ri keladi, chunki u
marketing strategiyasi muvaffaqiyatining asosiy omili bo‘lgan ommaviy raqamlashtirish
davrida iste’molchilarning e’tiborini jalb qilish va sifatli xizmat ko‘rsatish asosiy vaz
ifalardan
biri hisoblaniladi (O‘zbekxonov va Qo‘ldoshov, 2023).
Turizm sohasida yagona axborot makonini shakllantirish, bu borada turizm tarmoqda
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan zaruriy ishlarni tashkil etish hamda
turizm sanoati eng yangi raqamli texnologiyalarni faol joriy
etishga toʻliq eʼtibor qaratish
lozimligi ta’kidlangan (Raximov, 2022).
Mintaqa darajasida turizm sohasida axborotlashtirishni rivojlantirish mintaqaviy axborot
resurslarini, shu jumladan portallarning turistik saytlarini yaratish, raqamli portallar
mamla
kat turizm industriyasini rivojlantirishda bugungi kunda hal qiluvchi rol o‘ynashi va
raqamli kontent va onlayn platformalar butun dunyo bo‘ylab potensial mijozlar
-turistlar
e’tiborini jalb qilishning eng asosiy sharti ekanligi aytib o‘tilgan (Egamberdiyev
, Abduvaliyev
va Pardayev, 2023).
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot ishini bajarishda kuzatish, ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, taqqoslash,
mahalliy olimlarning turizm sohasini raqamlashtirish borasidagi iqtisodiy qarashlari, sohadagi
muammolar va
ularning yechimlari bo‘yicha izlanishlari hamda sohaga doir qonuniy va
me’yoriy
-
huquqiy hujjatlar o‘rganilib, xulosa va takliflar ishlab chiqildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘ylab sahohatlarni ama
lga
oshirayotgan turistlarning 83 foizi mobil qurilmalardan keng foydanadilar. Bunda turistlar
ushbu qurilmalar yordami bilan aeroportlarga yetib borishni buyurtma beradilar, samoliyot
bortlariga chiqishni amalga os
hiradilar hamda parvoz davomida ko‘ngiloc
har dasturlarni
tomosha qiladilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
201
Ushbu imkoniyatlardan tashqari mazkur qurilmalarning yana bir foydali jihatlari borki,
bundan sayyohlar hozirda keng hamda samarali tarzda foydalanib kelmoqdalar.
Ya’ni ushbu quril
malar orqali sayohatlar davomida mahsulot va xizmatlarni sotib olish
uchun mobil to‘lovlar amalga oshiriladi. Butun dunyo bo‘ylab “Travel & Tourism” mobil to‘lov
tizimlari jadal suratlarda rivojlanmoqda.
“Google Pay”, “Apple Pay”, “PayPal”, “Alipay” hamda “WeChat Pay” mobil to‘lov tizimlari
orqal
i eng to‘lovlar amalga oshirilgan. Mobil qurilmalar tezda kundalik hayotimizning ajralmas
qismiga aylanmoqda hamda ulardan keng miqyosida foydalanish mobil to‘lovning kuchli va
barqaror o‘sishiga olib turtki bo‘lmoq
da.
2020-
yilda AQShda mobil toʻlovlardan
foydalanuvchilar soni 150 millionga yetgan. bu
AQSh umumiy isteʼmolchi aholisining 56 foizini tashkil qilgan. Dunyo boʻylab mobil toʻlovlar
orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar 2015-yilda 450 milliard AQSh
dollar bo‘lgan boʻlsa,
2021-
yilda bu koʻrsatki
ch 2,74 trillion dollarni tashkil qilgan.
1-rasm. 2015-2017-
yillarda dunyo bo‘ylab sayohatlarda mobil to‘lov
tizimlaridan foydalanish darajasi
59
Yuqorida keltirilgan rasmdan ham ko‘rish mumkinki, butun dunyoda mobil toʻlovlari
bozorida Xitoy yaqqol yetakc
hisi sifatida paydo boʻlgan. “Global Web Index”
tomonidan taqdim
etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2015
-yilda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida istiqomat qilayotgan
aholining 25 foizi mobil qurilmalarni ishlatgan hold
a to‘lovlarni amalga oshirgan bo‘lsa, 2017
-
yilda foydalanuvchilar soni 10 foizga ortgan holda 34 foizni tashkil etgan.
2015-2017-yillar davomida Afrika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Shimoliy
Amerikada mobil toʻlovlar oʻsishi 3 foizdan 6 foizgac
ha, Osiyoda esa - Tinch okeani 9 foizga
yetdi. 2017-
yilda Xitoyda smartfon foydalanuvchilari orasida mobil to‘lovlarning kirib borish
darajasi 46 foizni tashkil etgan.
Ushbu ko‘rsatkich Shimoliy Amerika darajasidan ikki baravar va jahon o‘rtacha
ko‘rsatkichidan 13 foizga yuqori bo‘lib qolmoqda.
59
“Global Web Index” sayti ma’lumotlarga asosan
muallif tomonidan tayyorlangan.
29%
25%
22%
20%
17%
14%
22%
46%
34%
25%
24%
23%
20%
33%
0%
5%
10%
15%
20%
25%
30%
35%
40%
45%
50%
Xitoy
Tinch Okeani
mintaqasi
Lotin Amerikasi
mintaqasi
Yaqin sharq va
Afrika
mintaqasi
Shimoliy
Amerika
mintaqasi
Yevropa
Dunyoda
2015
2017
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
202
Mobil s
ayohat to‘lovlarining o‘sishi umuman olganda mobil to‘lovlarning ortishi bilan
uzviy bog‘liq hisoblaniladi. 2015
-yilda sayohat va turizm xizmatlarini amalga oshirish uchun
AQShda mobil to‘lovlar orqali 8,7 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar o‘tkazil
ib berilgan.
2016-
yilda butun jahon mobil to‘lovlar bozoridagi pul o‘tkazmalari miqdori 15,5 foizga
hamda 2017-yilda sayohat agentlari tomonidan mobil qurilmalar orqali sayohatlarni buyurtma
qilish 45 foizga, smartfonlar orqali 39 foizga hamda planshetlar orqali 6 foizga ortgan.
Bugungi kunda turli xil mobil tashkilotlar tomonidan sayohatlarni amalga oshirishda
zamonaviy to‘lov tizim foydalanishni taklif etmoqdalar. Buning natijasida odatiy mobil
qurilmalardan amalga oshiriladigan transaksiya pul oqimlari ortib bormoqda.
Dunyoda ta’minot zanjiri bo‘ylab turistik tashkilotlar tomonidan har bir provayder bilan
silliq hamkorlik aloqalarini ta’minlash ayniqsa muhim hisoblaniladi. To‘lovlarni amalga
oshirish va to‘lo
vlarni qaytarish kabi muammolarni hal qilish ja
rayoniga alohida e’tibor
beriladi.
1-jadval
Dunyoda mobil to‘lov xizmatlarini amalga oshiruvchi eng yirik tizimlar
60
Umuman olganda,
bugungi kunda har biri o‘ziga xos raqobatbardosh resurslarga
egaligidan kelib chiqqan holda
mobil to‘lov xizmati provayderlarini quyidagi to‘rt guruhga
ajratadi:
a.
Fintech firmalari (Financial Technology) Alipay, PayPal pay va WeChat pay singari
moliyaviy texnologiyalari orqali amalga oshirish;
b.
Apple Pay, Android Pay va Samsung Pay singari qurilm
alarga asoslangan mobil toʻlov
xizmati provayderlari;
c.
Capital One, Visa Checkout, Union Pay va Masterpass kabi moliyaviy institutlar va
tarmoq provayder xizmatlari tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar;
60
Internet ma’lumotlariga asosan muallif tomonidan tayyorlanagn.
Mobil to‘lov
xizmatining
nomi
Asosiy tashkilot
To‘lov uslubi
Texnologiyaning
o‘ziga
xosligi
Kuchli jihatlari va
resurslari
Fintech firmalari
(Financial
Technology)
- Alipay;
- PayPal Pay;
- WeChat Pay
QR to‘lovi
texnologiyasi
“Cloud” to‘lov tizimi
- elektron tijorat va
onlayn chakana savdo;
- savdo networki;
-masofadan pul
o‘tkazmalarin
i amalga
oshirish
Qurilmalarga
asoslangan mobil
toʻlov
xizmati
provayderlari
- Android Pay;
- Samsung Pay
- Yaqin
maydondagi
aloqasi vositasi;
- Magnitli
xavfsizlik
qurilmasi.
- qurilmalarga
asoslangan
xizmatlar;
- tizim qurilmaga
qaram
bo‘lmagan
mobil to‘lov
xizmatlari
- qurilmaga asoslangan
bozorga kirish;
- Apple watch va IPhone
qurilmalari bilan
integratsiyalashgan
tizim.
Moliyaviy
institutlar va
tarmoq provayder
xizmatlari
- Capital One;
- Visa;
- Union Pay;
- Masterpass.
- Yaqin
maydondagi
aloqasi vositasi;
- Magnitli
xavfsizlik
qurilmasi.
- boshqa to
‘lov
xizmatlari bilan
integratsiyalashgan
-
ro‘yxatga olishning
mavjud emaslig;
-
karta orqali to‘lovlar;
- POS tizim uchun
infratuzilmaning
mavjudligi.
Savdolarga
ixtisoslashgan
mobil xizmatlar
- Dunkin Donuts;
- Starbucks
QR to‘lovi
texnologiyasi
- ixtisoslashgan
mobil xizmatlarning
iste’molchilar
ehtiyojlariga
moslashtirilgan
- savdolarning boshqa
marketing jarayonlari
bilan integratsiyalashgan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
203
d.
Dunkin Donuts va Starbucks singari savdolarga ixtisoslashgan mobil xizmatlar
vositasida amalga oshirilgan to‘lovlar.
Shun
i alohida ta’kidlash joizki, dunyo bo‘ylab ko‘plab turizm provayderlari xizmatlari
sezilarli darajada rivojlanmoqda. Bunda Osiyo mamlakatlaridagi rivojlantirishni alohida
ko‘rsatib o‘ti
sh lozim hisoblaniladi.
2018-
yilda Xitoy sayohat xarajatlari bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa,
Janubiy Osiyo va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari sayohat xarajatlari keyingi dekada mos
ravishda 5,8 foizga va 5,1 foizga rivojlanishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, Osiyo mamlakatlari orasida ham onlayn mobil qurilmalar orqali savdo
qilishi imkoniyatlari hamda raqobat sezilarli darajada rivojlanib bormoqda. Boshqa
mamlakatlar bilan solishtirganda, Osiyo davlatlari ushbu to‘lov tizimlarini amali
yotga joriy
etishda yetakchilikni qo‘lga olishga harakat qilmoqdalar.
A
QSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Avstraliya mamlakatlarida 15 yoshdan yuqori bo‘lgan
aholining kredit kartalarini olish darajasini Osiyo mamlakatlarida yashovchi fuqarolarnikidan
keskin darajada kam hisoblaniladi.
Osiyo mamlakatlarida yashovchi aholining mo
bil qurilmalar ishlatishi yuqori bo‘lib
qolmoqda. Xususan, Xitoy, Malaysiya hamda Singapur mamlakatlarida istiqomat qilayotgan
aholining 55 foizidan ortig‘i smartfonlardan foydaniladi.
Smartfonlarning Osiyo mamlakatlariga kirish darajasi yildan-yilga ortib bormoqda.
Umuman olganda, Xitoy ushbu sohada yetakchilikni o‘z qo‘liga olgan. Bugungi kunda butun
jahon mobil to‘lov foydalanuvchilarning 61 foizini xitoyliklar tashkil etgan.
2017-yil
da Xitoyda mobil qurilmalar orqali 12,8 trln. dollarlik to‘lovlar amalg
a oshirilgan.
Xitoyning “Temple” universiteti tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra,
mahalliy va xalqaro sayohatlarni amalga oshirgan 97 foiz xitoyliklar o‘zlarining sa
yohatlari
davomida mobil to‘lovlarni amalga oshirishlarini ma’lum qilga
n.
2-rasm. Xitoylik turistlar tomonidan sayohatlar davomida foydanilgan
mobil to‘lov platformalari
61
61
Internet ma’lumotlariga asosan muallif tomonidan tayyorlangа
n.
89,50%
65,90%
23%
9,10%
5,90%
4,90%
2,10%
0,00%
10,00%
20,00%
30,00%
40,00%
50,00%
60,00%
70,00%
80,00%
90,00%
100,00%
Alipay
WeChat Pay
Apple Pay
Andriod Pay Google Wallet
PayPal
Samsung Pay
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
204
Yuqorida keltirilib o‘tilgan rasmdan ham ko‘rish mumkinki, xitoylik turistlar AliPa
y va
WeChat Pay mobil to‘lov platformalari orqali sayohatlar davomida eng ko‘p to‘lovlarni amalga
oshirgan.
Xususan, AliPay va WeChat Pay mobil to‘lov platformalari orqali mos ravishda 89,5 foiz
hamda 65,9 foiz miqdoridagi to‘lovlar qilingan. Shuningdek,
Apple Pay platformasi orqali 23
foiz, Andriod Pay va Google Wallet tiz
imlari orqali 9,1 foiz va 5,9 foiz to‘lovlar bajarilgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, xitoylik sayohatchilar uchun xarid qilish va ovqatlanish
mobil to‘lov orqali to‘lanadigan sayohat
xizmatlarining ikkita eng keng tarqalgan turi
hisobilaniladi.
Undan ke
yin o‘rinlarda turar joy, turistik diqqatga sazovor joylar va parvoz qilish bo‘lib
turmoqda. Shu bilan birga, xorijga safari davomida mobil toʻlovdan foydalangan
sayohatchilarning deyarl
i toʻrtdan uch qismi xarid qilish uchun hamda 68 foizi esa oziq
-ovqat,
ichimliklar va restoranlar uchun mobil toʻlovdan foydalangan.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda, turizm sohasining raqamlashtirilishi potensial yangi bozorlarning
tashkil etilishiga, turistik xizmatlarning diversifikatsiya qilishiga, aviachiptalarni xarid qilish,
mehmonxonalarni bron qilish, hudud bo‘ylab sayohat qilish, diqqatga sazovor joylar, madan
iy
va tarixiy meros haqida ma’lumot olish imkoniyatlarini yaratadi. Yuqoridagi
lardan kelib
chiqqan holda ushbu tarmoqni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish tavsiya
etiladi:
1. Turizm sohasini raqamlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida, yosh
tadbirkorlarning tashabbus va startaplarini moliyalashtirish va ular uchun subsidiyalar,
ssudalar va grantlar berish tizimini takomillashtirish.
2. Markaziy Osiyo mamlakatlariga xorijiy turistlarni jalb qilish uchun ushbu hududlarda
joylash
gan turistik obyektlar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi yagona turistik portal ta
shkil etish.
3. Mamlakatimizda turizm sohasini raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish uchun
Alipay, PayPal Pay va WeChat Pay singari xalqaro moliyaviy institutlarni jalb etish maqsadga
muvofiq hisoblaniladi.
Adabiyotlar / Литература/ Reference:
Egamberdiyev X.S., Abduvaliyev A.A.
va Pardayev O.Ch. (2023) “Raqamlashtirish sharoitida
o‘zbekiston turistik geoportal tizimining tashkiliy arxitekturasi” “Экономика и социум”
№6(109)
-1 2023.
O‘zbekxonov S. va Qo‘ldoshov R. (2023) “Turizm sohasida raqamli iqtisodiyotning tutgan
o‘rni” “Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy,
masofaviy, onlayn konferensiya.
Raximov Z.O. (2022) “O‘zbekistonda turizm sohasida raqamli iqtisodiyot rivojl
anishining
muhimligi” “Builders Of The Future” jurnali SJIF 2021
-5.691, 2022-5.752.
Turayev Og‘abek Kaxramanovich va Seydimova Orzigul Otanazar qizi (2023) “Turizm
sohasida raqamlashtirishning o‘rni” International Journal of science and education jurnali.
Volume 2, Issue 2023. ISSN-2181-3426.
