ANTIK DAVRDA O‘RTA OSIYO KO‘CHMANCHI XALQLARINING IJTIMOIY IQTISODIY VA SIYOSIY HAYOTI

Annotasiya

Antik davrda O‘rta Osiyo hududida yashagan ko‘chmanchi xalqlarning (saklar, massagetlar, daxlilar, yuechjilar va boshqalar) ijtimoiy tuzilishi, iqtisodiy faoliyati va siyosiy tizimi tahlil qilish.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2021
inLibrary
Google Scholar
f
53
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Sultonov , H. (2025). ANTIK DAVRDA O‘RTA OSIYO KO‘CHMANCHI XALQLARINING IJTIMOIY IQTISODIY VA SIYOSIY HAYOTI. Yevrosiyo Ilmiy Tadqiqotlar Jurnali, 5(10(MPHAPP), 53. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ejar/article/view/138188
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Antik davrda O‘rta Osiyo hududida yashagan ko‘chmanchi xalqlarning (saklar, massagetlar, daxlilar, yuechjilar va boshqalar) ijtimoiy tuzilishi, iqtisodiy faoliyati va siyosiy tizimi tahlil qilish.


background image

53

Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)

ISSN: 2181-2020

MPHAPP

THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL

CONFERENCE

MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL

PROBLEMS AND PROSPECTS

TASHKENT, OCTOBER 17, 2025

in-academy.uz

ANTIK DAVRDA O‘RTA OSIYO KO‘CHMANCHI XALQLARINING IJTIMOIY

-

IQTISODIY VA SIYOSIY HAYOTI

Sultonov H.Q.

Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi

e-mail: sultonovhusanboy08@mail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17313648

Mavzuni dolzarbligi:

antik davrda O‘rta Osiyo hududida yashagan ko‘chmanchi xalqlarning

(saklar, massagetlar, daxlilar, yuechjilar va boshqalar) ijtimoiy tuzilishi, iqtisodiy faoliyati va siyosiy
tizimi tahlil qilish.

Tatqiqotning maqsadi

: ushbu xalqlarning urug‘- qabila asosida tashkil topgan jamiyatlari,

chorvachilikka asoslangan iqtisodiy hayoti, savdo aloqalari va tashqi siyosiy munosabatlari yoritib
berish.

Usul va uslublar:

O‘rta Osiyo hududida yashagan ko‘chmanchi xalqlarning harbiy yurishlari,

siyosiy mustaqillik uchun olib borgan kurashlari va boshqa sivilizatsiyalar bilan bo‘lgan madaniy
almashinuvi arxeologik va yozma manbalar asosida ko‘rib chiqish.

Tadqiqot davomida O‘rta Osiyo tarixining ilk bosqichlaridagi ko‘chmanchi xalqlarning

umumiy taraqqiyotga qo‘shgan hissasi ochib berishdan iborad.

Antik davrda O‘rta Osiyo hududi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi xalqlar yashagan muhim

makonlardan biri bo‘lgan. Ular orasida saklar, massagetlar, daxlilar, yuechjilar va boshqa ko‘plab
etnoslar mavjud bo‘lgan bo‘lib, ularning ijtimoiy tuzilmasi, iqtisodiy faoliyati va siyosiy tizimi o‘ziga
xos xususiyatlarga ega edi.

Ko‘chmanchi jamiyatlarda urug‘-qabila tuzumi asosiy ijtimoiy birlik bo‘lgan. Bunday tizimda

hokimiyat odatda qabila boshlig‘i-sardorlar qo‘lida jamlangan, ularning obro‘-e’tibori harbiy
salohiyat va siyosiy ittifoqlar orqali belgilanar edi. Harbiy kuch va yurishlar, ayniqsa, ko‘chmanchi
xalqlarning siyosiy hayotida hal qiluvchi o‘rin egallagan.

Iqtisodiy faoliyatda chorvachilik ustun bo‘lib, ayniqsa, ot, qo‘y, tuya va sigir boqish keng

tarqalgan edi. Ko‘chmanchilar savdo-sotiq orqali o‘z mahsulotlarini dehqonchilik bilan
shug‘ullanuvchi xalqlar bilan almashgan, bu esa iqtisodiy aloqalarning kengayishiga sabab bo‘lgan.
Ayniqsa, Buyuk Ipak yo‘li shakllanishining dastlabki bosqichlarida ular muhim vositachilar sifatida
ishtirok etganlar.

Natijalar:

Arxeologik va yozma manbalar (gerodot, strabon, arrian va boshqalar asarlari)

ko‘chmanchi xalqlarning hayoti, urf-odatlari va tashqi siyosiy aloqalari haqida muhim ma’lumotlar
beradi. Shuningdek, ularning madaniy ta’siri va harbiy qudrati O‘rta Osiyoning keyingi tarixiy
taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

Xulosa:

Umumiy olganda, antik davrdagi O‘rta Osiyo ko‘chmanchi xalqlari nafaqat o‘z

mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojida, balki umumiy tarixiy jarayonlarda ham muhim o‘rin
tutadi.Ularning fa’oliyati mintaqa taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatib, keying davirlardagi
sivilizatsiyalarning shakillanishiga zamin yaratadi.