132
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
SHAMCHA DORI SHAKLINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Habibullayeva N.H.
1
Ziyamuhamedova M.M.
2
Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O’zbekiston Respublikasi
e-mail nargizaxonhabibullayeva@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17325238
Dolzarbligi:
Zamonaviy farmatsevtika sanoatida dori vositalarining yangi shakllarini ishlab
chiqish va amaliyotga joriy etish soha rivojining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Dorilarni qabul
qilish qulayligi, biokirishuvchanligi, terapevtik samaradorligi va xavfsizligini oshirish muhim ilmiy-
amaliy masala bo‘lib qolmoqda. Farmatsevtika sanoatida shamcha dori shakli o‘zining qulayligi va
farmakokinetik xususiyatlari sababli dolzarbligini yo‘qotmayapti. Chunki shamchalar orqali
yuborilgan preparatlar me’da-ichak fermentlari ta’siridan va jigar orqali birlamchi metabolizmdan
qisman chetlab o‘tadi. Bu esa dori moddasining biokiraolishligini oshiradi. Bolalar, yoshi katta va
yutish qiyin bo‘lgan bemorlarda shamcha eng maqbul dori shakli hisoblanadi. Ayniqsa pediatriyada
tez va samarali ta’siri uchun keng qo’llaniladi. Shamchalar orqali yuborilgan dori moddasi to‘g‘ri
ichak shilliq qavati orqali tez so‘riladi va qisqa vaqt ichida terapevtik konsentratsiyaga erishadi. Og‘iz
orqali yuborilgan preparatlarda kuzatiladigan me’da-ichakni bezovta qiluvchi ta’sirlar shamcha
qo‘llanganda deyarli uchramaydi. Hozirgi vaqtda shamchalarning yangi turdagi asoslari (polimer
asosli, bioeriydigan, modifikatsiyalangan chiqarilishli) ishlab chiqilmoqda. Ular dori moddasini uzoq
muddatli ajratish, yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish va bemor uchun maksimal qulaylikni ta’minlashga
qaratilgan. Shu bois, shamcha dori shakli nafaqat klassik pediatriya va terapiyada, balki ginekologiya,
proktologiya va infeksion kasalliklarni davolashda ham dolzarbligini saqlab qolmoqda. Farmatsevtik
texnologiyalar rivojlanishi bilan shamchalarning yangi avlod turlari kelgusida yanada kengroq
qo‘llanishi kutilmoqda.
Tadqiqotning maqsadi:
Shamcha dori shaklining farmatsevtik va klinik afzalliklarini chuqur
tahlil qilish hamda zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlanish istiqbollarini asoslab berish.
Usul va uslublar:
Ilmiy adabiyotlar va O’zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi
ma’lumotlarini tahlil qilish, dori vositalarining farmakokinetik va farmakodinamik xususiyatlarini
qiyosiy baholash, shamcha ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari – bioeriydigan polimer
asoslar, nanotizimlar, kombinatsiyalangan formulalar va 3D-printer texnologiyalarini o‘rganish,
klinik amaliyotda shamchalarning samaradorligi va xavfsizligini baholovchi tajribalar natijalarini
tahlil qilish.
Natijalar:
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, shamchalar bir qator farmatsevtik afzalliklarga ega:
Peroral qabul qilish mumkin bo‘lmagan holatlarda (qusish, yutish refleksi buzilishi, hushsizlik)
samarali alternativ dori shakli hisoblanadi, rektal yo‘l bilan yuborilganda “birinchi o‘tish effekti”ni
chetlab o‘tadi va dorilarning biokirishuvchanligini oshiradi, lokal va tizimli ta’sirni uyg‘unlashtirib,
yon ta’sirlarni kamaytiradi, bolalar va qariyalar uchun qo‘llash qulayligi yuqori. So‘nggi ilmiy
ishlanmalar natijasida, bioeriydigan va bioyo’qotiladigan asoslar (polietilenglikol, polivinilpirrolidon
va boshqalar) keng qo‘llanila boshlagan. Nanotexnologik supozitoriylar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular
dorini kerakli joyga yetkazib berish va nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirish imkonini beradi.
Kombinatsiyalangan shamchalarda esa bir nechta faol moddalar sinergetik ta’sir ko‘rsatishi bilan
ajralib turadi. 3D-printer texnologiyasi asosida tayyorlangan individualizatsiyalashgan shamchalar
bemorning yoshi, vazni va kasallik turiga mos aniq dozani ta’minlamoqda. Klinik tadqiqotlarda
133
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
xavfsizligi yuqori, ayniqsa pediatriya va akusherlik amaliyotida qo‘llash uchun mos yangi formulalar
ishlab chiqilgan.
Xulosa:
Shamcha dori shaklining rivojlanish istiqbollari farmatsevtika sanoati va klinik
amaliyot uchun strategik ahamiyatga ega. Yangi polimer asoslar, nanotizimlar va 3D-printer
texnologiyalarining qo‘llanilishi shamchalarning sifat ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilaydi,
bioo‘zlashtirilishini oshiradi va xavfsizligini ta’minlaydi.
