Авторы

  • Alisher Ostonaqulov
  • Gulmira Yarashova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138681

Аннотация

Tezisda mol-mulk solig'i mohiyatini ochish bo'yicha iqtisodchi olimlarning tadqiqotlari o'rganilgan, mol-mulk solig'ini resurs soliqlari tarkibidagi ulushi tahlil qilingan hamda tadqiqot yuzasidan xulosa va takliflar shakllantirilgan

background image

217

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

MOL-MULK SOLIG ‘INING SOLIQQA TORTISH TARTIBINI

TAKOMILLASHTIRISH

Ostonaqulov Alisher Abdurashidovich

1

Yarashova Gulmira O‘rol qizi

2

1

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Moliya va bank ishi kafedrasi” katta o‘qituvchisi.

Tel: +998 93 222 22 17

2

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi

4 – bosqich talabasi. Tel: +998(94) 865 78 83 E mail: yarawovagulmira@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17513729

Annotatsiya:

Tezisda mol-mulk solig'i mohiyatini ochish bo'yicha iqtisodchi olimlarning tadqiqotlari

o'rganilgan, mol-mulk solig'ini resurs soliqlari tarkibidagi ulushi tahlil qilingan hamda tadqiqot yuzasidan
xulosa va takliflar shakllantirilgan

Kalit so ‘zlar:

Mol-mulk, byudjet, resurs, yer solig ‘i, soliq kodeksi,

Kirish:

T.L.Krutyakovaning fikricha: “Korxonalarning mol-mulkiga soliqni joriy etishning asosiy

maqsadlaridan biri soliq to‘lovchilarning foydalanilmayotgan mol-mulkni sotishdan manfaatdorligini oshirish
edi”

1

I.A.Mayburovning fikricha, tashkilotlarning mol-mulkiga soliq solish quyidagi maqsadlarda o‘rnatiladi:
1) hududiy byudjetlarni byudjet xarajatlarini moliyalashtirish uchun barqaror daromad manbai bilan

ta’minlash;

2) ortiqcha mol-mulkni sotishda yoki uni ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilishda tashkilotga qiziqish

uyg‘otish.

2

Resurslardan oqilona va samarali foydalanish iqtisodiyot sohasining bosh masalasi bo‘lib, ularni soliqqa

tortish orqali ulardan unumli foydalanish bugunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Resurs soliqlari
tarkibiga: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qa’ridan
foydalanganlik uchun soliqlar kiradi. Bugungi kunda resurslardan samarali foydalanishni inobatga olgan
holda, mamlakatimiz soliq siyosatida resurslardan undiriladigan soliqlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk

soliqlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6121-son Farmoni bilan yer uchastkalari va mol-mulkni
soliqqa tortishni yanada takomillashtirish, ularni baholash va hisobini yuritishda zamonaviy usullarni joriy
qilish, yer va suv resurslari, yer qa’ridan qazib olinadigan foydali qazilmalardan foydalanish samaradorligini
oshirish bo‘yicha ishlar boshlangan. Farmonga kura mol-mulk va yer soliqlarini ko‘chmas mulk (bino, inshoot
va yer uchastkalari) ob’ektlarining bozor bahosiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymati asosida hisoblash tizimini
bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan bo‘lib, ko‘chmas mulk ob’ektlarining
bozor bahosiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymati asosida mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tizimi ikki
bosqichda joriy etiladi:

Birinchi bosqichda (2021-2023 yillar) — ko‘chmas mulk bo‘lgan turar-joy fondi ob’ektlari (kvartira,

yakka tartibdagi uy-joylar, dala-hovli), shuningdek, ushbu ob’ektlar egallagan yer uchastkalariga
nisbatan;

Ikkinchi bosqichda (2022-2024 yillar) — yashash uchun mo‘ljallanmagan alohida ko‘chmas mulk

ob’ektlari, shuningdek, ushbu ob’ektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan.

“Mulk solig‘i ko‘pincha mashhur bo‘lmagan, boshqarish qiyin va egiluvchan soliq sifatida tasvirlanadi.

Darhaqiqat, mahalliy hukumatning daromad, sotish va aksiz solig‘i kabi moslashuvchan daromad manbalariga
emas, balki mulk solig‘iga tayanishi har qanday holatda ham, mahalliy hukumatlarga ko‘plab boshqa
hukumatlar tomonidan duch kelgan jiddiy qiyinchiliklardan qochishga yordam berdi”

3

“Mamlakatimiz soliq tizimida mol-mulk solig‘ini joriy qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad:

1

Крутякова Т.Л. Налог на имущество: изменения продолжаются // Новая бухгалтерия. – 2014. - № 12. – с. 15-22.

2

Майбурова И.А. Теория и история налогообложения: учебник / под редаксией. М.: Юнити-Дана. – 2014. – 422.

3

Алм, Жамес, Бусчман, Роберт Д., Сжоқуист, Давид Л. 2011. “Ретҳинкинг Лоcал Говернмент Релианcе он тҳе Пропертй

Тах.” Регионал Сcиенcе анд Урбан Еcономиcс 41 (4): 320–31.


background image

218

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

korxonalar o‘zlarining xo‘jalik faoliyatini yuritishda ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini
sotishga qiziqishini uyg‘otish;

korxonalar balansidagi mol-mulkdan samarali foydalanishni rag‘batlantirishdan iborat.

Chunki, korxonalarning ma’naviy va jismoniy tomondan eskirgan asosiy vositalarini yangi, ilg‘or

texnologiya-uskunalar bilan yangilashi ishlab chiqarilayotgan tovarlarning bahosini arzonlashtiradi va
raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga imkon beradi”

4

Mol-mulkni soliqqa tortish 2019 yil 30 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq

kodeksi bilan tartibga solinadi. Soliq kodeksining 410-modda. Soliq to‘lovchilar moddasiga binoan “yuridik
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq to‘lovchilari deb quyidagilar e’tirof etiladi:

1) O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksning 411-moddasiga muvofiq soliq solish ob’ekti

hisoblanuvchi mol-mulkka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;

2) O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining

norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar”-deb belgilab quyilgan. Soliq Kodeksining 411-modda. Soliq solish
obyekti sifatida “Ko‘chmas mulk yuridik shaxslarning molmulkiga solinadigan soliq soliq solish obyekti
hisoblanadi.

Ko‘chmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi:

ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi

lozim bo‘lgan binolar va inshootlar;

qurilishi tugallanmagan obyektlar. Qurilishi tugallanmagan obyektlarga qurilish obyektiga doir loyiha-

smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar
qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan
organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan
obyektlar kiradi;

temiryo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek, mazkur obyektlarning

ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar;

qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun ko‘rsatilgan turar

joy ko‘chmas mulk obyektlari, ko‘chmas mulk obyekti foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy
o‘tgach”-deb qonun bilan belgilab quyilgan.

2022-yil uchun soliq-bojxona siyosatining asosiy yo‘nalishlarida yuridik shaxslarning mol-mulkiga

solina- digan soliq stavkasini 2%dan 1,5%ga pasaytirish rejalashtirilmoqda.

5

2023-yil uchun yuridik shaxslarni molmulkiga solinadigan soliq stavkasi 1,5% stavka saqlanib qolindi.
Bevosita soliq tushumlarida resurs soliqlarining ulushi yil sayin oshib borayotganligini so‘nggi besh

yillik (2019-2023-yillar) asosida tahlil qilsak, uni quyidagi 1-jadvalda o‘zgarishini ko‘rishimiz mumkin.

1-jadval: O‘zbekiston Respublikasida resurs soliqlari bo‘yicha 2019-2023-yillardagi byudjetning

daromad qismiga tushumi (mlrd. so‘m)

6

T/r

Ko‘rsatkichlar

2019-

yil

2020-

yil

2021-

yil

2022-

yil

2023-yil

yarim
yillik

1.

Soliq tushumlari

112

165,4

132

938,0

127 970

148 388

76 262

2.

Resurs soliqlari jami

19

680,7

21

257,0

23 036

23 913

13 057

3.

Mol-mulk solig‘i

2

360,2

1 974,3

2 457

4 015

2 562

4

Vahobov A., Jo‘raev A. Soliqlar va soliqqa tortis’h: Darslik. T -2008. 154b.

5

https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/ 2022 yil uchun fuqarolaruchun byudjet e’lon qilindi.

6

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirildi.


background image

219

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

4.

Yer solig‘i

2

313,2

2 386,7

4 083

5 306

3 066

5.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar

14

692,8

16

417,1

15 812

13 887

7 077

6.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

314,5

478,8

684

704

352

7.

Resurs soliqlarning jami soliq tushumdagi

ulushi, %

17,5

15,9

16

16,1

17,1


1-jadval ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, 2019-yilda resurs soliqlarining byudjetning daromad

qismiga tushumi 19 680,7 mlrd. so‘mni, 2020-yilda 21 257,0 mlrd. so‘mni, 2021-yilda 23 036 mlrd. so‘m,
2022-yil 23 913 mlrd. so‘mni, 2023-yil 22 740,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Resurs soliqlarining jami tushumdagi ulushi 2019-yilda 17,5 foizni, 2020-yilda 15,9 foizni, 2021-yilda

16 foizni, 2022-yilda 16,1 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2023-yilda 11,7 foiz bo‘lgan.

Xulosa:

Mol-mulk solig‘ini takomillashtirish ishlari O‘zbekistonda davom etmoqda, bu asosan,

foydalanilmayotgan mulkni samarali boshqarishga undash, byudjetni barqaror daromad bilan ta’minlash va
ko‘chmas mulkni kadastr qiymati asosida soliqqa tortish kabi islohotlar orqali amalga oshirilmoqda.
Tadqiqotlar natijasida mol-mulk solig‘ining byudjet barqarorligini ta’minlashdagi roli va uning korxonalarni
ortiqcha mol-mulkdan samarali foydalanishga undashdagi ahamiyati tasdiqlanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O ‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.

2.

Крутякова Т.Л. Налог на имущество: изменения продолжаются // Новая бухгалтерия. – 2014.

- № 12. – с. 15-22.

3.

Майбурова И.А. Теория и история налогообложения: учебник / под редаксией. М.: Юнити-

Дана. – 2014. – 422.

4.

Алм, Жамес, Бусчман, Роберт Д., Сжоқуист, Давид Л. 2011. “Ретҳинкинг Лоcал Говернмент

Релианcе он тҳе Пропертй Тах.” Регионал Сcиенcе анд Урбан Еcономиcс 41 (4): 320–31.

5.

Vahobov A., Jo‘raev A. Soliqlar va soliqqa tortis’h: Darslik. T -2008. 154b.

6.

https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/ 2022 yil uchun fuqarolaruchun byudjet e’lon qilindi.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirildi.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Alisher Ostonaqulov , Elyor Mingliboyev , THE ROLE OF INTERNATIONAL FINANCE INSTITUTIONS IN THE UZBEKISTAN'S ECONOMY: AN EXAMINATION OF STRUCTURAL REFORMS AND FISCAL RISK , Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук: Том 5 № 11(Special Issue) (2025): Accelerating Reforms in the Financial and Credit System, Expanding the Scope of Services Market, and Promoting Competition: Existing Problems and Their Solutions

Alisher Ostonaqulov , SOLIQ QARZDORLIGI: SABABLARI, TAHLILI VA UNI KAMAYTIRISH MEXANIZMLARI , Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук: Том 5 № 11(Special Issue) (2025): Accelerating Reforms in the Financial and Credit System, Expanding the Scope of Services Market, and Promoting Competition: Existing Problems and Their Solutions

Alisher Ostonaqulov , Zulayxo Subanova , RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSIYALAR ASOSIDA MOLIYA-KREDIT TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISH. JISMONIY SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG‘I BAZASINI HISOBLASHNI TAKOMILLASHTIRISH , Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук: Том 5 № 11(Special Issue) (2025): Accelerating Reforms in the Financial and Credit System, Expanding the Scope of Services Market, and Promoting Competition: Existing Problems and Their Solutions

Alisher Ostonaqulov , Shahnoza Mamarajabova , YASHIL IQTISODIYOTNING FISKAL BARQARORLIKNI TA’MINLASHDAGI O‘RNI , Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук: Том 5 № 11(Special Issue) (2025): Accelerating Reforms in the Financial and Credit System, Expanding the Scope of Services Market, and Promoting Competition: Existing Problems and Their Solutions