Авторы

  • Karimov Islom Umidullo o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121103

Ключевые слова:

• Javobgarlikdan ozod qilish • Jazodan ozod qilish • Jinoyat kodeksi • Jinoyat-protsessual kodeksi • Sud amaliyoti • Huquqiy himoya • Insonparvarlik tamoyillari

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida javobgarlik va jazodan ozod 
qilishning huquqiy asoslari, turlari va qo‘llanilish amaliyoti tahlil qilinadi. Maqola 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlar asosida javobgarlikdan ozod qilishning qonuniy asoslari, 
shartlari va turlarini yoritadi. Shuningdek, sud amaliyotida javobgarlikdan ozod 
qilishning qo‘llanilishi, uning ijtimoiy va huquqiy ahamiyati hamda amaliy 
muammolar ko‘rib chiqiladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

70

2181-

3187

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JAVOBGARLIK VA JAZODAN

OZOD QILISH TURLARI”

IIV Surxondaryo akademik litseyi

Huquqshunoslik fani o’qituvchisi

Karimov Islom Umidullo o’g’li

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida javobgarlik va jazodan ozod

qilishning huquqiy asoslari, turlari va qo‘llanilish amaliyoti tahlil qilinadi. Maqola

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va boshqa

normativ-huquqiy hujjatlar asosida javobgarlikdan ozod qilishning qonuniy asoslari,

shartlari va turlarini yoritadi. Shuningdek, sud amaliyotida javobgarlikdan ozod

qilishning qo‘llanilishi, uning ijtimoiy va huquqiy ahamiyati hamda amaliy

muammolar ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar

Javobgarlikdan ozod qilish

Jazodan ozod qilish

Jinoyat kodeksi

Jinoyat-protsessual kodeksi

Sud amaliyoti

Huquqiy himoya

Insonparvarlik tamoyillari

Kirish

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksi

jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlik va jazoni belgilashda qonuniylik,

adolatparvarlik va insonparvarlik tamoyillariga asoslanadi. Jinoyat huquqida


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

71

2181-

3187

javobgarlikdan ozod qilish – bu jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jazoni

tayinlashdan yoki jazoni ijro etishdan voz kechishdir. Ushbu huquqiy choralar jinoyat

sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavfsizligini, pushaymon bo‘lishini, jamiyatga foydali

bo‘lishini hamda jinoyatni sodir etishdagi sabablarni hisobga olgan holda qo‘llaniladi.

O’zbekiston Respublikasida javobgarlik va jazodan ozod qilish normativ huquqiy

hujjatlarida normalar keltirilgan:

64-modda. Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati

bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish

Agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar:

a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — ikki yil;

b) uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — to‘rt yil;

v) og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — sakkiz yil;

g) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — o‘n to‘rt yil o‘tgan bo‘lsa,

shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.

Javobgarlikka tortish muddati jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy

kuchga kirgan kungacha hisoblanadi.

Agar jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs tergov yoki

suddan yashirinsa, muddatning o‘tishi to‘xtatiladi. Aybdor ushlangan yoki aybini

bo‘yniga olib arz qilgan kundan boshlab muddatning o‘tishi qaytadan tiklanadi.

Agar og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs ushbu moddada nazarda

tutilgan muddatlar o‘tmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatning o‘tishi

uziladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari yangi jinoyat sodir etilgan

kundan boshlab hisoblanadi. Qolgan hollarda, agar shaxs javobgarlikka tortish

muddatlari o‘tmasdan yangi jinoyat sodir etsa, bu muddatlar har bir jinoyat uchun

alohida hisoblanadi.

Agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir

etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan

boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

72

2181-

3187

Ushbu Kodeks

Maxsus qismining

moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish

jazosini tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan,

javobgarlikka tortish muddatlarini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar

sud javobgarlikka tortish muddatini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan

mahrum qilish jazosi o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning

150 — 157-

moddalarida

,

158-moddasining

birinchi

qismida

,

159-

moddasining

uchinchi

va

to‘rtinchi qismlarida

,

160

,

161

va

244

2

-moddalarida

nazarda

tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

65-modda. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati

bilan javobgarlikdan ozod qilish

Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli sodir

etilgan qilmish o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan

shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.

Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli jinoyat

sodir etgan shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan deb topilsa, javobgarlikdan

ozod qilinishi mumkin.

66-modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi

munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish

Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi

marta sodir etgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin

ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va

keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.

Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko‘rsatilgan

hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lgan taqdirda

javobgarlikdan ozod qilinishi lozim.

66

1

-modda. Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod

qilish

Oldingi

tahrirga qarang.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

73

2181-

3187

Oldingi

tahrirga qarang.

Ushbu Kodeks 105-moddasining

birinchi qismida

(qasddan badanga o‘rtacha

og‘ir shikast yetkazish),

106-moddasida

(kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan

badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish),

107-moddasida

(zaruriy mudofaa

chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish),

108-

moddasida

(ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari

chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish),

109-

moddasida

(qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining

birinchi

qismida

(qiynash),

111-moddasida

(ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki

og‘ir shikast yetkazish), 113-moddasining

birinchi

va

ikkinchi

qismlarida (tanosil yoki

OIV kasalligi/OITSni tarqatish),

115-moddasida

(ayolni o‘z homilasini sun’iy

ravishda

tushirishga

majburlash),

116-moddasining

birinchi

va

ikkinchi

qismlarida

(kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-

moddasining

birinchi qismida

(xavf ostida qoldirish), 121-moddasining

birinchi

qismida

(shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish),

122-moddasida

(voyaga

yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin

tovlash),

123-moddasida

(ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 125-

moddasining

birinchi qismida

(farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 126

1

-

moddasining

birinchi

,

ikkinchi

,

uchinchi

va

to‘rtinchi qismlarida

(oilaviy (maishiy)

zo‘ravonlik),

136-moddasida

(ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga

tegishiga to‘sqinlik qilish), 138-moddasining

birinchi qismida

(zo‘rlik ishlatib

g‘ayriqonuniy

ravishda

ozodlikdan

mahrum

qilish),

139-

moddasining

birinchi

va

ikkinchi

qismlarida

(tuhmat),

140-

moddasining

birinchi

va

ikkinchi

qismlarida

(haqorat

qilish),

141

1

-

moddasining

birinchi

qismida

(shaxsiy

hayot

daxlsizligini

buzish),

141

2

-

moddasining

birinchi qismida

(shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni

buzish),

143-moddasida

(xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari

yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish),

148-moddasida

(mehnat

qilish huquqini buzish),

149-moddasida

(mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

74

2181-

3187

buzish), 167-moddasining

birinchi qismida

(o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan

talon-toroj

qilish),

168-moddasining

birinchi

qismida

(firibgarlik),

169-

moddasining

birinchi qismida

(o‘g‘rilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda

ikkinchi qismining

b

va

v

bandlarida (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li

bilan mulkiy zarar yetkazish),

172-moddasida

(mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz

munosabatda bo‘lish), 173-moddasining

birinchi qismida

(mulkni qasddan nobud

qilish yoki unga zarar yetkazish),

180-moddasida

(soxta to‘lovga qobiliyatsizlik),

181-

moddasida

(to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish),

185

2

-moddasida

(elektr, issiqlik

energiyasi,

gaz,

vodoprovoddan

foydalanish

qoidalarini

buzish),

189-

moddasida

(savdo

yoki

xizmat

ko‘rsatish

qoidalarini

buzish),

191-

moddasida

(qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan

foydalanish),

192-moddasida

(raqobatchini

obro‘sizlantirish),

229-

moddasida

(o‘zboshimchalik),

256-moddasining

birinchi

va

ikkinchi

qismlarida

(tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish), 257-

moddasining

birinchi qismida

(mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish), 258-

moddasining

birinchi qismida

(tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi

qoidalarini buzish), 259-moddasining

birinchi qismida

(yong‘in xavfsizligi qoidalarini

buzish), 260-moddasining

birinchi qismida

(temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo

transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-

moddasining

birinchi qismida

(transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish

xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining

birinchi qismida

(transportning

xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish), 277-moddasining

birinchi

qismida

(bezorilik), 298-moddasining

birinchi qismida

(mashinalarni boshqarish yoki

ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs,

agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni

bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati

tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi

munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

75

2181-

3187

67-modda. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish

Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar o‘z harakatlarining

ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy

holatning buzilishi yuzaga kelgan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.

Bunday shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari

qo‘llanilishi mumkin.

Bunday shaxs ushbu Kodeksning

64-moddasida

nazarda tutilgan muddatlar

o‘tmasdan tuzalsa, javobgarlikka tortiladi. Bunday holda javobgarlikka tortish

muddatlari sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan kundan

hisoblanadi.

68-modda. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish

Jinoyat sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi

mumkin.

XIII bob. Jazodan ozod qilishning turlari

69-modda. Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan

jazodan ozod qilish

Agar hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab:

a) uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki

ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilinganda — uch yil;

b) besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm

qilinganda — besh yil;

v) o‘n yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm

qilinganda — o‘n yil;

g) o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — o‘n

besh yil ichida ijro etilmagan bo‘lsa, mahkum asosiy va qo‘shimcha jazolardan ozod

qilinadi.

Agar mahkum ushbu moddada nazarda tutilgan jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlasa,

jazoni ijro etish muddati ikki baravar ko‘payadi va jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan

kundan boshlab hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi kerak.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

76

2181-

3187

Agar shaxs ushbu moddada ko‘rsatilgan muddatlar o‘tmasdan qasddan yangi

jinoyat sodir etsa, muddatlarning o‘tishi uziladi. Bunday holda muddatlarning o‘tishini

hisoblash yangi jinoyat sodir etilgan paytdan qaytadan boshlanadi.

Agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, jazoni ijro

etish mumkin emas.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan shaxsga nisbatan

muddatlar o‘tishini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud muddatlar

o‘tishini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi

ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtiriladi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning

150 — 157-

moddalarida

,

158-moddasining

birinchi

qismida

,

159-

moddasining

uchinchi

va

to‘rtinchi qismlarida

,

160

,

161

va

244

2

-moddalarida

nazarda

tutilgan jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

70-modda. Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati

bilan uni jazodan ozod qilish

Jinoyat sodir etgan shaxs agar ish sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha sharoit o‘zgardi

yoki shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki o‘qishga halol munosabati bilan o‘zini

ko‘rsatib, ijtimoiy xavfliligini yo‘qotdi deb e’tirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi

mumkin.

71-modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi

munosabati bilan jazodan ozod qilish

Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi

marta sodir etgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, jinoyatning

ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo‘lsa, sud

tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.

Boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki

uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma a’zosi bo‘lgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga

olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning oldini

olish, jinoyatni ochish yoki uning tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

77

2181-

3187

aniqlash va fosh qilishga yordam bergan bo‘lsa, basharti u og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat

sodir etishda bevosita ishtirok etmagan bo‘lsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi

mumkin.

Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko‘rsatilgan

hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lgan taqdirda

sud tomonidan jazodan ozod qilinishi lozim.

72-modda. Shartli hukm qilish

Agar sud ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha

cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazolarini tayinlash vaqtida sodir etilgan

jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi

boshqa holatlarni e’tiborga olib, aybdor tayinlangan jazoni o‘tamasdan turib ham uning

xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin, degan qat’iy fikrga kelsa, shartli hukm

qo‘llashi mumkin. Bunday holda sud, basharti, belgilangan sinov muddati davomida

jazoning shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa, tayinlangan jazoni ijro

etmaslik to‘g‘risida qaror chiqaradi.

Sinov muddati bir yildan uch yilgacha belgilanib, hukm chiqarilgan kundan

boshlab hisoblanadi. Basharti, shartli hukm qilish to‘g‘risidagi qaror yuqori sud

tomonidan chiqarilgan taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan

boshlanadi.

Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud bo‘lsa, sud mahkumga

muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki o‘qishga

kirish, yashash joyi, ish yoki o‘qish joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan

shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turish, vaqti-vaqti

bilan kelib bu organlarda ro‘yxatdan o‘tib turish, muayyan joylarda bo‘lmaslik,

muayyan vaqtda yashash joyida bo‘lishi, alkogolizm, giyovandlik, zaharvandlik yoki

tanosil kasalligidan davolanish kursini o‘tashi kabi majburiyatlarni yuklashi mumkin.

Shartli hukm qilingan shaxslarning xulqi ustidan ichki ishlar organlari, harbiy

xizmatchilar xulqi ustidan esa, harbiy qism yoki muassasaning qo‘mondonligi nazorat

olib boradi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

78

2181-

3187

Hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organning taqdimi

bilan sud sinov muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatlarning hammasini yoki

bir qismini olib tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi ham

mumkin.

Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan

majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi

uchun unga ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa sud uning xulqi

ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini

bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.

Shartli hukm o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari

qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan

shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar, birinchi va

ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan

oshgan shaxslar bundan mustasno.

Shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etsa, sud

unga nisbatan ushbu Kodeksning

60-moddasida

nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha

jazo tayinlaydi.

.

73-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish

Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha

cheklash, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga

nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilishi mumkin.

Shaxs ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan ham ozod qilinishi mumkin.

Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu

moddaning

birinchi qismida

ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida

talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan

qo‘llaniladi.

Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum:

a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sud

tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

79

2181-

3187

b) og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs

ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan

bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini;

v) o‘ta og‘ir jinoyati uchun, sud tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan uch

qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi mumkin.

Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:

a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan

shaxsga;

b) o‘ta xavfli retsidivistga;

v) uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilariga;

g) javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganlik, o‘n

sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan

zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirganlik, o‘n sakkiz yoshga

to‘lmagan shaxsni jinsiy aloqada bo‘lish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda

qondirish bilan bog‘liq holda jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik, o‘n olti yoshga

to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda

qondirganlik yoki unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik, voyaga yetmagan

shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish,

namoyish etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik, xuddi

shuningdek uni tayyorlaganlik, tarqatganlik, reklama qilganlik, namoyish etganlik

yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi

sifatida jalb etganlik, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik

qilganlik, fohishaxonalarni tashkil etganlik yoki saqlaganlik, O‘zbekiston

Respublikasiga, tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etganlik,

yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg‘in qurollarini, shunday

qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan material va

uskunalarni, kontrabanda qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarga;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

80

2181-

3187

d) jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrog‘i bilan

almashtirilgan va jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir

etgan shaxsga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish chog‘ida sud asoslar

mavjud bo‘lgan taqdirda, mahkumning zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklatishi

mumkin:

a) ishga yoki o‘qishga joylashish;

b) muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning yashash joyi, ish yoki o‘qish

joyi o‘zgarganligi haqida uning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi

organga xabar berish;

v) muayyan joylarga bormaslik;

g) alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish

kursini o‘tash;

d) O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqmaslik.

Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori

ustidan nazoratni ichki ishlar organlari, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod

qilingan harbiy xizmatchilarning xulq-atvori ustidan nazoratni esa — harbiy qismlar

yoki muassasalarning qo‘mondonligi amalga oshiradi.

Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning xulq-atvori

ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organning taqdimnomasiga binoan sud ilgari

ushbu shaxsning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bekor

qilishi yoxud uning zimmasiga qo‘shimcha majburiyatlar yuklatishi mumkin.

Prokurorning taqdimnomasiga yoki advokatning iltimosnomasiga binoan sud

jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning zimmasiga

yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bekor qilishi mumkin.

Agar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxs sud

tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni o‘talmagan jazo muddati

davomida bajarmasa, sud uning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi

organning taqdimnomasiga binoan uni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

81

2181-

3187

qilishni bekor qilish va o‘talmagan jazo muddatini o‘tashi haqidagi masalani ko‘rib

chiqadi.

Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning

o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan sud

ushbu Kodeksning

60-moddasida

nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.

74-modda. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish

Ozodlikdan mahrum etilgan, ozodligi cheklangan yoki axloq tuzatish ishlariga

hukm qilingan shaxslarga nisbatan sud jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo

bilan almashtirishi mumkin.

Jazoni

yengilrog‘i

bilan

almashtirish

ushbu

moddaning

birinchi

qismida

ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va

mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.

Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish mahkum:

a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sud

tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismini;

b) og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u

ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan

bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini;

v) o‘ta og‘ir jinoyati uchun, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki

qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi mumkin.

Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning

o‘talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari

ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining o‘talmagan qismi

muddatiga tayinlanadi.

Jazoning o‘talmagan qismini yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu Kodeksning

73-moddasi

to‘rtinchi qismida

ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxslar yengilroq jazoning tegishli

qismini o‘tab bo‘lganlaridan keyin ushbu Kodeksning

73-moddasida

nazarda tutilgan

qoidalarga binoan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishlari mumkin.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

82

2181-

3187

Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi

mobaynida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning

60-

moddasida

nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.

75-modda. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan

ozod qilish

Hukm chiqarilganidan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan

yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs,

shuningdek jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir kasallikka chalingan

shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishi lozim.

Ushbu moddaning

birinchi qismida

ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan sud tibbiy

yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashi mumkin.

Bunday shaxslar tuzalganidan keyin, ushbu Kodeksning

69-moddasida

nazarda

tutilgan va sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan kundan

boshlab hisoblanadigan muddatlar o‘tib ketmagan bo‘lsa, jazo ijro etiladi.

Intizomiy qismga jo‘natish yoxud xizmat bo‘yicha cheklash jazosiga hukm

qilingan harbiy xizmatchilar, ularning sog‘lig‘i harbiy xizmat uchun yaroqsiz deb

topilgan bo‘lsa, jazoni o‘tashdan ozod qilinadilar. Xizmat bo‘yicha cheklash jazosiga

hukm qilingan harbiy xizmatchi ayollar ularga homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilishi

munosabati bilan ham jazoni o‘tashdan ozod qilinadilar.

Majburiy jamoat ishlariga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar

jazoni o‘tash vaqtida mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolsalar yoxud pensiya yoshiga yetgan

bo‘lsalar, shuningdek ayollar bu turdagi jazoni o‘tayotgan vaqtda homiladorlik va

tug‘ish ta’tiliga chiqsalar, jazoni o‘tashdan ozod qilinadilar.

76-modda. Amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish

Hukm etilgan shaxs amnistiya akti yoki afv etish asosida asosiy va ijro etilmagan

qo‘shimcha jazolardan ozod qilinishi yoxud jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda

ozod qilinishi yoki unga tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan qismi yengilroq jazo

bilan almashtirilishi mumkin.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

83

2181-

3187

Agar amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan muddatidan ilgari shartli

ravishda ozod qilish yoxud jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan shaxs

jazoning o‘talmay qolgan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga

ushbu Kodeksning

60-moddasida

nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha jazo tayinlaydi.

Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga

hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda

o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga

o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va

o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda

faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning o‘n besh yilini haqiqatda

o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi mumkin.

Xulosa

1.

Javobgarlikdan ozod qilishning qonuniy asoslari:

O‘zbekiston

Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga ko‘ra, javobgarlikdan ozod qilishning

bir qator asoslari belgilangan. Bunga javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketishi,

shaxsning ijtimoiy xavfsizligini yo‘qotishi, aybdorning chin ko‘ngildan pushaymon

bo‘lishi, yarashish, kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish kabi holatlar kiradi.

2.

Jazodan ozod qilish turlari:

Jazodan ozod qilishning ikki asosiy turi

mavjud: to‘liq va qisman ozod qilish. To‘liq ozod qilishda jazoni ijro etishdan butunlay

voz kechiladi, qisman ozod qilishda esa jazoning bir qismini ijro etishdan voz

kechiladi. Bunda sud tomonidan shaxsning xatti-harakatlari, pushaymonligi, jamiyatga

foydaliligi va boshqa omillar hisobga olinadi.

3.

Sud amaliyotida qo‘llanilishi:

Sudlar amaliyotida javobgarlikdan ozod

qilish va jazodan ozod qilish ko‘plab hollarda qo‘llanilmoqda. Masalan, shaxsning

ijtimoiy xavfsizligini yo‘qotishi, pushaymon bo‘lishi, yarashish, kasallik tufayli

javobgarlikdan ozod qilish kabi holatlar sudlar tomonidan e'tiborga olinadi.

4.

Insonparvarlik tamoyillari:

Javobgarlikdan ozod qilish va jazodan ozod

qilish insonparvarlik tamoyillariga asoslanadi. Bu tamoyillar shaxsning jamiyatga


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

84

2181-

3187

foydaliligi, pushaymonligi, ijtimoiy xavfsizligi va boshqa omillarni hisobga olishni

ta'minlaydi.

5.

Amaliy muammolar va takliflar:

Javobgarlikdan ozod qilish va jazodan

ozod qilishning qo‘llanilishida ba'zi amaliy muammolar mavjud. Bunga sudlarning

qarorlarida yagona yondashuvning yetishmasligi, normativ-huquqiy hujjatlarning

noaniqligi va boshqa omillar kiradi. Ushbu muammolarni hal etish uchun normativ-

huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, sudlarning malakasini oshirish va huquqiy ongni

yuksaltirish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2021.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. – Toshkent: Adolat,

2021.

3.

Temirov S. “Jazodan ozod qilish tushunchasi va turlari.” Yangi O‘zbekiston

taraqqiyotida tadqiqotlarni o‘rni va rivojlanish omillari, 2023.

4.

Amirova S. A. “Javobgarlik va jazodan ozod qilishning tarixiy shakllari va

ularning qo‘llanilishi.” Journal of Innovations in Scientific and Educational Research,

2023.

5.

Normurodov B. “Jinoyat uchun javobgarlik va jazodan ozod etish mumkinmi?”

O‘zA, 2023.

6.

Muxtarov N. “Jazodan ozod qilish hamda jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish

sohasidagi chet el mamlakatlari tajribasi.” Educational Yield Insights &

Breakthroughs, 2024.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. – Toshkent: Adolat,

Temirov S. “Jazodan ozod qilish tushunchasi va turlari.” Yangi O‘zbekiston

taraqqiyotida tadqiqotlarni o‘rni va rivojlanish omillari, 2023.

Amirova S. A. “Javobgarlik va jazodan ozod qilishning tarixiy shakllari va

ularning qo‘llanilishi.” Journal of Innovations in Scientific and Educational Research,

Normurodov B. “Jinoyat uchun javobgarlik va jazodan ozod etish mumkinmi?”

O‘zA, 2023.

Muxtarov N. “Jazodan ozod qilish hamda jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish

sohasidagi chet el mamlakatlari tajribasi.” Educational Yield Insights &

Breakthroughs, 2024.