ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
188
2181-
3187
EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLARNING UMUMIY TAVSIFI
VA TURLARI
Karimov Islom Umidullo o’g’li
IIV Surxondaryo akademik litseyi
Huquqshunoslik fanlari o’qituvchisi
Kalit so’zlar
:
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasining yuqoriligi shu
bilan shartlanadiki, ularning sodir etilishi natijasida hayot va sog‘liq uchun
atmosferaning ozon qatlamiga, atmosfera havosiga, yer, yer ostiga, yer usti va osti
suvlariga, o‘rmon va boshqa o‘simliklarga, hayvonot dunyosiga, mikroorganizmlarga,
genetik fondga, tabiiy landshaftlarga zarar yetkazish xavfi yuzaga keladi.
Jinoyat qonunchiligi tarixida ilk bor ekologiya sohasidagi jinoyatlar O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksiga mustaqil bo‘lim sifatida kiritildi va u o‘z ichiga atrof-
muhitni muhofaza qilish hamda tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarni oldi.
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar – bu Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan,
insonning hayotiy faoliyatini tabiiy muhitda sifat jihatidan saqlab turishga, uning
resurslaridan oqilona foydalanishga, aholining ekologik xavfsizligini ta’minlovchi
ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir.
Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar – bu
Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona
foydalanish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli
qilmishdir.
Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning
turdosh obyekti atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish
sohasidagi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat predmeti qilmishga
huquqiy baho berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, ekinzorlar, o‘rmonlar,
daraxtlar yoki boshqa o‘simliklar (JK 198-m.) va boshq.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
189
2181-
3187
Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning
obyektiv tomoni harakat (JK 196, 198, 202–204-m.) yoki harakatsizlikda (JK 197
1
-
m.) ifodalanadi. Ayrim turdagi jinoyatlar ham harakat ham harakatsizlikda (JK 193–
195-m., 197, 199–201-m.) sodir etilishi mumkin.
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlar qonunda tuzilishiga ko‘ra formal (JK 197
1
-m.)
yoki moddiy (JK 193–197-m., 198–204-m.) tarkibli jinoyatlar sifatida ko‘rsatilgan.
Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning
subyektiv tomoni aybning qasd (JK 194, 197
1
, 198-m. 2–3-q., 202– 202
1
-m.) va
ehtiyotsizlik (JK 198-m. 1-q.) shaklida ifodalanadi. Ayrim jinoyatlar aybning ham qasd
ham ehtiyotsizlik (JK 193,195–197, 199–201, 203–204-m.) shaklida sodir etilishi
mumkin.
Mazkur jinoyatlarning subyektlari 16 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxslar
bo‘lishi mumkin. Ayrim jinoyatlar uchun (JK 193, 194, 195-m.) 18 yoshdan
javobgarlik belgilangan. Ba’zi jinoyatlarning subyektlari maxsus belgilarga ega.
Masalan, mansabdor shaxs (JK 195-m.), yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi
(JK 197
1
-m.).
Tahlil qilinayotgan moddaning asosiy bevosita
obyekti
tabiatdan
oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish yo‘li bilan xo‘jalik va boshqa
faoliyat sohasidagi ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yuzaga keladigan
ijtimoiy munosabatlardir. Atrof muhitning salbiy o‘zgarishi, ekologik xavfsizlik norma
va qoidalari buzilishidan kelib chiqqan inson sog‘lig‘i va hayotiga yetkazilgan zarar
qo‘shimcha obyekt bo‘lishi mumkin.
Obyektiv tomondan jinoyat sanoat, energetika, transport, kommunal xizmat,
agrosanoat, ilm-fan obyektlari yoki boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish
va ishga tushirib foydalanish normalari va qoidalarining buzilishida; davlat
komissiyalarining a’zolari tomonidan bu obyektlarning normativ hujjatlarda
belgilangan qoidalarni buzib qabul qilinishi insonning o‘limi, odamlarning ommaviy
ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy ta’sir qiladigan darajada atrof muhitning
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
190
2181-
3187
o‘zgarib ketishiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishida
ifodalanadi.
Loyihalash deganda, vakolatli shaxsning maxsus qaroriga asosan amalga
oshiriluvchi va huquqiy oqibatlarni keltirib chiqruvchi texnologik jarayonlar majmui
tushuniladi. Obyektlarni loyihalash yakka (ijodiy) taklifni ilgari surish orqali amalga
oshirilganda, agar atrof muhitni muhofaza qilish qoidalari buzilgan bo‘lsa ham, bu
jinoyat tarkibining obyektiv tomonini hosil qilmaydi.
Obyektlarni joylashtirish — loyihalanayotgan inshoot, transport infratuzilmasi,
aholi punktlari, ishlab chiqarish komplekslarining muayyan maydonda joylashuvini
belgilash bo‘yicha faoliyat.
Qurish — yangi obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, qayta jihozlash va
boshqacha barpo etish yoki mavjud obyektlarni qayta tashkil etish.
Obyektlardan foydalanish — obyektlardan mahsulot olish, aholining yashashini
ta’minlash uchun biror muayyan maqsadga muvofiq foydalanish.
Atrof muhit holatiga biron-bir tarzda ta’sir ko‘rsatuvchi, sanoat, transport,
kommunal xizmat, agrosanoat, ilmiy va boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish,
qurish va ishga tushirishda muayyan ekologik xavfsizlik normalari va talablariga rioya
etilishi kerak. Masalan, atrof muhit holatiga bo‘ladigan ta’sirlar albatta hisobga olinishi
shart, atrof muhitning ana shu korxonalarning chiqindilari bilan ifloslanishiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun barcha zarur choralar ko‘rilmog‘i kerak; tabiiy resurslarning qayta
ishlanishi hisobga olinishi zarur; obyektlarni barcha loyihalash ishlari va keyinchalik
ularni qurish davlat ekologik ekspertizasi bilan kelishilgan holda va ularning ruxsati
olinganidan keyingina amaldagi norma va qoidalarga muvofiq amalga oshirilmog‘i
lozim. Barcha obyektlar loyihalarida nazarda tutilgan jami iqtisodiy talablar bajarilgan
taqdirdagina ular ishga tushishi mumkin.
Qurilishida va rekonstruksiya qilinishida ekologik xavfsizlik norma va
qoidalariga rioya qilinmagan sanoat, ilm-fan va boshqa obyektlarning davlat
komissiyasi a’zolari tomonidan foidalanishga qabul qilinishi, tahlil etilayotgan modda
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
191
2181-
3187
dispozitsiyasida ko‘rsatilgan og‘ir oqibatlar kelib chiqsagina, jinoiy qilmishni hosil
qiladi.
Qabul qilish qoidalari obyektlarni qurish, ulardan foydalanish, rekonstruksiya
qilish bilan shug‘ullanuvchi tuzilma boshqaruvi tomonidan belgilanadi. Ekologik
xavfsizlik norma va talablari ushbu qoidalar va idoraviy normativ hujjatlarda o‘z aksini
topgan.
Obyektiv tomondan JKning 193-moddasida nazarda tutilgan jinoyat faol harakat
orqali, shuningdek, harakatsizlik orqali ham sodir etilishi mumkin.
Ekologik xavfsizlik normalari va qoidalarining buzilishi amaldagi normativ-
huquqiy hujjatlarda belgilangan ko‘rsatmalardan farq qiluvchi xatti-harakat variantini
tanlash.
Buzish taqiqlangan texnologik jarayonlardan, qoidalarda nazarda tutilmagan
hisob-kitob metodikasidan foydalanish, ish bajarishni rad etish yoki ruxsatnoma va
litsenziya shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyat bilan shug‘ullanish, tozalash
inshootlariga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yuklamani oshirish, ekologik xavfsizlik
normalari va qoidalarida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarmaslik (tegishli xo‘jalik va
boshqa qarorlar qabul qilinayotganda uni hisobga olish kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni
qabul qilmaslik yoki mensimaslik, davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishini rad etish,
tegishli tozalash inshootlari qurilishini rad etish, nazorat o‘lchovlarini
bajarmaganlik)dan iborat.
Harakatsizlik ekologik xavfsizlik talablari va normalarida to‘g‘ridan- to‘g‘ri
ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmaslikdan iborat. Masalan, davlat ekologik
ekspertiza xulosalarini bajarmaslik, davlat standarlarida qurilish va loyhalash uchun
o‘rnatilgan talablarni bajarmaslik va boshqalar.
Ekologik xavfsizlik normalari va talablarini buzish moddiy tarkibli jinoyat
hisoblanadi. Insonning o‘limi, odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi,
ekologiyaga salbiy ta’sir qiladigan darajada atrof muhitning o‘zgarib ketishi yoki
boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi tariqasidagi oqibatlar obyektiv tomonning
zaruriy belgisi hisoblanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
192
2181-
3187
Boshqacha og‘ir oqibatlar deganda, atrof muhit sifatining yoki uning obyekti
holatining ekotsid, epidemiya tahdidini yuzaga keltiradigan darajada yomonlashuvi,
yaqin vaqtda bartaraf etib bo‘lmaydigan yoki katta moddiy xarajat bilan bartaraf
etiladigan avariyalar; alohida obyektlarning nobud bo‘lishi; yer degradatsiyasi va atrof
muhitning boshqa salbiy o‘zgarishlari tushuniladi.
Sharhlanayotgan jinoyat-huquqiy normaning qo‘llanilishi to‘g‘risidagi masalani
yechishda jinoyatning oqibati va ekologik muhitda ijtimoiy qadriyatlarning kamayish
darajasini ifodalovchi miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinishi kerak. Shunday oqibatlar
bo‘lgan taqdirdagina shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi ko‘riladi.
Jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgisi harakat bilan oqibat o‘rtasidagi
sababiy bog‘lanishning mavjudligidir.
Dispozitsiyada sanab o‘tilgan qilmishlar va kelib chiqqan oqibatlar o‘rtasida
sababiy bog‘lanish ekologiya xavfsizligi normalari va talablari buzilishida aks etgan
qilmish hamda kelib chiqqan oqibatlar o‘rtasidagi qonuniyatli zaruriy bog‘liqlik
mavjudligini aniqlash qoidalari bo‘yicha belgilanishi lozim.
Harakat bilan oqibat o‘rtasida sababiy bog‘lanish bo‘lishi majburiydir va zararli
oqibatlar atrof muhitni muhofaza qilish qoidalarini buzishdan kelib chiqqanligini
(boshqa yoki qo‘shimcha omillar orqali kelib chiqmaganligini) bildiradi. Ko‘rsatib
o‘tilgan oqibatlar bilan harakat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish ekspert yoki tabiiy fanlar
(geologiya, gidrometereologiya, atmosfera fizikasi va boshq.) sohasidagi mutaxassislar
xulosasi bo‘yicha belgilanadi.
Ekspertlar tomonidan foydalaniladigan normativlar mavjud. Masalan, suvning
ifloslanish darajasini aniqlash unda zararli moddalarning ruxsat etilgan kontsentratsiya
normativlari bo‘yicha o‘rnatiladi. Sog‘liqni saqlash qonunchiligi oqava suvlarni
samarali tozalash, zararli chiqindilarni yo‘q qilishni ta’minlamaydigan yangi va
rekonstruksiya qilingan korxona, tsex va boshqa ishlab chiqarish obyektlari qurishni
taqiqlaydi.
Jinoyat ekologik xavfsizlik norma va qoidalarini buzishdan yuzaga kelgan oqibat
kelib chiqqan vaqgdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
193
2181-
3187
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan (egri qasd bilan) yoki ehtiyotsizlikdan sodir
etiladi. Shaxs ekologik xavfsizlik norma va qoidalarini buzayotganligini anglaydi,
ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishi mumkinligiga uning ko‘zi etadi, ularning yuz
berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi va kelib chiqqan oqibatlarga beparvo
munosabatda bo‘ladi.
Ekologik xavfsizlik norma va qoidalarini buzishning subyekti maxsus, ya’ni
o‘zining xizmat holati bo‘yicha atrof tabiiy muhit qoidalari va ekologik xavfsizlik
normasiga rioya etilishiga mas’ul 18 yoshga to‘lgan mansabdor shaxslar hisoblanadi.
Ularga atrof muhitga nisbatan foydalanuvchi yoki tabiiy resurslardan foydalanuvchi
yoxud tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan nazorat qilish
funktsiyasini bajaruvchi mansabdor shaxslar kiradi.
Bundan tashqari, obyektlarni qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tarkibiga
kiruvchi arxitektura-loyiha boshqarmasi, ilm fan, sanoat korxonalari, qurilish
tashkilotlari, kommunal xizmat organlari va mahalliy hokimiyatning mansabdor
shaxslari ham jinoyat subyekti bo‘lishi mumkin.
Asosiy o‘rinni davlat, jamoat muassasalari, tashkilotlar va korxonalar
ishchilarining xizmat vakolatlari ko‘rsatilgan idoraviy normativ hujjatlar: ustav,
yo‘riqnoma va buyruqlar egallaydi. Subyektning javobgarligi hal qilinayotganda bu
normativ hujjatlardan foydalanish kerak.
Kimyoviy, metallurgiya va shu turdagi ishlab chiqarish korxonalari boshqa ishlab
chiqarish korxonalariga qaraganda atrof tabiiy muhitni ko‘p darajada ifloslantiradi.
Mazkur korxonalarning mas’ul mansabdor shaxslari insonlar hayoti va sog‘lig‘i yoki
tirik tabiat zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriologik va
boshqa xavflar haqida Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va Vazirlar Mahkamasiga
ma’lumotlarni taqdim etib boradilar.
Jinoyatning asosiy bevosita obyekti xo‘jalik yurituvchi komplekslarning tegishli
tarmoqlarida ekologik xavfsizlikni ta’minlashdan kelib chiqadigan ijtimoiy
munosabatlar hamda atrof muhit, o‘simlik va hayvonot dunyosidir, qo‘shimcha
bevosita obyekt — inson hayoti va sog‘lig‘i hisoblanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
194
2181-
3187
Jinoyatning obyektiv tomoni zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan
avariyalar va atrof tabiiy muhitning boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi
ma’lumotlarning qasddan yashirilishi va buzib taqdim etilishi natijasida atrof muhitga,
inson sog‘lig‘i va hayotiga hamda hayvonot va o‘simlik dunyosiga zarar va shikast
yetkazishda ifodalanadi. Bunday qilmishlar harakat yoki harakatsizlik oqibatida sodir
etilishi mumkin.
Jinoyat kodeksining 194-moddasida javobgarlik belgilangan atrof- muhitning
ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirganlik deganda, aybdor
shaxs ekologik vaziyatning ahvoli to‘g‘risida umuman yoxud o‘z vaqtida ma’lumot
bermaganlik harakatlarini (harakatsizligini) tushunmoq lozim. Bunday ma’lumotlar
haqiqatga muvofiq kelmasa (atrof- muhitning ifloslanganligi ko‘rsatkichlarini
kamaytirib ko‘rsatish va hokazolar), ular buzilgan hisoblanadi.
Atrof muhitning ifloslanishi deganda, xo‘jalik va boshqa faoliyat, tabiiy kuchning
halokatli ta’siri, falokat yoki ofat oqibatida inson sog‘lig‘iga, tabiiy ekologik tizimga,
o‘simlik va hayvonlarning genetik fondlari holatiga tahdid soluvchi atrof tabiiy
muhitning doimiy salbiy o‘zgarishi sodir bo‘ladigan hudud, shuningdek, suv va
havo bo‘shliqlarining radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriologik yoki boshqacha
ifloslanishi tushuniladi.
Atmosfera havosi — atmosferaning turar joy, ijtimoiy va ishlab chiqarish binosi
hamda ishlab chiqarish hududidan tashqarida bo‘lgan, yerning evolyutsiyasi davomida
Atmosfer
a havosi
Yer, suv,
atmosferaning
ifloslanishi va
buzilishi
Yerning buzilishi
Ifloslantirish
Suvning
ifloslanishi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
195
2181-
3187
shakllangan yerga yaqin qavati gazlarining tabiiy aralashmasi. Ularning ifloslanishi
mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarishdagi xavfsizlik qoidalarini buzish kabi
jinoyat tarkibini keltirib chiqarishi mumkin.
Obyektiv tomondan jinoyat yer, suv yoki atmosfera havosining buzilishi,
ifloslanishi va tabiiy xususiyatlarining boshqacha tarzda o‘zgarishidan iborat harakat
yoki harakatsizlik, jinoiy oqibat, harakat bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasidagi sababiy
bog‘lanishda ifodalanadi.
Yer, suv, atmosferaning ifloslanishi va buzilishi deganda, o‘zini o‘zi tozalashga
bo‘lgan tabiiy qobiliyatini pasaytiradigan fizik, kimyoviy, biologik xususiyatlarga
ta’sir tushuniladi.
Yerning buzilishi — uning unumdor qavatining buzilishiga va qirilib ketishiga
olib keluvchi harakat (harakatsizlik).
Ifloslantirish — yerga xarakterli bo‘lmagan fizik, kimyoviy, biologik modda,
organizmlarni kiritish.
Suvning ifloslanishi deganda, suv tarkibining (fizik, kimyoviy va boshqa)
o‘zgarishlari tushunilib, buning oqibatida suv tozaligi belgilangan normativlardagidan
ko‘ra ko‘proq ifloslanadi. Odatda, suvning ifloslanishi suvga sanoat ishlab chiqarishi
chiqindilari oqizilishi, zaharli biologik moddalar, zaharli kimyoviy dorilarni saqlash
qoidalari buzilishi va h.k.lar natijasida sodir bo‘ladi. Oqibatda suvning ifloslanganlik
darajasi ortib, insonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Suvning kamayishi deganda, yuzaki va sizot suvlarning zaxiralari izchil qisqarib
borishi va ular sifatining yomonlashuvi tushuniladi.
Jinoyatning bevosita asosiy obyekti o‘rmon, ekinzor va boshqa dov- daraxtlarni
atrof tabiiy muhitning tabiiy qismi va boyligi sifatida ulardan tegishli darajada
foydalanish yo‘li bilan saqlashni ta’minlash sohasida yuzaga keladigan va
shakllanadigan ijtimoiy munosabatlardir.
Jinoyat sodir etilishi natijasida nobud bo‘lgan meva, mahsulotlarga bo‘lgan mulk
huquqi qo‘shimcha bevosita obyekt bo‘lishi mumkin.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
196
2181-
3187
Jinoyatning predmeti o‘rmonlardagi daraxt, butazorlarning har xil turlari hamda
o‘rmon fondiga kirmaydigan yoki kesish taqiqlangan daraxtlar, butazor, ekinzor va
boshqa dov-daraxtlardir.
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar zamonaviy jamiyat taraqqiyotining muhim
muammolaridan biri bo‘lib, ularning salbiy oqibatlari nafaqat tabiatga, balki inson
salomatligiga, iqtisodiyotga va global xavfsizlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bunday
jinoyatlar asosan tabiatni muhofaza qilish tartibini buzish, ekologik xavfsizlik
talablariga rioya qilmaslik, atrof-muhitga zarar yetkazish, noqonuniy ov qilish,
qimmatbaho hayvonlar va o‘simliklar bilan noqonuniy muomala, sanoat chiqindilarini
noqonuniy tashlash kabi shakllarda namoyon bo‘ladi.
Ekologik jinoyatlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular ko‘pincha ko‘zga
ko‘rinmas shaklda sodir bo‘ladi, kechikkan holda aniqlanadi va ularning oqibatlarini
bartaraf etish uzoq vaqt va katta moddiy-texnik resurslarni talab etadi. Bu esa jinoyat
huquqi va boshqa tegishli huquq sohalari doirasida ekologiya sohasidagi
huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va samarali choralar ko‘rishni
dolzarb masala qilib qo‘yadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ekologiyaga oid jinoyatlar alohida
bobda nazarda tutilgan bo‘lib, bunda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik
xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan qonun normalari mustahkamlangan. Bular –
Ekologik xavfli faoliyatni yuritish qoidalarini buzish, chiqindilar bilan muomala qilish
qoidalarini buzish, noqonuniy ov qilish, baliq ovlash yoki hayvonlarni tutish,
qimmatbaho hayvonot va o‘simlik dunyosiga zarar yetkazish kabi harakatlar jinoyat
tarkibi sifatida baholanadi.
Mazkur mavzuning chuqur o‘rganilishi akademik litsey o’quvchilarida ekologik
madaniyatni yuksaltirish, huquqiy ong va ekologik xavfsizlikka doir masalalarga
mas’uliyat bilan yondashuvni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga,
ekologik jinoyatlarni tahlil qilish orqali talabalarda jinoyat tarkibining alohida
elementlarini aniqlash, amaliy misollar asosida yuridik baho berish, sud amaliyotiga
tayangan holda ilmiy yondashuvni shakllantirish ko‘nikmalari rivojlanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
197
2181-
3187
Xulosa qilib aytganda, ekologiya sohasidagi jinoyatlar bilan samarali kurashish
uchun nafaqat huquqiy mexanizmlarni, balki ijtimoiy, iqtisodiy va axborot-
kommunikatsiya yondashuvlarini uyg‘unlashtirish talab etiladi. Bu esa huquqshunos
mutaxassislarning ushbu yo‘nalishdagi bilimlarini kengaytirish va amaliyotga
yo‘naltirilgan yondashuvni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.
O‘zbekiston Respublikasi IIV akademik litseylari uchun darslik. – T.:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2023 – 184b
3.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi – asosiy normativ hujjat.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi – jinoyat ishlari yuritilishi
tartibini belgilaydi.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – jinoyat huquqining asosiy prinsiplari
shu yerda belgilangan.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining plenum qarorlari
7.
M. Rustambayev. "Jinoyat huquqi (Maxsus qism)" – jinoyat turlarining tahlili.