ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
171
2181-
3187
SHAXSGA QARSHI JINOYATLARNING UMUMIY TAVSIFI VA
TURLARI
Karimov Islom Umidullo o’g’li
IIV Surxondaryo akademik litseyi
Huquqshunoslik fanlari o’qituvchisi
Kalit so’zlar
:
Shaxsga qarshi jinoyatlarni Jinoyat kodeksi Maxsus qismining birinchi
bo‘limidan o‘rin olishi respublikamizda aynan shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, uning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini oliy qadriyat sifatida himoya
qilishning konseptual g‘oyalaridan kelib chiqadi. Mazkur konsepsiyaning o‘zi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida: “O‘zbekiston Res-
publikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson,
uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat
hisoblanadi”, – degan qoidaga asoslangan. Shundan kelib chiqqan holda, shaxs
manfaatlarini, uning huquq va erkinliklarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Shaxsga qarshi jinoyatlar deganda,
shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy erkinligi,
ozodligi, sha’ni va qadr-qimmati, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari hamda oila,
yoshlar va voyaga yetmaganlarning manfaatlarini muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy
munosabatlarga tajovuz qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida
belgilangan ijtimoiy xavfli qilmishlar tushuniladi.
Hayotga qarshi jinoyatlar
– inson hayotiga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli
qilmishlardir. Hayotga qarshi jinoyatlarning
turdosh obyekti
boshqa shaxs hayotini
muhofaza qiluvchi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi.
Hayotga qarshi jinoyatlarning
obyektiv tomoni
qonunga xilof ravishda boshqa
shaxsning hayotidan mahrum qilishda ifodalanadi. Odatda, inson hayotidan mahrum
qilish jismoniy ta’sir o‘tkazish orqali sodir etiladi, biroq u ruhiy ta’sir (qo‘rqitish)
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
172
2181-
3187
o‘tkazish yo‘li bilan ham sodir etilishi mumkin. Xususan, bunda harakat huquqqa xilof
ravishda boshqa shaxs hayotidan mahrum qilishga olib keluvchi jabrlanuvchiga
bevosita jismoniy (masalan, har qanday qurol, ashyodan foydalanish, bo‘g‘ish,
kuydirish, zaharlash, elektr toki bilan ta’sir ko‘rsatish, o‘ta issiq yoki o‘ta sovuq havoda
ochiq yerda qoldirish va h.k.) yoki ruhiy (og‘ir kasallangan shaxsga ruhiy jarohat
yetkazish yo‘li bilan hayotidan mahrum qilish) ta’sir o‘tkazishda ifodalanadi.
Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar deganda, inson organlari yoki organizmi to‘qimalari
anatomik butunligi yoki ular fiziologik funksiyasining tashqi ta’sir oqibatida buzilishi
yoxud insonga jismoniy jihatdan og‘riq beruvchi, shuningdek uning ruhiyati
buzilishiga olib kelgan qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi huquqqa xilof qilmishlar
tushuniladi.
Sog‘liqqa qarshi jinoyatlarning
turdosh obyekti
boshqa shaxsning sog‘lig‘ini
ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar
obyektiv tomondan
harakat yoki harakatsizlikda sodir
etilishi mumkin. Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar tuzilish xususiyatiga ko‘ra moddiy tarkibli
jinoyatlar hisoblanadi.
Sog‘liqqa qarshi jinoyatlarning sodir etilish usullari turlicha bo‘lishi mumkin.
Jumladan: jismoniy (mexanik, termik, elektrik va h.k.), inson organizmiga kimyoviy
yoki faol biologik vositalarni kiritish orqali (turli kislotalar, zaharli moddalar, gazlar
va hokazo)dan foydalanish va ruhiy ta’sir ko‘rsatish kabi usullarga bo‘linadi.
Badanga yetkazilgan shikastning xususiyati va og‘irlik darajasini aniqlash,
odatda, tibbiyot organlari vakolatiga taalluqli bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligining badanga yetkazilgan shikast og‘irligini sud-tibbiy
yo‘sinda belgilash qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.
Sog‘liqqa qarshi jinoyatlarning
subyektiv tomoni
aybning qasd (JK 104–110-m.)
yoki ehtiyotsizlik (JK 111-m.) shaklida ifodalanadi.
Sog‘liqqa qarshi jinoyatlarning
subyekti
16 yoshga to‘lgan aqli raso har qanday
jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. Ayrim jinoyatlar uchun (JK 104–106-m.) 14 yoshdan
javobgarlik belgilangan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
173
2181-
3187
Hayotga qarshi jinoyatlar moddiy tarkibli bo‘lib, uni tugallangan deb topish
uchun jabrlanuvchining o‘limi sifatidagi oqibat ro‘y bergan bo‘lishi lozim (faqat
istisno tariqasida Jinoyat kodeksi 103 va 103
1
-moddalarida o‘zini o‘zi o‘ldirishga
suiqasd qilish tugallangan qilmish sifatida belgilangan).
Hayotga qarshi jinoyatlarning
subyektiv tomoni
qasd (JK 97–101-m., 103–103
1
-
m.) yoki ehtiyotsizlik (JK 102-m.)da ifodalanishi mumkin.
Hayotga qarshi jinoyatlarning
subyekti
16 yoshga to‘lgan aqli raso har qanday
jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. Ayrim jinoyatlar uchun (JK 97, 98-m.) 14 yoshdan
javobgarlik belgilangan. Hayotga qarshi ayrim jinoyatlarning subyektlari maxsus
belgilarga ega. Masalan, chaqaloqning onasi (JK 99-m.).
Sog‘liqqa qarshi jinoyatlarning turlari:
1.
Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (JK 104-m.)
2.
Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JKm.)
3.
Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki
o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JK 106-m.)
4.
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga
og‘ir shikast yetkazish (JK 107-m.)
5.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur
choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish
6.
Qasddan badanga yengil shikast yetkazish (JK 109-m.)
7.
Qiynash (JK 110-m.)
8.
Ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast
yetkazish (JK 111-m.).
Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar deganda, shaxslarning hayoti va
sog‘lig‘ini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarga real xavf tug‘diruvchi O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan, ijtimoiy xavfli qilmishlar tushuniladi.
Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlarning turdosh obyekti shaxslarning
hayoti va sog‘lig‘ini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
174
2181-
3187
Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlarning obyektiv tomoni harakat (JK 112–
115-m.) yoki harakatsizlikda (JK 117-m.) ifodalanadi. Ayrim turdagi jinoyatlar (JK
1151, 116-m.) ham harakat, ham harakatsizlikda sodir etiladi.
Mazkur jinoyatlar qonunda tuzilishiga ko‘ra formal (JK 112, 113-m. 1-q., 1151-
m.) yoki moddiy (JK 115, 116, 117-m.) tarkibli jinoyatlar sifatida ko‘rsatilgan.
Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar subyektiv tomondan aybning qasd (JK
112–1151, 117-m.) va ehtiyotsizlik (JK 116-m.) shaklida ifodalanadi.
Mazkur jinoyatlarning subyektlari 16 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxslar
bo‘lishi mumkin. Ba’zi jinoyatlarning subyektlari maxsus belgilarga ega. Masalan,
shifokor akusher yoki ginekolog (JK 114-m.), muayyan kasbga ega bo‘lgan shaxs (JK
116-m.) va boshqalar.
Odam oʻldirish
– huquqqa xilof ravishda, qasddan boshqa kishini hayotdan
mahrum qilishdir.
Odam oʻldirishning obyekti – boshqa odamning hayoti xavfsizligini ta’minlash
boʻyicha ijtimoiy munosabatlardir. Hayotdan ixtiyoriy ketish (suiqasd) yoxud oʻz
hayotiga suiqasd qilish odam oʻldirish jinoyatining tarkibini tashkil etmaydi.
Ayrim sabablarga koʻra inson oʻzining hayotiga chek qoʻyishga qaror qilganida
uning xohish-irodasiga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra oʻlim roʻy bermasligi
mumkin (oʻzini osgan vaqtda arqonning uzilib ketishi, zaharning ta’sir qilmasligi,
begona shaxsning qutqarib qolishi va h.k.). oʻlim yuz bermaganiga qaramay oʻz joniga
qasd qilganlik jamoatchilik tomonidan qoralanadi. Chunki bunday hodisa inson
axloqiga yotdir va u shaxsning ojizligi, irodasi boʻshligidan dalolat beradi, lekin jinoyat
hisoblanmaydi. Odam oʻldirishning obyekti nafaqat odamning hayotiy biologik
jarayoni, balki odam uchun eng qimmatli boʻlgan ne’mat bilan bemalol foydalanishi,
hayoti bilan ifodalanadigan ijtimoiy munosabat ham boʻladi.
Odam oʻldirishning bevosita obyekti
boshqa kishining hayoti hisoblanadi.
Yoshidan, sogʻligi yoki yashash tarzidan qat’i nazar har qanday kishining hayoti
jinoyat qonuni bilan qoʻriqlanadi. Shu sababli chaqaloq, keksa, sogʻlom yoki umidsiz,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
175
2181-
3187
ogʻir kasal odamni hayotdan mahrum qilishga qaratilgan har qanday harakat odam
oʻldirish deb hisoblanadi.
Keyingi vaqtlarda yuridik adabiyotlarda evtanaziya, ya’ni shaxsni oʻzining
roziligi bilan hayotidan mahrum etganlik uchun javobgarlik masalasi boʻyicha
munozaralar avj olmoqda.
Bugungi kunda 40 dan oshiq dunyo mamlakatlarida passiv evtanaziya qonun bilan
ruxsat berilgan. Masalan, Avstraliyada 10 yildan beri oʻlim yoqasida turgan bemorning
xohishi bilan sun’iy hayotni saqlab turish apparatini toʻxtatishga yoʻl qoʻyilmoqda.
Oʻziga xos yoʻlni Shveytsariya tanlagan. Evtanaziya uchun jinoiy javobgarlikni
qonunda saqlab qolingan holda, umidsiz qolgan bemorga ushbu davlat hokimiyati
maxsus vrachlar ishtirokida maxsus dori berib bemorning oʻlimi yuz berishida ishtirok
etishiga imkon berilgan. Fransiya ham evtanaziyani qonunlashtirish harakatlarini
boshlagan.
Evtanaziyani ma’qullovchi va uni qoralovchilar boʻlishiga qaramasdan, uni
qonunlashtirishga ehtiyot boʻlish kerak, chunki insonga hayot xudo tomonidan ato
etiladi, uni qaytib olishga faqatgina uning oʻzi haqlidir, degan fikrlar ham mavjud.
Bundan tashqari, dorishunoslik yutuqlaridan foydalanib, asta-sekin inson hayotiga
chek qoʻyadigan vositalar yaratilishidan ham umid qilinmoqda. Ammo inson tabiati,
uning a’zolari faoliyati hali shifokorlar tomonidan toʻliq oʻrganilmaganligini e’tirof
etish lozim. Ba’zan tuzalishiga hech qanday umid boʻlmagan kasal sogʻayadi va toʻla
hayotiy faoliyatini yana davom ettiradi.
Sun’iy homila tushirish (abort) bilan bogʻliq jinoyatni toʻgʻri kvalifikatsiya qilish
uchun inson hayotining boshlanishini chuqur oʻrganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Haqiqatdan ham, bu savolga ja- vob topish murakkab vazifadir.
Shu bois qaysi vaqtdan boshlab homila yoki yangi tugʻilgan bola ushbu
jinoyatning obyekti boʻladi? Tugʻilgan vaqtidanmi yoki ona qornida homila paydo
boʻlgan vaqtidanmi degan savol tugʻiladi. Soʻz uning shaxs sifatida tan olinishi va
jinoyat qonunida javobgarlik belgilangan jinoyatning obyekti boʻlishi mumkinligi
haqida bormoqda.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
176
2181-
3187
Yuridik adabiyotlarda bu borada qarama-qarshi qarashlar mavjud. Ayrim
mualliflar inson hayotining boshlanish payti deb goʻdakning nafas ola boshlashi yoki
bolaning ona qornidan toʻliq ajralib chiqish vaqtini hisoblaydilar. Boshqalar esa
homilaning yetarli darajada rivojlanib, ona qornida homila tarzida hayot uchun barcha
zaruriy sifatlarga ega boʻlganligini tasdiqlovchi jismoniy toʻlqoqning boshlanishi bilan
belgilaydilar
2
. Bizningcha, bu qarashlar unchalik toʻgʻri emas, chunki jismoniy
toʻlqoqning boshlanishi, tugʻish jarayoni- ning boshlanishidir. Bu vaqtda homilaga
zarar yetkazishni homilador ayolning sogʻligiga zarar yetkazish deb qaramoq kerak va
bu qilmish Jinoyat kodeksidagi shaxsning sogʻligiga qarshi jinoyatlar uchun
javobgarlikni koʻzda tutuvchi bobining tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi
kerak.
Hayotning boshlanishi chaqaloq tanasining biror qismi ona qornidan tashqarida
paydo boʻlishi bilan bogʻliq deb hisoblagan mualliflarning fikri ancha toʻgʻridir.
Aynan shu vaqtdan boshlab bola atrofdagilar tomonidan homila emas, balki inson,
shaxs sifatida qabul qilinadi. Shu munosabat bilan, chaqaloq tanasining biror qismi
toʻlgʻoq jarayonida ona qornidan tashqarida paydo boʻlgan vaqtni hayotning
boshlanishi deb hisoblash ma’quldir.
Bu muammo boʻyicha fikrlarning xilma-xilligi, ularning bahsli ekanligi, jismoniy
va tibbiy mezonlarga asoslangan holda hayot boshlanishining obyektiv belgilarini
aniqlashga qaratilgandir. Lekin bunday belgilarni aniqlash mumkin emas. Hayot
toʻxtovsiz jarayondir. Homilaning paydo boʻlishi va sekin-asta rivojlanib, chaqaloq
tugʻilishi bilan uning koʻrinishi, shakli oʻzgaradi, xolos. Shuning uchun sud- tibbiyot
ekspertizasining xulosasi hayotning boshlanishi haqidagi masalani hal qila olmaydi.
Buni aniqlashda subyektning qasdini aniqlash zarur, ya’ni qasdi homilaga emas, balki
shaxsga ziyon yetkazishidadir.
Shaxsga qarshi jinoyatlar jinoyat huquqi tizimida eng muhim va dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi. Chunki ushbu turdagi jinoyatlar insonning eng
muqaddas huquq va erkinliklariga – hayoti, sog‘lig‘i, shaxsiy daxlsizligi, erkinligi,
sha’ni va qadr-qimmatiga bevosita tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli xatti-harakatlardir.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
177
2181-
3187
Ushbu jinoyatlarni o‘rganish, tahlil qilish va huquqiy baholash amaldagi qonunchilikni
to‘g‘ri qo‘llash, shuningdek, jinoyatlarning oldini olishda muhim amaliy ahamiyatga
ega.
Shaxsga qarshi jinoyatlar Jinoyat kodeksida alohida bobda tartibga solingan
bo‘lib, ular quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi:
•
Hayotga qarshi jinoyatlar
(masalan, qasddan odam o‘ldirish,
ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘ldirish);
•
Sog‘liq va badanga shikast yetkazishga oid jinoyatlar
(og‘ir, o‘rtacha
og‘ir va yengil shikast yetkazish);
•
Shaxsiy erkinlik va daxlsizlikka qarshi jinoyatlar
(masalan, noqonuniy
ravishda ozodlikdan mahrum qilish, qiynoq, tahdid qilish);
•
Jinsiy daxlsizlik va jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar
(zo‘rlash,
nomusga tegish, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy aloqada bo‘lish);
•
Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar
(tuhmat,
haqorat).
Mazkur jinoyatlar sodir etilganida nafaqat jabrlanuvchiga, balki jamiyat va
davlatga ham jiddiy zarar yetkaziladi. Shu bois, jinoyat huquqida bunday jinoyatlar
uchun og‘ir va o‘rtacha og‘ir jazo choralarini belgilash nazarda tutilgan.
Shaxsga qarshi jinoyatlarning jinoyat huquqidagi o‘rni nafaqat ularning
og‘irligidan, balki inson huquqlarining xalqaro darajada e’tirof etilganligi bilan ham
izohlanadi. Xususan, BMTning Inson huquqlari to‘g‘risidagi umumjahon
deklaratsiyasi, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha Yevropa
konvensiyasi kabi xalqaro hujjatlarda ham inson hayoti, sha’ni va daxlsizligi eng
muhim qadriyat sifatida belgilangan.
Ushbu mavzuni chuqur o‘rganish orqali o’quvchi (yoki tinglovchi) quyidagi
ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘ladi:
•
Shaxsga qarshi jinoyatlarning huquqiy mohiyatini tahlil qilish;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
178
2181-
3187
•
Ularning turlari va tarkibiy elementlarini farqlash;
•
Har bir jinoyat turining ijtimoiy xavflilik darajasini baholash;
•
Qonun normalarini amaliy holatlarga to‘g‘ri tatbiq etish;
•
Shaxsga qarshi jinoyatlarning oldini olish va huquqiy ongni
shakllantirishda ishtirok etish.
Xulosa qilib aytganda, shaxsga qarshi jinoyatlar nafaqat jinoyat huquqining
asosiy tarkibiy qismi, balki ijtimoiy adolat, insonparvarlik, qonun ustuvorligini
ta’minlashda ham muhim o‘rin tutadi. Ushbu mavzuni chuqur o‘rganish orqali
fuqarolarda huquqiy savodxonlik, inson huquqlariga hurmat, jinoyatlardan holi muhit
yaratish g‘oyasi mustahkamlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.
O‘zbekiston Respublikasi IIV akademik litseylari uchun darslik. – T.:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2023 – 184b
3.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi – asosiy normativ hujjat.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi – jinoyat ishlari yuritilishi
tartibini belgilaydi.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – jinoyat huquqining asosiy prinsiplari
shu yerda belgilangan.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining plenum qarorlari
7.
M. Rustambayev. "Jinoyat huquqi (Maxsus qism)" – jinoyat turlarining tahlili.