ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
179
2181-
3187
IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLARNING UMUMIY TAVSIFI
VA TURLARI
Karimov Islom Umidullo o’g’li
IIV Surxondaryo akademik litseyi
Huquqshunoslik fanlari o’qituvchisi
Kalit so’zlar
:
Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining
negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi
ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini,
barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar
muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va
davlat himoyasidadir.
Barcha mulk shakllarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning muhim
omillaridan biri ularga nisbatan qilingan tajovuz uchun jinoyat qonunchiligida jinoiy
javobgarlik belgilanishidir.
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar – bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida
belgilangan, milliy iqtisod, uning tarmoqlari yoki sohalariga zarar yetkazadigan yoki
shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan ijtimoiy xavfli qilmishlardir.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish deganda, huquqqa xilof ravishda o‘rnini
qoplamasdan, g‘arazgo‘ylik niyatida mulkdorga zarar yetkazib, o‘zganing mulkini
aybdorning o‘zi yoki boshqa shaxslar foydasiga egallab olish yoki o‘tkazish
tushuniladi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining turdosh obyekti mulkni
o‘zgaga tegishlilik huquqini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Shu
nuqtai nazardan ham mazkur turdagi jinoyatlarning predmetini o‘zganing mulki tashkil
qiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
180
2181-
3187
O‘zganing mulki deganda – boshqaga tegishli bo‘lgan ashyolar, pullar, mulkka
egalik huquqini beruvchi – qo‘lga kiritilishi, mulkni qo‘lga kiritish bilan teng bo‘lgan
hujjatlar tushuniladi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarida mulk davlat, xususiy, aralash,
ommaviy va boshqa mulk bo‘lishidan qat’i nazar u o‘zganing mulki deb baholanadi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining quyidagi belgilari mavjud:
1)
g‘arazli niyatning (g‘arazgo‘ylik) mavjudligi;
2)
o‘zganing mulkini huquqqa xilof ravishda egallash;
3)
o‘rnini qoplamaslik;
4)
mulk o‘zganing tasarrufida bo‘lishi va mulk o‘zganing tasarrufidan
olinishi;
5)
mulkdorga moddiy zarar yetkazilishi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarida jinoyatning tugallanish vaqti
mulkni egallash usuliga ko‘ra aniqlanadi. Shu bois barcha holatlarda (bosqinchilik va
tovlamachilik bundan mustasno) tamomlangan qilmish uchun mulkning mulkdor
qaramog‘idan olinishi va aybdor undan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish uchun haqiqiy
imkoniyatga ega bo‘lishi zarurdir.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlari subyektiv tomondan aybning qasd
shaklida sodir etiladi.
Mazkur jinoyatlarning subyekti 14 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxslar
bo‘lishi mumkin. Ayri jinoyatlar uchun (JK 167, 168-m.) 16 yoshdan javobgarlik
belgilangan.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar – bu
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan, talon-toroj
belgilarining yo‘qligi holatida mulkka tajovuz qiladigan ijtimoiy xavfli qilmishlardir.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlarining
turdosh obyekti o‘zgalar mulkining daxlsizligi va xavfsizligini ta’minlovchi ijtimoiy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
181
2181-
3187
munosabatlar tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan ham mazkur turdagi jinoyatlarning
predmetini o‘zganing mulki tashkil qiladi.
Mazkur jinoyatlarning obyektiv tomoni harakat (JK 170, 171, 173-m.) yoki
harakatsizlikda (JK 172-m.) ifodalanadi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar qonunda
tuzilishiga ko‘ra formal (JK 171-m.) yoki moddiy (170, 172, 173-m.) tarkibli jinoyatlar
sifatida ko‘rsatilgan.
Mazkur jinoyatlarning subyektiv tomoni qasd (JK 170–171-m., 173-m.) yoki
ehtiyotsizlik (JK 172-m.)da ifodalanishi mumkin.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlarning
subyektlari 16 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Ayrim
jinoyatlar uchun (JK 173-m. 2 va 3-q.) 14 yoshdan javobgarlik belgilangan. Ba’zi
jinoyatlarning subyektlari maxsus belgilarga ega. Masalan, mulkni qo‘riqlash yuzasi-
dan majburiyat yuklatilgan shaxs (JK 172-m.).
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar – bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksida belgilangan pul-kredit va moliya tizimini hamda sanoat va xalqaro
savdoning normal faoliyatini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz
qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir.
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlarning turdosh obyekti pul-kredit va moliya
tizimini hamda sanoat va xalqaro savdoning normal faoliyatini tartibga soluvchi
ijtimoiy munosabatlardir.
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat predmeti
qilmishga huquqiy baho berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, valuta
qimmatliklari (JK 177-m.), chet el valutasi (JK 178-m.) va boshqalar.
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlarning obyektiv tomoni harakat (JK 175–
177, 179–182, 184
1
–185
2
-m.) yoki harakatsizlikda (JK 178, 184-m.) ifodalanadi.
Ayrim jinoyatlar ham harakat, ham harakatsizlikda (JK 183-m.) sodir etilishi mumkin.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
182
2181-
3187
Mazkur jinoyatlar qonunda tuzilishiga ko‘ra formal (JK 176–179, 182, 183, 185
1
,
185
2
-m.) yoki moddiy (JK 175, 180–181
1
, 184–185-m.) tarkibli jinoyatlar sifatida
ko‘rsatilgan.
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlarning subyektiv tomoni aybning qasd
shaklida ifodalanadi.
Ushbu turdagi jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat sodir etishning motivi va
maqsadi zaruriy belgi sifatida nazarda tutilgan. Masalan, qalbaki pul, aksiz markasi
yoki qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish maqsadi (JK 176-m.).
Mazkur jinoyatlarning subyektlari 16 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxslar
bo‘lishi mumkin. Ayrim jinoyatlarning subyektlari maxsus belgilarga ega. Masalan,
korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda valuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi
xodimlar (JK 178-m.).
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar – bu mahsulotlarni ishlab chiqarish,
taqsimlash, sotish (almashtirish), foydalanish va iste’mol qilish hamda tadbirkorlik
faoliyatini yuritish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va sof raqobat sohasidagi
ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir.
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarning turdosh obyektini mahsulotlarni
ishlab chiqarish, taqsimlash, sotish, foydalanish va iste’mol qilish hamda tadbirkorlik
faoliyatini yuritish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek sof raqobat
sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi.
Mazkur jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat predmeti qilmishga huquqiy baho
berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i
xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlar (JK 186-m.), etil spirti, alkogolli va
tamaki mahsulotlari (JK 186
1
-m.) va boshqalar.
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarning obyektiv tomoni harakat (JK 186–
189, 191–192-m.) yoki harakatsizlik (JK 190-m.)da ifodalanadi.
Mazkur jinoyatlar qonunda tuzilishiga ko‘ra formal (JK 186, 186
2
, 186
3
, 188
1
,
191, 192-m.) yoki moddiy (JK 186
1
, 188, 189, 190-m.) tarkibli jinoyatlar sifatida
ko‘rsatilgan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
183
2181-
3187
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarning subyektiv tomoni aybning qasd
shaklida ifodalanadi.
Ushbu turdagi jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat sodir etishning motivi va
maqsadi zaruriy belgi sifatida nazarda tutilgan. Masalan, xavfsizlik talablariga javob
bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadi (JK 186-m.).
Mazkur jinoyatlarning subyektlari 16 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxslar
bo‘lishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan
bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy
manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar bu Jinoyat kodeksida nazarda
tutilgan tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish
bilan bog‘liq va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga
tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir.
Mazkur turdagi jinoyatlarning turdosh obyektini tadbirkorlik faoliyati erkinligini,
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash
sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi.
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat predmeti qilmishga
huquqiy baho berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, pul mablag‘lari (JK 192
7
-
m.), moddiy qimmatliklar (JK 192
9
-m.) va boshqalar.
Ushbu jinoyatlarning obyektiv tomoni harakat (JK 192
1
–192
4
, 192
8
–192
11
-m.)
yoki harakatsizlikda (JK 192
7
-m.) ifodalanadi. Ayrim turdagi jinoyatlar ham harakat
ham harakatsizlikda (JK 192
5
–192
6
-m.) sodir etilishi mumkin.
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlar qonunda tuzilishiga ko‘ra formal (JK 192
1
– 192
10
-
m.) yoki moddiy (JK 192
11
-m.) tarkibli jinoyatlar sifatida ko‘rsatilgan.
Mazkur jinoyatlarning subyektiv tomoni aybning qasd shaklida ifodalanadi.
Mazkur jinoyatlarning subyektlari 16 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxslar
bo‘lishi mumkin. Ayrim jinoyatlarning subyektlari maxsus belgilarga ega. Masalan,
nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
184
2181-
3187
davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi (JK 192
4
-m.), bankning
mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi (JK 192
7
-m.).
Bosqinchilik o‘zganing mol-mulkiga qarshi qaratilgan eng xavfli jinoyatlardan
biri bo‘lib, uni sodir etganlik uchun javobgarlik JK 164-moddasida nazarda tutilgan.
Bosqinchilik ijtimoiy xavfliligining yuqoriligi, avvalo, shu bilan bog‘liqki, bu
jinoyat natijasida o‘zganing mol-mulki egallab olinayotganda jabrlanuvchilarning
hayoti yoki sog‘lig‘iga ham ziyon yetkaziladi yoxud bunday ziyon yetkazilishi uchun
real xavf vujudga keladi.
Bosqinchilikning bevosita asosiy obyekti sifatida o‘zganing mol- mulkini
muhofaza qilishni ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar, bevosita qo‘shimcha obyekti
sifatida esa, fuqarolarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan
ijtimoiy munosabatlar namoyon bo‘ladi.
Obyektiv tomondan bosqinchilik o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish
maqsadida shu mulkning egallanishiga qarshilik ko‘rsatgan shaxsning hayoti yoki
sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan
qo‘rqitib hujum qilishda ifodalanadi.
Bosqinchilik sodir etishdagi hujum qonunga xilof ravishda ochiqdan- ochiq yoki
yashirin ravishda to‘satdan jabrlanuvchiga, ya’ni mulkdorga, mol-mulkka qonuniy
ravishda egalik qiluvchi mulk egasiga, shuningdek, talon-toroj qilishga qarshilik
ko‘rsatayotgan boshqa uchinchi shaxslarga zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ta’sir
ko‘rsatishda ifodalanadi.
Aksariyat hollarda, bosqinchilik vaqtida shaxsga ochiqdan-ochiq hujum qilinadi,
ba’zan esa jabrlanuvchiga sezdirmasdan yashirincha (masalan, orqadan o‘q uzib,
panadan pichoq urib) sodir etilishi ham mumkin. Hujum jabrlanuvchiga nisbatan
zaharlovchi yoki falaj qilishga qaratilgan vositalar va moddalar orqali ochiqdan-ochiq
yoki yashirin ravishda sodir etilishi mumkin.
Bosqinchilikda ishlatiladigan zo‘rlik jismoniy yoki ruhiy bo‘lishi mumkin.
Odatda, bosqinchilikda zo‘rlik ishlatish hujum bilan ayni bir vaqtda sodir bo‘ladi,
ammo bevosita hujumdan keyin kuch ishlatilishi hollari ham uchraydi. Hujum boshqa
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
185
2181-
3187
bir shaxsga qaratilib, mol-mulkni egallashga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lgan boshqa
shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatilgan hollar ham uchraydi.
Hayot uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish deganda, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining qaroriga ko‘ra, «uning ishlatilishi jabrlanuvchining hayoti
uchun aniq bo‘lgan xavfni vujudga keltiruvchi holat (masalan, jabrlanuvchini bo‘g‘ish,
boshini suv ostida ushlab turish va h.k.) tushuniladi. (Hayot uchun xavfli bo‘lgan
zo‘rlik ishlatish — M.X. Rustambayev.)
Sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish deganda, jabrlanuvchiga
sog‘lig‘ining buzilishiga sabab bo‘lgan tan jarohati yetkazish yoki shunday tan
jarohatini yetkazish xavfini tug‘diruvchi harakatlar (chakkaga, quyosh chigaliga urish
va h.k.) tushuniladi».
O‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida shu mulkning egallanishiga
qarshilik ko‘rsatgan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik
ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan hujum JK 164-
moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Qonun zo‘rlik ishlatishni bosqinchilikning belgisi sifatida uni umumiy holda
«hayot yoki sog‘liq uchun xavfli» deb belgilaydi. Biroq jabrlanuvchining unga zo‘rlik
ishlatishi natijasida o‘lim holati kelib chiqsa, bosqinchilik jinoyatining tarkibiga
kirmaydi, shuning uchun ham bu belgi faqatgina qasddan badanga shikast
yetkazishnigina qamrab oladi. Bosqinchilik jarayonida badanga og‘ir shikast
yetkazganlik uchun javobgarlik JK 164-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan. JK
164-moddasining 1-qismi jabrlanuvchi sog‘lig‘iga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JK
105-moddasi) yoki yengil shikast yetkazish (JK 109-moddasi 2-qismi) oqibatlarini
ham qamrab oladi va JK 105- yoki 109-moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya
qilish talab qilinmaydi.
Aldash yo‘li bilan tanasiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi, zaharli, uxlatadigan yoki
boshqa karaxt qiladigan moddalar jabrlanuvchiga berilganida, qilmish qanday
kvalifikatsiya qilinadi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Albatta, agar bunday
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
186
2181-
3187
moddalarning berilishi jabrlanuvchining hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirgan bo‘lsa,
aybdorning harakatlarini JK 164-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish zarur.
Jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi kuchli ta’sir qiluvchi,
zaharli, uxlatadigan (masalan, kuchli spirtli ichimliklar bilan birga klofelinni qo‘shib
berish) va boshqa karaxt qiladigan vositalarni berish orqali uni hushsiz ahvolga keltirib
mulkini talon-toroj qilish ham bosqinchilik deb hisoblanishi lozim.
Agar qonunga xilof ravishda o‘zganing mol-mulkini egallash jarayonida
jabrlanuvchi qonunga xilof ravishda zo‘rlik harakatlari natijasida ozodlikdan mahrum
qilinsa, bu harakatlarni bosqinchilik yoki talonchilik sifatida baholashda amalga
oshirilgan zo‘rlik harakatlarining shaxs hayoti va sog‘lig‘iga yetkazishi mumkin
bo‘lgan zarari, shuningdek, bu kabi harakatlar natijasida yuz bergan yoki yuz berishi
mumkin bo‘lgan oqibatlarning xavflilik darajasi va xususiyatlari inobatga olinishi
lozim (misol uchun oyoq-qo‘li bog‘langan va yordamga chaqirish imkoniyatiga ega
bo‘lmagan shaxsni sovuq havoda yoki joyda qoldirish).
Aybdor qachonki shaxs hayoti yoki sog‘lig‘iga zo‘rlik ishlatish bilan tahdid
qilgan taqdirdagina, hujumni bosqinchilik deb kvalifikatsiya qilish mumkin.
Bunday zo‘rlik ishlatish tahdidi jabrlanuvchiga ruhiy zo‘rlik orqali ham amalga
oshirilishi mumkin. Zo‘rlikning xususiyatini og‘zaki, qurolni ko‘rsatish, imo-ishora
(masalan, «o‘ldiraman», «mayib qilaman», «ko‘zingni o‘yib olaman» deyish) qilish,
jabrlanuvchining hayotiga yoki sog‘lig‘iga og‘ir tan jarohati yetkazishi mumkin
bo‘lgan qurol, to‘pponchani, pichoqni yoxud shu maqsadlarda foydalanish mumkin
bo‘lgan boshqa predmetlarni jabrlanuvchiga ko‘rsatish, shuningdek, hujum
harakatlarini amalga oshirish (og‘ir predmet bilan boshiga urishga harakat qilish,
o‘qotar qurol yoki pichoqni o‘qtalish va h.k.) orqali ham ifodalash mumkin. Zo‘rlik
ishlatish bilan tahdid qilishni amalga oshirish usuli: og‘zaki, qo‘l harakatlari va
boshqalar JKning 164-moddasi bilan kvalifikatsiya qilishga ta’sir qilmaydi.
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar zamonaviy huquqiy tizimda muhim o‘rin
tutadi, chunki ular bevosita mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi, moliyaviy barqarorligi
va tadbirkorlik muhiti barpo etilishiga tahdid soladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
187
2181-
3187
Ushbu jinoyatlar, odatda, moliyaviy resurslarni noqonuniy egallash, davlat
byudjetiga zarar yetkazish, bozor mexanizmlarini buzish, fuqarolarning iqtisodiy
huquqlari va manfaatlarini poymol etish orqali ifodalanadi.
Iqtisodiy jinoyatlar o‘z tabiatiga ko‘ra murakkab, yashirin shaklda sodir
etilishi bilan ajralib turadi va ko‘pincha korrupsiya, poraxo‘rlik, soliqlardan bo‘yin
tovlash, noqonuniy tadbirkorlik, pullarni “yuvish”, raqamli iqtisodiyotdagi firibgarlik
kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ushbu jinoyatlarning yirikligi va jamiyatga
yetkazadigan salbiy oqibatlari ularni jinoyat huquqining alohida o‘rganiladigan sohasi
sifatida ajratib ko‘rsatishga asos bo‘ladi.
Mazkur mavzuning o‘rganilishi akademik litsey o’quvchilarga iqtisodiyot
sohasidagi jinoyatlarning huquqiy mohiyatini anglash, ularning turlarini farqlash,
jinoyat tarkibini aniqlash, amaliy misollar asosida jinoyatlarni tahlil qilish
ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mavzuning dolzarbligi
talabalarda huquqiy ong va iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash borasida mas’uliyatli
yondashuvni shakllantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.
O‘zbekiston Respublikasi IIV akademik litseylari uchun darslik. – T.:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2023 – 184b
3.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi – asosiy normativ hujjat.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi – jinoyat ishlari yuritilishi
tartibini belgilaydi.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – jinoyat huquqining asosiy prinsiplari
shu yerda belgilangan.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining plenum qarorlari
7.
M. Rustambayev. "Jinoyat huquqi (Maxsus qism)" – jinoyat turlarining tahlili.