Коррупция и ее содержание

f
211-216
1
0
Поделиться
Озодов, А. (2024). Коррупция и ее содержание. Современные подходы к доказательствам в уголовном судопроизводстве, 1(1), 211–216. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/evidence-criminal-proceedings/article/view/29441
Азизбек Озодов, Ташкентский государственный юридический университет
Студент второго курса.
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Коррупция-это многогранная проблема,которая имеет далеко идущие последствия для экономики и общества в целом.Его корни уходят глубокое различные факторы,и его влияние также широко распространено, подавляя экономический рост и делая государство в долгу, усугубляя социальное неравенство.В этой статье мы рассмотрели коррупцию,ее содержание,факторы,способствующие ее возникновению, анализ законодательства нашей страны о коррупции и некоторые предложения.


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

211

KORRUPSIYA VA UNING MAZMUN-MOHIYATI

Ozodov Azizbek Ulug‘bek o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti 2-kurs talabasi

Ozodovazizbek085@gmail.com.

Annotatsiya.

Korrupsiya ko‘p qirrali muammo bo‘lib,iqtisodiyot va umuman

jamiyat uchun keng ko‘lamli oqibatlarga olib keladi.Uning ildizlari chuqur,turli

omillardan kelib chiqadi va uning ta’siri ham keng tarqalib,iqtisodiy o‘sishni bo‘g‘ib

davlatni qarzdor qilib qo‘yadi,ijtimoiy tengsizlikni kuchaytiradi.Ushbu maqolada

korrupsiya, uning mazmun-mohiyati,uni vujudga kelishi uchun sharoit yaratib

beruvchi omillar,korrupsiya bo‘yicha mamlkatimiz qonunchiligi tahlili va ba’zi

takliflarni yoritib berganmiz.

Kalit so‘zlar:

korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiyaga oid

mamlaktimiz qonunchiligi.

Аннотация.

Коррупция-это многогранная проблема,которая имеет

далеко идущие последствия для экономики и общества в целом.Его корни

уходят глубоко,в различные факторы,и его влияние также широко

распространено, подавляя экономический рост и делая государство в долгу,

усугубляя социальное неравенство.В этой статье мы рассмотрели

коррупцию,ее содержание,факторы,способствующие ее возникновению,

анализ законодательства нашей страны о коррупции и некоторые

предложения.

Ключевые слова:

коррупция, конфликт интересов, коррупционное

законодательство нашей страны.

Annotation.

Corruption is a multifaceted problem with broad consequences

for the economy and society as a whole. Its roots are deep,stemming from various

factors,and its influence is also widespread,stifling economic growth to make the

state indebted, reinforcing social inequality.In this article,we have covered

corruption,its essence,the factors that create the conditions for its emergence,

analysis of the legislation of our mamlkat on corruption and some proposals.

Keywords:

corruption, conflict of interest, corruption law of our country.

Korrupsiya – bu keng tarqalgan va hal qilib bo‘lmaydigan muammo bo‘lib,

butun dunyo bo‘ylab jamiyatlarning butun tarixi davomida qiynab kelgan. Asrlar

davomida tashvish uyg‘otgan bo‘lsa-da, faqat so‘nggi o‘ttiz yil ichida dunyo bu

muammoning chuqurligi va kengligi bilan chinakkam kurasha boshladi.

Korrupsiya atamasining etimologik jihati xususida turli firklar mavjud.

Keng ommalashgan birinchi fikr tarafdorlariga ko‘ra, “korrupsiya” atamasi

lotincha “corruption” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib “pora evaziga og‘dirish degan

ma’noni anglatadi.


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

212

Ayrim manbalarda esa “korrupsiya” atamasi lotincha “corrumpere” –

“buzilish, aynish, tanazzul” degan ma’nolarni nazarda tutishi belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi yuridik ensiklopediyasi berilgan ta’rifaga

ko‘ra,korrupsiya (lotincha “Corruption”- aynish,poraga sotilish) bu – siyosat va

davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy xavfli hodisa,davlat funksiyalarini bajarish

vakolatiga ega bo‘lgan yoki shunga tenglashtirilgan shaxslarning noqonuniy

tarzda moddiy va boshqa boylikalar,imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan

bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi,shuningdek,bu boylik va imtiyozlarni

jismoniy va yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashga imkon berishdir.

Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilishimiz mumkinki, korrupsiya holatiga

davlat xizmatchisining “sotib olinishi” yoki “sotilishi“ bilan tavsiflanadi,

shuningdek, shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab xizmat vakolatlaridan foydalanishini

ham tushunib olishimiz mumkin.

Bundan tashqari mazkur atamaga huquqiy jihatdan ta’rif “Korrupsiyaga

qarishi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 3-moddasida

korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlariga

yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish

maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi,xuddi shuningdek,bunday nafni

qonunga xilof ravishda taqdim etish, deb ta’rif berilgan.

Korrupsiya va uning barcha ko‘rinishlari mamlakating iqtisodiy

rivojlanishi, davlat boshqaruvi tizimining samarali ishlashida asosiy to‘siqlardan

biri bo‘lib mamlakatda qonun ustuvorligi va adolat prinsiplari buzilishiga,

fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlariga ishonchning yo‘qolishiga

jinoyatchilikning avj olishiga, xufyona iqtisodiyot va boshqa shu kabi salbiy

hodisalarning yuzaga kelishiga sharoit yaratib beradi. Zero, Prezidentimiz

Shavkat Mirzoyoyev ta’kidlaganlaridek, “korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga

qarshi keskin kurashish, bu borada davlat organlaridan tortib, jamiyatning barcha

bo‘g‘ini, fuqarolar ham qat’iy harakat qilishi lozim. Davlat boshqaruvida

korrupsiyaning oldini olishda davlat xizmatchilarini ochiq tanlov asosida ishga

qabul qilish, davlat ma’lumotlarini ommaga e’lon qilish, ochiq ma’lumotlar

ro‘yxatini kengaytirish maqsadga muvofiqdir.

Statistik ma’lumotlarga e’tibor beradigan bo‘lsak,dunyodagi eng korrupsiya

ko‘p uchraydigan davlatlar ichida birinchi o‘rinda Rossiya turar ekan.Keyingi

o‘rinlarda esa Eron, Kolumbiya, Meksika, Zimbabve, Salvador, Myanma,

Belarusiya, Bangladesh,Livan kabi davlatlar dunyodagi eng korrupsiyalashgan

davlatlar o‘ntaligini tashkil qiladi.Mamalakatimiz ham so‘ngi yillarda amalga

oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2021-yil Transparency International

tashkilotining olib borgan o‘rganishlari natijasida “Corruption Perceptions Index”

ko‘rsatkichida 180 ta mamlakat ichida 28 ball bilan 140-o‘rinni qayd etgan

bo‘lsa,2022-yilda 7 pog‘ona yuqorilab 31 ball bilan 126-o‘rinni egalladi.

Korrupsiya turli shakllarda bo‘lib, iqtisodiyotga ham, umuman jamiyatga

ham ko‘p qirrali ta’sir ko‘rsatadi. Uning asl sabablari xilma-xil bo‘lib, siyosiy va

iqtisodiy muhit, axloq, kasbiy axloq va mentalitetimizga singib ketgan madaniy


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

213

odatlar, urf-odatlar va demografik xususiyatlardan kelib chiqadi. Uning

iqtisodiyot va jamiyatga ta’siri keng qamrovli tadqiqotlar mavzusi markazida

bo‘lib kelgan, ammo u hozirgi kungacha murakkab va ko‘p qirrali yechib bo‘lmas

muammodek bo‘lib qolmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida mamlakatimiz qonunchiligi tahliliga

to‘xtaladigan bo‘lsak,davlat xizmatida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining

oldini olishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini huquqiy tahlil

qilish va shu asosda uni takomillashtirish,bu borada tegishli tavsiyalarni ishlab

chiqish oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biri sanaladi.O‘zbekiston

Respublikasining huquq tizimida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya maxsus

huquqiy normalar asosida kompleks aks ettirilmagan bo‘lsa-da, mamlakatimiz

qonunchiligida bir qancha korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga qarshi

qonunlar qabul qilingan.Korrupsiyani o‘zi esa alohida qonun bilan tartibga

solinadi. Etimologik va iyerarxik tuzilish bo‘yicha oliy o‘rinda turuvchi

mamlakatimiz qomusi bo‘lgan Konstitutsiyadan boshlaydigan bo‘lsak,

konstitutsiyamizning 2-moddasida “Davlat xalq irodasini ifoda etib,uning

manfaatlariga xizmat qilad. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va

fuqarolar oldida mas’uldirlar” – deb mustahkamlab qo‘yilgan.

Shu bilan birga davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vakillari ilmiy,

pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari boshqa haq to‘lanadigan faoliyat bilan

shug‘ullanishi mumkin emasligi umumiy tartibda qonunchilikda mustahkamlab

qo‘yildi. Shu qayd o‘tishmiz kerakki, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvi

bilan bog‘liq real vaziyatning yuzaga kelishida davlat xizmatchilari tomonidan

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish asosiy sabablardan biri sanaladi.

Shu sababil mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-martdagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan

shug‘ullanishi taqiqlangan mansabdor shaxslar ro‘yati to‘g‘risida”gi 103-sonli

qarori bilan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslar

(lavozimlar) ro‘yxati tasdiqlangan. Ushbu qaror mustaqillik yillarida

mamlakatimizda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish sohasida

dastlabki qadam bo‘lib xizmat qildi.

Bundan tashqari faqatgana davlat organlari sohasida emas balki xususiy

sektorda ham ma’lum cheklov va tartiblar belgilab qo‘yildi.Jumladan,mehnat

kodeksida O‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan

shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin,

shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari)

aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat

qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati

ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanishi belgilab qo‘yildi.

2017-yilning 3-yanvarida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga

qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi, korrupsiya va manfaatlar

to‘qnashuvi tushunchasi mustaqil izohi bilan birgalikda mazkur qonunda o‘z

ifodasini topdi. Mazkur qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

214

davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini,korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha

faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari,korrupsiyaning oldini olishga doir

chora-tadbirlar belgilandi.Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini samarali

boshqarish maqsadida davlat organlari va tashilotlarida korrupsiya va uning turli

ko‘rinishlarini bartaraf etishga mas’ul bo‘lgan komissiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yila

boshlandi.Nihoyat,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi

“O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini

takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga

muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tashkil etildi. Agentlik korrupsiyani

oldini olish va unga qarshi kurash sohasidagi davlatsiyosatini shakllantirish va

amalga oshrishda maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Korrupsiyaning eng yorqin oqibatlaridan biri uning iqtisodiy o‘sishga

bo‘g‘uvchi ta’siridir. Birinchidan korrupsiya biznes faoliyatini buzadi, investitsiya

imkoniyatlarini pasaytiradi va ish o‘rinlari yaratilishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan

tashqari, u soliq tushumlarini pasaytiradi va shu bilan hukumatning muhim

dasturlar va davlat xizmatlarini moliyalashtirish imkoniyatlarini zaiflashtiradi.

Bu nafaqat iqtisodiy rivojlanishga ta’sir qiladi, balki ijtimoiy tengsizlikni ham

kuchaytiradi. Korrupsiya aholida qonun ustuvorligiga bo‘lgan ishonchni

yo‘qotadi, fuqarolarda o‘z institutlari va rahbarlariga shubha uyg‘otadi. Ushbu

ishonchsizlik jamiyatning turli jabhalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan

birgalikda, bu ta’lim sifatiga ta’sir qiladi, bu esa malakali ishchi kuchiga ehtiyoj

olib kelishi mumkin. Shuningdek, korrupsiya muhim infratuzilma va sog‘liqni

saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini buzadi, ayniqsa jamoalar uchun.

Bundan tashqari, korrupsiya jazosiz qolish madaniyatini rivojlantirishi mumkin,

bunda aybdorlar javobgarlikdan qochadi, bu esa qo‘shimcha huquqbuzarlik va

adolatsizlikni keltirib chiqarishi mumkin.Shu o‘rinda taklif bildirib o‘tadigan

bo‘lsak,jamiyatimizda yetti yoshdan yetmish yoshgacha ayon bo‘lgan korrupsion

jinoyatlarning “trendagi kalit” iboralari bor.Insonlar o‘zlarining manfaatlari

yo‘lida u yoki bu ishlarni pora evaziga bitirishga urinar ekanlar,suhbatlari

davomida parda ortida ishlatiladigan gaplarni eshitsangiz dastlab,to‘g‘ri ma’noda

qabul qilasiz.Ammo,ularning ortida qanday ma’no yashiringanini keyin tushunib

yetasiz.Shunday iboralardan: “bir limon” ya’ni bir million, “50pachka qog‘oz” ya’ni

50.000 dollar,”10 kilogramm osh” ya’ni 10 ming AQSH dollari,”bitta kal” –

100 dollar miqdorida pora nazarda tutiladi.Ushbu iboralardan asosiy maqsad

jinoyatni yashirish.Endi bizda savollar tug‘iladi.Ushbu iborlar bilan so‘zlashuv

sudda dalil sifatida tan olinadimi?Ular bilan shaxsni ayblash uchun foydalansa

bo‘laidimi?Afsuski sudda ushbu so‘zlarni dalil sifatida tan olinishi bahsli

masala.Sudning hukmi mavhum ma’lumot va tahminlarga asoslanmasligi

kerak,degan qoidadan kelib chiqadigan bo‘lsak,bunday vaziyatlarda aybsizlik

prezumpsiyasiga ko‘ra,gumon qilinuvchi,ayblanuvchi,sudlanuvchining foydasiga

ishlaydi.Korrupsion jinoyatlarni samarali fosh qilish uchun yuqoridagi keltirilgan

xalq og‘zida muomlada bo‘lib kelayotgan “kalit” iboralarni kriminalistikaning

“glossariy” (lug‘at)iga kiritishni taklif qilamiz.


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

215

Korrupsiyaga qarshi samarali kurashish murakkab vazifadir, chunki hamma

uchun yagona bo‘lgan yechim yo‘q. Boshqaruv tuzilmalari, madaniy me’yorlar va

iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, bir mamlakatda

ishlaydigan strategiyalar boshqasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu maqola

korrupsiya bilan bog‘liq asosiy muammolarni, masala nuning asosiy sabablari, u

yaratadigan keng miqyosli effektlari va unga qarshi samarali kurashish

strategiyalarini yoritishga, korrupsiyaning oqibatlari, korrupsionerlarning

o‘zlaridan tashqarida jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan begunoh

hamkasblar va ular vakili bo‘lgan tashkilotlarning obro‘siga putur etkazishi mumkin.

Oxir oqibat, javobgarlik qulaylik va preferensiyalardan foydalanish imkoniyati

cheklangan, oddiy fuqarolar zimmasiga tushadi.

Korrupsiyaning ta’siri turli xil ijtimoiy kasalliklarda, jumladan, ijtimoiy-

odobsizlik va vabolarning tarqalishi, qurg‘oqchilik, rahbarlar tomonidan zulm va

ahdlarning buzilishida seziladi. Haqiqatda korrupsiyaning iqtisodiy qarorlar

qabul qilish tizimini buzadi, investitsiyalarni to‘xtatadi, raqobatbardoshlikka

putur yetkazadi va pirovardida mamlakatning iqtisodiy o‘sihini zaiflashtiradi.

Korrupsioner davlat amaldorlari davlat mablag‘larini talon-taroj qilganda, bu

mablag‘lar o‘z maqsadlaridan chetlashtiriladi va davlat o‘z fuqarolariga muhim

xizmatlar ko‘rsatish va himoya qilish uchun yetarli darajada mablag‘ bilan

ta’minlanmaydi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, korrupsiya ko‘p qirrali muammo bo‘lib,

iqtisodiyot va umuman jamiyat uchun keng ko‘lamli oqibatlarga olib keladi. Uning

ildizlari chuqur, turli omillardan kelib chiqadi va uning ta’siri ham keng tarqalib,

iqtisodiy o‘sishni bo‘g‘ib davlatni qarzdor qilib qo‘yadi, ijtimoiy tengsizlikni

kuchaytiradi. Korrupsiyaga qarshi kurash o‘ziga xos tarixiy va madaniy urf-

odatlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan strategiyani talab qiladi. Adolat

va adolatli jamiyatni yaratish uchun shaxslar, jamiyatlar va hukumatlar

korrupsiyaga qarshi kurashishga birlashishlari, bizning noto‘g‘ri hatti-

harakatlarimizni tan ola bilish va ularni to‘g‘irlay olish xislatlari juda muhim

hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2.

O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi – T:Adolat. 2009-yil

3.

Kriminologiya. M.H.Rustamboyev. Darslik. Toshkent TDYU. 2008-yil.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shakat MIrzoyoyevning Oliy

Majlisga Murojaatnomasi 25.01.2021.

5.

Davlat xizmatida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi F.B.Maxmudov

2023-yil

6.

https://drive.google.com/file/d/1VBparbDTegOxxIRAxWPLow-B-

A7sGETy/view

7.

lex.uz


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

216

8.

norma.uz

9.

tsul.uz

10.

tsul-library.uz

11.

cyber-leninka.ru

12.

www.wikipedia.com

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

O'zbekiston yuridik ensiklopediyasi - T:Adolat. 2009-yil

Kriminologiya. M.H.Rustamboyev. Darslik. Toshkent TDYU. 2008-yil.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shakat MIrzoyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 25.01.2021.

Davlat xizmatida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvi F.B.Maxmudov 2023-yil

https://drive.google.eom/file/d/l VBparbDTegOxxIRAxWPLow-B-A7sGETy/view

lex.uz

norma.uz

tsul.uz

tsul-library.uz

cyber-leninka.ru

www.wikipedia.com

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов