Ingliz tingliz tili fanini o`qitishda yangi interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi

Annotasiya

Davlatimiz mustaqillikka erishgandan keyin, yoshlarning chet tillarini o'rganishga bo'lgan intilishi kengaydi va mamlakatimiz tomonidan til o'rganishga ko'pgina sharoitlar yaratilmoqda. Dastlabki Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek: "Hozirgi paytda xorijiy tillarni o'rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas

CC BY f
195-197
156

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Bekbagambetova , J. ., & Баходирова S. . (2024). Ingliz tingliz tili fanini o`qitishda yangi interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi. Chet Tili ta’limi Sohasida Milliy Va Jahon Ilm-Fan Va Texnologiyalari Yutuqlaridan Foydalanish Afzalliklari Va Muammolari, 1(1), 195–197. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/field-foreign-education/article/view/32566
Jansaya Bekbagambetova , Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
tayanch doktorant
Sevinchoy Баходирова, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
talaba
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Davlatimiz mustaqillikka erishgandan keyin, yoshlarning chet tillarini o'rganishga bo'lgan intilishi kengaydi va mamlakatimiz tomonidan til o'rganishga ko'pgina sharoitlar yaratilmoqda. Dastlabki Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek: "Hozirgi paytda xorijiy tillarni o'rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas


background image

195

o’zgarmaydi. Tarjimada esa o’quvchilar qiyinchiliklarga uchraydilar. Metodistlar fikriga ko’ra,
ingiliz tili grammatikasini o’rgatishda, avvalambor, grammatika minimumini to’g’ri tanlash va ingliz
tili grammatikasini o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olish taqozo etiladi. Ingiliz tili grmmatikasini
o’ziga xos qiyinchliklari va xususiyatlari quydagilar: ingiliz tilidagi noto’g’ri fe’llar mavjudligi,
ingliz tilidagi gap qurilishni qat’iyligi, ingliz tilidagi artikillar, predlog va zamonlarning ko’pligidir.
Shu kabi xususiyatlar ingliz tili grammatikasini o’zbek tili grammtikasidan farqlaydi.

J. Jalolov fikriga ko’ra, grammatikani o’quvchilarga o’rgatishda asosan ikkita yo’ldan

foydalanishimiz mumkin: 1. Induktiv. 2. Diduktiv. Induktiv usulda o’quvchilarga avval qoida so’ngra
esa misol beriladi. Diduktiv usulda esa avval misol so’ngra qoida beriladi. Maktab yoshidagi
bolalarga ingliz tilini o’rgatishda avvalo bolalar uchun rangbaranglikka e’tibor berishimiz zarur.
Rasmlar asosida yoki qo’shiq va she’rlar orqali ham ingliz tili grammatikasini o’rgatishimiz mumkin.
Maktablarda kuzatilayotgan muammolar qatorida o’quvchida darsga nisbatan passivlik, zerikish,
diqqatni jamlay olmaslik kabi jihatlar ham mavjud. Ingliz tilini o’rgatishdagi leksik qiyinchiliklarga
kelsak, ular quyidagilar: ingliz tilidagi deyarli barcha so’zlar turli ma’nolarni anglatadi. Ya’ni bir so’z
birdan oshiq ma’noni anglatadi. M. Norovaning ta’kidlashicha, ingliz tilida bitta so’z maksimal 23ta
ma’noni berar ekan. Ingliz tili lug’atining ma’lum qismi boshqa tillardan kirib kelganligi; Ingliz
tilining idiomalarga boyligi hamda bir qancha boshqalar. Xulosa qilib aytganda, Ingliz tili darslarida
innovatsion usullarni qo'llash hamda grammatikadan foydalanish natijasida o'quvchilarning mantiqiy
fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to'g'ri javob berish malakasi
shakllanadi.Bunday usullar o'quvchida bilimga ishtiyoq uyg'otadi. O'quvchi darslarga puxta hozirlik
ko'rishga intiladi. Bu esa o'quvchilarni ta'lim jarayonining faol sub'yektlariga aylantiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Bekmuratova U. B. "Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish"
mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil [1;10]
2.Mehri Norova. Tarjimada leksik birlik va leksik transformatsiyning qo’llanilishi.[2;15-16]
3. Q. Xatamova, M.N.Mirzayeva. "Ingliz tili darslarida qo'llaniladigan interfaol usullar" (uslubiy
qo'llanma), Navoiy, 2006, 40 bet.[3]
4.www.ziyonet.uz.

INGLIZ TINGLIZ TILI FANINI O`QITISHDA YANGI INTERFAOL METODLARDAN

FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Bekbagambetova Jansaya Ruslanovna, Ajiniyoz nomidagi NDPI tayanch doktoranti

Bahodirova Sevinchoy Qudratovna, NDPI Chet tillari fakulteti, 1 bosqish talabasi.

Davlatimiz mustaqillikka erishgandan keyin, yoshlarning chet tillarini o'rganishga bo'lgan

intilishi kengaydi va mamlakatimiz tomonidan til o'rganishga ko'pgina sharoitlar yaratilmoqda.
Dastlabki Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek: "Hozirgi paytda xorijiy tillarni o'rgatishga
yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas.

Bugun jahon hamjamiyati o'ziga munosib o'rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun,

chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o'z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz
uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo'qdir". Ayniqsa, ijobiy
yangilanishlarga sabab bo'lgan qonunlardan biri bu O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining
2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
tog'risida" PQ1875-soni Qarori hisoblanadi. Mana shu qarorga muvofiq chet tillarini,asosan, ingliz
tilini boshlang'ich sinfdan boshlab o'qitish, ularni chet tillarini o'rgatishga bo'lgan intilishink yanada
takomillashtirish uchun hamam umumta'lim maktablarda 1-sinfdan boshlab ingliz tili darslarini har
xil qiziqarli o'yinlar tarzida o'qitish va shu bilan birga o'quvchilarning og'zaki nutqini ham
shakllantirish, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o'qish va grammatikani o'qitishni zamonaviy,
innovatsion usullar yordamida o'tish bosqichma-bosqich boshlandi. Darhaqiqat, chet tilini
rivojlantirish orqali dunyo tan olgan davlatlar standartiga javob bera oladigan maktab dars, darslik
yaratish biz pedagogklarning vazifamizdir. Quvonarlisi, ingliz tilida biyron so`zlasha oladigan lar
maktabning birinchi sinfidayoq topilayotgani, tizimda ingliz tili mutaxassislarning ko`p mehnati


background image

196

singayotganidan dalolatdir. Ayniqsa, chet tilida xalqaro darajalarga erishayotgan o`quvchilar safi
kundan kunga ko`payib bormoqda. Shuningdek, milliy oliygoharimizdan tashqari dunyoning top
1000 talikka kirgan universitetlarga bir o`quvchining yettitadan ortig`iga talaba bo`layotgani ham
bizni quvontiradi. Darvoqe, fanni o`zlashtirish biroz murakkab jarayon. O`zga tilni o`z tilidek
mukammal o`zlashtirishda esa pedagogning mahoratiga bog`liq. Bunda yangi pedagogik uslublardan
foydalanish ham muhim ham samaralidir. An`anaviy darsdan ko`ra o`quvchi yangi texnologiyalardan
foydalanib o`tilgan darsda o`zlashtirish ko`rsatkichi yuqori bo`ladi. Quyida shu kabi yangi pedagogik
uslublarning mohiyati va amalda qo`llay olishdagi samaralari haqida so`z yuritamiz. Ko`pgina
adabiyotlarda hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlar “Keys-stadi” (yoki “O’quv
keyslari”), “Blist-so’rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” ekanligi qayd etiladi.
Ma`lumotlarga ko`ra interfaol ta’lim strategiyalari qatoriga “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”,
“Zig-zag”, “Zinamazina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” uslublar kiradi. Interfaol
ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga
yondashuv ma’lum ma’noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu
strategiyalar ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida
boshqa farqlar yo’q. Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”,
“Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol
grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg’ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma
ko’rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko’proq
jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli. Quyida yangi minteraktiv metodlardan bir nechtasini
tahlil qilsak.[1; 36-37]

“FIKRIY HUJUM” METODI Mazkur metod o‘quvchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi

faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash
inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash, shuningdek,
ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga
o‘rganish uchun xizmat qiladi. “Fikriy hujum” metodining asosiy tamoyili va sharti mashg‘ulotning
har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash,
har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad
o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu
metoddan foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko‘lamining kengligiga
bog‘liq bo‘ladi. “Fikriy hujum” metodidan foydalanish chog‘ida o‘quvchilarning soni 10-15 nafardan
oshmasligi maqsadga muvofiqdir.

“FIKRIY HUJUM” METODI. Metod o‘quvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga

tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z
ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy
vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a’zolaridan biri axdorot beradi.
Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o‘qituvchi va boshqa
guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg‘ulot yakunida
o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos
deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg‘ulot jarayonida guruhlar a’zolarining faoliyatlari ularning
ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi. “6x6x6” METODI “6x6x6” metodi yordamida bir
vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki
masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning
qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6
nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammoni
muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi.
Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. Yangidan
shakllangan guruh a’zolari o‘z jamoadoshlariga guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim
etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar. “6x6x6”
metodining afzallik jihatlari quyidagilardir: —guruhlarning har bir a’zosining faol bo‘lishiga
undaydi; —ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi: —guruhning boshqa
a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini hosil qiladi; —ilgari surilayotgan bir necha fikrni


background image

197

umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatadi. Eng muhimi, mashg‘ulot
ishtirokchilarining har bir qisqa vaqt (20 daqiqa) mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham
tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat olib boradi. Ushbu metodni 5, 6, 7 va 8 nafar o‘quvchidan
iborat bo‘lgan bir necha guruhlarda qo‘llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o‘rtasida “6x6x6” metodi
qo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda munozara uchun
ham, axborot berish uchun birmuncha ko‘p vaqt talab etiladi. So‘z yuritilayotgan metod
qo‘llanilayotganda mashg‘ulotlarda quruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzuni qilish imkoniyati
mavjud. “6x6x6” metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o‘qituvchidan faollik, pedagogik mahorat,
shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo‘lishni talab etadi.
Guruhlarning to‘g‘ri shakllantirmasligi topshiriq yoki vazifalarning to‘g‘ri hal etilmasligiga sabab
bo‘lishi mumkin. Bu metod yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi: 1. O‘qituvchi
mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo‘yib chiqadi. 2. O‘quvchilar
o‘qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‘linadi. O‘quvchilarni guruhlaga bo‘lishda har o‘rindiqni
nomlab, nomlangan varaqchalarni olganlar o‘z o‘rinlariga joylashadilar. 3. O‘quvchilar joylashib
olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot mavzusini e’lon qiladi va guruhlarga muayyan
topshiriqlarni beradi. Ma’lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi. 4. O‘qituvchi
guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o‘rinlarda guruh a’zolariga maslahatlar beradi, yo‘l-
yo‘riqlar ko‘rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to‘g‘ri hal etilganligiga
ishonch hosil qilganidan so‘ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so‘raydi. 5. Munozara
uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o‘qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Qaytadan
shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. Yangidan
shakllangan guruh a’zolari o‘z jamaodoshlariga guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim
etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.

Xulosa o’rnida shuni aytish kerak, pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga shakl, metod va

vositalar yordamida tashkil etilib, pedagogik faoliyat samaradorligini oshiradi hamda o‘qituvchi
o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptiradi. Bundan tashqari, o`quvchilar tomonidan o‘quv
predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlaydi. o`quvchlarda mustaqil, erkin va
ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Hamda o`quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga
chiqara olishlari uchun zarur shartsharoitlarni yaratiladi. Shuningdek, pedagogik jarayonda
demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.

ADABIYOTLAR:

1. Jalolov Jamol. Chet til o‘qitish metodikasi. “O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent –
2012.
2. Bekmuratova U. B. “Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida
referat. Toshkent — 2012 yil
3. Отабоева, М. Р. Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish va
uning samaradorligi / М. Р. Отабоева. — Текст: непосредственный, электронный // Молодой
ученый. — 2017. — № 4.2 (138.2). — С. 36–37. — URL:
4.https://moluch.ru/archive/138/39058/ (дата обращения: 27.04.2020) Xatamova N. Q., Mirzayeva
M.N. “INGLIZ TILI DARSLARIDA 5. QO’LLANILADIGAN INTERFAOL USULLAR” (uslubiy
qo’llanma), Navoiy, 2006, 40 bet.

TARBIYA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI

RIVOJLANTIRISHNING MOHIYATI

Bekbagambetova Jansaya Ruslanovna

Ajiniyoz nomidagi NDPI 1-kurs tayanch doktoranti

Bugungi davrga kelib o‘qitishning turli usul va uslublari va metodlari yaratilmoqda. Bulardan

eng samaralisi albatta amaliy ta’lim metodlaridir. Chunki amaliy ta’lim metodlari orqali o‘quvchilar
nazariy ma’lumot bilan birgalikda amaliy ravishda ish olib boradi. Bu eslab qolish va ko‘nikmani
rivojlantiradi. Amaliy ta’lim metodlari nazariy berilgan bilimlarni amalda sinab ko‘rish orqali amalga
oshiriladi.Ta’lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish

Bibliografik manbalar

Jalolov Jamol. Chet til o‘qitish metodikasi. “O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent – 2012.

Bekmuratova U. B. “Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil

Отабоева, М. Р. Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi / М. Р. Отабоева. — Текст: непосредственный, электронный // Молодойученый. — 2017. — № 4.2 (138.2). — С. 36–37. — URL:

https://moluch.ru/archive/138/39058/ (датаобращения: 27.04.2020) Xatamova N. Q., Mirzayeva M.N. “INGLIZ TILI DARSLARIDA 5. QO’LLANILADIGAN INTERFAOL USULLAR” (uslubiy qo’llanma), Navoiy, 2006, 40 bet.