197
umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatadi. Eng muhimi, mashg‘ulot
ishtirokchilarining har bir qisqa vaqt (20 daqiqa) mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham
tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat olib boradi. Ushbu metodni 5, 6, 7 va 8 nafar o‘quvchidan
iborat bo‘lgan bir necha guruhlarda qo‘llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o‘rtasida “6x6x6” metodi
qo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda munozara uchun
ham, axborot berish uchun birmuncha ko‘p vaqt talab etiladi. So‘z yuritilayotgan metod
qo‘llanilayotganda mashg‘ulotlarda quruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzuni qilish imkoniyati
mavjud. “6x6x6” metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o‘qituvchidan faollik, pedagogik mahorat,
shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo‘lishni talab etadi.
Guruhlarning to‘g‘ri shakllantirmasligi topshiriq yoki vazifalarning to‘g‘ri hal etilmasligiga sabab
bo‘lishi mumkin. Bu metod yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi: 1. O‘qituvchi
mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo‘yib chiqadi. 2. O‘quvchilar
o‘qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‘linadi. O‘quvchilarni guruhlaga bo‘lishda har o‘rindiqni
nomlab, nomlangan varaqchalarni olganlar o‘z o‘rinlariga joylashadilar. 3. O‘quvchilar joylashib
olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot mavzusini e’lon qiladi va guruhlarga muayyan
topshiriqlarni beradi. Ma’lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi. 4. O‘qituvchi
guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o‘rinlarda guruh a’zolariga maslahatlar beradi, yo‘l-
yo‘riqlar ko‘rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to‘g‘ri hal etilganligiga
ishonch hosil qilganidan so‘ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so‘raydi. 5. Munozara
uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o‘qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Qaytadan
shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. Yangidan
shakllangan guruh a’zolari o‘z jamaodoshlariga guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim
etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerak, pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga shakl, metod va
vositalar yordamida tashkil etilib, pedagogik faoliyat samaradorligini oshiradi hamda o‘qituvchi
o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptiradi. Bundan tashqari, o`quvchilar tomonidan o‘quv
predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlaydi. o`quvchlarda mustaqil, erkin va
ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Hamda o`quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga
chiqara olishlari uchun zarur shartsharoitlarni yaratiladi. Shuningdek, pedagogik jarayonda
demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
ADABIYOTLAR:
1. Jalolov Jamol. Chet til o‘qitish metodikasi. “O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent –
2012.
2. Bekmuratova U. B. “Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida
referat. Toshkent — 2012 yil
3. Отабоева, М. Р. Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish va
uning samaradorligi / М. Р. Отабоева. — Текст: непосредственный, электронный // Молодой
ученый. — 2017. — № 4.2 (138.2). — С. 36–37. — URL:
4.https://moluch.ru/archive/138/39058/ (дата обращения: 27.04.2020) Xatamova N. Q., Mirzayeva
M.N. “INGLIZ TILI DARSLARIDA 5. QO’LLANILADIGAN INTERFAOL USULLAR” (uslubiy
qo’llanma), Navoiy, 2006, 40 bet.
TARBIYA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI
RIVOJLANTIRISHNING MOHIYATI
Bekbagambetova Jansaya Ruslanovna
Ajiniyoz nomidagi NDPI 1-kurs tayanch doktoranti
Bugungi davrga kelib o‘qitishning turli usul va uslublari va metodlari yaratilmoqda. Bulardan
eng samaralisi albatta amaliy ta’lim metodlaridir. Chunki amaliy ta’lim metodlari orqali o‘quvchilar
nazariy ma’lumot bilan birgalikda amaliy ravishda ish olib boradi. Bu eslab qolish va ko‘nikmani
rivojlantiradi. Amaliy ta’lim metodlari nazariy berilgan bilimlarni amalda sinab ko‘rish orqali amalga
oshiriladi.Ta’lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish
198
uchun bajarish lozim bo’lgan vazifalari amalga oshirishda qo’llaniladigan turli-tuman ish usullari va
shakllarini o’z ichiga oladi.Bu ishlarni amalga oshirishning shakllangan va amaliyotda
qo’llanilayotgan har turli usullari va shakllari asosida ko’plab ta’lim metodlari hosil bo’lgan va bu
jarayon davom etmoqda. Muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadga qaratilgan biror harakatni amalga
oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidan iborat bo’lib shakllangan faoliyat shu maqsadga erishishga
xizmat qiluvchi o’ziga xos ta’lim metodini hosil qiladi. Bunda harakatni amalga oshirish yo’li deb
bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta yo’llardan oldindan
ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo’lni aytiladi. Masalan, savod o’rgatish
yo’llari: oilada o’rgatish, maktabda o’rgatish, maktabgacha ta’lim muassasasida o’rgatish, o’qituvchi
yordamida o’rgatish, kitoblar, kompyuter, ko’rgazma qurollar va boshqalar vositasida o’rgatish.
Kollaboratsiya (fransuzcha-collaboration) – umumiy manfaatga birga erishish uchun ikki yoki undan
ko‘proq kishining sherikchiligi demakdir.Shaxsning kollaborativ o‘quv muhitiga kirishi
o‘quvchining insoniy munosabatlaga kirisha olish xususiyatini rivojlantirishga, amaliy, ilmiy va
nazariy faoliyat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishga, muayyan ijtimoiy normalar va funksiyalarni
shakllantirishga faol jalb qilishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchi jamiyatda o‘zini muvaffaqiyatli amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni egallaydi, jamoa a’zolari bilan faol munosabatda bo‘ladi,
kelajakda turli xil ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini qanday tutishni, muloqot qilishni o‘rganadi.[1;101]
Hamkorlik muhiti ijodiy salohiyatga ega bo‘lib, o‘quvchi shaxsiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Bunday muhitda o‘quvchi o‘zini jamoa faoliyat sub’ekti, ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi
sifatida
his
qiladi,
o‘z
ahamiyatini
va
shaxsiy
qadriyatini
tushunadi.
Kollaboratsiya
-
ikki
yoki
undan
ortiq
kishining
umumiy
maqsadlarga
erishish
uchun har qanday sohada birgalikdagi faoliyati bo‘lib, bunda bilim almashish,
o‘rganish va kelishuvga erishish (konsensus) amalga oshiriladi.
“Kollaboratsiya
tushunchasi”
quyidagi
ma’nolarni
anglatadi.
- pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;
-o‘quvchilar
o‘rtasida
o‘zaro
hamkorlikni
qaror
toptirishi;
-
o‘quvchilar
tomonidan
o‘quv
predmetlari
bo‘yicha
egallagan
ko‘nikma,bilim
va
malakalarini
amaliyotga
tatbiq
eta
olishini
ta’minlashi;
-
o‘quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
-
o‘quvchilarning
o‘z
imkoniyatlarini
ro‘yobga
chiqara
olishlari,
qobiliyatlarini
namoyish qilishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi lozim.
Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida o‘qitish metodikasini
takomillashtirish vazifasi belgilangan. Shunga muvofiq, darsliklarni yangilash bo‘yicha muayyan
ishlar bajarildi. Xususan, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan “4K” modeli
asosida tayyorlandi. “4K” modelidan foydalanish ko‘plab sinovlardan o‘tgan, muhimi, zamonaviy
yondashuvdir. Biz avvallari bolalarning yozuviga ko‘proq e’tibor qaratganmiz, diktantlar
yozdirganmiz.Yangi tajriba bilan esa o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashi, o‘z fikrini erkin bayon eta
olishiga ko‘proq ahamiyat beriladi. Ushbu yangi zamonaviy maktab darsliklari innovasion
yondashuvni taqdim etadi. Bu metodologiya bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan
bo‘lib, to‘rt asosiy kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi. Kollaborasiya – darsliklar o‘quvchilarning
jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o‘quvchilarga
hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga
ko‘maklashadi.“4K”modelining birinchi talabi kolloboratsiya – ta’lim oluvchining jamoa bo‘lib
ishlash qobiliyatini shakllantiradi, rivojlantiradi.
Pedagogik hamkorlik g‘oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga
singdirilgan va «XXI asr ta’limi konsepsiyasi» asosini tashkil etadi. Hamkorlikda o‘qitishning asosiy
g‘oyasi – o‘quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o‘qish,o‘rganishdir.
Hamkorlikda o‘qitish har bir o‘quvchini kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr
yuritishga o‘rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o‘quvchida shaxsiy qadr
-qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish, o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash,
tahsil olishda mas’uliyat hissini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Bu jarayonda har bir o‘quvchi o‘zining
muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini anglaydi. SHuning uchun mustaqil va
199
sidqidildan aqliy mehnat qiladi, o‘quv topshiriqlarini to‘liq va sifatli bajaradi, o‘quv materialini puxta
o‘zlashtiradi, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lishni, o‘zaro yordam uyushtirishni o‘rganadi. Hamkorlik
muhitini yaratish metodikasi A.S. Makarenko tomonidan ishlab chiqilgan va tajribalarda isbotlangan
“Jamoani rivojlantirish nazariyasi” bilan chambarchas bog‘liqdir.[2;78-82]
Bu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, insonning shaxs sifatida shakllanishi va
rivojlanishida jamoa (kollektiv) muhim o‘rin tutadi.Sababi har bir inson jamiyatda yashaydi, faoliyat
yuritadi, boshqa odamlar bilan munosabatlarga kirishadi.
Bizning fikrimizcha, bu nazariya shaxsiyatga yo‘naltirilgan, insonparvarlik yo‘nalishiga ega,
chunki jamoaning ijodiy salohiyatidan foydalanish orqali shaxsga o‘z qobiliyatlarini ochish, shaxs
sifatida namoyon bo‘lish imkoniyatini berish mumkin. Bu fikr A.S. Makarenko tomonidan taklif
qilingan "hurmat va talab" tamoyiliga ko‘ra ,o‘qituvchi dars mashg‘ulotlarida hamkorlik muhitini
yartish asnosida , qat’iylik, talabchanlik va o‘quvchi shaxsiga hurmatni uyg‘unlashtiradi, guruh
a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni doimiy nazorat qiladi, o‘quvchilarda o‘zaro totuvlik, javobgarlik,
birgalikda harakat qilish qoidalarini singdirib boradi. Hamkorlikda ta’lim olishning o‘ziga xosligi
shundaki, o‘quvchi aynan jamoada yoki kichik guruhda o‘zini qay darajada namoyon qila olishiga
e’tibor qaratiladi. Yа’ni, hamkorlik muhitining ijodiy salohiyati qanchalik yaxshi ochib berilsa,
pedagogik jarayon ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlar qanchalik boy va qiziqarli bo‘lsa,
o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga qiziqishi shu darajada ortadi. O‘quvchi turli vaziyatda o‘z
fikrini dadil bayon etadi -axborotni qidiradi, olingan ma’lumotlarni ongli va ob’ektiv baholashni
o‘rganadi.
Demak, o‘quvchining tashabbuskorlik, optimizm, o‘ziga ishonch kabi shaxsiy fazilatlar
takomillashadi. Hamkorlikdagi o‘quv faoliyatining maqsadi o‘zlashtiriladigan faoliyat va
birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir.
Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli o‘quvchilar ilgari surgan yangi g‘oyalar va o‘zlashtirilayotgan
faoliyatning mohiyatiga bog‘liq maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish
istaklarining yuzaga kelishidir. Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o‘qituvchi bilan o‘quvchining
birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat o‘qituvchining
o‘quvchiga ko‘rsatadigan yordamidan boshlanadi. O‘quvchilarning faolligi asta-sekin o‘sib borib,
butunlay ularning o‘zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o‘qituvchi bilan o‘quvchi
o‘rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo‘ladi. Bahsli, muammoli vaziyat –
insonning faoliyati davridagi fikrlash natijasiga bog‘liq bo‘lib, qoladigan murakkab holatga yoki
sharoitga tushib qolishidir. Bunday holatda u hodisa yoki jarayonni qanday izohlashni bilmaydi.
Bahsli, muammoli vaziyatlar o‘quvchilarning aqliy kuchini zo‘riqtiradi, u vaziyatni oydinlashtirish
uchun yo‘llar qidira boshlaydi, qiyinchiliklar bilan to‘qnashadi. Inson muammo bilan yuzmayuz
(to‘qnash) kelgandagina fikrlay boshlaydi. O‘zida mavjud bilimlar bilan fikrlab amallar bajara
boshlab, saviyaga mos darajadagi xulosalarga kela boshlaydi. O‘quvchilar o‘zlari bajargan
topshiriqlarni qanday qilib bajarganliklarini aytib,tushuntirib bera olishlari lozim. Muammo hal qilish
jarayonidagi tushunmay qolgan o‘rinlarini o‘z so‘zlari bilan ifodalab bera olishi o‘qituvchi uchun
muhimdir.
Nemis pedagogi Disterveg bekorga “Noqobil o‘qituvchi haqiqatni aytadi qo‘yadi, yaxshi
o‘qituvchi esa uni topishini o‘rgatadi” deb aytmagan. Bu o‘rinda o‘qituvchining vazifasi faqat
mavzuni tushuntirib berish emas, masalani to‘g‘ri qo‘ya bilishi, o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqtira
olishi, uning tuyg‘ularini bezovta qila bilishi va muammoni hal etishda hamkor sifatida qatnashishdan
iborat. Bola faoliyati erkin bo‘lsa, unda shaxsga hurmat tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Bahs jarayonida
o‘qituvchining o‘quvchilar bilan hamkorligi bolani mutelikdan, ko‘r-ko‘rona itoatdan qutqaradi.Dars
bir maqsad sari intilayotgan hamkorlikning yagona faoliyatiga aylanadi. Ushbu muhim
kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam berishni istasak, o‘quv jarayonini bolalar uchun qiziqarli
va foydali tarzda tashkillashtirishimiz kerak. Maktabdagi har bir dars o‘quvchilar faqat fan
mazmunini o‘zlashtiradigan emas, balki mustaqil bilim oladigan va qobiliyatini rivojlantiradigan
jarayondir. O’quvchilar uchun yangi darsliklar esa kelajagimiz egalari bo‘lmish yosh avlodni har
tomonlama rivojlantirib gina qolmay, balki zamonaviy jamiyatga muvaffaqiyatli moslashish uchun
zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni ularda shakllantirishga qaratilgani bilan yanada ahamiyatlidir.
200
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Незнанов А.А. и др. Коллаборативные технологии в образовании: как выстроить
эффективную поддержку гибридного обучения? / А.А. Незнанов // Университетское
управление: практика и анализ. — 2019. — Т. 23. — № 1–2. — С. 101–110.
2. Синицына Г.П. Стратегия обучения в партнёрстве: коллаборативное обучение / Г.П.
Синицына // Наука о человеке: гуманитарные исследования. — 2019. — № 2(36). — С. 78–82.
3. Павельева Н.В. Коллаборативное обучение как модель эффективной реализации
образовательного процесса / Н.В. Павельева // Образование. Карьера. Общество. — 2010. —
№ 3(29). — С. 30–37.
4. Куликов А.В. Системы дистанционного коллаборативного обучения и некоторые аспекты
технологии их разработки / А.В. Куликов // Сборники конференций НИЦ Социосфера. —
Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro, 2012. — № 8. — С. 105–107.
ART THERAPY AS AN COMPREHENSIVE APPROACH TO AESTHETIC EDUCATION
OF PRESCHOOL CHILDREN
Bekmanova Zhamilya Abdullaevna(PhD),
senior teacher of the Department of Preschool Education and Defectology,
Nukus State Pedagogical Institute named afterAzhiniyaz
The artistic and aesthetic development of a preschooler plays a special role in the life of a child, since
it not only forms in him an interest in art and its types, not only develops love and the need to
communicate with beauty, but is also an indispensable component of the comprehensive development
of the individual.
In pedagogy, the opinion is increasingly being established that children’s communication with art is
a kind of health-saving effect using artistic creativity.This understanding gives educators and teachers
new opportunities to solve the humanistic problems of upbringing and education.
As a serious prerequisite for its solution at the innovative level, one can consider the intensive
development of a new scientific direction that studies the nature, patterns, principles, mechanisms of
involving art in solving various pedagogical problems, called art therapy and art pedagogy.
Various methods of using art technologies were developed theoretically and practically by CIS
scientists A.I.Kopytina, M.V.Kiseleva, A.G.Kuznetsova [1;2,3], teachers and researchers of
Uzbekistan M.M. Nigmatova, D.Sh.Mirzaeva, T.L.Chabrova. Art therapy techniques, initially
applied to the development of children with physical or intellectual problems, were subsequently and
are still used in working with children who do not have developmental disabilities. The presence of
a modern classification of types of art therapy (isotherapy, bibliotherapy, imagotherapy, music
therapy, kinesitherapy, etc.), on the one hand, provides educators with ample opportunities to use
them to develop certain psychological states, qualities and skills of children, but, on the other hand,
creates a problemtheir appropriate parallel or simultaneous use.In this case, the help of qualified
specialists (psychologists, speech pathologists, professional art teachers) and dosing of the types of
creative activities of children is necessary. In particular, in our work these areas were used
sporadically and in different paired combinations: isotherapy-music therapy (drawing to music),
bibliotherapy - isotherapy (drawing characters and plots of famous and read fairy tales, proverbs,
children's stories), music therapy - kinesitherapy (movements tomusic, dancing). Also, with the help
of types and means of art pedagogy, comprehensive (integrative) education and upbringing of
children was provided, consisting of:
a) in a psychotherapeutic beneficial effect on children (relieving tension, muscle and nerve tension,
negative emotional states, fear, shyness, etc.);
b) in increasing the level of their artistic and aesthetic development;
c) intensive influence on the comprehensive development of preschool children, since in the process
of so many different types of activities related to art, the senses develop, intellectual, artistic, motor
abilities, skills and inclinations are formed. The possibilities of art therapy were used to influence the
physiological and mental state of the child with the help of art as follows:
