Sport o`yinlarida tezkor qobiliyatlar, ularning turlari va tarbiyalash uslubiyati

Abstract

Odamni bir necha yillar davomida harakat vazifalarini maksimal tezkorlik bilan bajarish imkoniyatlarini tavsiflash uchun “tezkorlik” degan umumlashtirilgan atama qo`llanilgan. Harakat tezkorligini namoyon qilishning ko`p shakllarini va ularning yuqori darajada o`ziga xosligini hisobga olgan holda, ushbu atama oxirgi yillarda “tezkor qobiliyatlar” degan tushunchaga almashtirildi.

CC BY f
428-429
27

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Turganbaev , M. . (2024). Sport o`yinlarida tezkor qobiliyatlar, ularning turlari va tarbiyalash uslubiyati. Advantages and Challenges of Applying Local and Global Science and Technology Achievements into Foreign Language Teaching, 1(1), 428–429. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/field-foreign-education/article/view/32905
Miyirbek Turganbaev , Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz
student
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Odamni bir necha yillar davomida harakat vazifalarini maksimal tezkorlik bilan bajarish imkoniyatlarini tavsiflash uchun “tezkorlik” degan umumlashtirilgan atama qo`llanilgan. Harakat tezkorligini namoyon qilishning ko`p shakllarini va ularning yuqori darajada o`ziga xosligini hisobga olgan holda, ushbu atama oxirgi yillarda “tezkor qobiliyatlar” degan tushunchaga almashtirildi.


background image

428

SPORT O`YINLARIDA TEZKOR QOBILIYATLAR, ULARNING TURLARI VA

TARBIYALASH USLUBIYATI

Turganbaev Miyirbek Azamatovich

Ajiniyoz nomidagi NDPI Jismoniy madaniyat fakulteti 2-kurs talabasi

Odamni bir necha yillar davomida harakat vazifalarini maksimal tezkorlik bilan bajarish

imkoniyatlarini tavsiflash uchun “tezkorlik” degan umumlashtirilgan atama qo`llanilgan. Harakat
tezkorligini namoyon qilishning ko`p shakllarini va ularning yuqori darajada o`ziga xosligini hisobga
olgan holda, ushbu atama oxirgi yillarda “tezkor qobiliyatlar” degan tushunchaga almashtirildi.

Tezkor qobiliyatlar – bu, ushbu shartlar uchun vaqtning maksimal bo`lagida harakat amallarini

bajarishni ta`minlaydigan, odamning majmuaviy funkcional xususiyatlari. Tezkorlik deganda, odam
harakatlarining hamda harakat reakciyalarini tezkor tavsiflarini bevosita va ustivor belgilaydigan
majmuaviy funkcional xususiyatlari tushuniladi.

Tezkorlik deganda, minimal qisqa vaqt ichida odam gavdasi va uning alohida qismlarini

harakatlantirish imkonini beradigan harakat apparatining markaziy va periferik asab strukturalari
namoyon bo`lishining birligi tushuniladi. Ancha katta tashqi qarshilik, katta sarflarni talab
qilmaydigan mushak ishlarining murakkab koordinaciyasi bo`lmagan paytda bajariladigan
harakatlarning yuqori tezkorligi va favqulodda harakat reakciyalarga nisbatan odamning harakat
qobiliyati tushuniladi. Tezkor qobiliyatlarning namoyon bo`lishining elementar va majmuaviy
shakllari farqlanadi. Elementar shakllariga quyidagilar kiradi:

Signalga tezkor reakciya qilish qobiliyati (reakciya tezkorligi);
Alohida lokal harakatlarni maksimal tezlikda bajarish qobiliyati (yakka harakat tezligi);
Harakatni tezkor boshlash qobiliyati (keskinlik)
Harakatlarni maksimal sur`atda bajarish qobiliyati (harakatlar sur`ati).
Jismoniy tarbiya amaliyoti uchun, odam tomonidan bir butun harakat amallarini bajarish tezligi eng

katta ahamiyatga ega. Lekin, bu tezlik, odamning tezkorligini bevosita tavsivlaydi xolos, chunki nafaqat
tezkorlikni rivojlanish darajasi bilan belgilanadi, balki boshqa omillar bilan, xususan harakat amali
texnikasini egallash bilan, koordinacion qobiliyatlar, motivaciya, irodaviy sifatlar bilan belgilanadi.
Tezkor qobiliyatlarni namoyon bo`lishining majmuaviy shakllariga quyidagilar kiradi:

Startda maksimal imkoniyati bo`lgan tezlikka erishish qobiliyati – sprinter yugurishdagi startdan

tezlanish, futboldagi rivoklar. O`rtacha ushbu vaqt 5-6 s ni tashkil qiladi;

Distancion tezlikning yuqori darajasiga erishish qobiliyatini tezkor chidamlilik deb atashadi (ciklik

lokomociyalarda);

Bitta harakat amalidan boshqasiga tezkor o`ta bilish qobiliyati, ya`ni holatni o`zgarishi bilan darhol

to`xtash va harakatni boshqa yo`nalishda boshlash bilan bog`liq bo`lgan tormozlanish tezkorligi (masalan,
futbolda).

Tezkorlik qobiliyatlarini rivojlanish va namoyon bo`lish tezkorligi darajasi bir qator omillarga

bog`liq:

Asab jarayonlarining harakatchanligi, ya`ni asab markazlarini qo`zg`alish holatidan tormozlanish

holatiga va aksincha o`tish tezligiga;

Turli mushak tolalarining, ya`ni tezkor va sust tolalarning nisbati, ularning elastikligi va

cho`ziluvchanligiga;

Mushaklarning kuchiga;
Mushaklarni kuchlangan holatdan bo`shashgan holatga o`tish qobiliyatiga;
Mushakdagi energetik zahira, ATF va KTF, ularning parchalanish va tiklanish tezligiga;
Harakatlar amplitudasiga, ya`ni bo`g`imlardagi harakatchanlik darajasiga;
Tezkor ish paytida harakatlarning koordinaciyalash qobiliyatiga;
Organizm

hayot

faoliyatining

biologik

ritmiga,

harakatlarning

maksimal

tezligi

t = +22 gradus bo`lganda kuzatiladi;

Yoshi va jinsiga;
Odamning tabiiy tezkor qobiliyatlariga.


background image

429

Odamning tezkor qobiliyatlari juda o`ziga xosdir. Bir xil harakatlarni juda tezkor va boshqalarini,

nisbatan sekin bajarish mumkin. Startda yaxshi tezlanish va distanciyada uncha katta bo`lmagan tezlikka
ega bo`lish mumkin va aksincha. Reakciya tezkorligini trenirovka qilish harakatlarning chastotasiga
amalda tahsir qilmasligi mumkin. Futbolchilar uchun mashqlarni tanlash paytida, turli holatlardan
startdagi tezlanishlarga va harakatlar yo`nalishini tezkor o`zgartirishlarga e`tibor qaratish zarur. Tezkorlik
qobiliyatlarining alohida shakllar o`rtasidagi bog`liqlikning nisbatan bo`lmasligi, barcha harakat
vazifalarida maksimal tezlikni belgilaydigan yagona sabab yo`qligi to`g`risida gapiradi. Tezkor
qobiliyatlarni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni echish zarur:

1. Bolalar o`rganish vaqtida o`zlashtiradigan tezkor qobiliyatlarni harakat malakalari va

ko`nikmalari bilan uyg`unlikda har tomonlama rivojlantirishni. O`rta maktab yoshini qo`ldan boy
bermaslik muxim – ushbu guruh qobiliyatlarga samarali ta`sir ko`rsatish uchun ayniqsa qulay
bosqich;

2. Reakciya qilish tezligi yoki harakat tezkorligi muxim rol o`ynaydigan sport turida (futbol)

o`smirlarning ixtisoslashishi paytida tezkorlik qobiliyatlarini maksimal rivojlantirishni;

3. Ma`lum bir faoliyat turidagi muvaffaqiyat unga bog`liq bo`lgan tezkorlik qobiliyatlarini

takomillashtirishni.

Sport trenirovkasi jarayonida harakatlar tezligini oshirish nafaqat tezkor qobiliyatlarga ta`sir

ko`rsatish bilan, balki boshqa yo`l – kuch va tezkor-kuch qobiliyatlar, tezkor chidamlilik, harakat
texnikasini takomillashtirish yo`li bilan erishiladi. Harakat reakciyalarining tezkorligi oddiy va murakkab
bo`lishi mumkin.

Oddiy reakciya – bu, oldindan ma`lum signalga oldindan ma`lum harakat bilan javob berish.

Masalan, yugurishdagi start, o`yin paytidagi hakamning xushtagi. Oddiy reakciyaning tezkorligi
reakciyaning latent bosqichi bo`yicha aniqlanadi, ya`ni signalni paydo bo`lishidan to harakatning
boshlanish vaqtigacha bo`lgan vaqt bo`lagi bo`yicha aniqlanadi.

Katta odamlarda oddiy reakciyaning latent vaqti 0,3 sekunddan oshmaydi. Reakciya tezkorligini

rivojlantirish paytidagi asosiy usul – mashqni takroriy bajarish usulidir. U, reakciya qilish vaqtini
qisqartirishga ko`rsatma berish bilan bexos paydo bo`lgan qo`zg`atuvchiga takroran reakciya qilishdan
iborat.

Reakciya tezkorligi mashqlari boshida engillashtirilgan shartlarda bajariladi (masalan, signal

bo`yicha harakat yo`nalishini o`zgartirish). Qoidaga ko`ra, reakciya izolyaciya qilinmagan holda,
balki konkret yo`naltirilgan harakat amalida yoki uning elementida (hujum harakatida, o`yin
harakatlarining elementlarida) amalga oshiriladi. Shuning uchun, oddiy reakciyaning tezkorligini
takomillashtirish uchun, musobaqa shartlariga maksimal yaqinlashtirilgan shartlarda reakciya
tezkorligiga yo`naltirilgan mashqlar qo`llaniladi: dastlabki va ijro komandalari oralig`idagi vaqt, har
xil signallar – eng balandidan tortib to eng past signallar o`zgartiriladi. Turli kuchga ega tovush
qo`zg`atuvchilarini qo`llash, birinchidan, uning kuchiga adaptaciya bo`lishning oldini oladi,
ikkinchidan, holatni murakkablashtiradi, o`quvchi signalga reakciya qilishi uchun ancha e`tiborli
bo`lishi kerak.

Adabiyotlar

1.

Бомпа Т. Подготовка юних чемпионов: С англ./Т. Бомпа-М.: ООО «Издательство Астрель»:

ООО «Издательство АСТ», 2003.-ХII, 260 с.
2.

Вайцеховакий С.М. Книга тренера. М.:Физкультура и спорт, 1971.-312 с.

3.

Волков Л.В. Теория и методика детского и юношеского спорта. Киев, Олимпийская

литература, 2002.-294 с.
4. Иванков Ч.Т. Теоретические основи методики физического воспитания.-М.: «Инсан», 2000.-
352 с.
5. Керимов Ф.А. Спорт кураши назарияси ва усулияти: Т.: УзДЖТИ, 2001.-286 с.
6. Куурись В.Н. Основи силовой подготовки юношей. - М.: Советский спорт, 2004.-264 с.




References

Бомпа Т. Подготовка юних чемпионов: С англ./Т. Бомпа-М.: ООО «Издательство Астрель»: ООО «Издательство АСТ», 2003.-ХII, 260 с.

Вайцеховакий С.М. Книга тренера. М.:Физкультура и спорт, 1971.-312 с.

ВолковЛ.В. Теория и методика детского и юношеского спорта. Киев, Олимпийская литература, 2002.-294 с.

Иванков Ч.Т.Теоретические основи методики физического воспитания.-М.: «Инсан», 2000.- 352 с.

Керимов Ф.А. Спорт кураши назарияси ва усулияти: Т.: УзДЖТИ, 2001.-286 с.

Куурись В.Н. Основи силовой подготовки юношей. - М.: Советский спорт, 2004.-264 с