She’riy tarjimadagi muammolar

Annotasiya

Tarjima ijodiy jarayon bo’lib, boshqa tilda asarni qayta yaratish san’atidir. Tillar, she’riy tizimlar, vazn, musiqaviy omillar orasida farq mavjud. Biroq mazkur farqlarni tarjimada qayta yaratish orqali tarjimamatni yaratiladi. She’riyat tarjimasi tarjimaning boshqa turlariga nisbatan murakkabroq bo’ladi va buning o’ziga yarasha bir qancha sabablari mavjud.

CC BY f
259-261
61

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xasanova , X. . (2024). She’riy tarjimadagi muammolar. Chet Tili ta’limi Sohasida Milliy Va Jahon Ilm-Fan Va Texnologiyalari Yutuqlaridan Foydalanish Afzalliklari Va Muammolari, 1(1), 259–261. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/field-foreign-education/article/view/32724
Xilola Xasanova , Uzbekiston davlat jahon tillar universiteti
talaba
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Tarjima ijodiy jarayon bo’lib, boshqa tilda asarni qayta yaratish san’atidir. Tillar, she’riy tizimlar, vazn, musiqaviy omillar orasida farq mavjud. Biroq mazkur farqlarni tarjimada qayta yaratish orqali tarjimamatni yaratiladi. She’riyat tarjimasi tarjimaning boshqa turlariga nisbatan murakkabroq bo’ladi va buning o’ziga yarasha bir qancha sabablari mavjud.


background image

259

retention. To encourage active participation and strengthen understanding, include interactive
activities such as discussions, role-plays, or debates based on the reading material. To develop higher-
order thinking skills and develop deeper understanding, o 'engage students in predicting outcomes,
making inferences or making inferences based on the text.

Provide constructive feedback on reading comprehension exercises and encourage students to

reflect on their strengths and areas for improvement. Offer extra help or practice if needed. By
incorporating these strategies and activities into language lessons and practice sessions, A2 students
can improve their reading comprehension skills and build confidence in understanding written texts
and can achieve higher levels of language proficiency.

Conclusion.

In summary, developing reading comprehension skills at A2 level vocabulary building, graded

reading materials, pre-reading activities, reading strategies, comprehension questions, vocabulary
check , requires a holistic approach that combines interactive activities and feedback mechanisms.
By effectively implementing these strategies and activities, students can improve reading
comprehension skills, build confidence in understanding written texts, and achieve higher levels of
language proficiency. With consistent practice and support, students can build a strong foundation in
reading comprehension that will benefit them as they move forward in their language learning
journey.

REFERENCES.

1.

K.A. Krylova "Techniques of teaching listening in foreign language classes. Methodology of

teaching listening in English classes Steps of teaching listening in English classes"

2. Madina Shirova (Uzbekistan, Karshi) Methods and exercises for developing listening

comprehension.

3. Khodjamkulov, U., Makhmudov, K., & Shofkorov, A. The Issue of Spiritual and Patriotic

Education of Young Generation in the Scientific, Political and Literary Heritage of Central Asian
Thinkers. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05), (2020). 6694-6701.

4. Makhmudov, K. Ways of Forming Intercultural Communication in Foreign Language

Teaching. Science and Education, 1(4), (2020). 84-89.

5. Makhmudov, K. Current Problems of Teaching English and New Approaches to Resolve in

Secondary Education Schools. Modern Trends in Linguistics: Problems and Solutions, (2020). 271-
273.

SHE’RIY TARJIMADAGI MUAMMOLAR

Xasanova Xilola Ikom qizi

O’zDJTU 3-bosqich talabasi

Toshkent,Xilolaxasanova77@gmail.com


Tarjima ijodiy jarayon bo’lib, boshqa tilda asarni qayta yaratish san’atidir. Tillar, she’riy

tizimlar, vazn, musiqaviy omillar orasida farq mavjud. Biroq mazkur farqlarni tarjimada qayta
yaratish orqali tarjimamatni yaratiladi [2;196]. She’riyat tarjimasi tarjimaning boshqa turlariga
nisbatan murakkabroq bo’ladi va buning o’ziga yarasha bir qancha sabablari mavjud. Jumladan,
she’riy asarlarda ijodkorning o’y-fikrlari, tasavvuri obrazli shaklda bayon etiladi va tarjimondan
asarni qiymatini yo’qotmagan holdabir tildan ikkinchi tilga o’girish talab etiladi. Adabiyotning
boshqa janrlaridan farqli o’laroq she’rdagi go’zallik shunchaki to’g’ri tanlangan so’zlar yoki ma’no
uyg’unligi bilan emas, balki jarangdor qofiya, ohang, kundalik hayotda doim ham kuzatilmaydigan
badiiy bo’yoqqa ega so’zlar orqali aks ettiriladi. She’riy tarjimaning qiyinchiliklaridan biri shundaki,
unda barcha so’zlarni aks ettirishning har doim ham iloji yo’q – vazn, qofiya va radif kabi she’riy
unsurlar shuni taqozo etadi. Chunki, nasrdagi kabi bunda erkin harakat qilib, mazmunni imkon qadar
to’la va tushunarli ifodalash payidan bo’lolmaysiz [1;98]. She’riy tarjima jarayonida eng ko’p
kuzatiladigan muammolarga quyidagilar yaqqol misol bo’la oladi:

1.She’riy tuzilish. She’rdagi sintaktik tuzilish va so’zlar tartibi nasriy asarlardan katta farq

qiladi. Ya’ni nasrda asosiy urg’u ma’noni to’liq va aniq yetkazib berishga qaratilsa, she’riyatda


background image

260

avvalo ohang hisobga olinadi. Shu sababdan she’riyatda inversiya(so’z tartibining o’zgarishi)
hodisasi ko’p uchraydi. Bir tildagi o’zaro qofiyadosh so’zlar ikkinchi tilda buning mutlaqo aksi
bo’lishi mumkin. Mana shunday vaziyatlarda tarjimondan uddaburonlik, puxta egallangan
leksikologiya ilmi talab etiladi, chunki bunday holatda vaziyatdan oqilona chiqib ketish muhim
hisoblanadi. Ma’noni aniq bera oladigan so’zlar tarjima qilinayotgan tilda mavjud bo’lsa, so’zma-
so’z tarjima usulidan foydalansa bo’ladi. Aks holda bir so’zni butun boshli gap yoki so’z birikmasi
bilan ifodalash holatlari kuzatiladi va bunda gaplarning sintaktik tuzilishi butkul o’zgarib ketadi.
Masalan, shoira Xurshidabonu qalamiga mansub ushbu she’r tarjimasiga e’tibor bersak:

Dunyo kulaverma hadeb holimga,
Biryon etma quloq tutmay nolamga-
O’t qo’yib ketaman butun olamga,
Cho’g’siz o’chog’ingda nima bor menga?

The world, listen to my mournful song,
Do not laugh at me-
Or shall I bind my singing tongue?
How can I live without love[ziyouz.com rasmiy sayti].
Mana shu to’rt misra she’rning o’zida bir qancha she’riy tarjima vositalari uchraydi. Avvalo,

dastlabki ikki misraning o’rni tarjimada o’zgargan va bu usul

song

va

tongue

so’zlarini qofiyadosh

qilish uchun qo’llangan. Shuningdek,

biryon etma quloq tutmay nolamga

jumlasidagi inkor ma’nosi

yo’qotilib, sodda inkor gapga aylantirilgan:

listen to my mournful song

(qayg’uli qo’shig’imni tingla).

Keyingi ikki misra esa butkul o’zgartirib yuborilgan, sababi ularda asosan so’zni emas, balki ma’noni
yetkazib berishga urg’u qaratilgan.

O’t qo’yib ketaman butun olamga – shall I bind my singing

tongue

(sayroqi tilimni bog’lab qo’yaymi?).

Cho’g’siz o’chog’ingda nima bor menga – how can I live

without love

(sevgisiz qanday yashayman?).

2. Adabiy yoki estetik muammolar. She’rdagi estetik jihatlar so’z tartibi va tovushlar bilan bir

qatorda kognitiv ya’ni mantiqiy ma’noda ham yetkaziladi. Bu estetik jihatlar mustaqil ma’noga ega
emas, lekin ular matndagi har xil ma’no turlari bilan o’zaro bog’liqdir. Demak, tarjimon so’z tanlash,
so’z tartibi va tovushlar bilan bog’liq xatolarga yo’l qo’ysa, asl she’rning go’zalligiga putur yetkazadi
va buzadi.

She’rdagi estetik jihatlar she’riy tuzilish, metafora va ohangga bog’liq. She’riy tuzilish

deganda asl she’rning yaxlit rejasi, har bir misradagi alohida gaplarning shakli va muvozanati
tushuniladi. Metafora esa tovush, sezgi, ta’m va hid hissini uyg’ota oladigan visual tasvirlar bilan
aloqador hisoblanadi. Ohang deganda esa qofiya, ritm, assonans, onomatopiya va boshqalar
tushunilishi mumkin. Tarjima jarayonida ushbu detallarning hech biri e’tiborsiz qoldirilmaydi.

3.Metaforalar. Metafora tildagi universal hodisa bo’lib, u barcha tilga xosdir. Uning

universalligi makonda va zamonda, til strukturasida hamda uning vazifalarida namoyon bo‘ladi.
Metafora o’zida fundamental madaniy qadriyatlarni aks ettiradi, zero, u milliy-madaniy
dunyoqarashga asoslangandir[4;117]. Tarjimada metafora haqidagi qarashlarni uch qismga bo’lish
mumkin:

a) metaforani tarjima qilib bo‘lmaydi (Nida, Vinay, Darbelnet va Dagut usbu g’oya

tarafdorlari);

b) metafora boshqa tarjima manbalari kabi to’liq tarjima qilinadi (Klyopfer, Meyson va Kurt

ushbu g’oya tarafdorlari);

c) metaforalar tarjima qilinishi mumkin, lekin asli kabi bir xil ma’no bera olmaydi (Den Broyk,

Alvares, Turi, Nyumark, Snell-Xornbi, Raydman va Diges shunday deya ta’kidlashgan).

Nyumark metaforik iboralarni tarjima qilish uchun yetti protsedurani taklif qilgan. Birinchi

protsedura metaforani tarjima qilinayotgan tilga to’g’ridan to’g’ri o’tkazishni oz ichiga oladi.
Masalan,

ray of hope

iborasi

umid nuri

deb tarjima qilinsa xato bo‘lmaydi

Ikkinchi protsedura bir tildagi tasvirlarni ikkinchi til madaniyat cheklovlari doirasida standart

ibora bilan almashtirishdir. Masalan, ingliz tilidagi

my life hangs on a thread

iborasini o’zbek tiliga

hayotim qil uchida

deb tarjima qilsa bo’ladi.


background image

261

Qolgan protseduralar she’riy tarjima sohasiga muvofiq deb topilmagan. Shu o’rinda, tarjimon

metaforik iboralarni qanchalik o’zgartira olishi haqida savol tug’iladi. Bu muhimlik va ifodalilikka
bog’liq. Agar iboralar o’ziga xolik jihatidan juda ifodali bo’lsa, iboralar obyekt, obraz, ma’no va
metafora jihatidan asliyatga imkon qadar yaqin bo’lishi kerak.

Shuningdek, madaniyatni aks ettiruvchi iboralar haqida ham so’z yuritsak. Ma’lumki, iboralar

ikki turga bo’linadi: umumiy va madaniy jihatdan bog’langan iboralar. Umumiy iboralar dunyodagi
aksariyat madaniyatlar bilan bir xil semantik ma’noga ega bo’lgan so’zlardan iborat bo’ladi. Madaniy
jihatdan bog’langan iboralar deyilganda esa asosan bir millat, hudud vakillarigagina xos bo’lgan
iboralar tushuniladi. Ularni ikkinchi tilga o’girish jarayonida so’zma so’z tarjimadan foydalanilsa,
ma’no to’laqonli yetkazilmay qolishi yoki g’ayritabiiy ibora hosil bo’lib qolishi mumkin. Shuning
uchun bu vaziyatda ma’noni aynan yetkazib bera oladigan ekvivalent topish, aks holda metaforik
iborani oddiy so’z birikmasi yoki gap bilan almashtirish usullarini qo’llagan ma’qul.Agar nomuvofiq
usuldan foydalaniladigan bo’lsa, tarjimada bu kamchilik yaqqol ko’zga tashlanadi. Misol sifatida
Cho’lponning ‘‘Qalandar ishqi‘‘ she’rini oladigan bo’lsak:

Karashma dengizin ko’rdim, na nozlik to’lqini bordir,
Halokat bo’lg’usin bilmay, qulochni katta otdimku.
Dastlabki misradagi

karashma dengizi

iborasi haddan oshiq nozlanish, degan ma’noni

anglatadi. Lekin she’r tarjimasida bu ibora o’z holicha qoldirilgan va ma’no noaniqligi yuzaga kelgan:

I saw the sea of Karashma, there is no wave of tenderness,
Unaware of catastrophe, i shot him in the arm. [kh-davron.uz sayti]

Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki, tarjimaning boshqa har qanday turi bilan bir qatorda

she’riy tarjima ham muhim ahamiyat kasb etadi. She’riy asarlarni tarjima qilish jarayoni yuqorida
sanab o’tilgan bir qancha sabablarga tufayli nisbatan murakkab jarayon hisoblanadi va tarjimondan
yetarli malaka, kasbiy ko’nikma va tajriba talab etadi. Bir she’rni ikkinchi tilga o’girishda avvalo uni
o’qib, undagi mazmunni to’liq tushunish juda muhim, chunki she’riy asarlar tarjimasida gaplar va
so’zlar tartibi o’zgarishi normal holat hisoblanadi. Muhimi, she’rdagi asosiy ma’no, qofiya va
jarangdorlikni yo’qotmaslik. Ushbu qiyinchilikni chuqur anglab yetgan Robert Frost bu haqida
shunday degan edi:‘‘Biz she’riyatni tarjimada yo’qotamiz‘‘.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

E.Ochilov, Tarjima nazariyasi va amaliyoti, 98-bet

2.

I.G’ofurov, O.Mo’minov, N.Qambarov, Tarjima nazariyasi, 196-bet

3.

ziyouz.com rasmiy sayti

4.

Sh.Usmanova, Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari, 117-bet

5.

kh-davron.uz sayti

ИНГЛИЗ ТИЛИДАГИ СИФАТДОШЛАРНИНГ ЎЗБЕК ТИЛИГА ТАРЖИМАСИ

МУАММОЛАРИ

Ажиниёз номидаги НДПИ инглиз тили

укитувчиси-Авезимбетова А.Дж.

Элликала педагогика факультети Хорижий тил ва адабиёти

3 курс талабаси -Эгамбергенова Г

Грамматика тилнинг грамматик системасини, грамматик урилишини ўрганади.

Грамматиканинг асосида категориялар ётади. Грамматик категория ўз навбатида грамматик
маъно ва грамматик формаларни ажралмас бирликларидан ташкил топади. Гап тузишдек
мураккаб жараёнда иштирок этувчи тил яруси бўлган грамматика тилшуносликда асосий ўрин
эгаллайди. Ҳар бир тил ўзининг грамматикасига эга. Инсон ўз фикрини ана шу грамматика
воситасида тушунтиради.

Ўзбек тилидаги сифатдошларни тадқиқ этган тилшунос Р. Жуманиёзов уни «… феъллик

ва сифтлик белгиларига эга бўлган…» деб ифодалайди. Лекин шу муаллифнинг ўзи
сифатдошларни феъл формаси деб атайди. Феъл шакли бўлган сўзда феъллик белгиси, яъни

Bibliografik manbalar

E.Ochilov, Tarjima nazariyasi va amaliyoti, 98-bet

I.G’ofurov, O.Mo’minov, N.Qambarov, Tarjima nazariyasi, 196-bet

ziyouz.com rasmiy sayti

Sh.Usmanova, Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari, 117-bet

kh-davron.uz sayti