Xarajatlarni budjetlashtirish va boshqarishni takomillashtirish

CC BY f
38-43
7
50
Поделиться
Раджабов, Д. (2022). Xarajatlarni budjetlashtirish va boshqarishni takomillashtirish. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 38–43. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp38-43
Данияр Раджабов, Ташкентский государственный экономический университет

Ассистент кафедры «Бухгалтерия»

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi tizimida dolzarb muammolardan biri bo‘lgan xarajatlarni budjetlashtirish va boshqarish masalalari ko‘rib o‘tilgan hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda daromadlarini oshirishlari uchun o‘zlarining faoliyatini istiqbolli rejalashtirishlari zarur bo‘ladi. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida xarajatlarni guruhlash va unga ta’sir etuvchi omillar borasida ham fikr bildirilgan.

Похожие статьи


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

38

Annotatsiya:

Ushbu maqolada

O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi tizimida

dolzarb muammolardan biri bo‘lgan xarajatlarni budjetlashtirish va boshqarish masalalari
ko‘rib o‘tilgan hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda daromadlarini oshirishlari uchun
o‘zlarining faoliyatini istiqbolli rejalashtirishlari zarur bo‘ladi. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti
sharoitida xarajatlarni guruhlash va unga ta’sir etuvchi omillar borasida ham fikr bildirilgan.

Kalit so‘zlar:

mahsulot tannarxining dinamikasi,

xarajatlarni boshqarish

,

budjet,

moliyaviy, iqtisodiy, boshqaruv, daromad, budjetlashtirish, menejer, egri xarajatlar, to‘g‘ri
xarajalar.

Iqtisodiyotimizning rivojini belgilab berishda buxgalteriya hisobi tizimi muhim

ahamiyatga ega. U xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni boshqarishda asosiy ma’lumot
manbai hisoblanadi. Ushbu vazifani bajarishda amaldagi buxgalteriya hisobi
tizimida bir necha usul va uslubiyotlardan foydalaniladi.

Bugungi kunda buxgalteriya hisobi tizimini rivojlantirish muammolarini quyidagi

ikki qismga ajratish mumkin:

- xalqaro miqyosdagi;
- milliy miqyosdagi.
Buxgalteriya hisobi tizimini rivojlantirishning xalqaro miqyosdagi muammosi

bu - jahon amaliyotidagi buxgalteriya hisobi tizimlarini yagona standart asosida
tashkil etish. Milliy miqyosdagi muammosi bu – amaldagi buxgalteriya hisobi milliy
standartini xalqaro standartlarga yaqinlashtirishdir.

Xalqaro miqyosda hanuzgacha buxgalteriya hisobining nazariy jihatdan tashkiliy

tuzilishi borasida, jumladan, uning bir qismi hisoblangan xarajatlar hisobini tashkil
qilish to‘g‘risida har xil yondashuv va fikrlar mavjud. Chunki xarajatlar hisobini
to‘g‘ri tashkil qilish ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga bevosita ta’sir qiluvchi
omildir. Mahsulot tannarxining dinamikasidan uch tomon manfaatdordir.

1.Ishlab chiqaruvchi,
2. Xaridor yoki iste’molchi va
3.Davlat (daromad solig‘i nuqtai nazaridan).
Amaliy jihatdan ba’zi bir muammolar borki, uning natijasida xarajatlarni

boshqarish, ularning harakati ustidan nazorat o‘rnatish va aniq ma’lumotlarni olish,

RAJABOV DONIYOR DILSHOD
O‘G‘LI

Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti “Buxgalteriya
hisobi” kafedrasi assistenti
Rajabovdoniyor1411@gmail.com

XARAJATLARNI
BUDJETLASHTIRISH
VA BOSHQARISHNI
TAKOMILLASHTIRISH

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-5-pp36-41


background image

STARS International University

39

hisobini to‘g‘ri tashkil etishda noaniqlik va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi asossiz
yo‘qotishlarga hamda mahsulot tannarxining sun’iy oshib yoki kamayib ketishiga
olib kelmoqda. Bunday mavhum qarashlar, salbiy holat va talablar amaldagi
buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, uning zamonaviy
usul va uslubiyotlarini yaratish, fanning rivojlanish tarixi va istiqbollarini hamda
respublikamiz iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bu
sohada islohotlarni amalga oshirishni zaruriy shart qilib qo‘ymoqda.

Unumli xarajatlarga xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy natijasining

shakllanishida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan xarajatlar, ya’ni xomashyo va material
xarajatlar, ish haqi xarajatlari, asosiy vositalarning eskirish qiymati kabilar kiradi.
Unumsiz xarajatlarga xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning daromadi hisobidan
qoplanadigan yoki ularning zarariga olib boriladigan xarajatlar, ya’ni asossiz
yo‘qotishlar, yaroqsiz mahsulotning paydo bo‘lishi, me’yordan ortiqcha tabiiy
yo‘qotish kabilar kiradi. Bunday xarajatlar boshqarilmaydigan xarajatlar deb ham
yuritiladi.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

40

Respublikamiz iqtisodiyotida mulkchilik munosabatlarining yangi shakllari pay-

do bo‘lishi natijasida an’anaviy buxgalteriya hisobi tizimining tashkiliy tamoyillari
ham ma’lum darajada o‘zgardi. Bunday o‘zgarishlar oqibatida tannarxning sir tutil-
ishi, xarajatlar yo‘nalishining o‘zgarishi pirovardida ularni boshqarishning tashkiliy
tamoyillari va uslubiyotini ilmiy-nazariy jihatdan qayta o‘rganib chiqish zaruriyati
kelib chiqdi.

Byudjetlashtirish korxonaning ma’lum davrga mo‘ljallangan moliyaviy-xo‘jalik

faoliyatini rejalashtirish hisoblanadi. Korxonalar kelgusida daromadlarini oshirish-
lari uchun o‘zlarining faoliyatlarini istiqbolli rejalashtirishlari zarur bo‘ladi. Uning
asosini esa budjetlashtirish tashkil etadi. Budjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qil-
ish xarajatlarni smetalash, budjetni solishtirish va ushbu budjetga nisbatan haqiqiy
va prognoz qilingan xarajatlarni boshqaradi

.

Bugungi kundagi hisob tizimining asosiy vazifalaridan biri ko‘rsatib o‘tilgan

unumsiz xarajatlarning oldini olish bilan samaradorlikka erishish bo‘lib turib-
di. Shu sababdan xarajatlarni boshqarish va o‘zgarishini nazorat qilishda oqilona,
zamonaviy usullardan foydalanish, tarmoq ishlab chiqarish xususiyatiga mos
keluvchi yangi uslubiyotni yaratish zaruriy shart bo‘lib qolmoqda.

“Byudjet” atamasi keng ma’noda, davlat miqyosida iqtisodiy siyosatni ishlab

chiqish, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash nati-
jasida hukumat ixtiyorida markazlashgan pul fondlarining, korxonalar ixtiyorida
esa markazlashmagan pul fondlarining shakllanishi va ulardan oqilona foydalan-
ishni anglatadi. Tor ma’noda esa, “budjetlashtirish” atamasi hali bizning iqtisodiy
adabiyotlarda atroflicha yoritilmagan, chunki korxonaning doimiy asosga qo‘yil-
gan kompleks rejalashtirish, nazorat va xo‘jalik faoliyati tahlili tizimi shu paytgacha
faqatgina biznec-pejalashtipish bilan cheklangan edi.

Taraqqiy etgan mamlakatlar boshqaruv hisobida rejalashtirish jarayonini ta’ri-

flash uchun “budjetlashtirish” atamasidan keng foydalaniladi. Budjetlashtirish korx-
onaning ma’lum davrga mo‘ljallangan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish
hisoblanadi. Budjetlashtirishning afzalligi korxona moddiy, mehnat va moliyaviy
resurslarini uzoq, qisqa va o‘rta muddatli rejalashtirish, raqobatchilarning xat-
ti-harakati, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bo‘lgan bozor talablarini o‘rganishda
o‘z ifodasini topadi. Budjetlashtirishda asosiy e’tibop mahsulot, ish va xizmatlarni
sotishdan olinadigan daromad (foyda) hajmini taxminlashga qaratiladi.

Boshqaruv va ishlab chiqarish hisoblarini turg‘un hisob turlari kiradi. Bunday

deb atashimizning asosiy sababi - bu hisob turlarini tashkil qilish moliyaviy hisob
kabi qat’iylikni talab qilmaydi, ularni tashkil qilish xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar
rahbarining roziligi va korxonaning ishlab chiqarish xususiyatiga bog‘liqdir. SHu
sababdan ham boshqaruv hisobi va ishlab chiqarish hisobi bir-biriga yaqin turadi.
Ularning tashkiliy va uslubiy jihatlarida har xil qarashlar mavjud bo‘lib, ba’zi hol-
larda bunday qarash va fikrlarda salbiy holatlarni ham ko‘rish mumkin. Nazariy
jihatdan olimlarning bu boradagi ta’riflari, fikrlari va takliflari asosida qaraydigan
bo‘lsak, boshqaruv hisobi boshqarish jihatidan korxonaning butligini o‘zida nam-
oyon etadi, ishlab chiqarish hisobi esa korxona xo‘jalik faoliyatining asosiy bir
qismi bo‘lgan, ya’ni faqat ishlab chiqarish jarayonini o‘zida aks ettiradi. Bu esa
boshqaruv hisobi ishlab chiqarish hisobiga nisbatan kengroq ma’noda qo‘llanishi-
ni anglatadi. Lekin tashkiliy jihatdan ulardagi tafovut korxona xususiyatidan kelib
chiqadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’yektning asosiy xo‘jalik faoliyati ko‘p assortimentli


background image

STARS International University

41

mahsulot ishlab chiqaruvchi, uzoq texnologik bosqichga ega bo‘lgan va bir vaqt-
ning o‘zida bir necha vazifalarni bajaruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda ishlab
chiqarish hisobining o‘rni kattadir.

Budjetlashtirishning quyidagi ijobiy jihatlari mavjud:

– korxonaning asosiy maqsadini ta’minlashda xizmat qiladigan jarayonlarni re-

jalashtiradi;

– alohida bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
– korxona bo‘linmalari rahbarlarini o‘z vazifalarini samarali amalga oshirishlariga

ko‘maklashadi;

– korxona xodimlarini ichki tartib-qoidalarga rioya qilishlarini ta’minlashga xi-

zmat qiladi;

– korxona alohida bo‘linmalari rahbarlarini belgilangan rejalarning bajarilish da-

rajasini baholashlarida asos bo‘ladi.

Budjetlashtirish jarayonida quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
– korxonaning maqsadlariga erishishini ta’minlovchi xo‘jalik muomalalarini re-

jalashtirish;

– barcha darajadagi rahbarlarni o‘zlari javobgar markazlar maqsadiga erishish-

larida rag‘batlantirish;

– turli xil bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bunda bo‘linmalar xodimlarin-

ing manfaatlari e’tiborga olinadi;

– korxona joriy faoliyatini nazorat qilish, belgilangan tartib-qoidalarga amal

qilinishini ta’minlash;

– javobgarlik markazlari va ular menejerlari oldiga qo‘yilgan rejalarning bajaril-

ishini baholashda asos vazifasini o‘tash;

– menejerlar malakasini oshirishda ko‘maklashish.

Budjetlashtirish samarali boshqaruv usullaridan hisoblanib, quyidagi xususi-

yatlarga ega:

– korxonaning faoliyati bilan bo‘linmalar faoliyatini kompleks rejalashtiradi;
– budjetlashtirish loyihasini ishlab chiqish imkonini yaratadi;
– tuzilgan biznes-rejani tasdiqlaydi;
– o‘zgarib turuvchi ichki va tashqi salbiy omillarni bartaraf etishga ko‘makla-

shadi.

Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar kelgusida daromadlarini oshirishlari

uchun o‘zlarining faoliyatlarini istiqbolli rejalashtirishlari zarur bo‘ladi. Uning asosi-
ni budjetlashtirish tashkil etadi.

Budjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish xarajatlarni smetalash, budjetni

solishtirish va ushbu budjetga nisbatan haqiqiy va prognoz qilingan xarajatlarni
boshqarishni o‘z ichiga oladi. Budjet rejalashtirilgan xarajatlar darajasini belgilaydi,
bu baza sifatida ishlatiladi, unga qarshi siz haqiqiy xarajatlar va prognoz qilingan
foydadagi farqlarni kuzatishingiz mumkin. Budjet tuzish jarayoni yaqinda oddiy
yillik jarayondan kompaniyaning ustuvor vazifalari va rejalarini har tomonlama ba-
holashga aylandi. Korxonalarning raqobatbardoshligi oshgani sayin, ustuvorliklar
va prognozlarni o‘z vaqtida belgilash qiyinlashadi. Ko‘pgina kompaniyalar qat’iy
qarorlarga tayanadilar: ya’ni ular yangi moliya yilida o‘tgan yilgi moliyalashtirish
darajasida, budjet qo‘mitasi ichidagi kelishmovchiliklar hal etilmaguncha ishlaydi.

Shuning uchun biz eng avvalo xarajatlarning iqtisodiy mohiyatini to‘g‘ri tushu-

na bilishimiz kerak. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra xarajatlar iqtisodiy elementlari va


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

42

kalkulyasiya moddalari bo‘yicha guruhlanadi hamda iqtisodiy elementlari bo‘yicha
tannarxga kiritiladigan va kiritilmaydigan xarajatlar ham alohida guruhlanadi. An-
gliya - Amerika maktabi vakillari XIX asr boshlaridayoq xarajatlarni tijorat va ishlab
chiqarish xarajatlariga bo‘lgan. Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi uch guruhga
bo‘lingan: to‘g‘ri, paydo bo‘lish joyi (sex bo‘yicha) va umumiy.

Ishning hajmidan kelib chiqib faollik darajasi bo‘yicha (ishlab chiqarish yoki so-

tish hajmiga qarab) xarajatlarni guruhlash usuli xorijiy davlatlarda xarajatlarni sa-
marali boshqarishda keng qo‘llaniladi hamda quyidagicha guruhlanadi:

-o‘zgaruvchan xarajatlar;
-doimiy xarajatlar.
Bugungi kunda respublikamiz buxgalteriya hisobi tizimini nazariy jihatdan

qaraydigan bo‘lsak, o‘zgaruvchan xarajatlarga mahsulot ishlab chiqarish hajmiga
qarab o‘zgarib turuvchi harajatlar kiradi (xomashyo va materiallar, texnologik ma-
qsadlar uchun sarflanadigan yoqilg‘ilar, ishlab chiqarishdagi ishchilarga hisoblan-
adigan ishbay ish haqi va boshqalar).

Bunday xarajatlar 21-sonli Buxgalteriya hisobi milliy satandartiga asosan quy-

idagi hisoblarda qayd etiladi:

1010 - “Xomashyo va materiallar”;
1020 - “Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar”;
1030 - “Yoqilg‘ilar”;
1040 - “Ehtiyot qismlar”;
1050 - “Qurilish materiallari”;
1060 - “Idish va idishbop materiallar”;
1070 - “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar”;
1090 - “Boshqa materiallar”;
6710 - “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”.
Ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgaruvchan xarajatlar ichida shunday mablag‘lar borki, ular

ishlab chiqarish jarayoni davomida nafaqat miqdoriy o‘zgaradi, balki ular o‘z maz-
munini ham o‘zgartiradi. Masalan, bir korxona o‘z xomashyosidan qayta ishlash
uchun ikkinchi korxonaga buyurtma berdi. Bunday jarayon tufayli xomashyon-
ing qiyofasi mazmunan o‘zgaradi. Ya’ni, birinchi korxonada “Chetga qayta ishlash
uchun berilgan materiallar” nomini oladi va 21-sonli Buxgalteriya hisobi milliy stan-
dartining 1070 – “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” schyotida hi-
sobga olinadi. Bu schyot korxona balansining “Joriy aktivlar” bo‘limida ko‘rsatiladi.
Ikkinchi korxonada esa “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” (ko‘p hollarda
“Daval xomashyo” deb ham yuritiladi) nomini oladi va 003 - “Qayta ishlovga qa-
bul qilingan materiallar” schyotida hisobga olinadi. Bu schyot korxona balansining
“Balansdan tashqari schyotlar” bo‘limida hisobga olinadi.

“1070 – “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” schyotida chetga

qayta ishlash uchun berilgan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olina-
di. Bunda materiallarga qayta ishlov berish bilan bog‘liq chetdagi korxonalarga
to‘langan xarajatlar bevosita qayta ishlashdan olingan buyumlarni hisobga oluvchi
schyotlarning debetiga olib boriladi” hamda “003 - Qayta ishlovga qabul qilin-
gan materiallar” schyoti ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan to‘lanmaydigan
va qayta ishlash uchun berilgan (davalcheskoe siryo) buyurtmachining xomashyo
va materiallarining mavjudligi va xarakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish
uchun mo‘ljallangan. Xomashyo va materiallarni qayta ishlash yoki qo‘shimcha ish-


background image

STARS International University

43

lov berish (buyurtmachining xomashyo va materiallari qiymatidan tashqari) xara-
jatlarining hisobi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda yuritiladi.

Boshqarish va nazorat qilish nuqtai nazaridan qaraganimizda xarajatlarni nazorat

qilinadigan va vaqtincha nazorat qilib bo‘lmaydigan xarajatlarga bo‘lib o‘rganish
ham mumkin. Nazorat qilinadigan xarajatlarga korxonaning mas’ul javobgar shax-
slari yoki boshqacha qilib aytganda, javobgarlik markazlari tomonidan nazorat
qilib turiladigan xarajatlar kiradi. Masalan, bunga ombordan ishlab chiqarishga
berilayotgan xomashyo miqdori va sifati, ishlab chiqarishda sarflanayotgan elektr
energiya, mehnat haqi xarajatlari va shu kabi xarajatlar kiradi.

Ba’zida xarajatlarning sodir bo‘lishi yoki ularning qiymati o‘zgarishini ular

uchun mas’ul javobgar shaxs yoki javobgarlik markazlari tomonidan nazorat qilib
bo‘lmaydi. Masalan, tovar-moddiy boyliklarning davlat tomonidan chiqarilgan qa-
rorlar asosida qayta baholanishi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirish
me’yorlarining soliq qonunchiligi asosida o‘zgartirilishi mumkin. Bu xarajatlar o‘zi-
ga xos usullar bilan boshqariladi va nazorat qilinadi. Xarajatlarini boshqarish va
nazorat qilishda qaysi usulning qo‘llanilishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab
chiqarish xususiyati va rahbarining xohishiga bog‘liqdir. Qaysi usuldan foydalanish
korxona uchun qulay bo‘lib, manfaat keltirsa va rahbar uchun ma’qul bo‘lsa, bu
usullar albatta, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisob siyosatida ko‘rsatilib o‘tiladi va
amaliyotga joriy qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgart-

irish va qo‘shimchalar kiritish haqida. 2016-yil 13-aprel. № O‘RQ-404.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2020-y. PQ-4611-son «Moli-

yaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tad-
birlar to‘g‘risida»gi Qarori.»O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami»,
2020-yil 2-mart, 8-son, 83-modda.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son-

li qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va uni sotish
bo‘yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to‘g‘risida”-
gi nizom.

4. Мизиковский Е.А. Методология и организационные принципы

производственного учета на предприятиях машиностроения в условиях
развития рыночных отношений.- М.: Всесоюзный заочный финансово-
экономический институт, диссертация на соискание ученой степени
доктора экономических наук, 1991 г.

5. Соколов Я.В. Очерки по истории бухгалтерского учета.- М.: Финансы и

статистика, 1991.- 400 с.

6. Xasanov B.A., Xoshimov A.A. Boshqaruv hisobi.- T.: “Iqtisod-moliya”, 2005.-

320 b.

7. Xolbekov R.O. Ishlab chiqarish hisobini tashkil qilish tamoyillari va uslubiyoti.-

T.: “FAN”, 2005.- 198 b.

8. (2.198.) Qodirxonov S.B. Sanoat korxonalarida buxgalteriya hisobi.- T.: O‘zbeki-

ston, 1993.- 360 b.

Библиографические ссылки

“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida. 2016-yil 13-aprel № O‘RQ-404.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2020-y. PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori.»O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami», 2020-yil 2-mart, 8 son, 83-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va uni sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

Мизиковский Е.А. Методология и организационные принципы производственного учета на предприятиях машиностроения в условиях развития рыночных отношений.- М.: Всесоюзный заочный финансово-экономический институт, диссертация на соискание ученой степени доктора экономических наук, 1991 г.

Соколов Я.В. Очерки по истории бухгалтерского учета.- М.: Финансы и статистика, 1991.- 400 с.

Xasanov B.A., Xoshimov A.A. Boshqaruv hisobi.- T.: “Iqtisod-moliya”, 2005.-320 b.

Xolbekov R.O. Ishlab chiqarish hisobini tashkil qilish tamoyillari va uslubiyoti.- T.: “FAN”, 2005.- 198 b.

(2.198.) Qodirxonov S.B. Sanoat korxonalarida buxgalteriya hisobi.- T.: O‘zbekiston, 1993.- 360 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов