Ish haqi va mehnat munosabatlari

CC BY f
370-372
276
35
Поделиться
Гайбуллаев, С., & Пулатова, М. (2022). Ish haqi va mehnat munosabatlari. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 370–372. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp370-372
Сарвар Гайбуллаев, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека

преподаватель-стажер

Машхура Пулатова, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

студент 1 курса

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada ish haqi, ish haqining iqtisodiy mazmuni, yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari, ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari, ish haqining shakllari va turlari, mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni, mehnatga haq to‘lash, ish haqining vazifasi, ish haqi stavkasi,vaqtbay va ishbay ish haqi haqida so‘z boradi.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

370

Annotatsiya:

Maqolada ish haqi, ish haqining iqtisodiy mazmuni, yaratilgan mahsulot

va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari, ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari,
ish haqining shakllari va turlari, mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni, mehnatga
haq to‘lash, ish haqining vazifasi, ish haqi stavkasi,vaqtbay va ishbay ish haqi haqida so‘z
boradi.

Kalit so‘zlar

:

ish haqi, nominal va real ish haqi, mehnat miqdori, ish haqiga ta’sir

ko‘rsatuvchi omillar, mehnat bozori, ish haqi stavkasi.

Ish haqi — mehnatga pul shaklida to‘lanadigan haq; qiymatning o‘zgargan shakli,

ish kuchi (taqdim etilgan mehnat xizmati)ning bahosi. Ish kuchi qiymati va narxi
bevosita ish haqida ifodalanadi. Ish haqi darajasi mehnatbozorida kelishiladi.

Xodim mehnat bozorida mehnatni emas, o‘z ish kuchini sotadi. Ish haqi

mehnatning pul shaklidagi bahosi bo‘lib, uni ishga yollovchilar (korxona, muassasa,
tadbirkor) mehnat qiluvchilarga ma’lum vaqt mobaynida ma’lum miqdordagi va
muayyan sifatli ishni bajarganliklari uchun to‘laydilar. Yollanma xodim uchun ish
haqi asosiy daromad manbai hisoblanadi.

Ish haqi — yollanma xodim daromadining asosiy manbai, unga tegishli ish

qobiliyatiga bo‘lgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarish shakli.
Shu bilan birga, ish beruvchi uchun yollanma xodimlar mehnatiga to‘lanadigan haq
ishlab chiqarish xarajatlarining unsurlaridan biri. Ish beruvchi mehnat resurslaridan
ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida foydalanish uchun uni xarid qiladi.

Mehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining

ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular o‘rtasidagi turli
vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar mehnat
bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning
sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar mehnat bozoriga talab
bilan chiqadi. Ish kuchining oldi-sotdisi bevosita xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat
birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldi-sotdisi mehnat
bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni
oluvchi o‘rtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidir.

ISH HAQI
VA MEHNAT
MUNOSABATLARI

https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
s i t y - 5 - p p 3 6 8 - 3 7 0

G‘AYBULLAYEV SARVAR O‘KTAM O‘G‘LI

stajyor- o‘qituvchi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy

universtiteti

PO‘LATOVA MASHXURA XUSHNUDBEK QIZI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy
universtiteti, 1-kurs talabasi


background image

STARS International University

371

Mehnatga talab uning narxi bo‘lmish ish haqi miqdoriga nisbatan teskari

mutanosiblikda, ya’ni ish haqi oshsa, mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa,
mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan to‘g‘ri
mutanosiblikda bo‘ladi. Moddiy muhtojlik sharoitida ko‘p ishlab, ko‘p pul topishga
intilish mehnat taklifini oshiradi.

Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa, ish kuchi taqchilligi,

mehnat taklifi talabdan ko‘p bo‘lsa, ishsizlik paydo bo‘ladi.

Mehnat bozorining turlarga ajralishi uning xarakteri va ko‘lamiga bog‘liq. Mehnat

bozori oshkora va yashirin xarakterda faoliyat ko‘rsatishi mumkin. O‘z ko‘lamiga
qarab, mehnat bozori mahalliy-hududiy, milliy va jahon bozorlaridan iborat.
Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taqsimlanishiga mos
ravishda mehnat resurslari ham taqsimlangani sababli jahon mehnat bozori tez
rivojlanadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar milliy mehnat bozorida kelgindilar
mehnatiga taklif tez o‘sadi, narxi arzonligidan unga talab ham ortadi. 2000-yilda
Yer yuzida o‘zi tug‘ilgan yurtida ishlamaydiganlar soni 80 mln. nafardan ziyod
bo‘ldi. Xalqaro mehnat bozori kengayishi rivojlangan mamlakatlarda o‘zga millat
diasporasi o‘sishiga olib keladi (masalan, 2002-yil AQShdagi xitoyliklar 15 mln.
nafardan ortiq bo‘lgan).

Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnatning miqdori va sifatiga qarab mehnatga

haq to‘lashning, asosan, vaqtbay va ishbay tizimlari qo‘llaniladi. Vaqtbay ish haqi
shaklida xodim oladigan ish haqi miqdori ishlagan vaqt bilan bog‘liq bo‘ladi, ya’ni
ish haqi miqdori mehnat unumdorligi va intensivlik darajasiga bog‘liq emas. Ishbay
ish haqi xodimning ma’lum vaqt mobaynida tayyorlangan mahsuloti miqdori bilan
o‘lchanadi. Ishbay ish haqining ko‘rinishlaridan biri — akkord ish haqi. Bunda jamoa
yoki ayrim xodimga ish hajmi oldindan belgilab beriladi, umumiy haq summasi
kelishib olinadi. Ish butunlay yakunlanganidan keyin ish haqi oxirigacha to‘lanadi.
Ish haqining bunday shaklidan ko‘pincha qurilishda foydalaniladi. Bulardan tashqari
aksar mamlakatlarda ish haqidan tashqari mehnatda erishgan yutuqlari uchun
mukofotlash ham mavjud. Bular vaqtbay mukofot, ishbay mukofot tizimlari hamda
korxonada olingan foyda hisobidan ajratiladigan moddiy rag‘batlantirish fondidan
mukofotlash tizimidir, bularmehnatga to‘lanadigan haq darajasini belgilaydi.

Ish haqining asosiy vazifasi ishlab chiqarishning bevosita qatnashchisi bo‘lgan

xodim hamda uning oila a’zolarining hayot va mehnat faoliyati sharoitlarini
ta’minlashidan iborat. Qiymatning mehnat nazariyasi ish kuchini alohida, o‘ziga
xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli, bu nazariya ish haqini tovar bo‘lgan ish
kuchi qiymatining o‘zgargan shakli, ya’ni uning puldagi ifodasi deb hisoblaydi va
uni ish kuchini takror ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan tirikchilik vositalari
qiymati tarzida ta’riflaydi. Ish haqiga ish kuchi qiymatining puldagi ifodasi sifatida
qarash aniq mehnat bozorida ish haqi darajasiga talab va taklif omillarining ta’sirini
hisobga olmaydi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorida real ish
haqining o‘rtacha darajasi yashash uchun zarur tirikchilik vositalari minimumiga
qaraganda ancha yuqori darajada turadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqi hajmiga bir qator bozor omillari (tovarlar

va xizmatlar bozorida talab va taklif o‘zgarishlari, mehnatga bo‘lgan talab narxining
o‘zgaruvchanligi, iste’mol tovarlari va xizmatlar narxi o‘zgarishi va boshqalar)
va bozordan tashqari omillar ta’sir ko‘rsatadi, buning natijasida mehnatga haq
to‘lashning muayyan darajasi vujudga keladi.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

372

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, ish haqining mazmunini to‘g‘ri tushunib olish

uchun eng avvalo yaratilgan milliy mahsulotning taqsimlanish prinsiplari txususida
tasavvurga ega bo‘lish lozim. Davlatning ishchi kuchi bozoridagi vositachilik roli
ham mehnat munosabatlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan,
o‘ziga qisman ishchi o‘rinlarini qidirish va tavsiya qilish hamda ishga joylashtirish
bo‘yicha umummiliy dasturni ishlab chiqarish vazifalarini oladi. Ishchilarni o‘qitish
va qayta tayyorlashning davlat tizimi, bozorning o‘zgaruvchan talablariga tez
moslashishga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Akramovich N. A. THE PRIORITY OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN

THE AGRICULTURAL EDUCATION SYSTEM //Journal of Academic Research and
Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 185-191.

2.G

Aybullayev Sarvar O.. O‘ZBEKISTONDA ISTE’MOL SAVATCHASI HOZIRGI

HOLATINI VA UNI SHAKLLANTIRISH YO‘NALISHLARI //Talqin va tadqiqotlar
ilmiy-uslubiy jurnali. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 119-125.

3.Nizametdinov А., Аhmedova H. Elektron ta‘lim metodologiyasi rivojlantirishning

usullari //Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va
rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 29-31.

4.Nizametdinov A. A. OLIY TA’LIM TIZIMINING AGRAR SOHASIDA

INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO

LLASH USTUVORLIGI. INTERNATIONAL

CONFERENCES, 1 (6), 58–60. – 2022.

5.Nizametdinov A. A. OLIY TA’LIM TIZIMIDA AGRAR SOHANING USTUVORLIGI

UNDA INNOVATSIYALARNING QO

LLANILISHI. INTERNATIONAL CONFERENCES,

1 (6), 96–98. – 2022.

6.Мухтаров Б. А. Имитационная система прогнозирования факторов в лег-

кой промышленности //Молодой ученый. – 2017. – №. 40. – С. 122-124.

7.Muxtarov B., Murotjonova M. O

zbekiston Respublikasida kichik biznes

va xususiy tadbirkorlik sub‘yektlarining rivojlanishi //Zamonaviy innovatsion
tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va
istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 581-584.

8.Ogli R. A. R. THE DIFFERENCE BETWEEN THE CONCEPTS OF DATABASE

AND DATABASE MANAGEMENT SYSTEM //Archive of Conferences. – 2022. – С.
33-34.

9.Nodira T., Maxfirat T. FORMATION AND DEVELOPMENT OF PRONUNCIATION

IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING IN SCHOOL STUDENTS //INTERNATIONAL
CONFERENCES ON LEARNING AND TEACHING. – 2022. – Т. 1. – №. 1.

10.Nodira T., Maxfirat T. MODERN METHODS OF TEACHING FOREIGN

LANGUAGE PRONUNCIATION TO PRIMARY SCHOOL PUPILS IS BASED ON THE
JAPANESE EXPERIENCE //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY
JURNALI. – 2022. – С. 205-208.

Библиографические ссылки

Akramovich N. A. THE PRIORITY OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE AGRICULTURAL EDUCATION SYSTEM //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 185-191.

G‘Aybullayev Sarvar O.. O‘ZBEKISTONDA ISTE’MOL SAVATCHASI HOZIRGI HOLATINI VA UNI SHAKLLANTIRISH YO‘NALISHLARI //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 119-125.

Nizametdinov А., Аhmedova H. Elektron ta‘lim metodologiyasi rivojlantirishning usullari //Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 29-31.

Nizametdinov A. A. OLIY TA’LIM TIZIMINING AGRAR SOHASIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH USTUVORLIGI. INTERNATIONAL CONFERENCES, 1 (6), 58–60. – 2022.

Nizametdinov A. A. OLIY TA’LIM TIZIMIDA AGRAR SOHANING USTUVORLIGI UNDA INNOVATSIYALARNING QO‘LLANILISHI. INTERNATIONAL CONFERENCES, 1 (6), 96–98. – 2022.

Мухтаров Б. А. Имитационная система прогнозирования факторов в легкой промышленности //Молодой ученый. – 2017. – №. 40. – С. 122-124.

Muxtarov B., Murotjonova M. O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘yektlarining rivojlanishi //Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 581-584.

Ogli R. A. R. THE DIFFERENCE BETWEEN THE CONCEPTS OF DATABASE AND DATABASE MANAGEMENT SYSTEM //Archive of Conferences. – 2022. – С. 33-34.

Nodira T., Maxfirat T. FORMATION AND DEVELOPMENT OF PRONUNCIATION IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING IN SCHOOL STUDENTS //INTERNATIONAL CONFERENCES ON LEARNING AND TEACHING. – 2022. – Т. 1. – №. 1.

Nodira T., Maxfirat T. MODERN METHODS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGE PRONUNCIATION TO PRIMARY SCHOOL PUPILS IS BASED ON THE JAPANESE EXPERIENCE //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 205-208.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов