Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The images of the prophets in the story "Unlike the
previous one" by Isajan Sultan
Nazokat KAMILOVA
1
Urgench State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2023
Received in revised form
10 April 2023
Accepted 25 April 2023
Available online
15 May 2023
This article explains the characters of prophets in the story
“
Unlike the Previous
”
by the national writer of Uzbekistan
Isajon Sultan.
2181-3701
/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss3-pp50-57
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
“
Oli Imran
”
,
Adam,
Noah,
Ibrahim,
Imran,
Darvish,
Mumtaz,
mubiyn,
prayer.
Isajon Sultonning
“Avvalgilarga o‘xshamas” qissasidagi
payg‘ambarlar obrazlari
АННОТАЦИЯ
Калит сўзлар:
“Oli Imron”,
Odam,
Nuh,
Ibrohim,
Imron,
darvish,
Mumtoz,
mubiyn,
munojot.
Ushbu maqola O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning
“Avvalgilarga o‘xshamas” qissasidagi payg‘ambarlar obrazlarini
tadqiq qiladi.
Образы пророков в повести «Непохожее на предыдущее»
Исаджана Султана
1
Independent Researcher, Department of Uzbek Literature, Urgench State University. Urgench, Uzbekistan.
E-mail: nazokat4826@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
3 (2023) / ISSN 2181-3701
51
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
«Оли Имран»,
Адам,
Ной,
Ибрагим,
Имран,
Дарвиш,
Мумтаз,
мубийн,
молитва.
В данной статье рассматриваются образы пророков в
повести «Непохожее на предыдущее» узбекского писателя
Исаджона Султана.
KIRISH
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton bugungi kundagi zamonaviy o‘zbek
adabiyotining zabardast, serqirra, o‘z o‘rni va uslubiga ega ijodkorlaridan biridir. Isajon
Sulton
asarlari haqida xorijdagi o‘zbekshunoslarning ilmiy maqolalari e’lon qilindi, uning
chet ellik muxlislari soni ham tobora ortib borayotgani quvonarli holdir. Adibning
“Qismat” hikoyasi 2011
-
yilda AQShning Chikago shahrida chop etilayotgan “Leksikon”
adabiy
jurnali tomonidan e’lon qilingan xalqaro tanlovda, “Bog‘i Eram” hikoyasi esa
Turkiyaning Alaniya shahrida chiqadigan “Gunsel Sanat” jurnalining xalqaro adabiy
tanlovida, “Shamolli kecha” hikoyasi V.V.
Biyanki nomidagi Rossiya-Belorussiya xalqaro
adabiy ta
nlovida g‘olib deb topilgan. Adabiyotshunos Rahimjon Rahmat “Munojot”dan
“Boqiy darbadar”gacha adibning yozgan asarlarini tahlil qilar ekan, “Oydinbuloq”, “Bog‘i
Eram hikoyalari”, “Mening gulim” kabi asarlarini go‘zal lirik hikoyalar namunalari
sifatida; “Todd”, “Ayvon”, “Qismat” asarlarini mahdudlik davrining umumijtimoiy
kayfiyatini aks ettiruvchi asarlar sifatida; “Manzil” hikoyasini “Avliyo”, “Orif” kabi
hikoyalar bilan bir qatorda qo‘yadi va inson ma’naviy umrining mohiyatidan bahs etuvchi
ijod namunalari deya tasniflaydi.
TADQIQOTNING MAQSADLARI
Isajon Sultonning “Avvalgilarga o‘xshamas” qissasidagi Sulaymon, Nuh, Odam Ato,
Ibrohim, Iso, Muso, Solih alayhissalomlar bilan bog‘liq nuqtalarni tahlil qilish tadqiqotning
maqsadi hisoblanadi. Shu bilan birg
a, yana quyidagi jihatlarga e’tibor qaratiladi:
Ijodkor qissasidagi o‘ziga xos uslub, original obraz yaratish mahoratini aniqlash;
Qissada Qur’oni karim bilan mantiqiy bog‘lanishli jihatlarni tahlil qilish;
Adibning so‘z qo‘llash, tasviriy vositalardan, te
ran falsafiy mushohadalardan
foydalanish mahoratini ko‘rsatish va h.k.
TAHLIL
Isajon Sulton qissalari ushbu janrni yana bir pog‘ona ko‘taradi. Janr
xususiyatlaridan og‘ir yuk yuklangan adibning qissalariga. Buning sababi adib
shaxsiyatidagi kuchli iymon v
a ijodkor sifatidagi og‘ir mas’uliyat, ertangi kun kitobxonini
ko‘ra oladigan teran nigohdir. Diniy
-axloqiy bilim Isajon Sulton nasrining asosiy
jihatlaridan biri hisoblanadi hamda adib hikoyalarida diniy ramzlar sintezi va ularga
sabab bo‘lgan omillar alo
hida ahamiyatga ega. Isajon Sulton qissalarida diniy obrazlar va
ulardan ko‘zlangan adibning g‘oyaviy maqsadi asosiy tahlil markazidir.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
3 (2023) / ISSN 2181-3701
52
Bugungi kun adabiyotida o‘ziga xos, alohida o‘ringa ega bo‘lgan Isajon Sultonning
“Avvalgilarga o‘xshamas” qissasida ham adib ijodiga xos bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlar
bo‘rtib turadi. Qissa shoir Ikrom Iskandarga bag‘ishlanadi.
Yozuvchi asarda endilikda yaratilajak olamshumul kashfiyotlar mo‘’jizalar bag‘rida
yashiringanligini aytadi. Misol tariqasi
da Sulaymon payg‘ambar va Malika Bilqis taxti
haqidagi rivoyatni keltiradi. Unga ko‘ra, Sulaymon payg‘ambar yonidagilardan: “Malika
Bilqis bizlarga qarab yo‘lga chiqdi. Orangizdan qaysi biringiz uning taxtini u yetib
kelmasidan keltira olasiz?” deb so‘raydi. O‘sha yerdagilardan biri: “Men uni ko‘z ochib
-
yumguncha olib kelaman” deb javob beradi.
Keyin yozuvchi ushbu rivoyatni bugungi kun ilmi bilan o‘lchashga harakat qiladi.
Malikaning saroyi taxminan uch oylik masofada, Yaman elida, Sulaymon payg‘ambar esa
Quddusda ekanligini ta’kidlaydi. Matematika va “jo‘g‘rofiya”ga murojaat qilib, uch oylik
yo‘lga borib
-kelish
–
besh ming chaqirim, ko‘z ochib
-yumguncha vaqt esa soniyaning
o‘ndan biriga teng, demak, u kimsa soniyada ellik ming chaqirim tezlikda harakatlan
gan,
degan xulosaga keladi va fikrlarini yana davom qildirib quyidagilarni bayon qiladi:
“Boringki, shunday xususiyatga ega bo‘la qolsin, u holda dur
-javohirlar bilan bezatilgan
taxtni qanday olib keladi? Yerning tortish kuchi, havo qarshiligi g‘oyib bo‘ld
imi?
Mo‘’jizakor u inson bolasining ismi Osaf ibn Burhiyo edi deydilar. Bunday tezlikda taxt
ham, inson ham atomlarga bo‘linib ketmasmidi?.. Ushbu rivoyatni modellashtirsak, qaysi
fanning qaysi qonuniyati o‘zgargani ma’lum bo‘ladi...”.”.
Yozuvchi yana fikr
larini davom qildirib, niderlandlarning Nuh payg‘ambar to‘fonini
modellashtirganliklari haqida gapiradi:
“O‘tgan yili niderlandiyalik olimlar Nuh payg‘ambar to‘fonini modellashtirgan edi.
Natija hayratlanarli bo‘ldi: yer yuzida mavjud barcha suvlar unday to‘fonni hosil qilishga
yetmas ekan. Niderlandlar “Demak, to‘fon sodir bo‘lmagan” deb qo‘ya qolishdi. Yo‘q,
to‘fon sodir bo‘lgani haqiqat desak, u holda, o‘shancha suv qayerdan keldi? Ularning bu
tajribasi yer kurrasi haqidagi nazariyani o‘zgartirib yubordi: ona sayyora o‘zagida erigan
ma’dan emas, suv bor degan farazni keltirib chiqardi”.
Nuh (a.s.)ning qissalari Qur’oni karimda yigirma sakkiz suraning qirq uch oyatida kelgan.
“To bizning buyrug‘imiz (azobimiz to‘fon) kelib, ishlar keskinlashgach, aytdik:
“
(Ey,Nuh!) Unga (kemaga) har bir jonivordan bir juftdan va ahlingni, illo (ahlingdan
kimlarga g‘arq bo‘lish haqida Bizdan) so‘z kechgan bo‘lsa, ular mustasno, hamda imon
keltirganlarni ortgin! Vaholonki, u bilan birga imon keltirganlar ozchilikdir”, (Hud, 4
0.)
–
deb amr qildi.
Agar niderlandlar quyidagi Qur’oni karim oyatlarini o‘qigan bo‘lishganda “ona
sayyora o‘zagida erigan ma’dan emas, suv bor degan faraz”ni faraz emas, oyatda yozilgan
ayni haqiqat ekanligini, 8-
asrdayoq ilohiy kitobga yozib qo‘yilganligini bilgan bo‘lardilar”.
“Mashhur Nuh to‘foni boshlanib, birdan osmon teshilgandek, yer yorilgandek bo‘ldi.
Osmondan jala quya boshladi, tog‘dan ham, toshdan ham, tekis yerdan ham suv otilib, sel
oqa boshladi, hamma yerni suv bosib, to‘lqinlar bor narsani o‘z qa’riga torta boshladi,
maxluqotlar-u mavjudotlarning bari suv ostida qoldi. Faqatgina Nuh (a.s.) va u kishi bilan
kemada bo‘lgan insonlar va maxluqotlargina najot topib, suv yuzida suzib ketdilar”.
“(So‘ngra) aytildi: “Ey Yer! Suvingni yutgin! Ey osmon! O‘zingni tutgin (yog‘ishni
bas qil)!” Suv quridi, buyruq ado etildi va kema Juvdiy (tog‘i) uzra qo‘ndi hamda “
Zolimlar
qavmiga
–
halokat!” –
deyildi”. (Hud,44.)
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
3 (2023) / ISSN 2181-3701
53
Qissaning tugallanmasidan oldin yozuvch
i yana o‘quvchi e’tiborini Nuh to‘foniga
qaratadi. Bunda Aziz aka matematikka Nuh to‘fonining bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi haqida
uning fikrini bilish maqsadida savol beradi. “Bilmadim. Eng qadimgi tarixda bu haqda
hech nima yo‘q” javobini olgach, istehzo qiladi va yolg‘onchi tarix (sobiq SSSR davrida
tariximiz o‘zgartirilgani kabi) haqida ham fikr yuritadi hamda o‘z navbatida ushbu parcha
ham vatanparvarlik (ajdodlaridan fahrlanish hissi) bilan yakunlanadi:
“Unda Nuh payg‘ambar ham yashamagan chiqar?..
Odam Atoni-yu Momo Havoni ham
bo‘lmagan gap deyishar? Qachondan beri yolg‘onchi tarix haqqoniy tarixni rad qiladigan
bo‘lib qoldi? Beruniy, G‘azzoliy, yana yuzlab olimlar... yolg‘on gapirishgan ekan
-
da?”
Sulaymon alayhissalom va shamol voqeasini olib qaraydigan
bo‘lsak ham bugungi
kun fani buni ilmiy isbotlay olmasligi, nisbiylik nazariyasiga ko‘ra, vaznga ega bo‘lgan
zarrachalar yorug‘lik tezligida harakatlanishi mumkin emasligi ta’kidlanadi:
“Yang
-
Mills gipotezasi esa tabiatda “vaznlar tuynugi” bo‘lishi mumkinligini da’vo
qiladi.
Ushbu muammoning yechimi topilsa, vaznga ega zarrachalarning yorug‘lik
tezligida harakatlana olishi isbotlanadi...”
.
Ana o‘shanda asrlar davomida aqlimiz yetmasa ham iymon keltirganimiz Bilqis
taxtini ko‘z
-
ochib yumguncha keltirgan kishi mo‘jizasining siri ochiladi va adib
ta’kidlaganidek, birgina shu ilmiy mo‘jiza sabab yer yuzi taraqqiyotida qanchalik
o‘zgarish ro‘y be
rishini tasavvur qilish qiyin.
Ushbu qahramon yana ma’nolar dengizi haqida o‘xshatish qilayotib, bu dengizga
sho‘ng‘iganlarning ayrimlarigina durga ega bo‘lishini, chuqur sho‘ng‘iy olmaydiganlar
quruq qo‘l bilan noumid qaytib chiqishini, u dengizning naha
nglari zaif tafakkurlarni
yutib yuborishini ta’kidlaydi. Agar u itoat va taslimiyat dengizi deb atalsa, u yerda
itoatsizlar Yunus kabi ma’no balig‘iga yem bo‘lishini aytadi.
“Xatto ustingizda barg yozgan qovoq ham bejiz emasligini anglaysiz. Undan o‘tib ar
ab
jaziramalarini kezsangiz, sahro imonsiz kishining qalbiday unumsiz ekanini ko‘rasiz. U
sahroda bir toshga duch kelasiz, siypasangiz, ma’no tuyasi bo‘lib o‘rnidan turadi. U yerda bir
sigirni ko‘rasiz, uni so‘yib, bir bo‘lagi bilan mayitni ursangiz, o‘rnidan turib o‘zini kim
o‘ldirganini aytadi. To‘rt qushni olib maydalab, loshini yaxshilab aralashtirib to‘rt tomondagi
toqqa olib borib qo‘yib, chaqirsangiz, yana avvalgidek bo‘lib uchib keladi”.
Parchadagi “To‘rt qushni olib maydalab, loshini yaxshilab aralashtirib to‘rt
tomondagi toqqa olib borib qo‘yib, chaqirsangiz, yana avvalgidek bo‘lib uchib keladi”
jumlalari Qur’oni karim oyatlari bilan bog‘liq.
Ibrohim (a.s.)ning qalblari imonga to‘la bo‘lishiga qaramay, Allohning qudratini o‘z
ko‘zlari va ilmi yaqinlari bilan ko‘rishni istadilar. Bir kun Allohga iltijo qilib dedilar:
“Eslang (ey Muhammad!), Ibrohim: “Ey Rabbim, menga o‘liklarni qanday
tiriltirishingni ko‘rsat”, –
deganida, Alloh: “Ishonmaysanmi?” –
dedi. Ibrohim aytdi: “Yo‘g‘
-
e, lekin dilim yanda tas
kin topsin”. Alloh aytdi: “To‘rtta qushni olib, huzuringga jamla (va
ularni maydalab), so‘ngra (atrofingdagi) har bir tog‘ning ustiga ularni bo‘lak
-
bo‘lak qilib
qo‘ygin
-da, keyin ularni chaqirgin, (ular tirilib) darhol huzuringga keladilar. Bilginki,
albat
ta, Alloh qudrat va hikmat egasidir”. (Baqara, 260.)
Qissadagi yana bir parchada yozuvchi Isajon Sultonning qanday olim insonligini
isbotlovchi fikrlar qahramon tilidan beriladi. Bunda “sarsar” shamoli, Tur tog‘i, Tuvo
vodiysi, Safo va Marva joylari, Maryam onamiz haqida fikrlar bildiradi:
“Ummon sohiliga borsangiz kibr
-u havo qilgan kimsalarga duch kelasiz, samoda
esa uch bulut paydo bo‘lgan, Olamlar parvardigorining “sarsar” deb atalgan shamoli esish
arafasida. Yana
o‘tsangiz, odamday ovoz chiqarayotgan o
ltin buzoqqa duch kelasiz, u
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
3 (2023) / ISSN 2181-3701
54
yerda sizni yo‘ldan adashgan Somiriy kutib turadi. Bir qadam qo‘ysangiz qutlug‘ Tur
tog‘ida, muqaddas Tuvo vodiysidasiz. Safo va Marva orasida suv izlab zir qaqshagan bir
xotinni ko‘rasiz, shu asnoda bir so‘z aytsangiz, qalbingizda ham o‘shanday buloq ko‘z
ochadi va olamda tengi yo‘q zilol bilan limmo
-
lim to‘lasiz! Yana, Maryam degan pok bir
ayol suyangan xurmo daraxtiga duch kelasiz, unga suyansangiz, qalbingiz ichida Iso
Masih qaytadan tug‘iladi!”
Tur
–
Arabistondagi tog‘. Afsonalarga ko‘ra Tur tog‘ida Muso payg‘ambar Xudoning
jamolini ko‘rishga chiqadi.
Yana fikrlarini davom qildiradi o‘qituvchi: “Hayot goho insonni manjinaqqa solib,
olov ichiga otib yuboradi. Ammo Parvardigor salomat saqlaydi. Xoy yaxshilar!
Ba’zilaringiz hayot olovlari ichidan xuddi Ibrohim alayhissalomday sog‘
-omon chiqib
kelmayapsizmi?”
Ibrohim payg‘ambar –
Alloh taolo Ibrohim (a.s.)ni Bobillik mushriklarga payg‘ambar
qilib yubordi. Bobilliklar nihoyatda farovon, bekam-
u ko‘st hayot uchun Allohga shukr ayt
ish
o‘rniga, unga qarshi e’tiqodda edilar, ya’ni butparastlik qilardilar. Bu qavmga Namrud ibn
Kan’on ibn Ko‘sh podsholik qilardi. U xudolik da’vosini qilgan edi. Ibrohim (a.s.)ning otalari
Ozar butparast edi, o‘zi butlar yasab bozorda sotardi. Hamma bayram yig‘iniga ketganda,
Ibrohim (a.s.) hamma butlarni sindirib chiqadi va eng katta butning bo‘yniga boltani osib
qo‘yadi. Ibrohim (a.s.)ni keltirishib, shu ishni kim qilganini so‘rashadi. Bu holat “Anbiyo”
surasining 63-oyatida keltiriladi. Ibrohim (a.s.) bamaylixotirlik bilan:
(
٦٣
)
ََنوُق ِطْنَي
وُنااﻛ
َْنِإ
َْمُهوُلَأْساَف
اَذَه
َْمُه ُريِبَآ
ﻛ
َُهَلَعَف
َْلَب
ََلاَق
“(Ibrohim) aytdi: “Yo‘q, bu ishni ularning kattasi –
mana bu (haykal) qildi. Bas,
ulardan so‘rasangiz, basharti gapira olsalar” –
deya javob beradilar.
Bu holat “Anbiyo” surasining 68
-oyatida keltiriladi:
“(Namrud boshchiligidagi mushriklar) dedilar: “Uni
yoqib yuboringiz! Agar (biror
narsa) qiluvchi bo‘lsangiz (shu ish bilan) ilohalaringizga yordam qilingiz!”.
Katta miqdorda o‘tin jamlanib, uni yoqib, keyin Ibrohimni manjaniqqa (qadimiy
tosh otish quroli) solib olovga otdilar. Qissada Isajon Sulton xuddi mana shuni nazarda
tutgan. Alloh taolo olovga: “Biz aytdik: “Ey olov! Ibrohimga salqin va omonlik bo‘l!”, –
deb
amr qildi. Bu holat “Anbiyo” surasining 69
-oyatida keltiriladi.
“Allohning qudrati va marhamati bilan Ibrohim (a.s.) olovning o‘rtasiga tushdilar
,
tutun va alanga orasida ko‘rinmay qolib, olov yonib tugagandan so‘ng esa sog‘
-salomat
chiqib keldilar. Bu Ibrohim (a.s.) uchun berilgan payg‘ambarlik mo‘jizasi edi.
Tarixchilarning yozishiga qaraganda, Ibrohim (a.s.) olovga otilgan joy Turkiyaning Urfa
s
hahrida bo‘lib, hozirda ham mashhur”.
Qissa qahramoni Aziz aka yana fikrlarini davom qildirib, quyidagilarni bildiradi:
“Gohida bir daraxt sizga qarshisida Muso turgan kabi nido qiladi. Tosh tuyaga
aylanib yerdan qo‘zg‘alganiga ajablanasiz
-u, ikki tosh orasiga tirik hayvonni joylab
yurgizib qo‘ysa, ko‘nikib qoldingizmi?”
Parchadagi “tosh tuyaga aylanib yerdan qo‘zg‘algani” Solih alayhissalom nomi
bilan bog‘liqdir. Solih payg‘ambarning nomlari Qur’oni karimda to‘rt suraning to‘qqiz
oyatida zikr etilgan, millati arab. Samud qabilasi Shom (Suriya) bilan Hijoz (Saudiya)
orasidagi Hijr degan joyda yashagan qavm edi. Ularning yashagan joyi aksar tog‘lik joylar
bo‘lgani uchun, baland tog‘larni yo‘nib, teshib, g‘oyat baland uylar qurib, shaharlar
bunyod etishgan. S
olih (a.s.)ning qavmlari uning da’vatlarga ishonishmadi, Undan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
3 (2023) / ISSN 2181-3701
55
payg‘ambarlik mo‘jizasini talab qilishdi: “Ey Solih, agar shu tog‘ etagidan bir urg‘ochi tuya
chiqarsang, senga ishonamiz”, deyishdi. “Solih (a.s.) duo qildilar va bir urg‘ochi tuya
paydo bo‘ld
i. Solih (a.s.) ularga:
“Mana bu tuya, bu Allohning yerida o‘tlaydi, sizlarning
yeringizga daxl qilmaydi. Quduqdan bir kun u suv ichadi, bir kun sizlar ichasizlar. Agar
unga biror yomonlik qilsalaringiz, umumiy halokat yuz beradi
”, deb ogohlantirdilar”.
Qur’oni karimning “Hud” surasi 64
-oyatida quyidagicha marhamat qilinadi:
“Ey qavmim, mana bu –
Allohning mo‘jizali tuyasi. Bas, uni Allohning yerida o‘tlab
yurishiga qo‘yib beringiz va unga biror yomonlik yetkazmangiz, aks holda sizlarni yaqin
(fursatda) a
zob tutar”.
“Qabilada eng go‘zal va boy ayol bo‘lgan Ziy Saduq binti Muhayyo o‘zini Misda’ ibn
Maxrajga garovga qo‘yib, agar Solihning tuyasini so‘ysa, unga xotin bo‘lishga va’da berdi.
Unayza ismli kofira kampir bo‘lsa, Qudor ibn Solifni
chaqirib, agar Solihning tuyasini
so‘ysa, qizlaridan birini Qudorga tekinga hadya qilishga va’da berdi”. Tuyani o‘ldiradilar
(“A’rof” surasining 77
-
oyati). Va’da qilingan uch kun o‘tgach esa, Samud qabilasi boshiga
birdan azob keladi va dahshatli hodisa so
dir bo‘ladi. “Hud” surasining 67
-68-oyatlarida
ularning dahshatli qichqiriqdan halok bo‘lganligi aytilsa, “A’rof” surasining 78
-oyatida
esa ularning mudhish zilziladan yer ostiga gum bo‘lganlari xabari keltiriladi.
Endi yana “Avvalgilarga o‘xshamas” qissas
idan olingan boshqa bir parchani
tahlilga tortamiz:
“Gohida o‘zimni o‘tda yonayotgan kimnidir qutqaraman deb, og‘zida bir tomchi suv
bilan o‘rmalayotgan chumoliga o‘xshataman... men qayda
-yu, u otash qayda? Biroq
o‘chirolmasligimni bilsam ham boraveraman”
Isajon Sulton endi diqqatimizni “og‘zida bir tomchi suv bilan o‘rmalayotgan
chumoli”ning hikmatiga qaratadi, biroq yozuvchi na Ibrohim alayhissalom nomini tilga
oladi, na Qur’oni karim nomini, hikmatini topishni ilmli kitobxon hukmiga havola qiladi.
Ibrohi
m alayhissalomni Namrud ismli zolim podshoh va o‘z qavmi olovda yoqish
uchun olib kelishadi. Johil qavm Ibrohim alayhissalomni olovga tashlaydi. Hech kim
U zotning tarafini olmaydi. Shunda odamlar lovullab yonayotgan olov tarafga og‘zida suv
bilan ketayot
gan chumolini ko‘radilar va undan so‘rashadi: “Ey chumoli, aqling bormi?
Shunday katta olovni o‘chira olaman deb o‘ylayapsanmi?” Shunda chumoli: “Qiyomatda
nima uchun Allohning elchisi yondirilayotgan vaqtda jim turding, qo‘lingdan kelganicha
unga yordamla
shmading, deya so‘ralaman”, deb javob bergan ekan. Qanday go‘zal javob!
Bizga ma’lumki, Allohning amri bilan olov Ibrohim alayhissalomga salqinlik, omonlik
bo‘ladi va Allohning payg‘ambariga zarar yetmaydi.
“Avvalgilarga o‘xshamas” qissasi qahramoni Aziz aka qishlog‘iga qaytgach,
dehqonchilik qila boshlaydi va buni o‘zi: “Tavba, dunyo o‘zgarmadimi? Shuncha yil
o‘tibdi, men yana Odam Ato qilgan ishni qilib yuribman”, –
deb izohlaydi. O‘qituvchi
Odam atoning kasbini tutadiki, bunga ham izoh berish lozim bo‘la
di.
“Odam (a.s.) Yerga tushganlaridan keyin ko‘ngillari biroz ovqat tusadi, Jabroil (a.s.)
jannatdan bir xalta olib chiqib, uni Odamga berdilar. Odam (a.s.) hayron bo‘lib: “Bu
nima?” –
deb so‘radilar. Jabroil (a.s.): “Sizni jannatdan chiqishingizga sabab bo‘lgan narsa
shu” –
deb, xaltadagi bug‘doyni ko‘rsatdilar. Odam (a.s.): “Buni men nima qilaman?” –
deb
so‘radilar. Jabroil donni Yerga sepishni buyurdilar. Odam (a.s.) uni Yerga sepishlari bilan
Alloh uni o‘sishga, don tugishga amr etdi. Bug‘doy shu ondayoq o‘sib, boshog‘i pishdi.
Odam (a.s.) uni Allohning amri bilan o‘rib oldilar. Donini qo‘llari bilan boshoqdan
ajratgandan keyin, ikki tosh olib bug‘doyni yanchdilar va unga aylantirdilar. Undan xamir
qorib, Jabroil temir bilan toshdan chiqargan uchqun bilan olov yoqdilar va non
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
3 (2023) / ISSN 2181-3701
56
pishirdilar. Dunyoda birinchi bor dehqonchilik, tegirmonchilik va novvoylik qilgan kishi
Odam (a.s.)dirlar!”
“Avvalgilarga o‘xshamas” qissasida adabiyotchi va matematikning suhbatidagi
adabiy timsollar haqidagi birgina kichik parchad
a beshta jumla orqali Qur’oni karimdagi
uch voqea tilga olinadi va bu ham o‘z navbatida kitobxondan “Mantiq ut
-
tayr” va “Lison
ut-
tayr”, Samud tuyasi, Somiriy voqeasi va Maryam onamiz haqidagi bilimni talab qiladi:
“Mantiq ut
-
tayr”ning ham “Lison ut
-
tayr”
ning ham asosi Sulaymon
payg‘ambarning qushlar bilan suhbati edi. Shundan so‘ng adabiyotga so‘zlovchi qush
timsoli kirib keldi. Uniyam qo‘ya turing, Samud tuyasiga nima deysiz? Somiriy voqeasiga
-
chi? Maryam ona suyanganida yam-
yashil bo‘lib ko‘kargan xurm
oga-
chi?”
Alloh taolo Qur’oni karimning “Toho” surasida Muso (a.s.) bilan Somiriy o‘rtasida
bo‘lib o‘tgan hodisani bayon etadi. Muso (a.s.)ning o‘z vaqtida qaytib kelmaganidan
foydalangan Horun as-Somiriy nomli kohin Isroil avlodlaridan barcha tilla taqinchoqlarni
so‘rab oldi, ularni olovda eritib, buzoq shaklida but yasadi va uning ustiga Jabroilning oti
tuyog‘i ostidan olgan bir siqim tuproqni sochib yuborgan edi, buzoq tirikdek mo‘ray
boshladi. Somiriy boshchiligidagi yo‘ldan ozgan kimsalar buzoqning atr
ofida tavof
qilishib, raqs tushishib, xursandchilik qila boshladilar. (Somiriy Jabroil farishta Muso
alayhissalomning oldiga kelganda, uning minib kelgan otining tuyog‘i tekkan narsalarga
jon kirganini ko‘rgan edi. Uning izidan bir siqim olib, uni buzoqnin
g haykaliga sochadi va
undan tirik buzoq kabi ovoz chiqadi). Muso (a.s.) Somiriyning buzog‘ini olovda
yondirdilar, uning kulini dengizga sochib yubordilar, keyin qavmlariga shu dengiz
suvidan ichishni buyurdilar. Kim buzoqqa sig‘ingan bo‘lsa, uning rangi sarg‘ayib keta
boshladi. Erta tongda, g‘ira
-
shirada buzoqqa ibodat qilmaganlar qo‘llarida qilich tutgan
holda turib, buzoqqa ibodat qilganlarni qilichdan o‘tkaza boshladilar va bir kechaning
tongida yetmish ming kishini halok qildilar. (Ibn Kassir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 284-bet.)
Ba’zi rivoyatlarda uch ming kishi halok bo‘lganligi aytiladi.
XULOSA
Isajon Sultonning “Avvalgilarga o‘xshamas” qissasidagi Sulaymon, Nuh, Odam Ato,
Ibrohim, Iso, Muso, Solih alayhissalomlar bilan bog‘liq motivlar falsafiylikka a
soslangan
holda, badiiy sintez qilinadi. Natijada yuksak falsafiy yukka ega bo‘lgan, original qissa
dunyoga keladi. Qissada har detal o‘z vazifasiga ega va har bir kitobxonning o‘z
dunyoqarashidan kelib chiqqan holda o‘zgacha ta’sir qilish xususiyatiga ega
. Adibning
deyarli har bir asarida kuzatishimiz mumkin bu holatni. Bugungi kunda Isajon Sulton
asarlari tadqiqi o‘zbek adabiyotshunosligida ilmiy jamoatchilikning diqqat markazidadir.
Adibning hikoya, qissa va romanlarida diniy motivlarning badiiy sintezi
yaqqol ko‘zga
tashlanadiki, bu holat adibning jahon va mumtoz adabiyotimizning, islom dinining yetuk
bilimdoni, qolaversa, qalami o‘tkir ijodkor ekanligidan xabar berib turadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Қуръони
карим
маъноларининг
таржима
ва
тафсири
/
таржима
ва
тафсир
муаллифи
:
Шайх
A
бдулазиз
Мансур
.
–
Т
.: Movarounnahr, 2020.
2.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Al-Jomi as-sahih (1-jild)
(Arabchadan Zokirjon Ismoil tarjimasi)
–
Т
.: Qomuslar Bosh tahririyati, 1991.
3.
Абу
Абдуллоҳ
Муҳаммад
ибн
Исмоил
Ал
-
Бухорий
.
Ал
-
жомиъ
ас
-
саҳиҳ
(
Ишонарли
тўплам
) 4-
жилд
. (
Арабчадан
Абдулғани
Абдуллоҳ
таржимаси
.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
3 (2023) / ISSN 2181-3701
57
Профессор
Неъматуллоҳ
Иброҳим
ва
шоир
Мирзо
Кенжабек
таҳрири
остида
.
Муҳаррир Хожа Бахтиёр Набихон Ўғли) –
Т.: Қомуслар Бош Таҳририяти, 1992
4.
Султон И. Қорақуш юлдузининг сири. –Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт
-
матбаа ижодий уйи, 2019.
5.
Исажон Султон насри бадиияти (Илмий мақолалар, тақризлар, адабий
суҳбатлар, мактублар). –Т.: Турон замин зиё, 2017.
6.
Salohiddin ibn Ahmad. Islomda bid’at tushunchasi. –
T.: Munir, 2021
7.
Шайх
Муҳаммад
Содиқ
Муҳаммад
Юсуф
.
Тасаввуф
ҳақида
тасаввур
.
–
Т
.: Hilol-nashr, 2021
8.
Sulton I. Boqiy darbadar. Sharq yulduzi / 2010.
№ 6
9.
F. Salaev, G.Qurboniyozov. Adabiyotshunoslik atamalarining izohli so‘zligi. –
Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010
10.
Sulton I. Ozod.
–
T.: «Sharq», 2012
