Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The study of foreign literature in the secondary school
education system in Uzbekistan (on the example of Mark
Twain
’
s work)
Nurmakhambet AKINDIKOV
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2023
Received in revised form
10 September 2023
Accepted 25 October 2023
Available online
15 December 2023
This article examines the cultural aspects of studying a
foreign language, including English literature, American
regional studies, and Russian (foreign) literature. Every person
in modern society must understand the diversity of human
cultures, respect other cultural traditions, and be able to see the
valuable aspects of the culture of different peoples. These
aspects can be taught to schoolchildren in philology classes in
general education schools in the process of studying the
subjects of the English language, English literature, foreign
literature, and local history. The cultural aspect includes
knowledge of extralinguistic and linguistic material. The
extralinguistic content of the cultural aspect is information
obtained from the manner of speech, history, geography, and
traditions of the language being studied. Linguistic material
consists of words and phraseological units with a national-
cultural component, as well as texts. The article also pays
attention to these needs.
2181-3701
/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss6-pp22-27
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
English literature,
American regional studies,
linguistic materials,
extralinguistics,
culture,
tradition.
1
Senior Lecturer, Department of Innovative Educational Technologies and Pedagogy, Samarkand State Institute of
Foreign Languages.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
23
O
‘
zbekistonda o
‘
rta maktab ta
’
lim tizimida xorijiy
adabiyotning o
‘
rganilishi (bolalar yozuvchisi Mark Tven
ijodi misolida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ingliz adabiyoti,
Amerika mintaqashunosligi,
lingvistik materiallar,
ekstralingvistika,
madaniyat,
an’ana.
Ushbu maqolada muallif tomonidan chet tilini o‘
rganishning
madaniy jihati ko‘rib chiqiladi.
Изучение зарубежной литературы в системе среднего
школьного образования Узбекистана (на примере
произведений детского писателя Марка Твена)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
английская литература,
американское
регионоведение,
лингвистические
материалы,
экстралингвистика,
культура,
традиция.
В данной статье рассматривается культурологический
аспект изучения иностранного языка, включая английскую
литературу, американское регионоведение и русскую
(иностранную)
литературу.
Каждый
человек
в
современном обществе должен понимать многообразие
человеческих культур, уважать другие культурные
традиции и уметь видеть ценные стороны культуры
разных народов. Эти аспекты можно преподавать
школьникам на уроках филологии общеобразовательных
школ в процессе изучения предметов английского языка,
английской литературы, зарубежной литературы и
краеведения. Культурологический аспект включает в себя
знание экстралингвистического и лингвистического
материала.
Экстралингвистическое
содержание
культурологического
аспекта
представляет
собой
информацию, полученную из манеры речи, истории,
географии и традиций изучаемого языка. Лингвистический
материал состоит из слов и фразеологизмов с
национально
-
культурным компонентом, а также текстов. В
статье также уделяется внимание этим потребностям.
KIRISH
Tarixiy va adabiy tamoyil asosida qurilgan chet tili adabiyoti til o‘rganishdagi
bilimlar tizimini shakllantirishga yordam beradi va maktab o‘quvchilari uchun gumanitar
ta’lim tizimining bir qismidir. Chet tilidagi matnni idrok etishning qiyinligi kirish darsini
talab qiladi, bu dars davomida talabalarni asar matniga kirishga tayyorlash uchun
umumiy hududiy fon yaratiladi. Kirish darslari asarga qiziqish uyg‘otish va uni idrok etish
uchun fikrlashni shakllantirishga yordam beradi, muallif, asar davri va o‘zbek tiliga
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
24
tarjimalari bilan tanishtiradi. Ushbu darslarda madaniy va mintaqaviy lug‘at kiritiladi, bu
esa asarni tushunishni qiyinlashtiradi.
Keyinchalik ingliz adabiyoti darslarida chet tilidagi badiiy matnni o‘qish bo‘yicha
mashqlarni tashkil etish va uning mazmunini o‘zlashtirish ustida ishlash metodikasi
yaratilgan bo‘lib, shuningdek, badiiy matnni o‘zlashtirishga qaratilgan mashqlar tizimi
taklif qilingan. Asar matni ustida ishlash uslubi uning umumiy o‘ziga xosligi, hajmi va bu
asarning chet el adabiyoti darslarida o‘rganilganligiga bog‘liq. Lirikani idrok etishning
qiyinligi uning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq: aniq belgilangan voqea chizig‘ining
yo‘qligi, badiiy ifoda vositalaridan foydalangan holda tasvirning rivojlanishi va boshqalar.
Shuning uchun ingliz va milliy adabiyotning tanish asarlaridan foydalanish,
o‘rganilayotgan asarning g‘oyaviy
-
badiiy xususiyatlari va ularni qiyoslash ingliz asarlarini
idrok etish jarayonini ancha osonlashtiradi va samaraliroq qiladi. Bolalar yozuvchisi Mark
Tvenning “Geklberri Finning sarguzashtlari” hamda “Tom Soyerning sarguzashtlari”
asarlari misol qilib, ingliz va milliy adabiyot asarlarini qiyosiy tahlil qilish xususiyatlarini
ko‘rib chiqamiz.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Chet tili fanida asarlar asl tilda o‘rganiladi. Shunga qaramay, asarning o‘zbek tili
tarjimasiga murojaat qilish quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan muhim uslubdir: talabalarni
tarjima san’ati va o‘zbek tarjima maktabi an’analari bilan tanishtirish; bir asarning bir
nechta tarjimalarini asl nusxa bilan solishtirish; o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan
qilingan satrlararo tarjimani badiiy tarjima bilan solishtirish va farqlarini aniqlash;
o‘quvchilarga badiiy tarjima san’atida o‘zlarini sinab ko‘rish imkoniyatini berish.
TADQIQOT NATIJALARI
Bolalar adabiyoti so‘z san’ati va tarbiya vositasi hisoblanib, yosh kitobxonlar uchun
yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos,
kichkintoylar qalbida o‘y
-
fikrlar uyg‘otadigan, porloq va ezgulik ishlariga
ilhomlantiradigan bo‘lishi kerak. Eng muhimi mavzular aniq, sodda va qiziqarli tilda
ifodalanishi zarur. Yosh kitobxonni doimo sehrli
-
fantastik ertak, sarguzasht hikoya va
asarlar qiziqtiradi. Bolalar adabiyoti o‘ziga xos xususiyatlari bilan kattalar adabiyotidan
farq qiladi.
Zotan, bolalar yozuvchisi dunyo voqealarini bolalar tasavvuri, tushunchasini
nazarda tutib tasvirlaydi. Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir
bo‘lagi bo‘lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima
asarlarining o‘rni, ahamiyati katta. Negaki tarjima asarlarini o‘qigan har bir yosh
kitobxonning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, o‘sha xalqlarning yashash sharoitlari,
urf
-
odatlari, orzu
-
intilishlari bilan tanish bo‘ladilar. Adabiy taxallusi Mark Tven bo‘lgan
Semyuel Lengxorn Klemens Amerika demokratik adabiyotining yirik vakili, o‘z zamonasi
burjua jamiyati illatlarini fosh etgan satirik va realist yozuvchidir.
Mark Tven asarlarini o‘qigan har bir kitobxonning millati va tilidan qat’i nazar bu
yozuvchining mahoratiga tan bermay iloji yo‘q. Yozuvchi asarlarini O‘zbekistonda har bir
shoir, yozuvchi hamda tarjimonlar o‘zbek tiliga tarjima qilib, yurtdoshlarimizni Mark
Tven asarlaridan bahramand etgan. Ushbu yozuvchining noyob asarlaridan bo‘lmish
“Tom Soyerning boshidan kechirganlari” hamda “Geklberri Finnning boshidan
kechirganlari” sarguzasht asarlari butun dunyo bolalar adabiyotiga hamda hozirgi kun
bolalar adabiyotiga ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Ushbu sarguzasht asarlaridagi
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
25
yumorlar har qanday kitobxonni o‘ziga rom aylaydi. Mark Tven bilan bizning yozuvchimiz
G‘afur G‘ulom, garchi turli vaqtda hamda turli joyda yashagan bo‘lsa ham, ularning
asarlaridagi ba’zi tafsilotlar o‘rtasida badiiy mushtaraklik mavjud.
MUHOKAMA
Mark Tvenning “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” va uning mantiqiy davomi
bo‘lmish “Geklberri Finnning boshidan kechirganlari” romanlari sayohatnoma janrida
yozilgan sarguzasht adabiyot namunalaridir. Mark Tven “Tom Soyerning boshidan
kechirganlari” asarini bolalik poeziyasi deb ataydi. Bu roman Mark Tven ijodida yangi
davr boshlanganini ko‘rsatadi.
Yozuvchi unda Amerikacha burjua jamiyati voqeligiga emas, balki o‘tmishga
o‘zining yoshlik vaqtidagi hayotiga bolalarning “sof poetik” dunyosiga murojaat qiladi.
Shunday bo‘lsa ham Tom Soyer haqidagi bu roman o‘z zamonasidan qochish degan
ma’noni bildirmaydi. Aksincha, bu asar Mark Tven realistik mahoratining rivojida ma’lum
bir bosqich hisoblanadi [1, 8].
Bolalar hayoti haqidagi bu kitobni yoshlar ham kattalar ham qiziqib o‘qiydilar,
chunki unda insonning ichki kechinmalari, dunyosi psixologik jihatdan asoslangan holda
real voqealar beriladi. “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”da voqealar asosan Sent
-
Pitersbergda, Missisipidagi orolchada ro‘y beradi. Tom begonalar bilan ilk bor o‘zi yashab
turgan kichkina shaharcha – Sent–Pitersbergda duch keladi. Bu yoz kunlaridan birida,
oqshomda ro‘y beradi. Zero “kichkina, qashshoq shaharcha – Sent–Pitersbergda paydo
bo‘lgan har bir yoshdagi yangi odam Tomni qiziqtirar edi.
Roman qahramoni Tom kichik shaharda yashaydi. Xolasining beto‘xtov nasihatlari,
maktabdagi quruq yod oldirishdan iborat eskicha o‘qitish usullari zerikarli bo‘lganidan u
darslarga qiziqmaydi, mashg‘ulot vaqtida boshqa narsalarni o‘ynab o‘tiradi. Uning
sho‘xligi va o‘yinqaroqligi o‘sha voqelikka norozilik bilan qarashdir. Tomning uysiz bola
Gek Finniga havas bilan qarashi eskicha urf
-
odatlardan holi erkinlikka intilishi alomatidir.
Romanning kulgili lavhalari jiddiy voqealar bilan aralash davom etadi. Tom Gek
bilan kechasi qabristonga borib hindu Jo tomonidan bir doktorning o‘ldirilishi voqeasini
ko‘radilar, so‘ngra qotilni topishda tegishli kishilarga ko‘maklashadilar.
Asarda qanday qilib Tom yaxshi o‘quvchi nomini olishi ham qiziq. U bolalardan so‘rab
olgan chipta asosida javob berib namunali o‘quvchi sifatida taqdirlanadi. Lekin tavrotni sira
ham o‘qib ko‘rmagan Tom unda ko‘rsatilgan avliyolarni nomini to‘g‘ri ayta olmaydi.
U butxona xutbalarini ham, ibodat qilish rasm-rusumlarini ham bilmaydi. Tom zerikarli bir
ibodat vaqtida qo‘ng‘izni cherkovga qo‘yib yuboradi. Qo‘ng‘iz kuchukka yopishib oladi u
vankillab uyoq-buyoqqa chopganida ibodatchilar hushyor tortadilar [2, 58].
Tomning yosh Bekkiga nisbatan bolalarcha sevgisi kishida ham zavq ham yengil
kulgi tug‘diradi. Asar umuman odamda bolalarning o‘ziga xos xarakterlariga nisbatan
chin muhabbat uyg‘otadi va ularning ichki dunyosini to‘laroq tushunishga yordam beradi.
Tom Soyerning boshidan kechirganlari asarining tarbiyaviy ahamiyati katta. U bolalarni
do‘stlik adolat tashabbuskorlik ruhida tarbiyalashga yordam beradi.
“Geklberri Finning boshidan kechirganlari” (1884) romanida amerikacha
hayotning yetuk ijtimoiy tanqidi, muruvvat va iltifotning manfaatparastlik va shafqatsizlik
bilan yonma
-
yon mavjudligi ko‘zga tashlanadi. Tom Soyer o‘zga yurtlarni ko‘rish,
qaroqchilardek hayot kechirish ishtiyoqi bilan yonadi. Biroq, u uzoqqa keta olmaydi: u o‘z
boshidan kechirgan ham tashvishli, ham quvonchli voqealar asosan o‘z yurtida, tug‘ilib
o‘sgan maskanlar atrofida ro‘y beradi. Gek ham piyonista otasi bilan uchrashganidan
so‘ng butunlay ko‘chaga chiqib ketishga majbur bo‘ladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
26
Mark Tven Gek bilan Jimning Missisipi bo‘ylab darbadarliklarini bayon qilar ekan,
o‘sha davr Amerikasining to‘liq tasvirini yaratadi, o‘zining turli vaqtlarda olgan
taassurotlarini qahramonlarining tili va ko‘zi bilan ifodalaydi. Romanning har bir bobi bir
sarguzasht, kutilmagan voqea yoki to‘qnashuv bayoniga bag‘ishlangan.
Bu asar ham bolalar haqidagi ijod namunasi hisoblanadi. Geklberri sarguzashtlari
xuddi Tom Soyerning sarguzashtlari asarining mantiqiy davomidek. Endi bu romanda
bosh qahramon Tom emas ko‘chalarda daydib yuruvchi yetim bola Gek Finnidir. U faqat
shaxsiy erkinlikka intiluvchi bola bo‘lmay, ham aqlan ham jismonan kamol topib
borayotgan o‘smir sifatida harakat qiladi.
Bu asarda Mark Tven grajdanlar urushiga qadar elliginchi yillardagi Amerika
hayotini aks ettiradi biroq Tom Soyerdagi kabi bolalarning o‘yini, kulgisi xushchaqchaq
hayotini emas, aksincha, Amerikaning to‘s
-
to‘polonli keyingi davr bilan bog‘lanib ketuvchi
hayotini yoritib beradi.
Bosh qahramon Gek erkinlikka intiluvchan yetim bola. U dindor beva ayol Duglas
uyida tinchgina yashayverishi mumkin edi. Biroq biror kimsaga qaram bo‘lib olishni
istamasdi, shuning uchun uning uyidan chiqib ketadi va sarson sargardonlikda kezib
yuradi.
Gek aroqxo‘r otasining zulmidan qochib, shahardan ketayotganda qochoq negr
Jemga duch keladi. Uni turli hayollar qurshab oladi. Janubda qulning qochishi qattiq
jinoyat hisoblanar edi. O‘sha muhit ta’siri ostida Gek Jemni ushlab bermoqchi bo‘ladi,
ammo bu yaramas tizim qoidalaridan undagi tabiiy odamiylik ustun chiqadi.
Mark Tvenning “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” va “Geklberri Finnning
boshidan kechirganlari” romanlari hamda G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasi genetik
yaqinlikka ega bo‘lmagan ikki milliy adabiyot vakillari bo‘lmish adiblarning asarlaridir.
Mark Tvenning “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” va “Geklberri Finnning
boshidan kechirganlari” romanlari hamda G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasi turli
zamonlarda, turli mamlakatlarda va turli janrlarda yaratilganiga qaramay ularni ko‘p
jihatlar birlashtirib turadi. Ular mavzu jihatidan ham, syujet – kompozitsion qurilishi
jihatidan ham nisbatan yaqin va deyarli o‘xshash. Ularda XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr
boshidagi AQSh va o‘zbek bolalarining og‘ir qismati haqida hikoya qilinadi.
Har ikkala adibning mahorati obrazlar yaratishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Shum
bola bilan Omon Tom bilan Gekni yodga soladi.
Bu asarlarda realistik obrazlar yaratilgan. Jumladan, Tom Soyer ham, Geklberri
Finn ham, Shum bola ham yetimchalar hisoblanadi. Tom kichik ukasi va singlisi bilan Polli
xolasinikida yashaydi. Gekning onasi yo‘q, otasi ham unga otalik qilmaydi. Shum bolaning
ham otasi yo‘q, u oilada katta farzand, bir ukasi va singlisi bor. Tom ham, Gek ham, Shum
bola ham ertalabdan kechgacha ko‘chada, tengdoshlari bilan daydib yuradi.
Har uchala asar (“Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “Geklberri Finnning
boshidan kechirganlari”, “Shum bola”)ning qahramonlari ham umidsizlik nimaligini
bilishmaydi, ular kurashuvchan, intiluvchan, optimist va o‘tkir hazilkash o‘spirinlar.
XULOSA
Mark Tven romanlari bilan G‘afur G‘ulom qissasida qator mushtarakliklar, o‘xshash
sahnalar uchraydi. Adiblar dramatik va komik holatlarni yaratishda, personajlarning
dialoglarini qurishda ayniqsa bir
-
birlariga yaqindirlar. Ayniqsa “Tom Soyerning boshidan
kechirganlari” bilan “Shum bola”ni deyarli har bir satrga singib ketgan yumor ham
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
27
birlashtirib turadi. Shuning uchun ham ta’lim dasturlariga aynan ushbu asarlardan
foydalanish 6
-
7 sinf o‘quvchilariga til o‘rganishni osonlashtiradi va qiziqarli qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
S.R. Boboyeva O‘zbek va AQSh adabiyotida bolalikning badiiy talqini. – Toshkent,
2012.
2.
F.Boynazarov Jahon adabiyoti. – T.: Musiqa. 2006. – 159 b.
3.
Q.Husanboyeva, R.Niyozmetova Adabiyot o‘qitish metodikasi. – Toshkent:
INNOVATSIYA
-
ZIYO, 2020.
4.
G.Rahimova Ona tili va adabiyot (bolalar adabiyoti). O‘quv qo‘llanma. –
Samarqand: SamDU,
-
308 b.
5.
Yulduz I, Dilorom J. PROBLEMS OF TRANSLATING POETRY TEXTS AND USING
OF SYMBOLS. Zbio r artykuło w naukowych recenzowanych.;65.
6.
Галъская Н.Д. Международное общение: проблема целеи и содержания
обучения иностранным языкам. Иностранные языки в школе. 2004. №1.
7.
Исматова Ю. Асарни бошқа миллии заминга ку чиришда таржимон
шахсининг роли. Иностранная филология: язык, литература, образование.
2018;3(2):67.
8.
Исматова Ю. Роль личности переводчика в переводе произведения на
другои язык. Иностранная филология: язык, литература, образование. 2018 May
14;3(2 (67)):113
-
5.
