Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Comparative
analysis
of
functional-semantic
characteristics of morphological categories of nouns in
Uzbek and English languages
Makhliyo FURKATOVA
Samarkand State University named after Sharof Rashidov
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
10 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
25 June 2024
This article functionally and semantically compares nouns in
both languages, analyzes their similarities and differences,
resulting in comparative and basic information for learning
these languages. It is known that the types of nouns in the
English language are functionally similar to the types of nouns
in the Uzbek language, but differ in name and division into
types. For example, in the English language, nouns are divided
according to the principle of singularity and generality, and in
the Uzbek language, nouns that perform this function are called
common nouns and common nouns. The only big difference in
dividing nouns into types is the presence of a separate category
such as animate and inanimate in English and the absence of
this category in Uzbek. This difference also depends on the
types of grammatical categories in them. The existence of such
differences creates problems for Uzbek students studying
English, not being able to find an accurate translation, not being
able to express the original meaning of words and phrases in
another (English) language. The article highlights many other
similar and different aspects using specific examples, and it is
expected that the above problems will be solved, at least
partially.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
morphological signs,
affixation,
lexical-grammatical index,
analytical form,
grammatical categories,
syntactic signs.
1
Doctoral student, Samarkand State University named after Sharof Rashidov, Uzbekistan.
E-mail: furkatovamaxliyo@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
225
O‘zbek
va
ingliz
tillaridagi
otning
morfologik
kategoriyalari funksional
–
semantik xususiyatlarini
qiyosiy tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
morfologik belgilar,
affiksatsiya,
leksik-grammatik
ko‘rsatkich,
analitik forma,
grammatik kategoriyalar,
sintaktik belgilar.
Ushbu maqolada har ikki tildagi otlar funksional
–
semantik
jihatdan taqqoslanib o‘xshash va farqli tomonlari tahlil qilindi va
natijada o‘sha tillarni o‘rganishda qiyosiy
-
bazaviy ma’lumotlar
keltirilib o‘tildi. Ma’lumki, ingliz tilidagi ot turlari o‘zbek tilidagi
ot turlariga funksional jihatdan o‘xshab ketadi, ammo nomlanish
va turlarga bo‘linish jihatdan farq qiladi. Misol uchun ingliz tilida
otlar yakkalik va umumiylik tamoyili asosida bo‘linsa, o‘zbek
tilida shu vazifani bajaruvchi otlar turdosh va atoqli otlar deb
nomlanadi. Otlarni turlarga bo‘lin
ishdagi yagona katta farq jonli
va jonsizlik kabi alohida kategoriyaning ingliz tilida mavjudligi,
o‘zbek tilida esa bu kategoriyaning yo‘qligi hisoblanadi.
Shu kabi
farq ulardagi grammatik kategoriya turlariga ham bog‘liq.
Shunday farqlarning mavjudligi ingliz tilini o‘rganayotgan o‘zbek
talabalarida ayni tarjimasini chiqara olmaslik, so‘zlarning, so‘z
birikmalarining asl ma’nosini boshqa (ingliz tili) tilda ifodalay
olmaslik muammolarni keltirib chiqaradi. Maqolada ham shu
kabi boshqa ko‘plab farqli va o‘
xshash tomonlar aniq misollar
bilan yoritilib, yuqoridagi muammolar qisman bo‘lsa
-da hal
qilinishi kutilmoqda.
Сравнительный анализ функционально
-
семантических
характеристик
морфологических
категорий
существительных в узбекском и английском языках
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
морфологические
признаки,
аффиксация,
лексико
-
грамматический
указатель,
аналитическая форма,
грамматические
категории,
синтаксические знаки.
В данной статье функционально и семантически
сравниваются
существительные
в
обоих
языках,
анализируются их сходства и различия, в результате чего
представлена сравнительная и основная информация при
изучении
этих
языков.
Известно,
что
типы
существительных в английском языке функционально
сходны с типами существительных в узбекском языке, но
различаются по наименованию и делению на типы.
Например, в английском языке существительные делятся
по принципу единственности и общности, а в узбекском
языке существительные, выполняющие эту функцию,
называются нарицательными. Единственная большая
разница в делении существительных на типы –
это
наличие отдельной категории, такой как одушевленные и
неодушевленные, в английском языке и отсутствие этой
категории в узбекском языке. Такое различие зависит и от
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
226
типов грамматических категорий в них. Существование
таких различий создает проблемы для узбекских
студентов, изучающих английский язык, не имея
возможности найти точный перевод, не имея возможности
выразить исходный смысл слов и фраз на другом
(английском) языке.
KIRISH
Har ikki tildagi otlarni funksional-semantik jihatdan tadqiq qilishdan oldin
morfologiya tushunchasi haqida kengroq tahlillar olib borish maqsadga muvofiq bo
‘
lardi.
Morfologiya (morphology) yunoncha morphe
–
shakl, forma degan ma
’
noni, logos
–
so
‘
z
degan ma
’
noni anglatib, so
‘
zlarning morfologik strukturasini, grammatik formalar
yasashda morfemalarning bir-biriga bo
‘
lgan munosabatlarini, joylashish qonunlarini, so
‘
z
turkumlari va ularning ma
’
nosini o
‘
rganadi [2, b. 12].
O‘zbek tilida morfologik kategoriyalarni ikkiga bo‘lishimiz mumkin. Ular leksik va
funksional morfologik kategoriyalardir. Ma’lum bir turkum doirasidagi so‘zlarning ayrim
guruhlari leksik morfologik kategoriyalarni hosil qiladi. Ularga
nisbat, bo‘lishli
-
bo‘lishsizlik, harakat tarzi, o‘zgalovchi, son, subyektiv munosabat, qiyoslash, daraja
kategoriyalarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Funksional morfologik kategoriyaga
esa ma’lum bir vazifada keluvchi va o‘sha vazifasi barcha so‘zlarga xos bo‘lgan
kelishik,
egalik va kesimlik
kategoriyasini kiritsak bo‘ladi. Bunda kelishik kategoriyasi nafaqat ot,
balki ot so‘z turkumidan tashqari boshqa turkumga oid barcha so‘zlar uchun xos
hisoblanadi. Faqat bu jarayonlar otlashgan so‘zlardagina kuzatilishini unutmasligimiz
kerak. [2, b. 12].
Morfologik kategoriyalarda sintaktik aloqaga ko‘ra
birin ketinlik
uslubiga tayanadi.
Bunda so‘zlarning bir biriga sintaktik jihatdan bog‘lanishida
oldingisi bilan
yoki
keyingisi
bilan
kabi tahlil qilinadi. Misol uchun,
daftarning
so‘zida –ning suffiksi o‘zidan keyin
egalik qo‘shimchasini olgan ot kelishigini talab qiladi yoki
varag‘i
so‘zidagi –
i
qo‘shimchasi o‘zidan oldin keladigan so‘zning –ning affiksi bilan birga kelishini so‘raydi.
Shuni aytib o‘tish joizki,
morfologiya va uning kategoriyalari (egalik, shaxs-son,
kelishik, zamon, ko‘plik, mayl) ustida ingliz va o‘zbek tillarida ko‘plab ishlar olib borilgan.
Ular orasidan nafaqat ma’lum bir til sohasi bo‘yicha yozilgan ilmiy ishlarni ko‘rishimiz
mumkin, balki aynan o‘zbek va ingliz tillarini taqqoslab, qiyoslab ish olib borilganlariga
ham guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Ular safiga Abdurahmonov G. va Shukurovlarning
“O‘zbek tilining tarixiy grammatika. Morfologiya va sintaksis”, Tenishov va
Blagovalarning “Сравнительно
-
историческая
грамматика
тюркских
языков”,
X.
Ne’matovning “Историческая
морфология
узбекского
языка
XIVXV
веков”,
M. Askarova va X.
Abdurahmonovlarning “O‘zbek tili grammatikasining praktikumi”,
S.M.Mutallibovning “Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk.(XI asr yozma
yodgorliklari asosida)”, X.
Komilovaning “O‘zbek tilida son va olmosh (Hozirgi zamon
o‘zbek tili kursidan materiallar)”, E.J.
Moroxovskayaning “Theoritical grammar through
practice” larni misol qilishimiz mumkin. Bu sohada bir qancha ishlar olib borilganiga
qaramay, yurtimizda qiyosiy tipologiyada yana ko‘plab ishlar olib borilishi, har bitta
mavzuda chuqurroq izlanishlar olib borilishi lozim. Quyidagi maqolada ham mana shu
asarlar yordamida otning morfologik kategoriyalari qisman bo‘lsa
-da yoritilib chiqiladi.
Sababi o‘zbek tilidagi ba’zi otga taalluqli bo‘lgan ma’nolar qo‘shimchalar yordamida aks
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
227
etsa, ingliz tilida shu ma’noga ayni to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha yo‘qligidan boshqa so‘zlar
bilan ifodalanadi. Maqolamizda shunday ikkilantiruvchi ma’nolarning ingliz tilidagi
muqobil shakllari o‘rganilib taqdim qilingan.
MATERIALLAR VA METODLAR
Ma’lumki, har ikki tilda shaxslarning nomi, narsa
-
buyum atamasi bo‘lgan so‘zlar
turkumi ot deyiladi. Ammo quyida har ikki tildagi ot so‘z turkumi haqida kengroq
to‘xtalib o‘tamiz va ular o‘rtasidagi ko‘plab farqli va o‘xshash jihatlarni ko‘ramiz. Bunda
nazariy tadqiqot metodining umumlashtirish usuli, empirik-nazariy tadqiqot metodidan
tahlil usuli va empirik tadqiqot metodining kuzatish
–
qiyoslash usullaridan
foydalanamiz. Buni otning asosiy belgilari, ya’ni ot so‘z turkumini boshqa so‘z
turkumlaridan yaqqol ajratib ko‘rsatadigan tashqi struktur, leksik
-grammatik kabi
belgilaridan boshlaymiz. Bunga ko‘ra ingliz tilida otlardagi grammatik belgilarni asosiy
uchta
–
morfologik belgilar, sintaktik belgilar va leksik-grammatik belgilarga ajratamiz.
Bu jarayonda biz tahlil va kuzatish
–
qiyoslash usullariga murojaat qilamiz.
1.
Ingliz tilida morfologik belgilar o‘z nomidan ma’lum otning grammatik kategoriya
shakllarini yasovchi morfema va morfema turlaridan tashkil topadi. Son kategoriyasida
ko‘plik yasovchi –
s,
–
en (books, phones, pencils, oxen) va boshqa qo‘shimchalar (
-es, a, -ies),
kelishik kategoriyasidan egalik kelishigini yasovchi apostrofli
–‘s ni (Malika’s, father’s, cat’s)
misol sifatida ko‘rsatishimiz mumkin. Xuddi shu kabi qo‘shimchalar o‘zbek tilida ham
mavjud. Faqat bunda ko‘plik qo‘shimchasi –
lar va kelishik kategoriyasidagi qaratqich
kelishigi shakli -
ning faqat ot so‘z turkumiga emas, narsa ma’nosini bildiruvchi boshqa so‘z
turkumlarga ham, asosan otlashganda va ot vazifasida kelganda ishlatiladi:
Birinchilardan
,
qizillarga, uxlamaganlar uchun, ularning, ikkinchimning.
Bu o‘rinda
yana yuqoridagi
shakllarning oppozitsiyaga kirishayotganini ta’kidlab o‘tishimiz joiz. Morfologiyada
morfologik qarama-qarshilik (oppozitsiya) tushunchasi bor va uning mavjudligi grammatik
kategoriyalarda muhim ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, otlardagi birlik va ko‘plik
shakllarini olaylik. Bunda birlik formasi bilan ko‘plik formasi o‘zaro chambarchas bog‘liq
bo‘lib, birining mavjud bo‘lishi uchun ikkinchisining bo‘lishi shart etib belgilangan. Buni
otlardagi kelishik kategoriyasining bosh kelishigi bilan boshqa kelishiklar o‘rtasidagi
munosabatda ham ko‘rishimiz mumkin.
2.
Keyingi belgi otning sintaktik belgilari bo‘lib, otlar boshqa so‘z turkumidagi
so‘zlar bilan munosabatga kirishganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ingliz tilida bu belgilarga
artikl (a,an, the book), sifat (a big, small pen), sifatdosh (a bored boy), son (2, 3,5 people),
ko‘rsatish (this, these, those, that boy), gumon (some, any, no pen), egalik (my, his, her,
their, our, your book) va boshqa turdagi olmoshlar kiradi. O‘zbek tilida artikldan tashqari
yuqoridagilarning barchasi mavjud. Misol uchun, katta bayram (sifat), o‘qigan bola
(sifatdosh), 4ta qizlar (son), mana bu bola (ko‘rsatish olmoshi), mening kitobim (kishilik
olmoshiga qaratqich kelishigi qo‘shilganda), bir qancha kitoblar (faqat buyerda ingliz
tilidagidek gumon olmoshi emas ravish so‘z turkumi sifatida kelyapti).
Shuning uchun
a
book
degan so‘zimiz o‘zbek tilida artikl bo‘lmaganidan son so‘z turkumidagi
bitta
so‘zi
bilan yoki gumon olmoshidagi
qandaydir bir
so‘zi bilan chiqariladi.
3.
Asosan ot yasovchi qo‘shimchalar otlarning leksik
-grammatik belgilariga kiradi.
Unda ot yasovchi suffikslarni ko‘rishimiz mumkin. Ingliz tilida:
Writer
–
er
assistant
–
ant
robbery
–
ry
Alteration
–
tion
denial
–
al
friendship
–
ship
Development
–
ment
preference
–
ence
darkness
–
ness
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
228
Shuni aytib o‘tish kerakki, har bir ot yasovchi qo‘shimchalar semantik –
ma’no
jihatdan bir-biridan farqlanadi. Masalan: -
er kasb yasovchi ot bo‘lsa,
-
ment o‘zi qo‘shilib
kelgan so‘zning harakatini
ifodalaydi [6, b. 12-13].
O‘zbek tilida ham otlar affiksatsiya yo‘li bilan yasaladi. Ammo ingliz tilidagi
suffikslardan bir farqi ot yasovchi qolipning aksariyati ko‘p ma’noli bo‘lishidadir [4, b. 225].
•
Sportchi
–
chi
–
kasb, mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi shaxs ma’nosida;
•
Xabarchi
–
chi
–
asosda anglashilgan ish bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti
ma’nosida;
•
Respublikachi
–
chi
–
biror maslak oqim tarafdori ma’nosida va boshqalar.
Boshqa ko‘plab qo‘shimchalarni misol qilib keltirishimiz mumkin:
Tajovuzkor
–
kor
zambilkash
–
kash
kitobxon
–
xon
Qayg‘udosh –
dosh
otalik
–
lik
olmazor
–
zor
O‘tloq –
loq
namgarchilik
–
chilik
savdogar
–
gar
Hozirgi ingliz tilida otlarni semantik jihatdan ajratganimizda ularni jonli, jonsizlik,
yakkalik va umumiylik kabi turlarga bo‘lishimiz mumkin [3, b. 15]. O‘zbek tilida esa otlar
ma’no jihatidan atoqli otlar va turdosh otlarga bo‘linadi, ammo jonli jonsizlik tamoyili bu
tilda mavjud emas [1, b. 70]. Bunda quyidagi semantik xususiyatlarni inobatga olgan
holda otlar klassifikatsiyalanadi:
a). Bir turdagi predmetlardan birining nomini yoki shu turdagi predmetlarning
umumiy nomini bildirishiga ko‘ra;
b).
Kim yoki nima so‘zlariga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra;
d).
Sanalish yoki sanalmasligiga ko‘ra.
NATIJA VA MUHOKAMA
O‘zbek tilidagi turdosh va atoqli otlarni ingliz tilidagi yakkalik va umumiylik
tamoyiliga moslashimiz mumkin. Bunda ingliz tilida yakkalik va umumiylik jihatidan
turdosh otlar (common nouns) va atoqli otlar (proper nouns)ga bo‘linadi. Buranovning
“Ingliz tili grammatikasi” o‘quv qo‘llanmasida turdosh va atoqli otlarga quyidagicha ta’rif
berilgan: “Inson, hayvonot, umuman tirik mavjudot va boshqa aniq yoki mavhum
tushunchalarning umumlashtiruvchi nomlari turdosh ot sanaladi.
Ularga book, pen, tree,
grass, class, phone
kabi so‘zlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Atoqli otlar esa yakka
predmet, ma’lum shaxs, maxsus joy yoki hodisa nomlarini anglatadi:
Makhliyo,
Grand Sultan, Russia, United Nations
” [3,
b. 12]. Ularning asosiy leksik-grammatik
ko‘rsatkichlariga artikllar, ko‘plik qo‘shimchasi kiradi. Misol uchun, atoqli otlar ko‘plik
qo‘shimchasi bilan kelmaydi, ammo turdosh otlar bilan birga qo‘llaniladi
va ko‘plik
ma’nosini beradi. Atoqli otga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda ham u turdosh otlarga
o‘zgarishi mumkin. Misol uchun
Furkatova (shaxsning familiyasi)
–
the Furkatovas
(turdosh ot
–
Furkatovalar oilasi ma’nosida).
O‘z navbatida, turdosh ot ham atoqli otga
aylanishi mumkin. Bunda ko‘pincha oddiy so‘zlar mehmonxona, kinoteatr, jurnal, gazeta
nomi, futbol komandalarining nomi bo‘lib kelganda yuzaga chiqadi:
times (marta
ma’nosida) –
Times (gazeta nomi ma’nosida).
O‘zbek tilidagi atoqli otlar barcha narsa va
shaxslarning nomlariga nisbatan ishlatiladi. Ingliz tilidan farqli ravishda atoqli otlar tub
va yasama turlarga ham bo‘linadi. Misol uchun,
Maxliyo, Firuz, Kumush
tub atoqli otlar
bo‘lsa,
Shohimardon, Oqtepa, Tepalik
kabilar yasama atoqli otlardir. Yana bir farqli jihati,
o‘zbek tilidagi atoqli otlarning asosiy qismi turdosh otlardan olinadi va yana ba’zilari ot
so‘z turkumidan tashqari boshqa so‘z turkumlari doirasidan ham kelib chiqadi. Masalan:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
229
Keldiyor
–
fe’ldan, Asal –
sifatdan, Oltmishboy
–
sondan
hosil bo‘lgan atoqli otlardir.
Bu kabi so‘zlar o‘zining asl ma’nosidan cheklangan holda ma’lum bir joy yoki shaxs nomi
sifatida qaraladi:
Uchquduq
–
o‘sha joyda 3ta quduq yo‘q, shunchaki joy nomidir [1, b. 71].
Bundan tashqari, atoqli otlar ko‘plik qo‘shimchasi bo‘lmish –
lar ni olmaydi, ammo
qo‘shilib kelsa ham jamlanish, guruh va hurmat ma’nolarini anglatib keladi.
Firuzlar keldi
(jamlanish, guruh ma’nosida, Firuz va uning oila a’zolari).
Ingliz tilidagi turdosh ot aniq (Concrete nouns) va mavhum (Abstract nouns)ga
bo‘linadi. Aniq otning o‘zi yana 1) yakka otlar
(Class nouns), 2) jamlovchi otlar (Collective
nouns), 3) modda va sanalmaydigan narsalarni bildiruvchi otlar (Nouns of Materials or
Mass nouns). Ulardan yakka otlar biror bir guruhning namunasi sifatida donalab sanalish
xususiyati bilan ajralib turadi va ularga quyidagilar kiradi:
orange
–
apelsin
(mevalar
guruhidan namuna sifatida keltirilyapdi)
, rose
–
atirgul
(gullar guruhidan namuna)
, table
–
stol
(uy-ashyolari guruhidan namuna)
.
Jamlovchi otlar barcha narsa va shaxslarni
to‘dasini, guruhini va galasini ifodalaydi.
Family
–
oila, team
–
jamoa, people
–
xalq
va
boshqalar. Modda yoki sanalmaydigan otlarga esa suyuqliklar, juda mayda moddalardan
tashkil topgan narsalar, ma’lum bir shaklga ega bo‘lmagan otlar kiradi. Masalan:
water
–
suv, rice
–
guruch, silver
–
kumush, cereal
–
dukkaklik boshoq, tea
–
choy
.
Mavhum otlar esa belgi, xususiyat, holat va harakat nomlarini o‘z ichiga olib,
donalab sanalmaslik xususiyati bilan yaqqol ajralib turadi. Buni oddiy usulda
–
qo‘limiz
bilan ushlab
bo‘lmaydigan, ko‘zimiz bilan ko‘rib bo‘lmaydigan umuman borliqda buyum
holatida bo‘lmagan, ammo his qilsa bo‘ladigan ot deb ta’riflasak bo‘ladi. Ularga
love
–
sevgi, confidence
–
ishonch, sadness
–
xafalik, hesitation
–
ikkilanish, peace
–
tinchlik,
happiness
–
baxt, fame and fortune
–
mashhurlik va boylik kabilar kiradi [2, b. 14].
O‘zbek tilida ham turdosh otlar narsa yoki hodisalarning umumiy nomi sifatida
ta’riflanib, atoqli, mavhum, jamlovchi va yakka, sanaladigan va sanalmaydigan otlarga
bo‘linadi. Misollari va ta’riflari yuqorida keltirilgan so‘zlar bilan bir xil, ammo turlarga
bo‘lish jarayonida farqlanadi. Ingliz tilida yakka, jamlovchi va sanalmaydigan otlar aniq
otlarning qismiga kiritilgan bo‘lsa, mavhum otlar alohida bir tur sifatida ko‘rildi.
Semantik
–
ma’no jihatdan tashqari otning funksional formalari ham bor. Bunga
ko‘ra otlar o‘zbek tilida yasalish jihatdan 3 turga: sintetik, analitik, juft va takroriy
formalarga bo‘linadi. Ularning har biri yan bir necha turlarga ajratiladi. Xususan, sintetik
-
funksional formasiga kichraytirish, erkalash, hurmat, qarashlilik, o‘rin belgisi, chegara
o‘xshatish kabi shakllar kiradi [7, b. 242]. Ularda kichraytirish formasi o‘zbek tilida –
cha,
-
choq (hovuzcha, toychoq) affikslari bilan kelsa, ingliz tilida ko‘pincha –
ie va
–
ette
(doggie, statuette) kabi qo‘shimchalari bilan keladi. Erkalash formasiga o‘zbek tilida –
jon,
–
xon,
–
oy (Maxliyoxon, Firuzjon) kabi affikslar bilan kelsa, ingliz tilida esa maxsus
erkalash formalari mavjud emas. Hurmat ma’nosini o‘zbek tilida –
lar qo‘shimchasi orqali
ko‘rsak (ayamlarga salom ayting), ingliz tilida qo‘shimchalar yordamida emas, balki
ma’lum bir so‘z va so‘z birikmalari yordamida (dear –
aziz, hurmatli, mr, mrs
–
janob,
xonim, your highness
–
janobi oliyalari) ifodalanadi. Qarashlilik esa
–
niki qo‘shimchasi
bilan o‘zbek tilida, egalik ot olmoshi (mine –
meniki, yours
–
seniki, sizniki, sizlarniki, his,
hers, its
–
uniki, buniki, ours
–
bizlarniki, theirs
–
ularniki) va egalik kelishigi bo‘lmish –
s’
formasi bilan ingliz tilida hosil qilinadi. O‘rin belgisi o‘zbek tilida –
dagi affiksi bilan, ingliz
tilida bu belgi maxsus predloglar orqali (in, on, at
–
in the cinema
–
kinoteatrdagi) hosil
qilinsa, chegara formasi o‘zbek tilida –
gacha (- kacha, qacha) yordamida, ingliz tilida
until, by so‘zlari bilan ifodalanadi. O‘xshatish formasi –
dek (-
day) qo‘shimchasi bilan
o‘zbek tilida, like, as, as if so‘zlari bilan ingliz tilida yoritiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
230
Otning analitik formasi o‘zbek tilida ko‘makchilar yordamida ifodalanadi va
makon, vaqt, sabab, maqsad kabi ma’nolarini beradi:
qalam bilan, borgan sari, dadasi
uchun, uy tomon.
Ingliz tilida bu hodisa
predlog va shu tarjimalarni beruvchi so‘zlar orqali
amalga oshiriladi va xuddi shu ma’nolarni beradi:
with pencil, as something becomes, for
father, toward the house.
O‘zbek tilida juft forma umumlashtirish, jamlik (qovun –
tarvuz, qozon
–
tovoq)
ma’nolarini yetkazishda, takroriy forma esa asosan ko‘plik (ombor –
ombor, qatra
–
qatra) ma’nosini ifodalaydi. Ingliz tilida esa maxsus juft va takroriy otlar mavjud emas.
Ammo reduplikatsiya usulida hosil bo‘lgan so‘zlar qisman takroriy va juft so‘zlarga
o‘xshaydi, biroq bunday so‘zlar ingliz tilida chegaralangan bo‘lib deyarli ot so‘z
turkumida kuzatilmaydi: girly
–
girly (sifat), speak
–
speak (fe’l), mur –
mur (taqlid so‘z),
zig
–
zag (ot) [2, b. 139].
Har ikki tildagi funksional jihatlarini tahlil qilib bo‘ldik. Endi ularning grammatik
kategoriyalari haqida so‘z yuritamiz. O‘zbek tilida otlar uch xil grammatik
kategoriyalardan iborat. Ular son, egalik va kelishik kategoriyalari bo‘lib egalik
kategoriyasidan tashqari doim ot bilan birga qo‘llaniladi. Misol uchun, o‘qituvchi so‘zi
hech qanday grammatik aloqaga kirishmagan holatda ham birlik, bosh kelishikdagi ot
hisoblanadi. Hozirgi ingliz tilida esa ot so‘z turkumida asosan ikkita grammatik
kategoriya mavjud bo‘lib, ular son va kelishik kategoriyasidir. Egalik kategoriyasi har xil
so‘z turkumlari, asosan, egalik kelishigi yordamida yoritiladi. Rod kategoriyasi ham ingliz
tili nutqida he
–
o‘g‘il bolalar uchun she –
qiz bolalar uchun it
–
jonsiz narsalar uchun kabi
olmoshlar va ayrim suffikslardan (-ess, -ine, -trix, -ette ayollar uchun, -er, -or erkaklar
uchun) tashqari keng tarqalmagani bois alohida kategoriya sifatida olinmagan. Ingliz
tilida ham otning oddiy nol shakli birlik va bosh kelishik kabi grammatik kategoriyalarga
ega va ular o‘z ichidagi boshqa grammatik kategoriyalar bilan qarama
-
qarshi qo‘yiladi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, har ikki tilda ham otlar deyarli bir xil
turdagi funksiyalarni bajaryapti. Buni biz otning ayniqsa, funksional jihatdan
taqqoslangan uslubida ko‘rishimiz mumkin. Misol uchun har ikki tilda ham kichraytirish
(hovuzcha, toychoq
–
doggie, statuette. Ammo ingliz tilida hamma so‘zlarga shu
qo‘shimchalarni qo‘shib kichraytirish ma’nosini berolmaymiz. Bunda boshqa so‘zlar –
small, little, tiny kabilar yordamga keladi), hurmatlash (ayamlarga salom ayting
–
dear
–
aziz, hurmatli, mr, mrs
–
janob, xonim, your highness
–
janobi oliyalari), qarashlilik (mine
–
meniki, yours
–
seniki, sizniki, sizlarniki, his, hers, its
–
uniki, buniki, ours
–
bizlarniki,
theirs
–
ularniki), o‘rin belgisi (dagi
–
in, on, at
–
in the cinema
–
kinoteatrdagi), chegara
(
–
gacha
–
by,until/till), o‘xshatish (–
dek (-day)
–
like, as, as if) kabi bir xil funksiyalarga
ega. Ammo nutqda qo‘llash usullari turlicha, shu sababdan yuqoridagilardan shuni xulosa
qilishimiz mumkinki, ingliz tili affikslarga boy emas va ko‘p belgilar, ma’nolar oddiy
so‘zlar yordamida ifodalanadi. O‘zbek tilida qo‘shimchalar ancha murakkab va ko‘pchiligi
allomorfli bo‘lib (
-gacha, -kacha, -qacha) barcha belgilarni ifodalashda faol qatnashyapdi
[7, b. 243]. Bundan tashqari, bu kabi o‘xshashliklar ularning umumiy grammatik
kategoriyalarida ham uchraydi. Ya’ni har ikki tilda ham son va kelishik kategoriyalari
mavjud va har ikki tilda ham rod kategoriyasi yo‘q, ma’lum bir so‘zlarda rod ma’nosi aks
etsa ham oppozitsiyaga, ya’ni qarama
-qarshilik jarayoniga kirishmaganligi uchun alohida
grammatik kategoriya sifatida qabul qilinmagan. Lekin bu sohadagi katta va asosiy farq
ingliz tilidagi egalik kategoriyasining yo‘qligi, ingliz tilida o‘zbek tilidagidek 6ta
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
231
kelishikning yo‘qligi va bu grammatik ma’nolar boshqa usullar yordamida nutqda
ifodalanishidadir. Aynan shuning uchun ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘rganayotgan
ko‘plab o‘zbek talabalarida tarjima va gap tuzish jarayonlarida muammolar yuzaga
keladi. Misol uchun:
Maxliyoning yordami bilan bunga erishdim
gapidagi
Maxliyoning
yordami
so‘z birikmasining ingliz tilidagi ayni tarjimasi yo‘q. Ya’ni ingliz tilida ham o‘zbek
tilidagidek
help-yordam
so‘ziga egalik affiksi –
I qo‘shimchasini qo‘sha olmaymiz. Ammo
egalik ma’nosi o‘zi bilan birga qo‘shilib kelgan so‘z, ya’ni
Maxliyo‘s –
Maxliyoning
so‘zi
bilan ifodalanib ketadi. Maqoladagi yuqorida keltirilgan misollar yordamida nafaqat
ingliz tilini o‘rganayotgan o‘zbek o‘quvchilari, balki chet elik til o‘rganuvchilar ham
foydalanib tarjima va so‘zlar ma’nosini to‘g‘ri muqobili bilan o‘rganib o‘zbek tilini
o‘rganishda (aynan otlar mavzusida) katta yordami tegishi mumkin. Shu tarzda quyidagi
maqolada ikki tildagi morfologik kategoriyaga kiruvchi ot so‘z turkumiga kiruvchi
grammatik farq va o‘xshashliklarni funksional –
semantik jihatdan ko‘rib chiqildi va bu
ish bilan tilni o‘rganish bilan birga tarjima jarayonidagi muammolar qisman bartaraf
etilishi va shu sababdan bu ish ilmiy yangilik sifatida qaralishi umid qilinmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
N.Turniyozov, A. Rahimov, O‘zbek tili. O‘quv –
uslubiy qo‘llanma.
–
Samarqand.
2006.
–
147 b.
2.
J.Bo‘ronov. Ingliz va O‘zbek tillari qiyosiy grammatikasi. O‘quv qo‘llanma. –
T.,
“O‘qituvchi nashriyoti”, 1973. –
279 b.
3.
J.Buranov, U. Hashimov, H.Ismatullayev, Ingliz tili grammatikasi. O‘quv
qo‘llanma. –
T., “O‘qituvchi nashriyoti”, 1974. –
351 b.
4.
R.Sayfullayeva,
B.Mengliyev,
G.Boqiyeva,
M.Qurbonova,
Z.Yunusova,
M.Abuzalova.
Hozirgi O‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. –
T., “Fan va texnologiya”, 2009.
–
416 b.
5.
Paul Newman Tone and affixation in Hausa, December 1986. Studies in African
Linguistics Volume 17, number 3, 1-4
6.
Saza F. Abdulla, Mohsin H.S. Qadir, 1987. A Comparative Approach to Class
Changing Derivational Affixes in English and Kurdish. Koya University, Iraq, Vol. 4, no 1,
12-13
7.
Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Xojiyev, I.Rasulov, X.Doniyorov. Hozirgi
O‘zbek adabiy tili I qism. –
T., “O‘qituvchi”, 1980. –
443 b.
