Yasunari Kawabataning “Xol” va Mixail Sholoxovning “Xol” hikoyalarida “xol” konseptining tahlili

Annotasiya

Ushbu maqolada xol konsepti va uning ramziy ma’nolari yoritildi. Asarlarda rus va yapon madaniyatida xol konseptosfera sifatida tasniflanib, lingvo falsafiy asoslandi. Mixail Sholoxov va Yasunari Kavabataning hikoyalarida “xol” konseptiga oid hodisalar va obrazlarning ruhiyati va hayotida xolning o‘rni va ta’siri qiyosiy tipologik jihatdan o‘rganildi. Hikoyalarda voqealar jarayonida milliy mentallik va uning ijtimoiy o‘rni tahlil qilindi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Chiqarish:
101-107
176

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Jalolova , L. ., & Kurbonova , G. . (2024). Yasunari Kawabataning “Xol” va Mixail Sholoxovning “Xol” hikoyalarida “xol” konseptining tahlili. Xorijiy Lingvistika Va Lingvodidaktika, 2(1/S), 101–107. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/67606
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada xol konsepti va uning ramziy ma’nolari yoritildi. Asarlarda rus va yapon madaniyatida xol konseptosfera sifatida tasniflanib, lingvo falsafiy asoslandi. Mixail Sholoxov va Yasunari Kavabataning hikoyalarida “xol” konseptiga oid hodisalar va obrazlarning ruhiyati va hayotida xolning o‘rni va ta’siri qiyosiy tipologik jihatdan o‘rganildi. Hikoyalarda voqealar jarayonida milliy mentallik va uning ijtimoiy o‘rni tahlil qilindi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Analysis of the concept of “mole” in the stories “Mole” by
Yasunari Kawabata and “Mole” by

Mikhail Sholokhov

Laylo JALOLOVA

1

, Gulnoza KURBONOVA

2

Samarkand State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2024

Received in revised form

10 May 2024
Accepted 25 May 2024

Available online

25 June 2024

This article covered the concept of mole and its symbolic

meanings. In the works, the mole was classified as a

conceptosphere in Russian and Japanese culture and was based

on a linguo-philosophical basis. In the stories of Mikhail
Sholokhov and Yasunari Kawabata, events related to the concept

of “mole” and the role and influence of the mole in the psyche and

life of characters were studied in a comparative typological way.

In the stories, the national mentality and its social role were

analyzed in the course of events.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1

/S

-pp101-107

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

concept,

conceptosphere,

symbol,

mole,

mentality,

comparative typology,
cultural concept.

Yasunari Kawabataning “Xol” va Mixail Sholoxovning “Xol”
hikoyalarida “xol” konseptining tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

konsept,

konseptosfera,

ramz,

xol,

mentallik,

qiyosiy tipologiya,

madaniy konsept.

Ushbu maqolada xol konsepti va uning ramziy ma’nolari

yoritildi. Asarlarda rus va yapon madaniyatida xol konseptosfera

sifatida tasniflanib, lingvo falsafiy asoslandi. Mixail Sholoxov va

Yasunari Kavabataning hikoyalarida “xol” konseptiga oid
hodisalar va obrazlarning ruhiyati va hayotida xolning o‘rni va

ta’siri qiyosiy tipologik jihatdan o‘rganildi. Hikoyalarda voqealar

jarayonid

a milliy mentallik va uning ijtimoiy o‘rni tahlil qilindi.

1

Student, Samarkand State Institute of Foreign Languages.

2

PhD, Samarkand State Institute of Foreign Languages


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

102

Анализ концепта «родинка» в рассказах «Родинка»

Ясунари Кавабата и «Родинка» Михаила Шолохова

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

концепт,

концептосфера,

родинка,

символ,

ментализм,

сравнительная типология,

культурный концепт

.

В данной статье рассматривается понятие "родинка" и

его символическое значение в русской и японской

культурах,

которые

анализируются

в

рамках

концептосферы и на основе лингвофилософских подходов.

В работе проводится сравнительно

-

типологический анализ

произведений Михаила Шолохова и Ясунари Кавабата,

изучая события, связанные с понятием «родинка», а также

роль и влияние на психику и жизнь персонажей.

В рассказах авторы исследуют национальный менталитет и

его социальную роль в развитии сюжета.

KIRISH

Konsept atamasi fanga XX asrda S.A Askoldov[1;28] tomonidan kiritilib, hozirgi

kunda zamonaviy tilshunoslikda ko‘p uchraydi. F.Sossyurning til va nutq dixtonomiyasi
asosida konsept tushunchasi yotadi “tilni anglash

-

kommunikativ fe’l

-

atvor” deb

ta’riflangan. Tilni tushunish uni ong yordamida anglash, ma’no kengayishi kabi jabhalar

orqali konsept kengroq tushuncha hosil qiladi. Konsept terminini fanda rus olimlari Y.

Stepanov[4;20], S.X. Lyapin, E.S Kubryakova[5;4] kabi olimlar o‘z tadqiqot ishlarida turli

jihatdan yoritib, konseptning bir nechta parametrga ega ekanligini isbotlashgan. Olimlar

konseptni psixik, mental, real hayotiy aspektlar asosida paydo bo‘lgan ilmiy tushuncha deb
atashadi. Konsept insonning ong sohasiga tegishli va u ta’riflashdan tashqari

, hissiy iroda

va obrazli empirik xususiyatlarga ega. Konseptlar faqat anglashdan emas, balki,

kechinmalar orqali ham idrok etish kerak bo‘lgan tushunchadir. Ramziylik ham
konseptlarni yoritishda xizmat qiladigan omil bo‘lib, predmet, voqeaning ramzi turli

mentalitet uchun o‘zgarish holatiga ega. Bu o‘z o‘rnida konseptosferani tasniflaydi,

konseptosfera biror xalqning milliylik jihatlarini ochib berish uchun xizmat qiladigan
predmet, voqea, urf-

odat bo‘lishi mumkin.

METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI

Madaniy konseptlar ma’nosi bir xil bo‘lgan voqelik emas, ular jamiyatda biror

ijtimoiy qatlamga aloqadorligi bilan ajralib turadi. Madaniy konseptlar

obraz, tushuncha,

qadriyat. Shu uchta tomonni birlashtirib, hodisani belgilovchi oppozitsiyani paydo

bo‘

lishiga xizmat qiladi. Milliy konseptni tadqiq qilgan rus olimlari S.X. Lyapin,

O.A.Leontovich[7;18] bir qator ilmiy ishlarini konseptologiyaga bag‘ishlagan. Adabiy
asarlar kesimida milliy mentallik bo‘lib, bu –

milliy harakterning ma’naviy, iroda jihatla

rini

aks etgan kategorial dunyoqarashning ko‘rinishi. Milliy mentallikni rus yozuvchisi Mixail
Sholoxov va yapon adibi Kavabata Yasunarining bir xil nomga ega bo‘lgan “Xol”

hikoyalarida ramziylik, milliy konsept, psixologizm, mentallikka doir xususiyatlarni

uchratish mumkin. Kavabata Yasunarining “Xol” hikoyasi G.R Boardman tomonidan tanqid
qilingan hamda “The Moon in the Water: Understanding Tanizaki, Kawabata and
Mishima”[2;147] (Oynadagi Oy:Tanizaki, Kavabata va Mishimani tushunish) nomli

kitobida aynan

“Xol” hikoyasini ham tahlil qilgan. Bundan tashqari Higashi Shinbun

jurnalida ushbu hikoya Osiyo madaniyati eksporti Floriano Terrano tomonidan tahlil


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

103

qilingan. Rus tadqiqotchisi Z.N Bakalova[3;12] o‘zining maqolasida Mixail Sholoxovning
“Xol” hikoyasidagi pafosni yoritib bergan.

Inson tanasida uchraydigan xol

biologik hodisami yoxud taqdir darakchisimi? Xol

biologik voqelik sifatida organizmda biror modda miqdorining kamayishi yoki ortib

borishidan hosil bo‘ladigan hodisa deb qaralsa, boshqa tomondan uni turli ramzlarga ega
bo‘lgan va taqdirga ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida baholashadi. Qadimda turli mamlakat

vakillari xolni turlicha talqin qilishgan. Qadimgi Gretsiyada xol

kelajak haqida bashorat

qilgan, agar xol yonoqda joylashgan bo‘lsa u inson omadli hisoblangan. Rimda xo

lga

nisbatan xosiyatsizlik alomati deb qaralgan. Xitoy Imperiyasida xollar strukturasi va rangi

orqali insonning fe’l atvori va taqdiri aniqlangan. Yevropada o‘rta asrlarda kimdadir xol
bo‘lishi sehrgarlik belgisi bo‘lib, u inson shayton tomonidan zaharlan

adi degan qarash

bo‘lgan.

Meksikada peshona qismda xolning bo‘lishi urf bo‘lgan. XX

- asrda Amerikada

san’atkorlar o‘z tabiiy xollarini namoyish etishi go‘zallik hisoblanib, urf bo‘lgan[10].
Hozirgi kunda Xitoyda xol insonning to‘liq omadga erishishiga, Koreyada esa boy bo‘lishga

i

shoradir. Xollar insonning uzoq umr ko‘rishi, boy bo‘lishi belgisidir[13].

Yapon nobel mukofoti sovrindori Kavabata Yasunarining “Xol” hikoyasi Sayoka

ismli qizning eriga yozgan maktubidir. Ushbu maktubni Sayoka eri bian ajrashgandan

so‘ng yozadi. Bu asar “Hokuro no tegami” “Xol haqida maktub”, “Xol maktubi”, “Xol
kundaligi” va birinchi nomi “Akusai no tegami” “Notavon xotinning maktubi” nomlari bilan
nomlanadi[2;126]. Kavabata Yasunarining hikoyasida turli nomlarga ega bo‘lishi bu

hikoyada turli kontekslar tarkib topganidan dalolat.

Hikoyada Sayoka ismli qiz bo‘lib, uning o‘ng tomon bo‘yin qismida xoli bo‘lib, qiz

qo‘li bilan xolni ushlab o‘ynashi yoshligidan odat bo‘lib qolgan bo‘ladi. Sayoka ushbu odatni

turmush qurgandan keyin ham erining taqiqlarini eshitsa-da tashlay olmadi. Shu odati

tufayli u turmush o‘rtogi bilan uzoq vaqt birga yashay olmay ajrashishadi.

Hikoyada Sayokaning yoshlik davri ham tasvirlangan. Unga onasi xolingni o‘ynama

deb ko‘p marta aytganiga qaramay foydasi bo‘lmagan. Bir qancha vaqt Sayokaning ushbu
odati o‘zidan o‘zi yo‘q bo‘ladi, buni turmush o‘rtog‘iga aytganda u e’tiborsizlikka yo‘yadi

.

Bu holat Sayokaning alamini keltiradi yana bilmagan holda shu odatini davom ettiradi.

Hikoyada Sayoka juda nozik va zaif ko‘rinishga ega bo‘lgan obrazdir, uning zaifligi bir
odatdan voz kecholmasligi bunga matonati yetmasligidir. Sayoka o‘z xolini borich

a qabul

qilgan lekin uning bu odati eriga xush kelmasligi erining Sayokaga nisbatan muhabbati

yo‘qligiga shubxa tug‘diradi. Chunki, Sayokaning eri chindan uni sevsa uning shu odatini
qabul qilgan bo‘lardi:

“Мени яхши кўрганингизда эди, бу одатим устидан кулиб қўя қолган ва уни

ўзингизга оғир олмаган бўлардингиз”[6;45].

Sayoka xolini ushlashidan maqsad xolni eridan qo‘riqlagan degan taxminlarni ham

paydo qiladi. Bunga sabab eri uni bir necha bor Sayokaning odati uchun uni tahqirlagan:

“Xолингни ўйнаётганингда қарашларинг, қандайдир… паришон бўлиб

қоласан. Нотавон, тиламчи одамга ўҳшаб қоласан!”[6;44].

Maktub Sayokaning tushida xolini ko‘rgani bilan boshlanadi. Sayoka eriga maktub

yozishdan maqsadi o‘zining hayoti ustida va uni tushunishga harakat qilganligi belgisidir.
Xatda u eridan kechirim so‘raydi ayol sifatida o‘zini yaxshi xotin bo‘lolmaganligini

tushuntirishga harakat qilgan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

104

Xol konsepti asarda yaxshilik belgisi hisoblanmagan, u inson taqdirini darz ketishiga

sababchi omil. Biroq, Sayoka o‘z maktubida “xol” ni muhabbat timsoli deb baholaydi:

“Сизнинг тоқатингизни тоқ қилган ғалати одатим ўзим сўз билан ифодалай

олмайдиган ва сизга бўлган муҳаббатимдан эди, дейишга ҳаққим борми

-

йуқми?”

[6;53].

Sayoka xolini tortqilash odatini turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan muhabbati tufayli tashlay

olmaganligini ifodalagan. Xol-

muhabbatni anglatishini Sayoka yaxshi ko‘rgan insonlarini

eslaganda xolini ushlab tortqilashidan seziladi. Sayoka atrofidagilar fikri va ularning gap-

so‘zini o‘ylab yashagani uchun ham baxtli yashay olmagan. Eri unga shifokorga borib, xolni
kuydirishini aytganda “Эринг қистадими”[6;43] deb aytishi, yoki erining Sayokaga qilgan
muomulasini birovga aytganda “Эринг қўрс одам екан”[6;46] deyishini

o‘ylagan. Xol

konseptining asosiy roli-

xudbinlik, o‘zboshimchalik o‘zgalar oldida aybdorlik hissini

tuydirishdir. Maktubda Sayoka erining munosabatlarini aytib uni qisman ayblasa-da,

ko‘proq o‘zini aybdor his qilgan.

Rus yozuvchisi Mixail Sholoxov “Xol” hikoyasida urush davrida bo‘lgan voqea

hodisalarni tasvirlaydi. Hikoya qahramoni o‘n sakkiz yoshli Nikolka va uning hayoti
tasvirlangan. Hikoyada urush bilan bog‘liq nomlar, voqealar asosiy rolni egallagan. Urush

zarbalaridan pishgan bu bola komandir vazifasida ishlasa-

da, hech kim uni o‘n sakkiz yosh

demasdi chunki, u yoshiga nisbatan yag‘rinroq ko‘rinardi. Nikolkaning otasi kazak bo‘lgan,
otasi german urushiga ketib qaytib kelmagan. Nikolka bir kuni komissar bilan cho‘

milishga

borganda, komissar uning chap oyog‘idagi kaptar tuxumidek xolni ko‘radi va “Sen xaligi…
xaligi … sen baxt.. baxtli ekansan! Xol baxtning nishonasi emish”[9] –

deydi. Nikolka

bunday belgi va gaplarga ishonmaydi u kulib qo‘yadi. Xuddi shu xol Nikol

kaning otasida

ham bo‘lib, uning ham chap oyog‘ida joylashgan bo‘ladi. Yillar o‘tib, Ataman ya’ni

Nikolkaning otasi yetti yil deganda yurtiga qaytib, bir boboyning uyiga kirib unga tazyiq

o‘tkazib, uning xirmonini yem xashagini o‘zining otlariga berdiradi

. Chol bu xabarni

komandir Nikolkaga yetkazadi va Nikolka yo‘lga tushadi. Ataman ataka payti Nikolkani

otadi hamda uning oldiga borib, durbinini oladi, xrom etigini yechganda Nikolkaning xolini

ko‘rib uni taniydi. O‘g‘lining joni uziladi.

Rus madaniyatida xolga nisbatan omad belgisi sifatida qaralishi hikoyada

tasvirlangan. Komissarning uni omadli deb o‘ylashi balki Nikolayning yosh bo‘lishiga
qaramay komandir bo‘lganligidir. Xol konsepti –

meros, qadriyat, omadsizlik ramzlarini

bildirgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xol tananing qaysi sohasida joylashuviga qarab turlicha talqin etiladi. Xollar har

doim ham omad keltirmaydi. Kaft ichida joylashgan xollar omadsizlikni, jag‘dagi xollar
nikoh baxtiga yomon ta’sir qiladi. O‘ng tomonda joylashgan xollar omad keltiradi

-yu, lekin,

turmushda salbiy oqibatlarni olib keladi. Sayokaning xoli ham aynan o‘ng tomonda
joylashgan lekin u yaxshi alomatga ega bo‘lmagan. Astrologlarning fikricha erkaklarning
o‘ng tomonida xoli bo‘lsa yaxshilik alomatidir. Ayollarning lab va quloq atrofida

gi hollari

xosiyatlilik belgisidir. Qosh atrofidagi xollar boylikka ko‘p erishish uchun harakat qilishn
bildiradi. Xollarning hajm, shakl, rangiga ko‘ra turli belgilarga ega. Agar xol yumaloq katta
bo‘lsa, u ijobiy, agar uzun bo‘lsa u omadga salbiy ta’sir

qiladi shuningdek Sayokaning xoli

“mayizdek” deb ta’riflangan, mayiz uzunchoq shaklga ega. Xolning rangiga qarab
konseptsiya aniq bo‘ladi, sarg‘ish, qizil, yashil yoki sandal rang bo‘lsa yaxshi damlar va

foydali natijalarga erishishni anglatadi. Qora va j

igarrang bo‘lsa hayotda tez

-tez


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

105

qiyinchiliklarga uchrashni, natijalar rejaga mos kelmaslikni bildiradi. Tukli xollar

sog‘lomlikni, jozibalikni, tuksizi esa sog‘liqda muammoni keltirib chiqaradi[13].
Yaponlarda og‘iz atrofidagi xol hech qachon och qolmaslikni, quloqdagi xol yetarlicha

boylikni va bardoshlilikni bildiradi[14].

Yuqoridagi fikrlar asosida personajlar tanasidagi xolni tahlil qilsak, Sayokaning xoli

qoraligi, o‘ng tomonda joylashuvi yomon alomat keltirib, turmushida qiyinchilikni
keltirgan. Nikolkaning oyog‘idagi xol chap tomonda joylashuvi bilan unga xosiyatsizlikn

i

keltirgan.

Kavabata Yasunari hikoyasi turlicha nomlanishi asarning talqin jarayonlariga

bog‘liq. Hikoya “Akusai no tegami” Xudbin xotinning xati deb nomlanishi tub zamirida
o‘zining tushida xolni ko‘rishi turmushi va hayotidagi mulohazalari tushi haqidagi

hikoyasida yoritiladi. Sayokaning xoli uning bolalik kunlaridagi yoqimli narsalarni

eslatadi. Aslida Sayokaning bolaligida onasi va opalari uning xolini ko‘p o‘ynashgan,

shuning uchun ham u xoliga tegsa yana bolaligiga qaytgan yoki eridan ham xuddi shunday
mehr muhab

batni kutgan. Sayokaning xoli uning hayotidagi kichik va katta qayg‘u, zaiflik

ramziga aylangan, unga yechim topilmagan afsuslar, yashirin va yuzaga chiqmagan

samimiyatni o‘z ichiga olgan.

Mixail Sholoxovning hikoyasida xolga ham salbiy ham ijobiy qarashlar mavjud,

Nikolkaning xoli komissar tomonidan omadli deb aytilsa-da, Nikolkaning hayoti bu fikrga

teskari edi. U o ‘n besh yoshigacha qullikda sargardon yurgan hamda otasi

tomonidan

hayotiga nuqta qo‘yilgan. Hikoyada urush davriga oid hodisa ko‘p foydalanilganligi sabab
o‘quvchi xol konseptiga e’tibor bermaydi. Xol kimdadir u yo‘q, syujetda ham aynan xol rol
o‘ynaydi[3;12]. Xol konsepti otasidan meros bo‘lib o‘tgan ne’matdir

. U har doim xolga

qaraganda otasini eslagan. Ataman o‘z o‘g‘lining qotili va o‘g‘li ekanligini bilganda afsus
chekkan balki, xolni ko‘rmaganda u o‘z o‘g‘li ekanligini bilmagan bo‘lardi, aynan xol

ularning qondoshlik belgisidir. Xol konseptining yana bir j

ihati u qadriyatni ko‘rsatgan.

Biror bir urf odat avloddan avlodga o‘tib, e’zozlangani kabi xol ham otadan bolaga o ‘tgan.
Ikki insonda xol bo‘lishi ikkisiga ham otaga ham o‘g‘ilga qayg‘u keltirgan.

Asarlarni qiyosiy tipologik jihatdan tahlil qilak birlashtiruvchi aspektlar uchraydi.

Ijtimoiy, ma’naviy, tabiiy obyektlar mustaqil hodisalar gruhi bilan uyg‘un bo‘ladi. Aynan

ular inson yashaydigan muhitni shakllantiradi va badiiy adabiyotda obraz shaklini
yaratadi[11;15]. Asarlar qiyosiy tahlilida obrazga ega hodisalar orqali bir xil konseptlar

yuzaga keldi. Yolg‘izlik, ayriliq, afsuslanish kabi. Yolg‘izlik turli millatlar vakillari
tushunadigan va “ijod uchun zarur shart hamda shaxsni barbod qiluvchi og‘ir destruktiv
omil sifatida” gi murakkab ijtimoiy hodisadir[8;162]. Yolg‘izlik jihatdan Nikolka ota

-onasiz

nechi yillarni o‘tkazgani, Sayoka umr yo‘ldoshisiz qolgani va Atamanning bu dunyoda
yolg‘iz qolganligi personajlarning bir holatda ekanligini belgi

lydi. Ayriliq

otaning boladan

ayrilishi, ota iztirobi, Sayokaning eri bilan ajrashganligi va boshqa birga yashay
olmasligidir. Afsus

Ataman o‘g‘lining o‘limiga sababchi bo‘lgani va u butun umr o‘zini

kechirolmasligi va vijdon azobida qolganligi, Sayoka vaqtida odatidan uzoqlashmagani

uchun afsuslanish hissini tuyishi. Ushbu yolg‘izlik, ayriliq, afsus konseptlari inson
hayotidagi voqealarni o‘rganishda struktur

-mantiqiy va psixologik tamoyillarni

birlashtiradi.


XULOSA


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

106

Konseptlarni aniq o‘rganish lingvomadaniy yondashuv komponentlarini yaxlit

tarzda o‘rganishdir. Madaniyat vakillari uchun ardoqli bo‘lgan hodisa, predmet, g‘oyalarni

hisobga olinadi. Odamlarda mavjud hodisa, xulq

–atvorni ko‘rsatadigan qadriyatlar,

qimmatli ramziy belgilar konseptlarni anglashda muhimdir.

Mixail Sholoxov va Kavabata Yasunari hikoyalarida eng asosiy muammoning tub

mohiyati psixologiya, xulq- atvor va ijtimoiy holat tizimidir. Sayokaning xoli va uning xolni
ushlash odati hamda shu odatdan voz kecholmasligi uning psixologik zaifligini bildiradi.

Yillar o‘tib u buni anglaydi afsuski, kech bo‘lgan bo‘ladi. Xat –

bu bir voqeani aytib beruvchi

oddiy hikoya emas, aksincha bir ayolning uzri, afsusi va yolg‘izligiga ishora etuvchi noma.

Nikolkaning xoli hikoyaning boshidan oxirigacha kompozitsiyada mu

him rol o‘ynamagan

va ko‘p tilga olinmagan, lekin asar so‘nggidagi portlash konfliktning yechilishi butun bir
hikoyaning ostidagi “xol” konseptini yoritib beradi. Umuman olganda, konseptlarning
simvolizmni keltirib chiqarishi, asarning ma’no mohiyatini qisman belgilasa ham, to‘liq
belgilab berolmaydi. Sayokaning va Nikolkaning xoli ramziylikdan ko‘ra ko‘proq ularning

dunyoqarashi, ijtimoiy sharoit, hissiy-

iroda prinsiplarining yuqori bo‘lishini taqazo etadi.

Mazkur prinsiplarsiz ifodalangan shaxs va jamiyat

holati insonning yolg‘izlikka,

pushaymonlikka kelishi hikoyalar kesimida tasvirlangan. Yapon va rus madaniyati,

jamiyati qarashlari birgina “xol” konsepti atrofida tutashgan

.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Аскольдов С.А. Концепт и слово//Русская словесность. От теории

словесности и к структуре текста. Антология. М.:

Academia, 1997. C. 267-280.

2.

Boardman G.P The Moon in the Water understanding Tanizaki, Kawabata, and

Mishima.; University of Hawaii Press Honolulu.1979. 126 p. ISBN 0-8248-0520-8

3.

Бакалова З.Н. Гражданская война в рассказе М.Шолохова “Родинка”:

Пафос

Рассказа и его Языковая Репрезентация// Балтийский гуманитарный журнал.
№1(10) 2015.

4.

Степанов Ю. Концепты тонкая пленка цвилизациию. 2007.

https://www.Irc-

press.ru

5.

Кубрякова Е.С. Номинативный аспект речевой деятельности. Монография.

Изд

-

е 3. М.: Изд

-

во ЛИЮРОКОМ. 2010.

https://ru.m.wikipedia.org

6.

Кудрат Дустмухаммад. Кунчикар мамлакати хикоялари: япон тилидан

таржима,

T.: Noshir, 2012.

80 б.

7.

Леонтович О.А. Русские и американцы: парадоксы межкультурного

общения. О.А. Леонтович.

-

Волгоград: Перемена. 2002.

-

434 с.

8.

Матеев. Д.А. Феномен одиночества и проблема нарушения коммуникации.

Монография. Новосибирск.

2012.-190c.

9.

Mixail Sholoxov. Xol.

Vaxob Ro‘zimatov tarjimasi, 2020. https://www.kh

-

davron.uz

10.

The Complex History of the Beauty Mark.; By Lauren Tappen, 2021.

https://townandcountrymag.com

11.

Xalliyeva.G

Qiyosiy adabiyotshunoslik

o

quv qo

llanma

.; “

Akademnashr

”.

Toshkent,: 2020. 15- b.

12.

What

does

a

mole

mean

spiritually?

Sharella

Armstrong.

https://angelicalbalance.com

13.

https://astrotalk.com/moleastrology Mole Astrology.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

107

14.

https://www.japantimes.co.jp Moles

The Japan Times.

15.

Bayanxanova, I. F. (2023). LINGUOPRAGMATIC FEATURES OF PROVERBS IN

UZBEK, KOREAN AND ENGLISH.

Innovation: The journal of Social Sciences and Researches

,

(1), 18-21.

Bibliografik manbalar

Аскольдов С.А. Концепт и слово//Русская словесность. От теории словесности и к структуре текста. Антология. М.: Academia, 1997. C. 267-280.

Boardman G.P The Moon in the Water understanding Tanizaki, Kawabata and Mishima.; University of Hawaii Press Honolulu.1979. 126 p. ISBN 0-8248-0520-8

Бакалова З.Н. Гражданская война в рассказе М.Шолохова “Родинка”:Пафос Рассказа и его Языковая Репрезентация// Балтийский гуманитарный журнал. №1(10) 2015.

Степанов Ю. Концепты тонкая пленка цивилизации. 2007. https://www.Irc-press.ru

Кубрякова Е.С. Номинативный аспект речевой деятельности. Монография. Изд-е 3. М.: Изд-во ЛИЮРОКОМ. 2010. https://ru.m.wikipedia.org

Кудрат Дустмухаммад. Кунчикар мамлакати хикоялари: япон тилидан таржима, T.: Noshir, 2012. – 80 б.

Леонтович О.А. Русские и американцы: парадоксы межкультурного общения. О.А. Леонтович.- Волгоград: Перемена. 2002.- 434 с.

Матеев. Д.А. Феномен одиночества и проблема нарушения коммуникации. Монография. Новосибирск. 2012.-190c.

Mixail Sholoxov. Xol. Vaxob Ro‘zimatov tarjimasi, 2020. https://www.kh-davron.uz

The Complex History of the Beauty Mark.; By Lauren Tappen, 2021. https://townandcountrymag.com

Xalliyeva.G “Qiyosiy adabiyotshunoslik” o‘quv qo‘llanma.; “Akademnashr”. Toshkent,: 2020. 15- b.

What does a mole mean spiritually? Sharella Armstrong. https://angelicalbalance.com

https://astrotalk.com/moleastrology Mole Astrology.

https://www.japantimes.co.jp Moles – The Japan Times.

Bayanxanova, I. F. (2023). LINGUOPRAGMATIC FEATURES OF PROVERBS IN UZBEK, KOREAN AND ENGLISH. Innovation: The journal of Social Sciences and Researches, (1), 18-21.