Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Culture and communication
Shoira SARIMSAKOVA
National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
10 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
25 June 2024
In this article, the concepts of culture and communication
were studied from a scientific and theoretical point of view. The
works of scientists who were the first to theoretically study the
concepts of culture and communication were analyzed and
explained in detail by the author, who expressed his opinion.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
communication,
culture,
cultural people,
model of communication,
intercultural communication.
Madaniyat va muloqot
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
muloqot,
madaniyat,
madaniy xalqa,
muloqot modeli,
madaniyatlararo muloqot.
Ushbu maqolada madaniyat va muloqot tushunchalari ilmiy-
nazariy jihatdan o‘rganib chiqildi. Nazariy
jihatdan ilk bor
madaniyat va muloqot tushunchasini o‘rganib chiqgan
olimlarning ishlari tahlil qilindi va muallif tomonidan o‘z
fikrlarini bildirilgan holda batafsil yoritib berildi.
Культура и коммуникация
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
коммуникация
,
культура,
культурные люди,
модель общения,
межкультурная
коммуникация
.
В данной статье понятия культура и общение изучались
с научной и теоретической точки зрения. Работы ученых,
впервые теоретически исследовавших понятия культуры и
коммуникации, были проанализированы и подробно
объяснены автором, который выразил свое мнение.
1
Doctoral student, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek. E-mail: Poetess.uz@mail.ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
696
KIRISH
Bugungi globallashgan dunyoda madaniyatlararo muloqot tobora muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Bir necha yillar muqaddam faqat xalqaro menejerlar yoki diplomatlar
madaniyatlararo muloqot tushunchasi va uni amalga oshirilishi, muammolari haqida
o‘ylashar edi. Ammo, bugungi kunga kelib nafaqat diplomatlar balki, butun dunyodagi
turli xil madaniyatga ega bo‘lgan oddiy odamlar ham muntazam ravishda bir biri bilan
aloqa qiladigan, fikr almashadigan bo‘lib qoldi. Bu holat o‘z o‘rnida madaniyatlararo
muloqotni shakllantirdi va bugungi kunga kelib biz, insonlar ko‘plab madaniyatlar, tillar
va muloqotning turli xil usullari bir-biri bilan kesishayotgan va birgalikda
rivojlanayotgan davrda yashamoqdamiz. Britaniya Kolumbiya (The University of British
Columbia) universitetidagi “Madaniyatlararo aloqa markazi” (The center for Intercultural
Communication, (CIC) ning tashkil etilishi madaniyatlararo muloqotni shakllantirish,
uning mohiyatini anglash, turli xil madaniyatlarni tushunish va hurmat qilish golobal
dunyoda muvaffaqiyatli muloqotning asosiy kaliti ekanligini ko‘rsatib berdi.
Madaniyatlararo muloqotni-
madaniy chegaralar bo‘ylab og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan
ma’lumotlarni almashish jarayonini optimallashtirish uchun tamoyillar va ko‘rsatmalar
ishlab chiqadigan intizom sifatida ta’riflash mumkin va uning asosiy maqsadlaridan biri
turli xil madaniyatli odamlarning muloqot jarayonida o‘zaro bir
-biriga nisbatan hurmatni
saqlashdir. Nazariy jihatdan ushbu tushunchani batafsil o‘rganadigan bo‘lsak, avvalo,
Madaniyat nima? Muloqot nima? Madaniyatlararo muloqot qanday birlashgan holda
shakllanadi? kabi savollarga javob izlash ushbu faslning muhim vazifalaridan biri
bo‘lganligi bois quyida barcha savollarga javoblarni nazariy jihatdan o‘rganib chiqamiz.
MATERIALLAR VA METODLAR
Madaniyat atamasi murakkab tushuncha hisoblanib, unga turli xil olimlar turfa xil
ta’riflar berishgan. Masalan, Amerikalik antropolog Cliford Girtz o‘zining “The
interpretation of Cultures: Selected essays” nomli kitobida “culture is a system of
inherited conceptions expressed in symbolic forms by means of which men
communicate, perpetuate, and develop their knowledge about and attitudes toward life”.
–
Madaniyat
–
ramziy shakllarda ifodalangan irsiy tushunchalar tizimi bo‘lib, ular orqali
odamlar muloqot qiladilar,ma’lum tushunchalarni abadiylashtiradilar va hayot haqidagi
bilimlari va munosabatlarini rivojlantiradilar (dissertant tarjimasi). Haqiqatda ham
madaniyat bu hayot haqidagi ma’lum bir fikrlar, tushunchalarni mohiyatan saqlangan
holda avloddan-
avlodga meros bo‘lib o‘tadigan ma’lum bir tushunchalar jamlanmasidir.
Bunday madaniyat deb nomlanuvchi tizimga qadryatlar, jamiyat tomonidan ma’qul
ko‘rilgan xatti
-
harakatlar, milliy an’ana, urf
-odatlar va shuningdek, til, muloqot va uning
usullari, kiritishimiz mumkin. Antropolog olim Edvord T.
Hol “The silent language”
asarida madaniyatni so‘zdan tashqari muloqot sifatida ko‘rib, u madaniy muloqot
jarayonida noverbal jihatlarga urg‘u beradi. Ya’ni olimning fikriga ko‘ra madaniyat
tushunchasini anglashda noverbal muloqotning ahamiyati katta hisoblanib, madaniy
turfa xilliklar va madaniyat tushunchasini anglatuvchi ma’nolar og‘zaki bo‘lmagan
muloqotdagi turli xil ishoralar orqali beriladi. Olim o‘z qarashlari orqali tana tili, imo
-
ishoralar, mimika va proksemika (muloqot jarayonida so‘zlovchilarning masofasi) kabi
jihatlar muloqotda hal qiluvchi rol o‘ynashini ta’kidlaydi. Haqiqatdan ham, ushbu
noverbal elementlarni tushunish madaniyatning chuqur qatlamlarini tushunish uchun
zarurdir, chunki ular ko‘pincha aytilmagan xabarlarni so‘z bilan aniq ifodalanmaydigan
ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar va his
-
tuyg‘ularni yetkazishadi va ularga e’tibor qaratish
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
697
orqali odamlar o‘zlarining madaniyatlararo aloqalarini kuchaytirishlari va turli
madaniyatlarning nozik tomonlarini chuqurroq tushunishlari mumkin. Bu borada,
professor Girt Hofstede madaniyatni bir guruh yoki odamlar toifasi a’zolarini
boshqalardan ajratib turadigan aqlning jamoaviy dasturlashi deb ta’riflaydi. Uning
fikricha, bu dasturlash inson hayoti davomida o‘rganiladi va bu egallangan madaniy
bilimlar ularning xatti-
harakatlari, qadriyatlari, e’tiqodlari va ijtimoiy me’yorlarida aks
etadi. Bundan tushunishimiz mumkinki, millatlar bir-biridan farq qilar ekan,
Girt Hofstede fikriga ko‘ra dastur deb hisoblangan madaniyat ham turli xildir. Olim ushbu
madaniy farqlarni aniqlash va solishtirish uchun ma’lum bir madaniy o‘lchovlarni ishlab
chiqdi va madaniyatning elementlarini o‘zining “cultural onion” nomli modeli orqali turli
qatlamlarga ajratib farqlab berdi.
G. Hofstedening ushbu modeli orqali shuni anglashimiz mumkinki, madaniy
farqliklar turli qatlamlar orqali jumladan, ramzlar, qahramonlar, marosimlar va
qadryatlar orqali tasvirlanadi.
Olimning fikriga fo’ra, tashqi qatlam odamlarning madaniy
xususiyatlariga mos keladi va ramzlar deb ataladigan belgilarni anglatadi. Ular ma’lum
bir ma’noga ega bo’lgan so’zlar, imo
-
ishoralar, rasmlar yoki obyektlar bo’lib, faqat bir xil
madaniyatga mansub odamlar tomonidan tan olinadi. Ramzlarga oddiy misol sifatida
soch turmagi, kiyim-kechak shuningdek, muloqot jarayonida foydalaniladigan, imo-
ishoralar va yuz ifodalari kiritilgan. Bizningcha, ushbu qatlamga kirgan belgilar qat’iy
hisoblanmasdan vaqt o’tishi bilan muayyan madaniy guruhlar ramzlarining bir
-biriga
ta’siri tufayli o’zgaruvchan bo’lishi mumkin.
Hofstedening madaniyatga asoslangan
modelidagi keyingi qatlam qahramonlardir: Qahramonlar
–
o’lik yoki tirik, haqiqiy yoki
uydirma, madaniyatda yuqori baholanadigan xususiyatlarga ega bo'lgan shaxslar
hisoblanib ular xulq-
atvor namunasi bo’lib xizmat qiladi. Amerika madaniyati
qahramonlariga sobiq prezident Jon Kennedi, shuningdek, Batman, Rokki yoki Rembo
kabi komikslar qahramonlarini kiritish mumkin. Modelning uchinchi qatlami marosimlar
deb atalib, G.
Hofstede marosimlarni “collective activities that are actually superfluous to
the achievement of desired goals, but are considered socially necessary within a culture”
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
698
deb ta'riflaydi. Olimning “cultural onion” modeliga ko‘ra madaniyatning o‘zagini
qadriyatlar tashkil etib, qadriyatlar
–
bu hayotda nima muhim deb hisoblanishini
ko‘rsatadigan g‘oyalar, shuningdek, bolalar o‘rganadigan birinchi narsalardan biridir.
Chunki ular bolalikning ilk davrlarida xatto, anglanmasdan o‘rganiladigan qadryatlar
hisoblanib ularni boshqa bir madaniyat vakili bevosita tushunib, tasvirlab bera olmaydi.
Faqatgina madaniyatning boshqa elementlari hisoblangan ramzlar, qahramonlar, va
marosimlar orqali madaniyatning eng tub o‘zagi hisoblangan qadryatlarni tahmin
qilishlari mumkin. Olim o’z modelida qadryatlar sifatida ma’lum bir madaniyatdagi
tozalik-ifloslik, yaxshi-yomon, normal-yoqimsiz, vijdonlilik kabilarni kiritgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ma’lum bir jamiyatning fikrlari, tajribalari va xulq
-atvor shakllarining umumiyligi va
uning xulq-atvorni boshqaradigan hayot haqidagi tushunchalar, qadriyatlar, taxminlar va
ular qanday boshqa madaniyatlar bilan aloqada rivojlanishini o‘rganib chiqgan professor
Geert Hofstedening ushbu izlanishlari madaniyatlararo tadqiqotlar va boshqaruv sohasiga
katta ta’sir ko‘rsatdi. Madaniyatni nazariy jihatdan o‘rgangan tadqiqotchi olimlardan yana
biri Michael. H.
Prosser ham o‘zining madaniyatlararo muloqotni o‘rganishga doir asarida
madaniyatni avloddan-
avlodga o‘tadigan urf
-
odatlar, an’analar, me’yorlar, e’tiqodlar,
qadriyatlar va fikrlash shakllari sifatida tavsiflaydi. Bizningcha ham, madaniyat
–
yashash
tarzining umumiy yig‘indisi, shu jumladan, xulq
-
atvor me’yorlari, lingvistik ifoda, muloqot
uslublari, fikrlash shakllari va o‘z
-
o‘zini saqlab qolish uchun avloddan
-
avlodga o‘tadigan
e’tiqodlar, qadriyatlardir va bunday qadryatlarning xilma xilligi madaniyatlarning o‘zaro
bir-
biridan farq qilishini bildiradi. Bunday farqliklar ma’lum bir madaniyat vakilining
boshqa bir madaniyat vakili bilan muloqotga kirishganda, muloqot doirasida madaniyat
elementlarining har ikki suhbatdosh uchun madaniy meyorlaridan chetga chiqgan holatda
sodir bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Ammo, madaniyatni yashashning umumiy usullari
yig‘indisi sifatida, shu jumladan xulq
-
atvor me’yorlari, lingvistik ifoda, muloqot uslublari
sifatida ko‘rishimiz mumkin va shu o‘rinda muloqot tushunchasini o‘rganish muhum
ahamiyat kasb etadi.
Muloqot
–
odamlar o‘
rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va
axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok
qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishning murakkab,
keng qamrovli jarayoni
hisoblanadi. Muloqotni odamlarning ma’no anglashi uchun turli
xil ramzlardan foydalanish jarayoni deb ham tushunish mumkin. Ammo nazariy jihatdan
tilshunoslikda muloqotni tavsiflash uchun bir nechta yondashuvlar mavjud. Birinchi
bo‘lib kommunikatsiya modelini yaratishga tashabbus ko‘rsatgan olimlardan biri
Aristotel ming yillar avval muloqot jarayonini so‘zlovchi, nutq akti, tinglovchi va
maqsadni o‘z ichiga olgan jarayon sifatida tasvirlab berdi. Bundan kelib chiqadiki,
muloqot
–
bu umumiy belgilar, yoki tillar tizimidan foydalangan holda shaxslar o‘rtasida
ma’lumot, g‘oyalar yoki his
-
tuyg‘ularni almashish jarayonini anglatadi. Muloqot
tushunchasiga turli xil kontekstlarda turlicha ta’rif bergan struktural tilshunoslikning ilk
kashshoflaridan biri taniqli tilshunos va semiotik olim Roman Yakobson muloqot
modelining oltita funksiyasi mavjudligini va ularning har biri muloqot jarayonida turli
maqsadlarga xizmat qilishini takidladi. Ya’ni, ularga:
1)
Yo‘naltiruvchi vazifa (referential function) –
muhokama qilinayotgan kontekst
yoki mavzuga murojaat qilib dunyo haqidagi ma’lumotlarni yetkazishga qaratilgan
bo‘ladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
699
2)
Ekspressiv vazifa (expressive function)
–
xabar jo‘natuvchining bildirilayotgan
xabarga nisbatan shaxsiy his-
tuyg‘ularini, munosabatini ta’kidlaydi.
3)
Konativ vazifa (Conative function)
–
muloqot jarayonida xabarni qabul qiluvchi
yoki auditoriyaning xatti-
harakatlariga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan.
4)
Fatik vazifa (Phatic function)
–
hech qanday mazmunli ma’lumot bermasdan
ijtimoiy aloqani o‘rnatish uchun ishlatiladi.
5)
Tilga oid vazifa (Metalingual function)
–
jo‘natuvchi va qabul qiluvchi o‘rtasidagi
o‘zaro tushunishni ta’minlash uchun tildan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lib, bunda faqat
muloqotda foydalanilayotgan tilni o‘zini muhokama qilish, atamalarni aniqlashtirish yoki
aniqlash.
6)
Poetik funktsiya (Poetic function)
–
tilning estetik yoki badiiy tomonlarini
ta’kidlab, xabarning shakli, tuzilishi va ijodiy ifodasiga e’tibor beradi. (Dissertant
tarjimasi)
R.
Yakobsonning yuqorida keltirilgan muloqot modellarining har biri ma’noni
yetkazish va shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni osonlashtirish jarayonida muhim vazifani
bajaradi. Muloqot jarayonidagi ushbu vazifalarni tushunish va unga amal qilish orqali
suhbatdoshlar muloqotdan kutgan natijalariga samarali erishishlari mumkin. Muloqot
jarayonida samarali suhbat olib borishning bir necha usullari mavjud bo‘lib, ingliz
faylasuflaridan biri o‘zining so‘zlashuv implikaturasi nazariyasi bilan mashhur bo‘lgan
P.
Grays muloqot jarayonida so‘zlovchi va tinglovchilar samarali muloqotga erishish
uchun qanday hamkorlik qilishlarini o‘rganib chiqilgan. P.
Graysning ta’kidlashicha,
muloqot nafaqat so‘zlarning tom ma’nosini o‘z ichiga oladi, shuningdek, u kontekstdan
kelib chiqadigan yashirin ma’noni va ishtirokchilar o‘rtasidagi umumiy tushunishni ham
o‘z ichiga oladi. Olim o‘zining “Logic and conversation” nomli maqolasida hamkorlik
tamoyilini bayon qildi, ya’ni, suhbat –
bu o‘zaro tushunish va ma’lum maksimal
qoidalarga (olim tomonidan taklif etilgan 4 ta maksimlar: miqdor, sifat, munosabat, usul)
rioya qilishga asoslangan hamkorlikdagi faoliyatdir. P. Graysning ushbu nazariyasi
pragmatikada ma’no qanday qilib aniq tildan tashqarida yetkazilishi va implikaturalar
samarali muloqotga qanday hissa qo‘shishini tahlil qilish uchun keyingi tadqiqot olib
borgan tilshunos olimlar uchun asos vazifasini o‘tadi.
XULOSA
Ma’lumki muloqotni dinamik va tranzaksion ya’ni shaxslar o‘rtasida xabarlar
almashinuvi jarayoni sifatida tushunish mumkin, Bu jarayon statik emas, balki doimiy
ravishda turli omillar, masalan, madaniy kelib chiqish, ijtimoiy kontekst va individual
farqlar ta’sirida rivojlanib boradi. Madaniyatlararo muloqot sohasiga sezilarli darajada
hissa qo‘shgan olimlar Samovar va Porterning ta’kidlashicha “Communication is like a
motion picture, not a single snapshot. A word or action does not stay frozen when you
communicate; it is immediately replaced with yet another word or action.” –
“Muloqot
oddiy bir surat emas, balki harakatli kinofilmga o‘xshaydi. Odatda muloqot jarayonida
so‘z yoki harakat to‘xtamaydi, balki, u darhol boshqa so‘z yoki harakat bilan almashadi”
degan fikrni bayon etar ekan biz uni quyidagicha talqin qilamiz, ya’ni ularning fikricha,
dinamik jarayon hisoblangan muloqot bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘zgaruvchan
jarayonlarni, jumladan, ko‘rish, tinglash, gaplashish, o‘ylash, tabassum qilish kabilarni o‘z
ichiga olishi mumkin. Shu asnoda muloqot konsepsiyasi madaniyatlararo
tushunchasining ajralmas qismidir, chunki u madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning dinamik xususiyatini ta’kidlaydi va muloqot qobiliyatlari o‘zaro
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
700
muvaffaqiyatli madaniyatlararo munosabatlar uchun zarur hisoblanadi. Shuning uchun
ushbu maqolamizning davomi sifatida keyingi maqolamiz madaniyatlaaro muloqotni
ilmiy nazariy jihatdan dalillab o’rganishga qaratiladi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Adrian Holliday, Martin Hyde and John Kullman. Intercultural communication:
an advanced resource book, 2004.
–
250 p.
2.
Brown P., Levinson S. Politeness: Some universals in language usage.
–
Cambridge: Cambridge university press, 1987.
–
P. 312.
3.
. David.S.Thomas, Kerr Inkson. Cultural intelligence: Living and working
globally.2
nd
edition.
–
Canada: Berret-Koehler Publishers, 2009. 225p.
4.
Deborah T. Pragmatics of cross-
cultural communication. “Applied Linguistics”. –
Washington: Georgetown University, 1984. -P. 189-195.
5.
Larry. A., Richard E., Edwin R,. McDaniel R. Communication between cultures.
–
USA. Camgage learning, 2015.
–
481 p.
6.
Spencer-O. H. Culturally speaking: Culture, communication and politeness
theory,2nd.
–
London: Continuum. Hardback, 2008.
–
Pp.11
-47.
