“Boburnoma” mumtoz adabiyotning memuar namunasi sifatida

Annotasiya

Ushbu maqolada XV asr oxiri-XVI asr boshlari mumtoz adabiyotining yetuk namoyandasi shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub “Boburnoma” asari xususida so‘z boradi. Dastlab asarning o‘rganilishi haqida qisqacha so‘z boradi. Asarning yana bir nomi “ Vaqoye” bo‘lib, voqealar bayoni, demakdir. “Boburnoma” avtobiografik ruhda yozilgan bo‘lib, muallif o‘z boshdan kechirgan voqe-hodisalari haqida ma’lumot berib boradi. Uning yana bir o‘ziga xos jihati qomusiy xarakterda ekanligi bo‘lib, turli soha mutaxassislari uchun tadqiqot manbayi sifatida xizmat qila oladi. Maqolada asarning ayrim ensiklopedik xususiyatlariga to‘xtab o‘tiladi va misollar keltiriladi. Asardagi fiqhiy masalalar, tasavvufiy tushunchalar va she’riy parchalar ham alohida diqqatga sazovar.  “Boburnoma”da 223 she’riy bayt (447 misra) keltiriladi. Kitobxonni o‘ziga jalb qiladigan jihati shundaki, deyarli barcha baytlarning yozilish sabablari Bobur tomonidan aytib o‘tiladi. Keyingi qismda Boburning adabiy, badiiy-estetik qarashlari va ularning hayot bilan hamahongligiga alohida urg‘u beriladi. Mumtoz adabiyot nazariyasida eng muhim bo‘lgan jihat, g‘oyaviy butunlik, shakl va mazmun birligiga ahamiyat beriladi. Shu o‘rinda Bobur shaxsiyatiga, hayoti davomida ko‘rgan voqealari, duch kelgan qiyinchilillariga uchragandan so‘ng chiqargan hayotiy xulosalarining ijodida aks etishining guvohi bo‘lamiz. Zullisonaynlik an’anasini kuzatamiz.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Chiqarish:
143-148
38

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Husanova , D. (2024). “Boburnoma” mumtoz adabiyotning memuar namunasi sifatida. Xorijiy Lingvistika Va Lingvodidaktika, 2(4), 143–148. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/67781
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada XV asr oxiri-XVI asr boshlari mumtoz adabiyotining yetuk namoyandasi shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub “Boburnoma” asari xususida so‘z boradi. Dastlab asarning o‘rganilishi haqida qisqacha so‘z boradi. Asarning yana bir nomi “ Vaqoye” bo‘lib, voqealar bayoni, demakdir. “Boburnoma” avtobiografik ruhda yozilgan bo‘lib, muallif o‘z boshdan kechirgan voqe-hodisalari haqida ma’lumot berib boradi. Uning yana bir o‘ziga xos jihati qomusiy xarakterda ekanligi bo‘lib, turli soha mutaxassislari uchun tadqiqot manbayi sifatida xizmat qila oladi. Maqolada asarning ayrim ensiklopedik xususiyatlariga to‘xtab o‘tiladi va misollar keltiriladi. Asardagi fiqhiy masalalar, tasavvufiy tushunchalar va she’riy parchalar ham alohida diqqatga sazovar.  “Boburnoma”da 223 she’riy bayt (447 misra) keltiriladi. Kitobxonni o‘ziga jalb qiladigan jihati shundaki, deyarli barcha baytlarning yozilish sabablari Bobur tomonidan aytib o‘tiladi. Keyingi qismda Boburning adabiy, badiiy-estetik qarashlari va ularning hayot bilan hamahongligiga alohida urg‘u beriladi. Mumtoz adabiyot nazariyasida eng muhim bo‘lgan jihat, g‘oyaviy butunlik, shakl va mazmun birligiga ahamiyat beriladi. Shu o‘rinda Bobur shaxsiyatiga, hayoti davomida ko‘rgan voqealari, duch kelgan qiyinchilillariga uchragandan so‘ng chiqargan hayotiy xulosalarining ijodida aks etishining guvohi bo‘lamiz. Zullisonaynlik an’anasini kuzatamiz.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

"Boburnoma" as a memoir example of classical literature

Dildora KHUSANOVA

1


National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2024

Received in revised form

10 June 2024

Accepted 25 July 2024

Available online

15 July 2024

This article analyzes the

autobiographical work

“Boburnoma”, written by Zahiriddin Muhammad Babur, an

outstanding representative of the classical literature of the
period of the late 15th and early 16th centuries. The work, also

known as Wakoye (Description of Events), is encyclopedic and
serves as a research resource for specialists in various fields. The
article examines the features of the content of the work,

including legal aspects, mystical concepts, and poetic passages.
Particular attention is paid to the analysis of Babur's literary,
artistic, and aesthetic views, his views on life, and ideas reflecting

his personal experiences and professional trials. The work is of
significant interest to researchers because it demonstrates

ideological integrity and harmony of form and content, which is
a key aspect of the theory of classical literature.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4-pp143-148

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Zahiriddin Muhammad

Babur,

"Baburnoma",

encyclopedia,

poetry,

ghazal,

verse,

Persian-Tajik,

Turkish.

“Boburnoma” mumtoz adabiyotning memuar

namunasi

sifatida

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Zahiriddin Muhammad

Bobur,

“Boburnoma”,

qomusiy,

she’riyat,

g‘azal,

bayt,

fors-tojik,

turkiy.

Ushbu maqolada XV asr oxiri-XVI asr boshlari mumtoz

adabiyotining yetuk namoyandasi shoh va shoir Zahiriddin

Muhammad Bobur qalamiga mansub “Boburnoma” asari
xususida so‘z boradi. Dastlab asarning o‘rganilishi haqida

qisqacha so‘z boradi. Asarning yana bir

nomi “ Vaqoye” bo‘lib,

voqealar bayoni, demakdir. “Boburnoma” avtobiografik ruhda
yozilgan bo‘lib, muallif o‘z boshdan kechirgan voqe

-hodisalari

haqida ma’lumot berib boradi. Uning yana bir o‘ziga xos jihati
qomusiy xarakterda ekanligi bo‘lib, turli soha

mutaxassislari

1

Student, State Scholarship Holder named after Navoi, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek.

E-mail:

dildorad418@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

4 (2024) / ISSN 2181-3701

144

uchun tadqiqot manbayi sifatida xizmat qila oladi. Maqolada

asarning ayrim ensiklopedik xususiyatlariga to‘xtab o‘tiladi va

misollar keltiriladi. Asardagi fiqhiy masalalar, tasavvufiy

tushunchalar va she’riy parchalar ham alohida diqqatga sazovar.
“Boburnoma”da 223 she’riy bayt (447 misra) keltiriladi.

Kitobxonni o‘ziga jalb qiladigan jihati shundaki, deyarli barcha
baytlarning yozilish sabablari Bobur tomonidan aytib o‘tiladi.

Keyingi qismda Boburning adabiy, badiiy-estetik qarashlari va
ularning hayot bi

lan hamahongligiga alohida urg‘u beriladi.

Mumtoz adabiyot nazariyasida eng muhim bo‘lgan jihat, g‘oyaviy

butunlik, shakl va mazmun birligiga ahamiyat beriladi. Shu

o‘rinda Bobur shaxsiyatiga, hayoti davomida ko‘rgan voqealari,

duch kelgan qiyinchilillarig

a uchragandan so‘ng chiqargan

hayotiy xulosalarining ijodida aks etishining guvohi bo‘lamiz.
Zullisonaynlik an’anasini kuzatamiz.

«Бобурнома» как мемуарный образец классической
литературы

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Захириддин Мухаммад

Бабур,

«Бабурнома»,

энциклопедия,

поэзия,

газель,

стих,

персидско

-

таджикский,

турецкий

.

В

данной

статье

осуществляется

анализ

автобиографического

произведения

«Бобурнома»,

написанного

Захириддином

Мухаммадом

Бабуром,

выдающимся представителем классической литературы

периода конца XV и начала XVI веков. Произведение, также
известное как «Вакойе» («Описание событий»), отличается

энциклопедическим

характером

и

служит

исследовательским

ресурсом

для

специалистов

в

различных

областях.

В

статье

рассматриваются

особенности

содержания

произведения,

включая

юридические

аспекты,

мистические

концепции

и

поэтические отрывки. Особое внимание уделено анализу
литературно

-

художественных и эстетических взглядов

Бабура, его взглядам на жизнь и идеям, отражающим его

личные переживания и профессиональные испытания.
Работа

представляет

значительный

интерес

для

исследователей, поскольку демонстрирует идейную

целостность и гармонию формы и содержания, что является
ключевым аспектом в

теории классической литературы

.

Nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon adabiyoti manbashunosligida ham muhim

mavqega ega “Boburnoma” asari chin ma’nodagi ilmiy

-tarixiy va memuar asardir. Qomusiy

alloma, ma’rifatli faqih, hassos shoir, nekbin

podshoh Zahiriddin Muhammad Bobur

qalamiga mansub ushbu asar besh asrdan beri xilma-xil qomusiy ilmlar xazinasi sifatida

jahon ahlini hayratga solib kelmoqda. Asarning yana bir nomi “ Vaqoye” bo‘lib, voqealar

bayoni, demakdir. Ya’ni muallif asarda boshdan

kechirgan voqea-

hodisalari, ko‘rgan

-

kechirganlari haiqda to‘la ma’lumot beradi. Bayon qilingan voqealar ketma

-

ketligiga ko‘ra

asarni 3 qismga bo‘lish mumkin:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

4 (2024) / ISSN 2181-3701

145

1.

Movarounnahr, Farg‘ona voqelari (1494

-1504) .

2.

Afg‘oniston voqealari (1504

-1524) .

3. Hindiston voqealari (1524-1530) .

Asarning qomusiy xarakterga egaligi shundaki, unda bir qancha yo‘nalishdagi

muhim va qiziqarli ma’lumotlar qamrab olingan. Jumladan, tarix, til, adabiyot, san’at,

tibbiyot, etnografiya, jug‘rofiya, falsafa, fiqh, dehqonchilik va boshqa turli

sohalarganmans

ub, hozirgacha ilmiy va hayotiy ahamiyatini yo‘qotmagan ma’lumotlar

bugungi kun soha mutaxassislari uchun zarur va dolzarb o‘rganish obyektidir. Asar qator
tillarga tarjima qilinmoqda. Jumladan, Afg‘oniston (Abdulhay Habibiy), Pokiston (Rashid

Axtar Nadviy, Shoh Olam Mavliyot), Hindiston (Mirzo Nasriddin Haydar, Muhibbul hasan
Rizviy), Turkiya (R.R.Arat va N.I.Bayur), Rossiya (N.I.Pantusov, S.I.Polyakov, V,Vyatkin)

olimlarining xizmatlari kattadir .

Xalqaro Bobur mukofoti sohibi, boburshunos olim Mirzo Kenjabek tomonidan

“Boburnoma” yana bir qancha xususiyatlari o‘rganilgan. Masalan, asarda buyuk va e’tiborli
allomalar alohida eslanadi. Farg‘ona davri voqealarining boshidayoq “Hidoya” asari

muallifi B

urhoniddin Marg‘inoniy haqida aytilishining o‘ziyoq bunga bir misoldir. Yoki

nomlari zikr qilingan tarixiy shaxslarning 1500 dan oshishi, ularning manoqiblari va

fazilatlari, xislatlarining nodir qirralariga Bobur tomonidan alohida to‘xtalishi ma’lum bir

i

lmiy tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qila oladi.

Kamdan-

kam uchraydigan tarixnavislik san’atiga doir bir qancha she’riy

misollarning keltirlishi ham noyob tadqiqot manbayidir. Masalan, Mirzo Ulug‘bek o‘limi

“Abbos kush” so‘zida jumboq qilinadi, bu abjad hisobida hijriy 853, milodiy 1449

-yilni

ifodalaydi.

Bundan tashqari, asarda ko‘plab arabiy ifodalar, Qur’on oyatlari va hadislar matni

ham keladi. Bobur hayoti davomida ko‘p bora oz qo‘shin bilan juda katta lashkarlarga

qarshi jang qilishga majbur bo‘lgan, biroq deyarli hammasida omadi kelib, g‘alaba

qozon

gan. U bunga sabab sifatida “Baqara” surasi 249

-

oyatini ko‘p

tafakkur qilganini

aytadi: “Qanchadan

-

qancha ozchilik guruhlar (borki), Allohning izni bilan ko‘p sonli

guruhlar ustidan g‘alaba qozongaandir (2:249)”.

Asardagi fiqhiy masalalar, tasavvufiy tushunchalar va she’riy parchalar ham alohida

diqqatga sazovar. “Boburnoma”da 223 she’riy bayt (447 misra) keltiriladi. Kitobxonni

o‘ziga jalb qiladigan jihati shundaki, deyarli barcha baytlarning yozilish sabablari B

obur

tomonidan aytib o‘tiladi. Shunday voqealardan biri Farg‘ona qismi 899

-yil (hijriy yil hisobi

bilan) voqealarida keltiriladi. Otasidan erta ayrilgan yosh shahzoda Bobur 12 yoshida

taxtga o‘tirishiga to‘g‘ri keladi. Biroq tashqi dushmanlarga qarshi chora ko‘rishda

sarosimada qolgan saltanat, afsuski, ichki boshboshdoqliklarga, taxt uchun ko ‘z olaytirgan
kimsalarga to‘la edi. Shu boisdan ham Bobur mirzo yoshligidanoq ko‘p xiyonat va

ozorlarga uchradi. Quyidagi bayt shunday holatni ifodalash uchun keltiriladi:

Baham barmakun to tavoni dile,

Ki ohe jahone baham bar kanad.

(Qo‘ldan kelgancha hech bir dilga ozor berma,

Dildan chiqqan bir oh bir jahonni barbod qiladi).

Darhaqiqat, ko‘ngil Allohning nazari tushadigan maskandir. Mumtoz adabiyotda shu

sababdan ham

ko‘ngil eng inja va eng yuksak timsollardan biri hisoblanadi. Hazrat Navoiy

ham bir ko‘ngilni shod etmoqlik vayron bo‘lgan Ka’bani obod qilish bilan barobar ekanini

ta’kidlaydi:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

4 (2024) / ISSN 2181-3701

146

Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay .

Bu

baytlarning ma’nosini har bir inson chuqurroq his etishi, tafakkur etmog‘i lozim. Zero,

insonning amallari ichida ham eng a’losi qalbga ozor berishdan tiyilishdir, kimningdir
dilini og‘ritgan insonning garchi amallari osmon qadar bo‘lsa

-da, u mazlum bu insonni

kechirmaguncha, uning hayotida yaxshiliklar o‘rnini qiyinchiliklar egallashi tabiiy holdir.

Aslida mumtoz adabiyotning, umuman, badiiy adabiyotning maqsadi ham shudir,

ya’ni inson atalmish mo‘jizaga ko‘ngil ko‘zini ko‘rsatmoqlik, o‘z qalbini tanishni
o‘rgatmoqlikdir.

Yoki 900-

yil voqealarida keladigan quyidagi bayt ham yuqoridagi ma’noga

hamohanglik kasb etadi: Chu bad kardi mabosh emin zi ofat,

Ki vojib shud, tabiatro mukofot.

(Yomonlik qilganingdan keyin ofatlardan emin bo‘lmaysan, chunki tabiatning

beradigan jazosi aniq). Tabiat, olam o‘zaro bog‘liqlikda umumintegratsion harakatlarni

bajaruvchi mavjudlikdir. Bugungi kun psixologiyasida keng tarqalgan Karma Qonuni

(Nima bersang, shuni olasan) ham buni tasdiqlaydi. Inson yomonlik qildimi, unga bu ishi,

albatta, qaytadi. Bilasizmi, “Boburnoma”ni o‘qish insondan katta kuch talab qiladi, shunday

kuchki, asarda o‘z zalvoriga ega uslub va mazmun bor. Bunday fikrlarning mohiyatiga

yetm

asdan, shunchaki o‘qib o‘tish haqiqiy kitobxon uchun yetarli emas, albatta. Ayniqsa,

insonni o‘qiganda mana shunday tetiklashtiradigan, hayotda nega va qanday

yashayotganini eslashga majbur qiladigan ijod namunalari har qadamda ham

uchrayvermaydi.

Asrlar o‘tsa

-

da, o‘z salmog‘ini saqlab qolish, ahamiyatini yo‘qotmaslikning o‘zi ham

katta masaladir. Darhaqiqat, asrlar qa’ridan omon qolib kelayotgan bunday asarlarni,
undagi so‘zga olingan fikrlarni tahlil qilib, shu narsaga yana bir bora amin bo‘lasan

kishi,

hozirgi kunda etika, estetika deb aytiladigan umumbashariy qadriyatlar, axloq
tushunchalari, hech eskirmas his-

tuyg‘ular hali ham o‘sha

-

o‘sha, hattoki “zamon o‘zgardi,

hozir zamon boshqacha” degan gaplar ham bekor, chunki vaqt nisbiy tushuncha, xolo

s.

Inson qalbi hamon o‘z asliyatida ichki xotirjamlikni topishni, o‘zligini anglashni xohlaydi.

Buning yo‘li esa nafsga qarshi kurashmoqdir. Bobur shaxsiyatida ham aynan shu jihat
yetakchilik qiladi, buni asar boshidan oxirigacha ko‘rishingiz mumkin. Ayniq

sa, asarning

hayotiyligi, ortiqcha to‘qimalardan holi ekanligi buni yanada kengroq ochib berishga

yordam beradi.

Kobul davri, 909-

yil voqealarida Bobur Movarounnahrdan to‘liq chiqib ketib,

Kobulga borganligi aytiladi, u yerda Xisravshoh ularni kutib oladi, biroq ko‘ngildagidek

hurmat ko‘rsatmaydi. Bu holatlardan keyin shunday misralar keladi asarda:

Dar darvesh dar gileme bixusband,

Du podshoh dar iqlime nagunjand.

Nim none gar xo‘rad mardi Xudoy,

Bazli darveshon kunad nimi digar.
Mulki iqlime bigirad podshoh,

Hamchunon darbandi iqlimi digar.

(O‘n darvesh bir gilamda yotadi, ammo ikki podshoh bir iqlimga sig‘maydi. Mardi

Xudo bir nonning yarmini yesa, qolgan yarmini darveshlarga beradi, podshoh esa bir iqlim

mulkini olsa, yana boshqa iqlimni ham olish fikriga tushadi). O‘z nafsiga qul odomzot

q

o‘lida qancha mol

-

mulki bo‘lmasin, bairbir yana xohlayveradi. Avliyolar aytganidek,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

4 (2024) / ISSN 2181-3701

147

insonda bir tog‘ oltin bo‘lsa, yana bir tog‘ini xohlaydi, bandaning nafsini faqat qora tuproq

to‘ldiradi. Bu o‘rinda ham Boburning o‘z

-

o‘zini saboq olishga chaqirish maqsadida ham

diniy, ham siyosiy, ham badiiy, ham falsafiy qarashlari o‘zaro umumlashgan h

ayotiy

xulosalarini ko‘rishimiz mumkin.

911-

yil voqealarida Boburning ayni o‘z holini quyidagicha taftish qilishi ham

e’tiborlidir:

Umre basaloh mesutudam xudro,

Dar shavayi zuhd menamudam xudro,
Chun ishq omad kadom zuhd-u, chi saloh,

Al-minnati lilloh, ozmudom xudro.

(Umr bo‘yicha o‘zimni yaxshilik bila maqtadim, o‘zimni zohid va taqvodor qilib

ko‘rsatdim. Ishq kelgach, zohidlik qayda qoldi

-

yu, yaxshilik nima bo‘ldi? Xudoga shukrki,

o‘zimni sinadim). Navoiyshuos olim Maqsud Asadov darslaridan birida bizga Bobur haqida

shunday fikr bildirgan edilar: “Boburning boshqalardan ajralib turadigan jihatlaridan biri
shuki, unda ortiqcha mulozamat, tilyog‘lamalik yo‘q, hattoki u o‘ziga ham juda ayovsiz, har

kimning aybini yuziga aytadi. Vaqoye’da o‘z ayblarini aytishdan ham qo‘rq

maydi, tan ola

biladi. May ichardim deydi, hatto shunday paytlar bo‘ldiki, o‘zimni umuman maydan ajrata

olmay qoldim deya aytib o‘tadi. Bobur –

yaxshi tanqidchi, o‘zini ham ayamaydigan

tanqidchidir”.

Baytga e’tibor bering

-

a, umr bo‘yi o‘zini maqtash, hammamiz ham shunday

emasmizmi, kishkina yaxshilik qilib qo‘ysak, maqtanmagan kishimiz qolmaydi, yaxshilik

qilgan insonimizga-

ku minnat qilaverib, xunob qilamiz. O‘zimizni eng yaxshi, eng ideal

insondek ko

‘rsatishga harakat qilamiz. Xo‘sh, bu to‘g‘rimi? Baytning ikkinchi qismi esa

ishqi ilohiy bilan bog‘lanib ketadi. Bobur o‘zini zohid, taqvodor deb o‘ylardi, lekin haqiqiy

ishq keldi-

yu, o‘z holini angladi, sinadi.

Shu o‘rinda Hindiston voqealari ham bizga Boburni qaytadan kashf etadi. Hijriy 932

-

yil (milodiy 1525-

yil)da Hindistondek keng sarhadlar egallanib, muhtasham g‘alab

qozoniladi. 332 yil hukmronlik qilgan boburiylar sulolasiga asos solinadi. Bobur bu haiqda
s

hunday qayd etadi: “Bu tarixdakim, men Hindistonni fath qildim, besh musulmon

podshoh va ikki kofir Hindustonda saltanat qilurlar edi”. Bobur Hindistonni fath etgach
misli ko‘rilmagan adolatli siyosat yuritishga kirishadi. Tarixda bosib olgan davlatini tal

on-

taroj qilmasdan obod qilgan odil shohlar kamdan-kam uchraydi. Shoh Bobur ular qatorida

bo‘lib, Bobur hind xalqining dini, urf

-odatlari, mol-mulkiga daxl qilmaydi, aksincha,

obodonchilik ishlarini olib boradi, taraqqiyotini rivojlantirish uchun o‘z hissa

sini

qo‘shadi.lekin shunda ham Boburni bosqinchi sifatida ko‘ruvchilar, unga qarshi tish

qayrab yurganlar, fitna qilmoqchi bo‘lganlar uchrab turadi. Shunday paytlarda uning
qalbiga orom beruvchi ilinj she’riyat edi. “Yulduzli tunlar” da Pirimqul Qodirov ay

ni shu

holatlarni: Boburning tunda xayolga cho‘mishi, uyqusi qochib, hujra ichidagi xilvaat
hujrasiga kirib shoirga aylanishini judayam ta’sirli ifodalaydi.

“Boburnoma” da fors

-tojik va turkiy tillarda bitilgan baytlar uchraydi, bu Boburning

zullisonaynligidan ham dalolatdir. Quyidagi turkiy misralarga e’tibor bering:

Ne qilayin sening bila ey til,
Jihatingdan mening ichim qondur.

Necha yaxshi desang, bu hazil ila she’r,

Birisi fahsh-

u biri yolg‘ondur.

Gar desang kuymayin bu jurm bila,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

4 (2024) / ISSN 2181-3701

148

Jilovingni bu arsadin yondur.

Mumtoz adabiyotda g‘azalchilik haqida so‘z ketganda 5, 6 baytli, ya’ni nisbatan qisqa

g‘azallar yozish bilan mashhur shoir sifatida Bobur alohida tilga olinadi. “Topilmas”,

“Mening ko‘nglimki…”, “Mushkuldur”, “Bahor ayyomidur…”, “G‘ofil o‘lma…”, Ko‘ngulga
bo‘ldi ajoyib balo qaro soching…” kabi g‘azallari buning isbotidir. Biroq shunday bo‘lishiga

qaramasdan uning g‘azallarida g‘oyaviy butunlik, poetik mahorat ham o‘z o‘rnida
qo‘llanganini kuzatasiz. Aql takomili va ruhning quvvat topib poklanishi orqali hal

ovatga

olib borishini ko‘rasaiz . Yuqoridagi baytni tahlil qilsak, xalqda boshga balo tildan keladi
deyishadi. Bobur ham buni alohida ta’kidlamoqda. Ey til, sen tufayli ichim to‘la qon,

ko‘ngilni ko‘tarmoqlik uchun ba’zan hazil aytasan, ba’zan esa she’r, b

iroq birisi fahsh, birisi

yolg‘on bo‘lsa, bu gunoh emasmi?! Agarda bu gunohdan kuymayin desang, ey tilim bu arsa

-

maydondan o‘zingni yondir

-

u qutilgin. Ya’ni har birimiz so‘zlagan so‘zimizga e’tiborli

bo‘lmog‘imiz lozim, keraklisini aytaylik, behuda so‘zdan

tiyilaylik. Alisher Navoiy

aytganlaridek, eng yaxshi so‘z muxtasar so‘zdir.

Ushbu maqolada “Boburnoma”ning ayrim o‘ziga xos jihatlari, Boburning hayoti va

ijodi birlashgan ba’zi nuqtalarga to‘xtalib o‘tdik. Uning naqadar o‘ziga talabchan shoh va
shoir ekanligining guvohi bo‘ldik. Umuman, “Boburnoma” asari hech qanday ortiqcha

e’ti

roflarsiz dunyo tomonidan tan olingan, hali ham tadqiq etilayotgan nodir manba

qomusiy ensiklopediyadir. Shu bois ham shoh va shoir Bobur ijodi va hayotiy faoliyatini

yanada keng targ‘ib va tadqiq etish bo‘yicha ko‘lamli chora

-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “2023

-yilda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng

nishonlash” to‘g‘risidagi qarori bu kabi sa’y

-harakatlar nishonasidir.

Darhaqiqat, “Boburnoma” chin ma’nodagi memuar asardir. Undagi ma’lumotlarni

keng o‘rganishimiz, tadqiq etishimiz biz uchun ilm yo‘lida ko‘p yangiliklarni ochib berishi

mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Boltaboyev H. Mahmudov M. Adabiy-estetik tafakkur tarixi. 2-

jild. T.: Mumtoz so‘z,

2016.

B. 174.

2.

Kulliyot. 4-jild. Zahiriddin Muhammad Bobur.

T.: Zilol buloq, 2021.

B. 324.

3.

Kulliyot. 5-jild. Zahiriddin Muhammad Bobur.

T.: Zilol buloq, 2021.

B. 400.

4.

Kulliyot. 6-jild. Zahiriddin Muhammad Bobur.

T.: Zilol buloq, 2021.

B. 368.

5.

Qodirov P. Yulduzli tunlar. T.: Yangi asr avlodi. 2021.

B. 312.

6.

https://lex.uz. Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi zahiriddin Muhammad

Bobur.

7.

https:// tafakkur.net.alishernavoiy Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning…

8.

www.scientificprogress.uz Xidirova Z. “Boburnoma” jahon tan olgan asar.

9.

https://www.learnreligions.com/water-element-folklore-and-legends-2561689

10.

https://ziyouz.uz/suhbatlar/jabbor-eshonqul-folklor-millatning-boqi-tarixi/

Bibliografik manbalar

Boltaboyev H. Mahmudov M. Adabiy-estetik tafakkur tarixi. 2-jild. T.: Mumtoz so‘z, 2016. – B. 174.

Kulliyot. 4-jild. Zahiriddin Muhammad Bobur. – T.: Zilol buloq, 2021. – B. 324.

Kulliyot. 5-jild. Zahiriddin Muhammad Bobur. – T.: Zilol buloq, 2021. – B. 400.

Kulliyot. 6-jild. Zahiriddin Muhammad Bobur. – T.: Zilol buloq, 2021. – B. 368.

Qodirov P. Yulduzli tunlar. T.: Yangi asr avlodi. 2021. – B. 312.

https://lex.uz. Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi zahiriddin Muhammad Bobur.

https:// tafakkur.net.alishernavoiy Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning…

www.scientificprogress.uz Xidirova Z. “Boburnoma” jahon tan olgan asar.