Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The main criteria for achieving an alternative in the
translation of the gender lexicon
Nargiza ABDULLAYEVA
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
25 September 2024
This article addresses the issue of alternatives in literary
translation, with a focus on the main criteria for achieving
equivalence in the translation of gender-specific lexicon.
Drawing on theoretical insights, the article proposes
methodological, transformational, linguistic, and pragmatic
criteria for rendering gender-specific lexical units in a suitable
alternative form when translating literary works.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
achieving alternative,
translation criteria,
types of equivalence,
adequate translation,
conversion methods,
interpretation,
copying, replacement,
simplification,
interpretation.
Gender leksikasi tarjimasida muqobillikka erishishning
mezonlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
muqobillikka erishish,
tarjima mezonlari,
ekvivalentlik turlari,
adikvat tarjima,
tabdil usulari,
interpretatsiya qilish,
kalkalash,
almashtirish,
soddalashtirish.
Ushbu maqolada badiiy tarjimada muqobillik masalasi,
asosan gender leksikasi tarjimasida muqobillikka erishishning
asosiy mezonlari borasida fikrlar bayon qilingan. Nazariy
bilimlarga tayangan holda badiiy asarlar tarjimasida genderga
xos leksik birliklarni mos muqobil shaklida berish uchun shakl
va mazmun, uslubiy, transformatsion, lingvomadaniy hamda
pragmatik mezonlar taklif qilingan.
1
Senior teacher, Department of English Language, Namangan State University. E-mail: nargiza3967757@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
12
Основные критерии достижения альтернативности
при переводе гендерной лексики
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
достижение
альтернативности,
критерии перевода,
типы эквивалентности,
адекватный перевод,
методы конверсии,
интерпретация,
копирование,
замена,
упрощение
.
В
данной
статье
рассматривается
вопрос
альтернативных подходов в художественном переводе, с
акцентом
на
основные
критерии
достижения
альтернативности при переводе гендерной лексики.
На основе теоретических знаний, а также анализа формы и
содержания,
предлагаются
методологические,
трансформационные, лингвистические и прагматические
критерии
для
адекватной
передачи
гендерно
-
специфических
лексических
единиц
в
переводе
художественных произведений.
KIRISH
Badiiy tarjima jarayonida leksik birliklarning muqobillik yoki ekvivalentlik
masalalari tadqiqotchilar tomonidan uzoq va tortishuvli muxokamalar ostida bo
‘
lib
kelgan. Lug
‘
aviy ma
’
noda
ekvivalent
lotin tilidagi
“
aequus
”
hamda
“
valens
”
so
‘
zlaridan
olingan bo
‘
lib,
teng, qimmatli
yoki
ahamiyatli
ma
’
nolarini beradi va biror narsaning
o
‘
rnini bosa oladigan, uning ifodasi bo
‘
lib xizmat qiladigan teng baholi, teng qimmatli
narsa yoki miqdorni ko
‘
rsatadi [1]. M. Abduraxmonovning ta
’
biri bilan aytganda,
mustaqillik yillarida o
‘
zbek tilida
ekvivalent, ekvivalintlik
so
‘
zlari o
‘
rnida
muqobil,
muqobillik
leksik birliklari qo
‘
llana boshladi va ular ilmiy adabiyotlarda tengma-teng
uchraydi. Bundan tashqari, tarjimashunoslikka oid adabiyotlarda
timsol ekvivalentlik,
soxta ekvivalentlik,
tarjimada adekvatlik,
kabi iboralarni ham kuzatish mumkin. E. Ochilov
tarjimaning bir qator usullari bilan birgalikda adekvat tarjimaga quyidagicha ta
’
rif
bergan. Har jihatdan mos, aynan teng, asl nusxaga mazmun va shakl jihatdan muvofiq
tarjima bu adekvat tarjimadir [2]. Tarjimadagi muqobillik orqali asliyat va tarjima
o‘rtasidagi mutanosiblikka erishiladi. Muqobillik yoki ekvivalentlik tarjimaga berilgan
“bir tildagi matnni o‘zga tilda shu darajadagi matn bilan almashtirish” kabi ta’rifga mos
keladi. Ya’ni biz ekvivalentlikka ega bo‘lgan tarjimani “to‘g‘ri, adekvat, to‘laqonli” tarjima
sifatida qabul qila olamiz. G
‘
. Salomov fikricha, tarjimaning asl nusxaga muqobilligi
darajasi mazmun jihatidan besh turda farqlashni taqozo etadi. Ular til belgilari
darajasida; bayon qilish darajasida; axborot yetkazish darajasida; vaziyat va holat tasviri
darajasida; aloqa maqsadi darajasida [3]. Mualliflarning fikrlariga qo
‘
shilgan holda shuni
aytish mumkinki, tarjimon tanlayotgan leksik qatlam, sintaktik qurilish, tarjima
matnining mazmun va shakl jihatdan asliyatga mos kelishi, asliyat va tarjima orasidagi
ekvivalentlikning to
‘
liq shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki tarjimada
qanchalik yuqori darajada muqobillikka erishilsa, shunchalik tarjima matni asliyat kabi
ta
’
sir kuchini saqlab qoladi.
TAHLILLAR VA NATIJALAR
Nazariy
asoslarni o
‘
rganishlarimiz natijasida gender leksikasi tarjimasida
muqobillikka erishishning asosiy mezonlariga tegishli manbalarga duch kelmadik
va
o
‘
zlashtirgan
bilimlarimizga tayangan holda, badiiy asarlar tarjimasida genderga xos
leksik birliklarni mos muqobil shaklida berish uchun quyidagi mezonlar bo
‘
yicha
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
13
turkumlashni taklif etdik. Ushbu mezonlarni asosan, tarjimaning obyektiv va subyektiv
omillari bo
‘
yicha tasniflashga harakat qildik. Mutarjim tarjima jarayonining subyekti
sifatida oldingi o
‘
rinda turadi va gender leksikasi tarjimasida mas
’
uliyatni zimmasiga
olib, quyidagi mezonlarga amal qilishi lozim.
1. Shakl va mazmun muqobilligi.
Tarjimonning eng ma’suliyatli vazifasi asl manba bilan bir xil kommunikativ
qiymatga ega bo‘lgan, mazmunan mos axborot almashinish imkoniyatini yaratib
berishdir va bunda mos, ekvivalent, muqobil, to‘g‘ri so‘z tanlay bilish muhim. Gender
leksikasidagi so
‘
zlar ko
‘
pincha ijtimoiy kontektga aloqador bo
‘
ladi va o
‘
giralayotgan
so
‘
zlar va iboralarni tarjima tilida o
‘
xshash konnotativ va donnotativ ma
’
nolariga ega
bo
‘
lishi kerakligini anglatadi. Shuning uchun mazmunni saqlab qolishda, gender
ko
‘
rsatkichlari muvofiqligida genderlik jihatlarini hisobga olish lozim.
Bu o‘rinda
so‘zlarning polisemantikligi, ya’ni ko‘p ma’noliligi hisobga olinadi. N.Nematova Abdulla
Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani tarjimasi ustida olib borgan tadqiqotlarida
shunday misollar tahlilini ko‘rsatib o‘tadi.
“… shu ukalaring bilan qilib o
‘
tirgan ishingni
kishi ko
‘
rsa nima deydi. Insholloh,
uy egasi
bo
‘
lishga yaqinlashib qolding. Endi tosh-
tarozini ham shunga qarab qo
‘
yishing kerak, qizim
” (O‘tgan kunlar romani asliyatdan).
What will people say if they notice what you did with your brothers today? Inshaala,
you
’
re
getting married
soon. Now you think what you are doing, my dear!
(I.
To‘xtasinov
tarjimasi)
, yoki yana bir misolda “
Ra
’
noni
egasiga
topshirmagunimizcha,
quyilmaydirg
‘
ang
‘
a o
‘
xshaydi.”
(O‘tgan kunlar romani asliyatdan)
“I think Early will not
become serious until she
gets married
”.
(I.
To‘xtasinov tarjimasi) [4]. Misollarda berilgan
“ega” leksemasi genderni ifodalash jihatidan birinchi holatda ayol jinsiga mansub bo‘lsa,
keyingi misolda u erkak jinsiga aloqadorlikni ko‘rsatadi va tarjimon tomonidan, o‘zbek
tilining izohli lug‘atida 7 ta semasiga izoh berib o‘tilgan ushbu polisemantik so‘zni,
butunlay boshqa muqobili “get married” frazeologik fe’li orqali tarjima qilingan va ushbu
so‘z zamirida faqat ayol jins vakilining turmushga chiqishi haqida so‘z boradi. Lekin
tarjimonning bu usulini albatta qo‘llab quvatlash lozim chunki, bu kabi vaziyatlarda so‘z
ma’nosining qaysi biri qo‘
llanilganini aniqlash tarjimonning birinchi galdagi vazifasi
hisoblanadi va kontekst shu o
‘
rinda yordamga keladi. Chunki ko
‘
p ma
’
noli so
‘
zlar
tarjimasi odatda faqat kontekstga bog
‘
liq holda qisman ekvivalentini topadi. Bundan
tashqari,
tarjimada bitta tushunchaga bitta tushunchaning to‘g‘ri
kelish holatlari nisbatan
kam uchraydi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, tarjimada so‘zga so‘z, so‘zga so‘z birikmasi,
so‘zga gap to‘g‘ri kelishi mumkin.
Agar asliyatdagi so‘zga tarjima tilida bitta so‘z to‘g‘ri
kelsa, u holda ikki tildagi so‘z ma’nolari to‘liq ekvivalentlikka erishgan hisoblanadi va
ular odatda monosemantik ya
’
ni bir ma
’
noli so
‘
zlarda uchraydi [5]. Gender leksikasi
tarjimasida bu kabi bir ma
’
noli so
‘
zlar asosan oila a
’
zolari va qarindosh-urug
‘
chilik
nomlarida, professional kasbiylikni bildiruvchi ifodalarda kuzatiladi.
2. Uslubiy muqobillik.
Tarjimon asliyatga asoslangan holda yangi bir asar yaratadi va bunda shubxasiz
uslub jihatdan individual yondashuv qiladi. Bu bir tomondan olib qaraganda to‘g‘ri,
chunki tarjimon o‘z uslubiga ega bo‘lishi lozim, lekin boshqa bir tomondan qaraganda
tarjimon muallif uslubini unutmasligi kerak. Tarjima jarayonida ikki ijodkor uslubi
ro‘baro‘ keladi, tanishsish yuz beradi. Bu tanishuv tarjimada birikish, o‘zaro singib ketish
holatida namoyon bo‘ladi [6]. Xuddi shu ma’noda O.
Sharofiddinovni o‘z uslubiga va o‘z
tiliga ega tarjimon sifatida ko‘rsatiladi. U asliyat uslubini qanday bo‘lsa shunday
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
14
ifodalashga asliyatning jumla qurilishlariga ergashishga, nasrning ritmikasini chiqarishga
intiladi” [7]. Mutarjim uslubidan tashqari tarjima tilining uslubiy tomonlari ham asliyat
matnga mos muqobilini topishi kerak. Masalan, rasmiy va norasmiy tildagi so‘zlar turli hil
ma’nolarga ega bo‘lib, genderlik ifodalovchi so‘z va iboralarda ham bu holat kuzatiladi.
“
Juvongina o
‘
lgur
noinsof! Bolaning uvoli tutgur imonsiz!
Er
ingni birovdan kam joyi yo
‘
q
edi-ku! Cho
‘
loq bo
‘
lsa devor oshib o
‘
g
‘
rilik qilib bo
‘
lmagandir! To
‘
rt yil qon kechib keldi-ku!
Eri
urushda o
‘
lgan qanchadan qancha
gulday juvonlar
yuribdi sabr qilib. Aqalli bolangni
o
‘
ylasang bo
‘
lmasmidi, imonfurush”
[8]. O‘tkir Xoshimovning mashxur “Ikki eshik orasi”
romanidagi ushbu parchani ingliz tiliga tarjima qilish uchun mutarjim “juvon” va “er”
gender leksemalariga duch keladi. Reseptor sifatida u norasmiy til uslubida berilgan
o‘zbek ayollarining odatlari bo‘lgan qarg‘ab o‘ziga
-
o‘zi gapirish hamda tarjimon uslubi
sifatida lingvistik nuqtai nazaridan, ayol jinsini tasvirlovchi “juvon” leksemasining bir
vaqtning o‘zida ham ijobiy ham salbiy ma’nolarini berilishi, jumladan “
juvongina o‘lgur”
leksik birligi aybdor, nojo‘ya ish qilgan ayol tasviri uchun ishlatilgan bo‘lsa, xuddi shu
leksema “
gulday juvonlar
”
shaklida iboli, hayoli, izzat-nafsini asrab avaylovchi ayollarga
nisbatan olinganligini, tahlil qilib uslubiy muqobil shakl topa olishi lozim.
3. Transformatsion muqobillik
Tarjima shunday murakkab va ayni vaqtda qiziqarli jarayonki, uni bir xil usulda
yoki o‘zgarishsiz shaklda olib ketib bo‘lmaydi. Asar tarjimasini muqobil variantda taqdim
etish uchun mutarjim tarjimaning umumiy qoidalariga asoslangan holda, muallif
tomonidan berilgan ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, turli vaziyatlarda turlicha tarjima
usullaridan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Transformatsiya yoki tabdil qilish,
interpretatsiya qilish, kalkalash, almashtirish, soddalashtirish, izohlash va boshqa turdagi
tarjimalarni misol tariqasida olishimiz mumkin. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, bu kabi
tarjima turlarida ham o‘z navbatida ma’lum mezonlarga jumladan
sifati, bajarilish uslubi,
asl matnning to‘liqligi va mazmun uslubi, asliyatning ustunligi yoki ikkilamchiligi
bo
‘
yicha turkumlanadi va ular amaliyotda asos bo
‘
lib xizmat qiladi. Badiiy asarlarda
qo
‘
llanilgan gender leksika tarjimasida ham transformatsiya turlaridan keng foydalanib
muqobillikka erishiladi. Masalan, jahon adabiyoti durdonalaridan biri Teodor Drayzer
qalamiga mansub
“
Sister Carrie
”
romanini o‘zbek tiliga
“
Baxtiqaro Kerri
”
nomi bilan
tarjima qilinishini fikrlarimizga misol tariqasida ko‘rsatishimiz o‘rinlidir. Muallifning
asliyat nomida qo‘llagan gender komponentli “sister” leksemasi tarjimonning asl nusxani
to‘liq anglab yetishi oqibatida o‘zining genderlik xususiyatini yo‘qotgan, lekin asliyatdagi
butun boshli mazmunni qamrab olgan holda “baxtiqaro” so‘zi bilan transformatsiyaning
almashtirish usuli yordamida o‘girilgan. Bu kabi tabdil qilish asar muqobilligini
ta’minlaydi.
4.
Lingvomadaniy muqobillik
Gender leksikasi ijtimoiy normalar, madaniy an’analar bilan bog‘liq bo‘lgani tufayli,
tarjimada bu aspektlarni inobatga olish juda muhim
.
Gendrologik birliklar turli
madaniyatda turlicha aks etadi, shu sababli tarjimonlar badiiy asarlarda gender
leksikasini qayta yaratishda asliyatdagi mazmunni saqlab qolish uchun, ijtimoiy-
madaniy jihatlarga alohoda yondashuv qilishlari lozim. Bu esa tarjimada milliylikni aks
ettirish orqali namoyon bo
‘ladi. O‘z o‘rnida milliylik juda nozik masala bo‘lib, uning ortida
butun bir millat yotadi va
bu boradagi kichik bir xato ba’zan kitobxonda to‘
liq bir millat
haqida yanglish tassavvur hosil qilishi mumkin. Milliy xos so
‘
zlar yordamida milliy
koloritni yarata bilish ham tarjimondan katta mashaqqat talab qiladi. Lingvomadaniy
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
15
jihatlarni genderga xos so
‘z
lar bilan ifodalashda ham tarjimon ehtiyotkorlik bilan harakat
qilishi lozim. Masalan, Abdulla Qodiriyning durdona asari “O‘tgan kunlar”dagi ushbu
kichik parchada gender leksikasi va uning madaniyatga aloqadorligiga e
’
tibor beramiz.
“
Kumushbibi
dan
vakolat olish
ham juda qiyin bo‘ldi.
Domla
ning: Sizkim Kumushbibi
Mirzakarim qizi
, o‘zingizni toshkandlik,
musulmon
Otabek Yusufbek
hoji o‘g‘liga
bag‘ishlamoq
vakolatini
amakingiz
Muhammad-
rahim
Yo‘ldosh
o‘g‘li
ga
topshirdingizmi? degan so‘rog‘i olti, yetti qaytarilg‘andan keyin, shunda ham
yangalar
qistog‘i ostida arang uning
rizolig‘i olindi
.”
[9] Ko
‘
rinib turibdiki, gender komponentli
leksik birliklar asosan insonlarning nomlari, shuningdek “
amaki, o‘g‘il, yanga, domla
” kabi
qarindoshlik va vazifadoshlik maqomidagi so
‘
zlar bilan berilgan bo
‘lsa, “
vakolat bermoq,
bag‘ishlamoq, rozi bo‘lmoq
” fe’
llari orqali asosan o
‘
zbek milliy nikoh marosimidagi ayol
jinsi vakillarining harakatlari o
‘
z ifodasini topgan. Tarjimon esa, albatta, asar
muqobilligiga erishish uchun bu kabi lingvomadaniy birliklarga juda ko
‘
p marotaba duch
keladi va bunda o
‘
zga millat madaniy hayotiga aloqador barcha ma
’
lumotlardan xabardor
bo
‘
lish talab etiladi.
5.
Pragmatik muqobillik.
Tarjimada muqobillikka erishish bu muallif dunyo qarashi natijasida paydo bo
‘
lgan
fikrlar va g
‘
oyalar jamlanmasini tarjimon orqali o
‘
zga til egasiga to
‘
laqonli yetkazishdir.
Tarjima matni yordamida mutarjim axborot beruvchi vazifasini bajarsa, ayni vaqtda
o
‘
quvchi uni qabul qiluvchisi, ya
’
ni reseptor hisoblanadi. Har ikkisi ham individual shaxs
sifatida, biri nimanidir beradi, yana bir boshqasi uni qaysidir darajada o
‘
zlashtiradi va
tarjimaga nisbatan o
‘
z munosabatiga ega bo
‘
ladi. Mana shu jarayon tarjimashunoslikda
tarjimon va o
‘
quvchi o
‘
rtasidagi pragmatik munosabatni bildiradi. Badiiy asardagi gender
leksik birliklari talqinini kitobxonlar tomonidan turlicha qabul qilinishi tabiiy, chunki har
bir o
‘
quvchi individual reseptordir. Reseptorning pragmatik munosabatini zaruriy
darajada o
‘
rganish tarjimonning badiiy matnda til vositalarini to
‘
g
‘
ri tanlay bilish
qobiliyatiga bog
‘
liq bo
‘
lib, reseptorning ta
’
sir doirasini bilish xohishi tarjimaning
pragmatik omillari yoki tarjima pragmatikasi deb yuritiladi [10].
O‘z o‘rnida pragmatik
omillar gender leksikasi tarjimasi muqobilligiga erishishda ham xizmat qiladi. Masalan,
E.
Hemengueyning “Alvido, qurol” asaridagi
«
Девушки
здесь
увидели
что
такое
фронт»
jumlasini bilvosita rus tilidan “
Bu onasi o‘pmagan
oyimtillalar
urush nimaligini
shu yerga kelib bilishdi
” shaklida berilishida ham aynan pragmatik tag ma’
no kuzatiladi
[11]. O‘zbek tilidagi “oyimtillalar” so‘zini tarjimada bu yo‘sinda salbiy ma’noda ishlatish
orqali, tarjimon muallif tomonidan berilmoqchi bo‘lgan fikrni ziyodasi bilan o‘quvchiga
yetkaza olgan deb o‘ylaymiz.
Mutarjim gender leksikasi tarjimasida qanchalik pragmatik
salohiyatini ishga solsa, shunchalik yaxshi natijaga erishadi, chunki badiiy asar tarjimasi
tag zaminida albatta tarjimonning o‘quvchi uchun muvoffaqiyatli xizmat qilishi yotadi.
XULOSA
Yuqoridagi barcha mezonlar ketma-ket uzviylikda bir-birini to
‘
ldirib, tarjima
mukammalligiga erishishda tarjimonga qo
‘
l keladi va gender leksikasining badiiy asar
tarjimasi muqobilligida ham samarali yordan beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI:
1.
Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси
.
Э ҳарфи
–
Тошкент: «Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси»
Давлат
илмий
нашриёти
, 2005.
–
Б
.31.
2.
Ochilov. E. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (o‘quv qo‘llanma).
-T.,2012.B.40.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
16
3.
Salomov G‘.Tarjima nazariyasi asoslari.–Toshkent: O‘qituvchi, 1983.
-B.107.
4.
Nematova.N. Analysis of the English translation of phraseological units in the
novel "The Scorpion from the Altar"// Asia pacific journal of marketing and management
review. Impact factor: 7.603 Vol. 11, Issue 06, 2022.-B.36.
5.
G
‘a
furov.I. Mo
‘
minov.O. Qambarov.N. Tarjima nazariyasi.
–
Toshkent: Tafakkur-
Bo‘stoni, 2012.B.
106.
6.
Ochilov. E. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (o‘quv qo‘llanma).
-T.,2012.B.87.
7.
G‘afurov.I. Mo‘minov.O. Qambarov.N. Tarjima nazariyasi.
–
Toshkent: Tafakkur-
Bo‘stoni, 2012.B.100.
8.
Xoshimov.O`. Ikki eshik orasi.
–
Toshkent: Sharq nashriyoti, 2012. B.42.
9.
Qodiriy A. O‘tkan kunlar. –
Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at
nashriyoti, 1980.
–
B.34.
10.
Sirojiddinov.Sh. Odilova.G. Badiiy tarjima asoslari.-Toshkent: Mumto
‘
z so
‘
z,
2011.-B.13-14.
11.
Dosbayeva.N. Tarjima nazariyasi va amaliyoti. 5111400
–
Xorijiy til va
adabiyoti talabalari uchun o
‘
quv uslubiy majmua.
–
Namangan.: Namangan davlat
universiteti, 2021.-B.52.