Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The appearance of visual arts programs on the "Madaniyat
va ma’rifat" and "O‘zbekiston tarixi" television and radio
channels of the TV and Radio Company of Uzbekistan
Barno USMANOVA
1
National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
10 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
25 October 2024
The role of television in solving processes and problems in the
field of contemporary fine arts and introducing them into the
consciousness of the audience is incomparable. The activities of
television in Uzbekistan, the changes taking place in the field of
television journalism, the content of television programs, the
problems raised in them, today's audience demand, the
relationship between television and viewers, issues of artistic
mastery in broadcast programs have been studied by a number
of journalists and researchers.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
TV and Radio Company of
Uzbekistan,
"Madaniyat va ma'rifat"
channel,
"O‘zbekiston tarixi" channel,
broadcast,
visual arts,
journalist.
Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat”
va “Oʻzbekiston tarixi” telekanallaridagi tasviriy san’atga
oid koʻrsatuvlar qiyofasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
Oʻzbekiston
teleradiokompaniyasi,
“Madaniyat va ma’rifat”
kanali “Oʻzbekiston tarixi”
kanali, koʻrsatuv,
tasviriy san’at,
jurnalist.
Zamonaviy tasviriy san’at sohasidagi jarayonlar va
muammolarning yechimida va ularni auditoriya ongiga
singdirishda televideniyening o‘rni beqiyos. O‘zbekistonda
televideniye faoliyati, telejurnalistika sohasida amalga
oshirilayotgan
o‘zgarishlar,
teledasturlarning
mazmun-
mundarijasi, ularda ko‘tarilayotgan muammolar, bugungi
auditoriya talabi, televideniye va tomoshabin munosabatlari,
efirga uzatilayotgan ko‘rsatuvlarda badiiy mahorat masalalari
bir qator jurnalistlar, tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan.
1
PhD student, Faculty of Journalism, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2024) / ISSN 2181-3701
384
Облик программ по изобразительному искусству на
телеканалах «Маданият ва маърифат» и «O‘zbekiston
tarixi» телерадиокомпании Узбекистана
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Телерадиокомпания
Узбекистана,
канал «Маданият ва
маърифат»,
канал «O‘zbekiston tarixi»,
передача,
изобразительное
искусство,
журналист.
Роль телевидения в решении процессов и проблем в
области современного изобразительного искусства и
внедрении их в сознание аудитории несравнима.
Деятельность телевидения в Узбекистане, изменения,
происходящие в сфере тележурналистики, содержание
телепрограмм, проблемы, поднимаемые в них, сегодняшний
спрос аудитории, отношения между телевидением и
зрителями, вопросы художественного мастерства в
транслируемых передачах изучались рядом журналистов и
исследователей.
Tasviriy
san’atga
oid
ko‘rsatuvlar
muntazam
ravishda
O‘zbekiston
Teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” va “O‘zbekiston tarixi” kanallarida efirga
qo‘yib boriladi. “Madaniyat va ma’rifat” telekanali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2012-yil 30-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining raqamli
telekanallari sonini oshirish, ulardan to‘liq formatda foydalanish, sifatli boyitish va xizmat
ko‘rsatish to‘g‘risida” gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Ushbu qaror bilan telekanal oldiga
quyidagi aniq vazifalar qo‘yildi:
Aholining madaniy va ma’rifiy darajasini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda
ilmiy kashfiyot va izlanishlar, madaniy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish,
O‘zbekiston xalqining boy madaniy-ma’rifiy merosini asrab-avaylash va yanada boyitishga
qaratilgan badiiy jihatdan yuksak saviyadagi ma’naviy, ilmiy-ommabop va madaniy-
ma’rifiy teledasturlarni yaratish;
Translatsiyaning turli zamonaviy interfaol shakllari va usullari, raqamli va
multimediyali texnologiyalarning imkoniyatlaridan keng foydalangan holda mamlakat
aholisi hamda xorij jamoatchiligini O‘zbekiston Respublikasining madaniy va ilmiy
hayotida yuz berayotgan muhim voqealar to‘g‘risida har tomonlama xabardor qilish,
yurtimiz musiqa, teatr va tasviriy san’atining eng sara namunalarininamoyish etish, milliy
adabiyot va san’atimizning taniqli namoyondalari hayoti va ijodi to‘g‘risida
teleko‘rsatuvlar tayyorlash;
Mamlakat aholisini, eng avvalo, yoshlarni fan, madaniyat va san’at sohasida dunyo
miqyosida erishilayotgan ilg‘or yutuqlar bilan har tomonlama va xolisona tanishtirish,
insoniyatning madaniy va intellektual merosini hamda yetakchi xorijiy o‘quv, ilmiy va
madaniy markazlarining faoliyatini ommalashtirish [1-158 b].
Ushbu vazifalardan kelib chiqib “Axborot-tahliliy dasturlar”, “Madaniy-badiiy
dasturlar”, “Ma’naviy-tarbiyaviy dasturlar”, “Ilmiy-ma’rifiy dasturlar”, “Kino,
videomahsulotlar va tezkor dublyaj” singari o‘z maqsadi va yo‘nalishiga ega beshta
muharririyat tashkil qilindi [1-158 b].
Tasviriy san’atga oid ko‘rsatuvni tayyorlashdan avval muallifga shunday talab qo‘yiladi,
ko‘rsatuvda ko‘tarilayotgan asar mazmunini to‘la anglash, tushunish uchun, avvalo, rassom
yashagan yurt, davr, qolaversa, uning shaxsiyatidan xabardor bo‘lish kerak. Zero, har qanday
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2024) / ISSN 2181-3701
385
ijodkor asarini dastavval o‘z ichki dunyosida, xayolot olamida yaratadi. “Madaniyat va
ma’rifat” kanalida aynan tasviriy san’atga oid juda ko‘plab ko‘rsatuvlar
efirga uzatilmoqda, bular: “Buyuk siymolar”, “Tasviriy san’at ustalari”, “Art sayohat”
“5 O‘lcham” kabi ko‘rsatuvlar efirga uzatilib kelmoqda. Yuqoridagi ko‘rsatuvlarning
tayyorlashda mualliflik qilgan jurnalistlar faoliyatiga nazar tashlasak. Taniqli va iqtidorli
jurnalist, 2016-yil – yilning eng yaxshi shoirasi “E’tirof” milliy mukofotiga loyiq topilgan, 2018-
yili “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘lgan Zebo Mirzaeyeva “O‘zbekiston” “Yoshlar”
telekanallarida doimiy tasviriy san’atga oid ko‘rsatuvlarning muallifidir. Tasviriy san’at
ustalarini kartinalarini bu qadar mohirona tasvirlashiga jurnalistning yoshligidan rang
tasvirga qiziqishi, maktab davridayoq ko‘rik-tanlovlarda qatnashib ketma-ket g‘oliblikni
qo‘lga kiritganligi bo‘lgan. Zebo Mirzayevaning she’r va rang olamidagi qiziqishlari
keyinchalik “O‘zbekiston” teleradiokanali, so‘ngra “Madaniyat va ma’rifat” [2] telekanali orqali
muntazam berib boriladigan “Rangin dunyo” hamda “Ijod sirlari” ko‘rsatuvlarida yorqin
namoyon bo‘ldi. Rangtasvir va amaliy san’at ustalari, qo‘li gul hunarmandlar haqidagi teran,
falsafiy va mazmunli ko‘rsatuvlari, ijtimoiy-siyosiy va tarixiy ildizlari ila ochib berguvchi
filmlari bilan nafaqat tomoshabinlar e’tiboriga, balki madaniyat va san’at sohasining yetuk
mutaxassislari e’tiroflariga ham sazovor bo‘ldi.
“5-O‘lcham” ko‘rsatuvining har bir sonida rassomlarning ijodiy asarlari
san’atshunoslar tomonidan tahlil qilinadi. Asar yaratilgan davr, rassomning ichki
kechinmalari va mahorat haqida fikr almashinadi. Ayniqsa, Pablo Pikaso asari “Gernika”
kartinasi yaratilishi tarixi va uning jahon san’atidagi o‘rni haqida to‘liq ma’lumot beriladi.
O‘zbekiston xalq rassomlari Akmal Ikromjonov, Rustam Xudayberganovlarning asar
haqida ta’rifi yanada ko‘rsatuvning reytingini ko‘tarishga hissa qo‘shgan [3].
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Radio va televideniye: Oʻquv-uslubiy qoʻllanma // Alisher Xadjayev, Shuhrat
Hayitov –T.: IJOD-PRESS, 2022.-560 b.
2.
Oʻz Arxiv 2016-yil.
3.
https://rutube.ru/video/dd2f4b1f24c390a900de907f3fa00a6d/?r=wd
