Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Onomasiological study of diplomacy terminology in
different systemic languages
Akmal MUSAYEV
Andijan State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
10 July 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
25 August 2024
Currently, several aspects are distinguished in the field of
terminology, with the onomasiological aspect holding a special
place. The most effective methods for studying English and
Uzbek terminology related to diplomacy involve organizing the
terminology of the field through semantic, morphological, and
syntactic analysis, including term modeling. The formation of
diplomatic terms from a structural-semantic perspective
includes terms that arise through meaning transfer methods,
such as metaphor and metonymy. For example, terms like
"issuing passports" or "confirming authority" are formed using
these techniques.
2181-
3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
terminology,
syntactic analysis,
structural-semantic aspect,
metaphor and metonymy
Turli tizimli tillarida diplomatiya sohasiga oid
terminologiyani onomasiologik o‘rganish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
terminshunoslik,
sintaktik tahlillar,
struktur-semantik jihati,
metafora va metonimiya.
Terminshunoslik sohasida hozirgi vaqtda bir qator jihatlar
ajralib turadi, onomasiologik jihat terminologiyada ular orasida
alohida o‘rin tutadi. Ingliz va o‘zbek tillari diplomatiya sohasiga
oid terminologiyani o‘rganishning eng samarali usullari
terminlarni modellashtirish shu jumladan, semantik, morfologik
va sintaktik tahlillar orqali soha terminologiyasini tartibga solish
imkonini beradi. Diplomatiyaga oid terminlarning struktur-
semantik jihatiga ko‘ra termin sifatida shakllanishi, uning
1
Teacher, Andijan State Institute of Foreign Languages. E-mail:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
245
tarkibiy qismi bo‘lmish metafora va metonimiya kabi ma’no
ko‘chish usullari asosida paydo bo‘lgan atamalarni o‘z ichiga
oladi, masalan, pasportlarini berish, yoki tasdiqlash vakolatiga
ega
Ономасиологическое
изучение
терминологии
дипломатии в разных системных языках
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
терминология,
синтаксический анализ,
структурно
-
семантический аспект,
метафора и метонимия
.
В состав дипломатического термина как термина по
структурно
-
семантическому аспекту входят термины,
возникающие на основе входящих в его состав способов
передачи значения, таких как метафора и метонимия,
например, выдача паспортов или подтверждение власти. В
настоящее время в области терминологии выделяют ряд
аспектов, среди которых особое место в терминологии
занимает
ономасиологический
аспект.
Наиболее
эффективные методы изучения английской и узбекской
терминологии,
связанной
со
сферой
дипломатии,
позволяют систематизировать терминологию данной
сферы посредством семантического, морфологического и
синтаксического анализа, включая терминологическое
моделирование.
Terminshunoslik sohasida hozirgi vaqtda bir qator jihatlar ajralib turadi,
onomasiologik jihat terminologiyada ular orasida alohida o‘rin tutadi. Ingliz va o‘zbek
tillari diplomatiya sohasiga oid
terminologiyani o‘rganishning eng samarali usullari
terminlarni modellashtirish shu jumladan, semantik, morfologik va sintaktik tahlillar
orqali soha terminologiyasini tartibga solish imkonini beradi.
Diplomatiyaga oid terminlarning struktur-
semantik jihatiga ko‘ra termin sifatida
shakllanishi, uning tarkibiy qismi bo‘lmish metafora va metonimiya kabi ma’no ko‘chish
usullari asosida paydo bo‘lgan atamalarni o‘z ichiga oladi, masalan, pasportlarini beris
h,
yoki tasdiqlash vakolatiga ega
Persona non grata
-Persona non grata.
A Latin phrase meaning “unwelcome
person”
. As a legal term, it refers to the practice of a state prohibiting a diplomat from
entering the country as a diplomat, or censuring a diplomat already resident in the country
for conduct unbecoming of the status of a diplomat. (Lotincha ibora
“nomaqbul odam”
degan ma’noni anglatadi. Yuridik atama sifatida bu davlatdagi diplomatning diplomat
sifatida mamlakatga kirishini taqiqlash yoki mamlakatda yashovchi diplomatni diplomat
maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan xatti
-
harakatlari uchun qo‘llash amaliyotini anglatadi
.
Tadqiqot tahlillarimiz natijasi shuni ko‘rsatadiki, diplomatiya sohasiga oid terminlarining
metafora usuli asosida shakllanishi quyidagilarni nazarda tutadi: 1) maxsus tushuncha va
umumiy ma’lum tushunchani taqqoslanishi; 2) ushbu ma’lum tushunchani ifod
alaydigan
so‘z bilan maxsus tushunchani belgisi ko‘zda tutilishi. Terminlarni chog‘ishtirish yagona
belgiga ko‘ra va bir nechta tushunchalarning o‘xshash tomonlari yoki jihatlari bo‘yicha
amalga oshirilishi mumkin[3.1]. Darhaqiqat terminlarni chog‘ishtiris
hda ham albatta bitta
asosiy belgi muhim o‘rin tutadi, bu belgiga ko‘ra bu tovushlarni o‘xshash yoki farqli
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
246
jihatlari ko‘rsatib beriladi. Ularning asosiy jihatlarini ochib berishda bu tomonlar o‘z
ahamiyatini yo‘qotmaydi.
Izlanishlarimiz asosida, soha terminologiyasida ma’no ko‘chishini asosan uch
tasnifga ajratdik. Jumladan: a) nomning shakli va funksiyasining o‘xshashligi bilan uzviy
bog‘liq ma’no ko‘chishi. Masalan:
Smart power
-aqlli kuch, The flexible and combined use of hard power
–
military
force or economic sanctions
–
and soft power
–
diplomatic and cultural influence
–
to
overcome a foreign policy challenge (tashqi siyosat muammosini yengish uchun qattiq
kuch
–
harbiy kuch yoki iqtisodiy sanksiyalar va yumshoq kuch-diplomatik va madaniy
ta’sirdan mosla
sh
uvchan va birgalikda foydalanish. M.T) Metonimiya asosida “tildan
tashqari voqelik obyektlarining nolisoniy xarakteristikalari va ular o‘rtasidagi
paradigmatik mu
nosabatlarning ayrim tiplarini aks ettirish sababli paydo bo‘lgan doimiy
umum ma’lumotlar yotadi[5.100].
b) nomning xususiyatlari va sifati bilan bog‘liq ma’no ko‘chishi: AKKLAM ATSI YA.
(lot. acclamatio - qichqiriq, hayqiriq) akklamatsiya diplomatik amaliyotda, shuningdek,
ba’zi parlamentlar, konferensiya, syezd, forum va boshqalarda reglament bo‘yicha ovoz
berishni o‘tkazmasdan qaror qabul qilish usulini anglatadi. Qaror ishtirokchilar reaksiyasi,
ya’ni masalaga munosabatlari: xitoblar, qarsaklar, joylaridan aytilgan luqma va
mulohazalardan kelib chiqqan holda qabul qilinadi. O‘tkazilayotgan tadbirlarning ra
smiy
bayonnoma (protokol)larida, odatda, “qaror akklamatsiya yo‘li bilan qabul qilinadi”, degan
belgi qo‘yiladi.
A.F.Juravlev terminlarga xos bo‘lgan muntazam metonimik ko‘chimlarni
mutatsiyalarga, ya’ni muntazamligi, standartligi bilan xarakterlanadigan, ammo tilda
uning sohibiga sezilmasdan yuzaga keladigan nominatsiyalarga ajratadi.[2.47]
c) nomning xususiyati bilan bog‘liq ma’no ko‘chishi: diplomatik audiyensiya. (lot.
audientia
- eshitish). Davlat rahbari, hukumat rahbari, tashqi ishlar vaziri yoki boshqa
hukumat a’zosi tomonidan diplomatik vakilni qabul qilish. Mahalliy protokol qoidalari,
diplomatik vakilning klassi (q.: Diplomatik klasslar va ranglar) va audiyensiya
xarakterid
an kelib chiqib, qabul tantanali yoki protokol marosimisiz o‘tkazilishi mumkin.
Davlat rahbariga o‘z ishonch yorlig‘ini topshirayotgan xorij diplomatik vakil qabul
i
tantanali ravishda o‘tkaziladi.
d) insonnin
g fiziologik, psixologik va uning ijtimoiy hayoti nomi bilan bog‘liq ma’no
ko‘chishi:
Cunning-ayyorlik
, showing inventiveness and skill In the 11th century during the
Song Dynasty (960
–
1279), there were cunning ambassadors such as Shen Kuo and Su Song
who achieved diplomatic success with the Liao Dynasty, the often hostile Khitan neighbor
to the north.
(Ixtirochilik va mahorat ko‘rsatish.
XI asrda Song sulolasi davrida (960
–
1279)
Shen Kuo va Su Song kabi ayyor elchilar bo‘lgan, ular shimoldagi ko‘pincha dushman
bo‘lgan, xitan qo‘shnisi bo‘lgan Liao sulolasi bilan diplomatik muvaffaqiyatga erishgan).
Tadqiq qilinayotgan soha termin namunalarida “terminning semantik strukturasida
turli kategoriyalar umumlashuvchi polisemiyaning alohida ko‘rinishi” mavjudligi haqidagi
fikrni tasdiqlaydi.[4.6] Xususan, misollar tarkibida qayd etilgan ingliz tilidagi “
age
” termini
,
o‘zbek tilidagi
diplomatik yosh
terminining ma’nosida metonimik uslubi bilan bog‘liq
ma’no ko‘chishidir yoki “konsul” –
“konsullik vakolati” tarzida ifodalangan. Bu termin
ikkala ma’noda ham diplomatik munosabatlar terminologiyasi sifatida iste’m
olida keng
qo‘llaniladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
247
Terminlarning mazkur jihatlarini hisobga olgan Y.I.Chupilina, “terminologik
variantga xos bo‘lgan kontekstual tiplar ko‘p ma’nolilikni bartaraf qiladi va fikrning bir
xilda tushunilishini ta’minlaydi”,
-
deb ta’kidlaydi[4.29].
Diplomatik terminlarning boshqa sohadagi terminlarga nisbatan umumiy
o‘xshashligi mavjud, diplomatiyaga oid terminlar boshqa sohadagi terminlar kabi bir
ma’nolik, o‘z sohasida qo‘llanilganda uslubiy neytral bo‘lishga intiladi, ma’lum bir turdagi
terminlar
qatoriga kiritiladi hamda so‘z yasalishining umumiy qonunlari bo‘yicha hosil
bo‘ladi. Lekin ushbu sohadagi terminlarga xos xususiyat bu o‘zlashgan xalqaro
terminlarning ko‘pligidan darak beradi. Avvalgi faslimizda ta’kidlanganidek lotin va
fransuz tillari diplomatiyaning rivojlanish tarixida katta ahamiyatga ega. Shuning uchun
ham ushbu tillardagi so‘zlar ingliz va o‘zbek tilida faqatgina diplomatiya va xalqaro huquq
sohalarida qo‘llaniladi, lotin va fransuz tillarida esa bu so‘zlar maxsus bo‘lmagan
ma’nolarga ham ega bo‘ladi.
Attaché
-
“diplomatik vakolatxona ishchisining mansabi” fransuz tilida esa
“biriktirilgan”, “hisobga kiritilgan” degan ma’nolarni ham beradi;
Demarche-
“boshqa mamlakat hukumati oldidagi rasmiy murojaat, masalan,
siyosatni qo‘llab
-quvvatlash murojaati yoki mezbon davlatning siyosat yoki xatti-
harakatlaridan norozi bo‘lib murojaat qilish; fransuz tilida esa “yurish
-
turish”, “xatti
-
harakat” degan ma’nolarni anglatadi;
Advement-
“diplomatik vakil sifatida ma’lum bir shaxsni tayinlashga davlat
rahbarining roziligi”; fransuz tilida esa “rozilik”, “mamnuniyat” degan ma’nolarni ham
anglatadi;
Concul-
ma’lum bir davlatning boshqa bir davlat shahridagi diplomatik aloqalarni
o‘rnatish va o‘z davlati fuqarolarining huquqlarini himoya qiluvchi mas’ul shaxs;
Convention- xalqaro bitimlarning nomlanishi;
Accreditation-akkreditatsiya-
diplomatik vakil tayinlash jarayoni va boshqa ko‘plab
misollar keltirish mumkin.
Diplomatik hujjatlardagi atamalar leksikasining yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan
biri bu umum qabul qilingan xalqaro lotin tilidagi iboralarning o‘zbek tilidagi tarjimasida
assimilyatsiyaga uchraganligidir. Ba’zida o‘zbek tilidagi diplomatiyaga oid mat
nlarda
o‘zbek harflari bilan “persona non grata”, “status kvo” va boshqa ko‘plab lotin iboralarini
uchratishingiz mumkin. Lekin ko‘p xalqlarda lotin yozuvi o‘zgarmasdan hujjatga
tushiriladi. Bu turdagi iboralarning ko‘pligi diplomatiyada alohida e’tiborga
ega:
Ne varietur -
(so‘zma
-
so‘z tarjima qilinganda “o‘zgarmaydi”) diplomatiyaga oid
matn rasmiylashtirilganda unga hech qanday to‘g‘rilash yoki o‘zgartirishlar kiritilmaydi,
degan ma’noni beradi;
Modus procedendi
–
(so‘zma
-
so‘z tarjima qilinganda “
xatti-
harakat ko‘rinishi”)
diplomatiyaga ma’lum bir majburiyat qanday tartibda amalga oshirilishi lozimligini
ifodalaydi;
Ad referendum-
(so‘zma
-
so‘z tarjimada “qaratish yoki xabar qilishi kerak bo‘lgan
holat yoki narsa”) “yuqori instansiya ma’qullashi sharti bilan” degan maxsus ma’noni
beradi.
Ba’zi hollarda lotin iboralari bosh harflari bilan ifodalanadi. Masalan, a.i yoki p.i.,
ya’ni ad interim yoki par interim “muvaqqat” atamasi biror bir shaxsning vaqtincha
mansab egallab turganini ifodalaydi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
248
Diplomatiyaga oid atamalar mustahkam va an’anaviy bo‘lishiga qaramasdan,
davlatlardagi siyosiy-
ijtimoiy islohotlar va jahon hamjamiyatidagi o‘zgarishlarning keng
tarqalishi ushbu atamalarning o‘zgarishi kengayishiga olib keldi. Jumladan XX asr boshi va
o‘rtalarigacha chop etilgan diplomatik izohli lug‘atlarda “revanshizm”, “genotsid”,
“konstruktiv” kabi terminlar diplomatik hujjatlarda ko‘rsatilmagani sababli uchramaydi.
Diplomatik hujjatlar leksikasini umumadabiy leksika bilan qiyoslaganda, atamalar
va umumadabiy so‘zlar o‘rtasida o‘ziga xos sinonimik munosabatlar paydo bo‘lishini
kuzatish mumkin.
Sinonimlarning mavjud barcha tasniflari umuman olganda ikki asosiy guruhga, ya’ni
ideografik va uslubiy sinonimlar guruhiga birlashadi. Lekin ba’zi sinonimlar, diplomatik
hujjatlar tahlili jarayonida, ushbu ikki guruhga taalluqli bo‘lmaydi:
Preambula -kirish yoki kirish qismi;
Ratification -tasdiqlash;
Denunciation-bekor qilish;
Authentic -asl, haqiqiy.
Shuni ta’kidlash joizki, bu so‘zlar faqatgina xalqaro bitimlar va hujjatlarda uchraydi.
Bunday turdagi so‘zlarni boshqa nutq janrlarida qo‘llanilishi, so‘zning ma’lum bir janrga
nomutanosib ekanligini ko‘rsatish uchun tayin foydalanilgan uslubiy usuldir.
Bunday so‘zlarni oddiy ideografik sinonimlar qatoriga kirit
ish mumkin emas va ular
faqatgina diplomatik hujjatlarda qo‘llaniladi.
Shu bilan birga bunday so‘zlarni uslubiy sinonimlar tushunchasiga ham kiritib
bo‘lmaydi, chunki ular faqat nutq sohasida qo‘llanibgina qolmay, balki diplomatiya va
xalqaro huquq sohasidagi hujjatlarga birikkanligi bilan ajralib turadi. Shunday qilib ushbu
turdagi so‘zlarni funksional sinonimlar deb ham atasa bo‘ladi. Diplomatik hujjatlar boshqa
nutq bilan bog‘liq aloqa sohalari kabi umumadabiyot tildan o‘zlashgan, uslubiy jihatdan
bo‘yalgan va neytral ekvivalentlar (sinonimlar)ga ega bo‘lgan leksika, so‘z va iboralarni o‘z
ichiga qamrab oladi. Ushbu leksikada diplomatik hujjatlarning ahamiyatiga mos keluvchi
umumiy kitobiy leksika tantanalilik va ahamiyatlilikni hosil qiluvchi vositalar sirasiga
kiradi. Masalan, rasmiy axborotlarda biror bir davlat rahbari boshqa bir davlatga kelsa, uni
“yuqori martabali mehmon”, “yetib keldi” emas “tashrif buyurdi”, “ketib qoldi” emas
“jo‘nab ketdi”, u yashaydigan binoni “rezidensiya” yoki aniqrog‘i “qarorgohi”, rasmiy
qabullarda “xotini bilan” emas balki “rafiqasi bilan” deb ta’kidlanadi.
Diplomatiya tilida boshqa turdagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan so‘zlar ham
uchrab turadi. Ular to‘liq atamalar qatoriga kiritilmaydi va shu bilan birga umumadabiy
tilda sinonimlarga ham ega bo‘lmaydi. Ular diplomatiya va xalqaro huquqdagi
tushunchalarni ifodalash uchun emas, balki xalqaro diplomatik muomalani ifodalash
uchun qo‘llaniladi. “Xalqaro xushmuomalalik to‘liq atama xususiyatiga ega bo‘lgan
tushuncha bo‘lib, u yuridik tomondan majburiy bo‘lmagan, davlatlar o‘rtasida do‘stona
munosabatlarni
o‘rnatish uchun amaliy jihatdan qulay bo‘lgan xalqaro diplomatiya
amaliyotida qo‘llaniluvchi qoidalar majmuasidir”[1.1]. Diplomatik xushmuomalalik turlari
juda ko‘p, serqirra va murakkab bo‘lib, diplomatik munosabatlarning liboslar turi, ishonch
yorliqlari taqdimoti, tashrif buyurish ketma-ketligi, qabul payti mehmonlarni joylarga
o‘tqazish kabi ko‘rinishlarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro xushmuomalalikni nutq ko‘rinishlari
turli bo‘lib, ular katta ahamiyatga ega.
Diplomatik hujjatlar rasmiyligi va ahamiyatliligi sababli unda badiiy ekspressiv
elementlarni yo‘q deb hisoblash noto‘g‘ri. Albatta shu elementlar ma’lum jihat
dan rasmiy
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
249
hujjatlarga qo‘yiladigan umumiy talablarga bo‘ys
unadi va chegaralanadi. Diplomatik
hujjatlarda uchraydigan ekspressiv va obrazli xususiyatlar uch guruhga ajratiladi. Birinchi
guruhga barcha davlatlardagi diplomatik hujjatlarda qo‘llaniluvchi “xalqaro” obrazlilik
usullari kiradi. Xalqaro diplomatik amaliy
otda davlatlar poytaxtlarni ko‘chalar yoki binolar
metonimiya yo‘li bilan biror bir davlat yoki tashqi ishilar vazirligini ifodalash ushbu
turdagi usullar qatoriga kiradi. Masalan, “
” AQSh hukumati yoki
Prezidenti tushunchasini ifodalaydi, chunki ushbu binoda AQSh prezidenti qarorgohi
mavjud; “Downing Street” Angliya bosh vaziri tushunchasini bildiradi, chunki mazkur
ko‘chada Angliya Bosh vaziri qarorgohi bor; “
” Fransiya hukumati
tushunchasini ifodalab, u joyda Fransiya prezidentining qarorgohi joylashgan.
Ikkinchi guruhga ham xalqaro diplomatiyada qo‘llaniluvchi obrazli ifodalarni
kiritishmiz mumkin. Lekin birinchi guruhdan farqli o‘laroq, ushbu guruhga taalluqli
badiiy-
ekspressiv so‘zlar xalqaro siyosatdagi ma’lum hodisalar yoki doktrinalarni
ifodalaydi. M
isol uchun keltiradigan bo‘lsak, “sovuq urush” ingliz tilida “cold war”
iborasidagi “sovuq” so‘zi yangi, ko‘chma ma’noga ega bo‘lib, “tajovuzlar” “g‘arazli” degan
tushunchani hosil qiladi.
Uchinchi guruhga kiruvchi badiiy ekspressiv til vositalari xalqaro diplomatik
xarakterga ega emas va ular turg‘un bo‘lmaydi. Ular faqat biror
-bir davlat tilidagi
diplomatik hujjatlarga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Notalar va hukumat bayonoti kabi rasmiy hujjatlarda davlat yuzaga kelgan xalqaro
vaziyatni tasdiqlabgina qolmay, boshqa vaziyatlar yuzasidan o‘z munosabatini ham
bildiradi. Ushbu munosabatni ifoda etish uchun turli xildagi umumadabiy ekspressiv
ifodali vos
italar qo‘llaniladi.
Rasmiy ish yuritish uslubining bir turi bo‘lgan diplomatik hujjatlar tilida quyidagi
o‘ziga xos xususiyatlar kuzatiladi:
1.
Xalqaro atamalarning ustunlik qilishi. Ularning ko‘pchiligini lotin va fransuz
tilidan o‘zlashgan atamalar tashkil etib, ularning ba’zilari assimilyatsiyaga uchramagan
holda, hatto lotin harflari bilan yozib qo‘llaniladi;
2.
Umumadabiyot so‘zlariga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan
funksional sinonimlarning qo‘llanilishi. Ular diplomatik hujjatlarga turg‘un ma’noga ega
bo‘lishi va qo‘llanilishi sohasida muhim ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi;
3.
Kitobiy uslubga ega bo‘lgan umumadabiy til leksikasini tanlab olish, ushbu
uslubiy bo‘yoqlarga ega bo‘lgan leksika diplomatik hujjatlarning tantanaligini va
ahamiyatliligini ifodalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi;
4.
Xalqaro diplomatik xushmuomalalikni yoki axloq-odobni ifodalash uchun
qo‘llaniladigan leksikaning mavjudligi;
5.
Iboralar qatoriga kirmaydigan, lekin turg‘un so‘z birikmalarining mavjudligi. Ular
tayyor til vositalari sifatida qo‘llanilib, frazeologik birliklar kabi mazmun va grammatik
o‘zgarishlarga uchramaydi;
6.
Obrazli ifodalarning ba’zi elementlarini qo‘llanilishi. Ularning bir qismi “xalqaro”
so‘zlar qatoriga kiritilib, ko‘p davlatlarning diplomatik hujjatlaridagi uslubni ifodalab,
boshqa jihatlaridan publitsistik uslubga yaqin bo‘ladi.
Ma’lum turdagi xalqaro diplomatik hujjatlar pragmatik va kompozitsion
tuzilishining qiyosiy tahlili xalqaro faoliyat hujjatlarining matnlari diplomatik ish
faoliyatining muayyan qoidalari asosida tuzilishini ko‘rsatadi. Ushbu matnlarni tashkil
etuvchi aloh
ida qismlarning o‘zaro aloqasi va ketma
-ketligi yaxlitlik tamoyiliga asoslanadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
250
Bu jarayonda hujjatlarning shakli passiv omil bo‘lmaydi, aksincha u hujjat mazmuni bilan
chambarchas bog‘liq, oxirgisining shakllanishi va rivojlanishi uchun xizmat qiladi.
Maxsus diskursning umumiy maqsadi orqali ulardagi atamalar mazmun mohiyatini
aniqlab olsa bo‘ladi. Atamalar maxsus leksikaning asosiy birliklari sifatida diskurs
matnlarida bevosita maqsadda qo‘llaniladi, shuning uchun ularning qo‘llanilishi
leksikografik qayd qilingan mazmunga mos kelishi talablariga javob berishi lozim.
Diplomatik leksikaning o‘zaro tizimli munosabatlari asosan diplomatiya tilidagi tor
ixtisosli diplomatik leksika bilan birga xalqaro huquq atamalari, siyosatga oid atamalar,
iqtisodiyotga oid atamalar, harbiy atamalar va boshqa sohalarga oid atamalarning
q
o‘llanilishi jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ba’zida maxsus leksikaning turli qatlamlaridagi o‘zaro munosabat juda murakkab
bo‘lib, atamalar tizimidagi u yoki bu leksemalar guruhini qaysi sohaga mansubligini
aniqlab olish murakkab bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Дипломатисеские словарь. Т1, Ь., Государственное изд
-
во политической
литературы. 1960.
2. Журавлев А.Ф. Технические возможности русского языка в области
предметной номинации / Способы номинации в русском языке / Под ред. Д.Н.
Шмелева. –
М., 1982. –
С.47.
3. Николаева О.А. Терминология текстильного материаловедения. Автореф.
дисс....канд .филол. наук. –
Иваново, 2006.
4. Чупилина Е.И. Место термина в лексико
-
семантической системе языка //
Вопросы терминологии и лингвистической, статистики. –
Воронеж: 1972. –
С.26.
5. Языковая номинация: виды наименований. кн.
II.
–
М.: Наука, 1977. –
С.100.
