Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Content, structural composition, and developmental
criteria for enhancing the methodological competencies of
future primary education teachers based on pedagogical
collaboration
Nodirabegim OLIMOVA
1
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2025
Received in revised form
15
May 2025
Accepted 25
June 2025
Available online
15
July 2025
This article explores the content, structural components, and
development criteria of pre-
service primary school teachers’
methodological
competencies
based
on
pedagogical
collaboration. It analyzes the key elements of methodological
competence, including cognitive, practical, reflective, innovative,
and cooperative components. The study substantiates the role of
pedagogical collaboration in methodological training, referring
to the educational policy documents of the Republic of
Uzbekistan. The article also provides practical recommendations
for developing professional competencies in future teachers.
2181-3663
/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4-pp29-34
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
methodological competence,
pedagogical collaboration,
primary education,
professional training,
innovative approach.
Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining metodik
kompetensiyalarini
pedagogik
hamkorlik
asosida
rivojlantirishning mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va
rivojlanish mezonlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
metodik kompetensiya,
pedagogik hamkorlik,
boshlang‘ich ta’lim,
kasbiy tayyorgarlik,
innovatsion yondashuv.
Ushbu
maqolada
bo‘lajak
boshlang‘ich
ta’lim
o‘qituvchilarining metodik kompetensiyalarini pedagogik
hamkorlik asosida rivojlantirishning mazmuni, tarkibiy
tuzilmasi va rivojlanish mezonlari yoritilgan. Unda metodik
kompetensiyaning asosiy tarkibiy qismlari
–
bilim, amaliy,
reflektiv, innovatsion va hamkorlik komponentlari tahlil
qilingan. Pedagogik hamkorlikning metodik tayyorgarlik
1
Lecturer, Fergana State University. E-mail: nodirabegim3363@icloud.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
3
№
4 (2025) / ISSN 2181-3701
30
jarayonidagi o‘rni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim siyosati
hujjatlari asosida asoslab berilgan. Maqola bo‘lajak
o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish bo‘yicha
amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Содержание, структурная система и критерии развития
методических
компетенций
будущих
учителей
начальных классов на основе педагогического
сотрудничества
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
методическая
компетенция,
педагогическое
сотрудничество,
начальное образование,
профессиональная
подготовка,
инновационный подход.
В статье раскрыты содержание, структурная композиция
и критерии развития методических компетенций будущих
учителей начальных классов на основе педагогического
сотрудничества. Рассмотрены основные компоненты
методической компетенции: когнитивный, практический,
рефлексивный,
инновационный
и
кооперативный.
Обосновано значение педагогического сотрудничества
в процессе методической подготовки на основе
нормативных документов образовательной политики
Республики Узбекистан. В статье приведены практические
рекомендации по формированию профессиональных
компетенций у будущих педагогов.
KIRISH
Ta’lim sifatini oshirish, kompetensiyali pedagog kadrlarni tayyorlash hamda
zamonaviy ta’lim talablari asosida boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirish bugungi
kundagi dolzarb ilmiy-
pedagogik masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich
ta’lim o‘qituvchisining metodik kompetensiyasi –
bu nafaqat pedagogik bilimlar va
ko‘nikmalar majmui, balki uning kasbiy refleksiya, innovatsion yondashuv, didaktik
dizayn, muammoli vaziyatlarda samarali qaror qabul qilish va ta’lim jarayonini
optimallashtirish
salohiyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kompleks kasbiy sifatdir.
Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining metodik kompetensiyasini pedagogik
hamkorlik asosida rivojlantirish esa, o‘qituvchi tayyorlash jarayonida amaliyot bilan
integratsiyalashgan,
ko‘p darajali o‘zaro ta’sirga asoslangan yondashuvni nazarda tutadi.
Pedagogik hamkorlik
–
bu universitet, maktab, mentor-
pedagoglar va talabalar o‘rtasida
o‘zaro axborot almashinuvi, kasbiy muloqot va refleksiv tahlilga asoslangan interaktiv
hamkorlik mexanizmini shakllantiradi.
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining metodik
kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishning mazmuni, tarkibiy tuzilmasi hamda
rivojlanish mezonlari chuqur tahlil qilinadi. Xususan, kompetensiyaviy yondashuv,
andragogik prinsiplar, konstruktivistik ta’lim modeli, hamkorlikka asoslangan o‘qitish
(collaborative learning), shuningdek, mentorlik tizimi va faoliyatga yo‘naltirilgan
yondashuvlar asosida samarali modellar ishlab chiqiladi.
Mavzuni yoritishd
a xorijiy mamlakatlar tajribasi va O‘zbekiston ta’lim tizimidagi
mavjud imkoniyatlar tahlil qilinadi, shuningdek, metodik kompetensiyaning diagnostika
mezonlari, baholash indikatorlari va rivojlanish bosqichlari ilmiy-nazariy asosda
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
3
№
4 (2025) / ISSN 2181-3701
31
yoritiladi. Bu esa ta’lim sifatini oshirish, kasbiy rivojlanishni tizimlashtirish va bo‘lajak
pedagoglarning amaliy tayyorgarligini chuqurlashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi.
ASOSIY QISM
Metodik kompetensiyani shakllantirishda pedagogik hamkorlikning ahamiyati davlat
si
yosati darajasida e’tirof etilgan bo‘lib, bu masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 6-apreldagi PF
–
6195-
sonli “Ta’lim
-tarbiya tizimini tubdan takomillashtirishga doir
Milliy dastur to‘g‘risida”gi farmonida aniq belgilab berilgan. Farmonda
pedagog kadrlarni
tayyorlashda innovatsion va integrativ yondashuvlarni joriy etish, kasbiy kompetensiyalarni
chuqurlashtirish va oliy ta’lim muassasalari bilan amaliyot bazalari o‘rtasida uzviy aloqani
yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlanadi. Ushbu siyosiy
-huquqiy asos metodik kompetensiyani
pedagogik hamkorlik orqali shakllantirishni davlat strategiyasi bilan uyg‘unlashtirish
zarurligini ko‘rsatadi. Aynan mazkur yondashuv asosida metodik tayyorgarlikning mazmuni
–
ta’lim mazmunini tushunish, o‘quvchilarning
rivojlanishiga mos o‘qitish usullarini tanlash,
darsni loyihalash, o‘quv yutuqlarini tahlil qilish, baholash va refleksiya orqali kasbiy o‘sishni
ta’minlash kabi elementlar bilan boyitiladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik kompetensiyasi quyidagi tarki
biy komponentlar
asosida shakllanadi:
▪
bilim komponenti
–
nazariy bilimlar majmui;
▪
amaliy komponent
–
o‘quv jarayonini tashkil etish ko‘nikmalari;
▪
reflektiv komponent
–
o‘z faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish qobiliyati;
▪
innovatsion komponent
–
yangicha texnologiyalarni joriy etish layoqati;
▪
hamkorlik komponenti
–
jamoaviy muloqot va birgalikdagi faoliyatni tashkil etish
salohiyati.
Mazkur komponentlar integratsiyalashgan holda qaralganida, ularning o‘zaro
bog‘liqligi va
bir-
birini to‘ldirishi metodik kompetensiyaning mukammal shakllanishiga
zamin yaratadi.
Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020
-yilgi
“Pedagogik ta’lim sifatini oshirishning nazariy
-
metodik asoslari” tavsiyanomasida ham
m
etodik tayyorgarlikda bilim, amaliyot va refleksiya jarayonlarini uzviy bog‘lash,
talabaning har bir bosqichda pedagogik hamkorlikda faol ishtirokini ta’minlash zarurligi
alohida ta’kidlangan. Bu esa metodik kompetensiyani shakllantirishda izchil bosqichli
lik,
faol ishtirok va ko‘p tomonlama hamkorlikka asoslangan yondashuvning samaradorligini
yana bir bor isbotlaydi.
Hozirgi kunda
ta’lim tizimida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining metodik
kompetensiyalarini shakllantirish va u orqali ta’lim si
fati samaradorligini oshirish muhim
va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham bo‘lajak pedagoglarning
metodik bilim va ko‘nikmalarni chuqur egallashi, ularni amaliyotda samarali qo‘llay olishi
ta’minlanishi zarur. Bu esa o‘z navbatida, metodik kompetensiyaga ega bo‘lgan, o‘z kasbiga
mas’uliyat bilan yondashadigan malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan tizimli
yondashuvni talab etadi.
Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda va zamonaviy kompetensiya yondashuvi asosida
metodik kompetensiya q
uyidagicha ta’riflanadi.
Metodika (yunoncha
methodike
–
“tadqiqot yo‘li”, “uslub”) –
pedagogik faoliyatning
maqsadga yo‘naltirilgan, tizimli, rejalashtirilgan va ilmiy asoslangan tashkil etilishini
ta’minlovchi nazariy va amaliy bilimlar majmui bo‘lib, o‘
qitish jarayonining mazmuni,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
3
№
4 (2025) / ISSN 2181-3701
32
shakli, usuli va vositalarini tanlash, ularni o‘quvchilarning yosh va psixologik
xususiyatlariga moslashtirib qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Metodika o‘quv
-tarbiyaviy
faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish, tahlil qilish va takomillashtirish jarayonida
pedagogga yo‘l ko‘rsatadigan ilmiy
-
nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Metodika o‘qituvchining
kasbiy bilimlari
,
pedagogik mahorati
,
didaktik
qarashlari
,
metodik refleksiyasi
hamda
innovatsion yondashuvlari
asosida
shakllanib, uning kasbiy kompetensiyasining ajralmas tarkibiy qismidir. U o‘qituvchining
ta’limiy maqsadlarni belgilash, dars tuzish, o‘qitish vositalarini tanlash va ularni
baholashda qanday yo‘nalishda harakat qilishini aniqlab beradi.
Lotin tilidagi “competere” so‘zidan olingan “kompetensiya” –
“muvofiq kelmoq”,
“loyiq bo‘lmoq”, “qodir bo‘lmoq” degan ma’nolarni anglatadi. Shu jihatdan olib qaralganda,
metodik kompetensiya
–
bu bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining kasbiy faoliyatga
metodik jihatd
an tayyorligi, o‘z faoliyatini mazmunli, samarali va innovatsion tarzda
tashkil eta olish salohiyati sifatida e’tirof etiladi.
Kompetensiya
(lotincha
competentia
–
muvofiqlik, qobiliyat, qodirlik)
–
shaxsning
kasbiy, ijtimoiy va shaxsiy faoliyat sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yurita olishini
ta’minlaydigan integrativ sifatlar majmui bo‘lib, u bilim, ko‘nikma, malaka, shaxsiy
fazilatlar, ijtimoiy tajriba va qadriyatlarning uyg‘unlashuvini o‘z ichiga oladi.
Kompetensiya insonning muayyan muammoni anglash, uni tahlil qilish va mos qarorlar
qabul qilishdagi kasbiy tayyorgarlik darajasini ifodalaydi. Bu tushuncha shaxsning o‘z
faoliyatini ongli ravishda boshqarish, o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashish va yangicha
yechimlar topish qobiliyatini ham anglatadi.
Metodik kompetensiya quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
–
pedagogik texnologiyalarni chuqur bilish,
–
metodik refleksiya (ya’ni o‘z faoliyatini tahlil qilishga layoqat),
–
o‘quvchilarni anglay olish salohiyati,
–
ta’limiy maqsadlar asosid
a didaktik qaror qabul qilish qobiliyati.
TAHLIL VA NATIJALAR
Kompetensiyaning amaliy ahamiyati shundaki, u o‘qituvchining kasbiy faoliyatida
mustaqil, mas’uliyatli va ijodiy qarorlar qabul qilishini, shuningdek, metodik
yondashuvlarni konkret o‘quv muhitiga moslashtirishini ta’minlaydi.
Xususan, bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining tafakkur salohiyatini
rivojlantirish jarayonida metodik kompetensiyaning bosqichma-bosqich shakllanishi
muhim ahamiyatga ega. Metodik kompetensiya esa pedagog shaxsida shakllanishi lozim
bo‘lgan ko‘plab shaxsiy va kasbiy sifatlarning uyg‘unlashgan tizimi sifatida talqin etiladi.
Mazkur sifatlar esa metodik kompetensiyaning samarali rivojlanishi uchun mustahkam
zamin yaratadi. Bunday muhim sifatlar qatori
ga o‘qituvchining insonparvarlik
yo‘nalishidagi kasbiy faoliyati, uning didaktik
-analitik tafakkur salohiyati, pedagogik
qobiliyatlari va pedagogik texnikasi kiradi.
Ushbu jihatlarni quyidagicha umumlashtirish mumkin:
Birinchidan,
metodik kompetensiya
–
bu
o‘qituvchi shaxsining ichki psixologik
holatiga asoslangan o‘z
-
o‘zini boshqaruvchi tizim bo‘lib, unda insonparvarlik g‘oyasi
markaziy motivatsion omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan,
mahorat pedagogik faoliyatda ongli va mazmunli harakatlarning
aso
sini tashkil etadi, bu esa o‘z navbatida chuqur bilim bilan chambarchas bog‘liqdir.
Kasbiy yo‘nalganlik va puxta egallangan bilim pedagogik faoliyatning asosiy strukturaviy
tayanchi (ya’ni “skeleti”) bo‘lib xizmat qiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
3
№
4 (2025) / ISSN 2181-3701
33
Uchinchidan,
pedagogik qobiliyatlar metodik kompetensiyaning shakllanishini
faollashtiruvchi ichki harakatlantiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.
To‘rtinchidan,
bilim va qobiliyatga tayanilgan pedagogik texnika barcha ta’sir
vositalarini pedagogik maqsadlar bilan uyg‘unlashtirib, pedag
ogik faoliyatning ichki
tuzilmasini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Metodik kompetensiya o‘zaro integratsiyalashgan to‘rt tarkibiy komponent asosida
shakllanadi: insonparvarlik, mahorat, pedagogik qobiliyatlar va pedagogik texnika.
Bu
komponentlarning rivojlanishi faqat tashqi omillar bilan emas, balki o‘z
-
o‘zini
rivojlantirishga bo‘lgan ichki ehtiyoj va intilishga ham bevosita bog‘liq. O‘z
-
o‘zini
rivojlantirish esa maxsus bilim va amaliy ko‘nikmalar asosida amalga oshadi. Pedagogik
qobiliyatlar metodik kompetensiyaning shakllanishi va rivojlanishida hal qiluvchi rol
o‘ynaydi. Ular o‘qituvchining nafaqat kasbiy mahoratini, balki o‘quvchiga nisbatan
individual, mas’uliyatli va innovatsion yondashuvini shakllantirishga xizmat qiladi.
Natijada, pedagogik muvaffaqiyatga erishishning asosiy sharti
–
bu yuqori darajadagi
qobiliyatlar, unga erishish vositasi esa
–
samarali pedagogik texnika hisoblanadi.
Pedagogik hamkorlik
–
bu ikki yoki undan ortiq ishtirokchi o‘rtasida ta’lim
jarayonini amalga
oshirishda yuzaga keladigan o‘zaro anglashuv va birgalikdagi faoliyatga
asoslangan pedagogik munosabatlar tizimidir. Ushbu hamkorlik o‘qituvchi va talabaning
ta’limiy faoliyat davomida bir
-
birini anglash, o‘zaro yaqinlikni his qilish, faoliyat
bosqichlari
da erishilgan natijalarni birgalikda tahlil etish va baholash orqali o‘z ifodasini
topadi. Bu jarayon rivojlantiruvchi, ilg‘or pedagogik g‘oyalarni o‘zida mujassam etganligi
bilan alohida ilmiy-metodik ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik hamkorlik ta’limi bir qator asosiy yo‘nalishlar asosida tashkil etiladi. Ular
jumlasiga quyidagilar kiradi:
–
o‘qituvchi tomonidan pedagogik majburiyat va avtoritar yondashuvdan voz
kechgan holda, tenglik va hamkorlikka asoslangan ta’limiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish;
–
talaba
ga insonparvarlik g‘oyalari asosida shaxsiy (individual) yondashuvni
ta’minlash;
–
ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ma’naviy birlikni shakllantirishga
erishish.
Mazkur yondashuvning markaziy g‘oyasi –
bu o‘qituvchi va talabaning o‘zaro
hamkorlikda ta’limiy topshiriqlarni bajarishlari va shu asosda bilim egallash jarayonini
birgalikda tashkil etishdan iboratdir. Bunday hamkorlik muhitida nafaqat o‘quv
materiallari o‘zlashtiriladi, balki pedagogik jarayon ishtirokchilarining shaxsiy
va kasbiy
rivojlanishi ham ta’minlanadi.
Pedagogik hamkorlikning samaradorligi ijtimoiy buyurtmani to‘laqonli bajarish va
belgilangan maqsadlarga erishish bilan chambarchas bog‘liq. Buning uchun o‘quv
jarayonini puxta loyihalash va unga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni samarali joriy
etish zarurdir. Bu jarayonda ta’lim maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o‘quv
-bilish
faoliyati strukturasi aniq belgilanishi lozim. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalar,
ayniqsa, hamkorlikka asoslangan yondashuvl
ar, o‘quv jarayonini oldindan rejalashtirish,
bosqichma-
bosqich tashkil qilish hamda kutilgan natijaga yo‘naltirilgan tizimni
shakllantirish imkonini beradi.
XULOSA
Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining metodik kompetensiyalarini
shakllantirish v
a rivojlantirish zamonaviy pedagogik jarayonning muhim yo‘nalishlaridan
biri hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, metodik kompetensiya –
bu
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
3
№
4 (2025) / ISSN 2181-3701
34
faqatgina didaktik bilimlar to‘plami emas, balki o‘qituvchining kasbiy refleksiya qilish
qobiliyati, pedagogik texnologiyalarni puxta egallashi, amaliyotda moslashuvchanlik va
innovatsion yondashuvlarga tayangan holda ta’limni samarali tashkil etish
ko‘nikmalaridir.
Mazkur kompetensiyani samarali rivojlantirishda pedagogik hamkorlik alohida
o‘rin
tutadi. Universitet, maktab, mentor-
o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi
integratsiyalashgan hamkorlik, ko‘p tomonlama muloqot, kasbiy refleksiya va faoliyatga
yo‘naltirilgan yondashuvlar orqali bo‘lajak pedagoglarning metodik salohiyati sifat
jihatdan oshadi. Bunda ayniqsa mentorlik tizimi, refleksiv amaliyotlar va hamkorlikka
asoslangan o‘qitish metodlari yuqori natija beradi.
Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan tarkibiy tuzilma va rivojlanish mezonlari
asosida metodik kompetensiyani baholash, monitoring qilish va bosqichma-bosqich
rivojlantirish mumkinligi aniqlanadi. Shuningdek, xorijiy tajribalarning tahlili O‘zbekiston
ta’lim tizimida samarali adaptatsiya imkoniyatiga ega ekani isbotlandi.
Shu asosda xulosa qilish mumkinki, pedagogik hamkorlik asosida metodik
kompetensiyani rivojlantirish
–
bu ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy
yetukligini ta’minlash hamda zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlashda
muhim strategik yo‘nalishdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘Y
XATI:
1.
Mirziyоev Sh.M. Yangi Оʻzbekistоn strategiyasi. –Tоshkent: Оʻzbekistоn, 2021. –
B.464.
2.
Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq
pedagogikasini manbalarining o‘rganishning o‘rganishning ilmiy
-nazariy asoslari. Science
and Education, 3(12), 590-592.
3.
Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tariхi): О‘qituvchilar tayyоrlash va
pedagogika fani ta’lim sоhasi bakalavriat yо‘nalishi uchun darslik/ M.Х. Tохtaхоdjayeva, S.
Nishоnоva, J. Hasanbоyev, M.Usmоnbоyeva, S. Madiyarоva, A. Qоldibekоva, N. Nishоnоva,
N. S
ayidahmedоv; О‘zbekistоn Respublikasi Оliy va о‘rta
-
maхsus ta’lim vazirligi. –
Tоshkent: « О‘zbekistоn faylasuflari milliy jamiyati» nashriyоti, 2010. –
B. 400.
4.
Vyg
о
tsky, L. S. (1978). Mind in S
о
ciety: Devel
о
pment
о
f Higher Psych
о
l
о
gical
Pr
о
cesses (M. C
о
le, V. J
о
lm-Steiner, S. Scribner, & E. S
о
uberman, Eds.). Harvard University
Press.
–
P. -26.
5.
Xolboeva M.X. Boshlang‘ich ta’limda pedagogik
-psixologik bilimlarni
shakllantirish metodikasi.
–
Toshkent: TDPU, 2017.
–
132 b.
6.
http://www.leх.uz/.
7.
http://www.pedagоg.
uz/
8.
http://www.ziyоnet.uz/
